ILOVA-VARAQA: PASIENT UCHUN MA‘LUMOT
ERESPAL®
ERESPAL®
Ushbu preparatni qo‘llashni boshlashdan oldin varaqani oxirigacha diqqat bilan o‘qib chiqing, chunki u siz uchun muhim ma‘lumot saqlaydi.
Preparatining savdo nomi: Erespal®
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): fenspirid gidroxloridi
Dori shakli: sirop
Tarkibi:
100 ml sirop quyidagilarni saqlaydi:
Faol modda: fenspirid gidroxloridi (100 ml da 0,200 g)
Yordamchi moddalar: asal ta‘mli qo‘shimcha (asal, rom, alkogolyat va asal, atirgul va apelsin gullarining spirtli nastoykalari), chuchukmiya ildizi ekstrakti (lakrisa nastoykasining konsentrati, glyukoza siropi, arpabodiyon moyi), vanil ekstrakti (vanil qalamchalarining suvli-spirtli nastoykasi), gliserin, metil para-gidroksibenzoati, propil para-gidroksibenzoati, saxarin, saxaroza, kaliy sorbati, distillangan suv.
Farmakoterapevtik guruhi: nafas yullarining obstruksiya sindromida tizimli qo‘llash uchun preparatlar.
ATX kodi: R03 DX 03.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Fenspirid bronxlarni konstriksiyasiga qarshi ta‘sir qiladi va nafas yo‘llarida yallig‘lanishga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi. Bu ta‘siri turli o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq mexanizmlarning o‘zaro ta‘sirini natijasi hisoblanadi.
Farmakokinetikasi
Cho‘qqi konsentrasiyasiga peroral doza kabul kilinganidan keyin o‘rtacha 2,5 ± 2,3soatdan so‘ng (eng chekka ko‘rsatkichlar 0,5 soatdan 8 soatgacha) kuzatiladi.
Yarim chiqarilish davri 12 soat.
Chiqarilishi asosan siydik orqali yuz beradi.
Qo‘llanilishi
Ushbu preparat bronxial va o‘pka kasalliklarida yutalni davolash va balg‘amni ko‘chirish uchun qo‘llaniladi.
Ushbu preparat antibiotiklar bilan davolash o‘rnini bosmaydi va agarda antibiotiklar bilan davolashning zarurati bo‘lsa, uni boshlashni kechiktirmaslik kerak.
Qo‘llash usuli va dozalari
Qabul qilish usuli:
Peroral.
Dozalash
Barcha holatlarda shifokorning ko‘rsatmasiga qat‘iy rioya qiling.
Umumiy qoida:
Davolash davomiyligi
Shifokorning ko‘rsatmasiga muvofiq.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Barcha boshqa dori preparatlari kabi, Erespal ham, garchi ular har bir pasientda bo‘lmasada, nojo‘ya samaralarni chaqirishi mumkin.
Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralarning tez-tezligi quyidagi tartibda keltirilgan:
Keng tarqalgan
me‘da-ichak buzilishlari;
kayfiyatni yomonlashishi,
me‘dada og‘riklar.
Kam:
doza pasaytirilganda yo‘qoladigan yurak urishini o‘rtacha tezlashishi,
terini qizarishi,
teri toshmalari, toshmalar, eshakemi,
angioshish (yutishda yoki nafas olishda qiyinchilik tug‘dirishi mumkin bo‘lgan yuz, lablar, og‘iz, til va tomoqni shishi).
Noma‘lum:
terida g‘uddalarni hosil bo‘lishi bilan kechuvchi jiddiy kasalllik, qichishish;
yurakni urib ketish xissi (pulsasiya), ehtimol, yurak urishini o‘rtacha tezlashishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin;
bosh aylanishi, yengil bosh aylanishi yoki xushdan ketishni chakirishi mumkin bo‘lgan arterial bosimni pasayishi, ehtimol, yurak urishini o‘rtacha tezlashishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin;
diareya;
qusish;
holsizlik hissi;
toliqish;
bosh aylanishi.
Agar preparatni qabul qilish fonida jiddiy nojo‘ya ta‘sirlar yoki ushbu ilovada keltirilmagan har qanday nojo‘ya ta‘sirlar aniqlansa, shifokorga yoki farmasevtga murojaat qiling.
Bu yo‘riqnomada keltirilmagan har qanday nojo‘ya yoki nohush ko‘rinishlar to‘g‘risida shifokorga yoki farmasevtga xabar bering.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Agar Sizda shubhalar paydo bo‘lsa, shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Siz qabul qilayotgan barcha preparatlar to‘g‘risida shifokorni yoki farmasevtni muntazam ogohlantirib turing.
Ayrim guruh pasientlarda qo‘llash xavfsizligi uchun bilishi zarur bo‘lgan yordamchi moddalar ro‘yxati:
Maxsus ko‘rsatmalar
Bu preparat saxaroza saqlaydi, shuning uchun uni fruktozani o‘zlashtiraolmaslikda, glyukozo-galaktozani malabsorbsiya sindromida, shuningdek saxaroza-izomaltaza tanqisligida (kam uchraydigan metabolik kasalliklar) qabul qilish mumkin emas.
Preparatning tarkibida parabenlar (metil para-gidroksibenzoat va propil para- gidroksibenzoat) kiradi, shuning uchun ushbu dori vositasini qabul qilish allergik reaksiyalarni, shu jumladan kechikkan reaksiyalarni rivojlanishini qo‘zg‘atishi mumkin.
ERESPAL preparati bilan davolanganda sedativ preparatlari qabul qilish tavsiya qilinmaydi.
ERESPAL preparati bilan davolanganda alkogolni iste‘mol qilish tavsiya qilinmaydi.
Bu preparat, ayniqsa davolanish boshida yoki alkogol ichimliklarini qabul qilinganida uyquchanlikni va bosh aylanishni chaqirishi mumkin, bu avtotransportni haydash va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sir qilishi mumkin. Agar Sizda bu nojo‘ya samaralar namoyon bo‘lsa, avtotransportni haydash va mashina qurilmalarini boshqarishdan saqlaning.
Qabul qilishdagi ehtiyotkorlik choralari
Bu preparat bir choy qoshiqda 3 g (1 osh qoshiqda 9 g) saxaroza saqlaydi, buni qandning oz miqdori bo‘lgan parhezga rioya qilinganida va diabetda hisobga olish kerak.
Agar Sizda shubhalar tug‘ilgan bo‘lsa, shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing.
Homiladorlik va emizish
Ushbu preparatni homiladorlik vaqtida qabul qilish tavsiya qilinmaydi.
Agar Siz davolash kursi vaqtida homiladorlikni aniqlasangiz, davolashni to‘xtating va shifokorga murojaat kiling, u Sizga boshka preparat buyuradi.
Emizish vaqtida ushbu preparatni qabul qilish tavsiya qilinmaydi.
Umumiy qoida: agarda Siz homilador bo‘lsangiz yoki emizayotgan bo‘lsangiz, har qanday dori preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin, doimo shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing.
Dozani oshirib yuborilishi
ERESPAL® preparatining haddan ziyod dozasi behosdan yutib yuborilgan/ichga qabul qilingan hollarda, darhol bu haqida shifokorga xabar bering yoki yakin oradagi stasionarga murojaat qiling.
Doza oshiriib yuborilganda (2320 mg gacha dozalari) quyidagi simptomlar kuzatilgan: uyquchanlik yoki qo‘zg‘alish, ko‘ngil aynishi, qusish, sinusli taxikardiya.
ERESPAL® preparatiga spesifik antidotlar ma‘lum emas.
Doza oshirib yuborilgan hollarda, me‘dani yuvish va yurak va nafas faoliyatining monitoringi va buyrak faoliyatini nazorati bilan bir qatorda simptomatik davolashni o‘tkazish kerak.
ERESPAL preparatini qabul qilgan vaqtda shubhalar tug‘ilsa, shifokorga murojaat qiling yoki farmasevtdan maslahat so‘rang.
Chiqarilish shakli
Sirop 150 ml dan flakonlarda.
Saqlash sharoiti
Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.
30°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Ikkilamchi o‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugagandan keyin ushbu preparatni ishlatmang.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor resept bo‘yicha.