×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ERESPAL 0,08 tabletkalari N30

Kategoriya:
- Dori vositalari
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Faol modda:
Фенспирид
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Сердикс, ООО
ATX kodi:
- R03DX03 Фенспирид
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

NEFROTON tabletkalari N30 «GRICAR CHEMICAL S.r.l.» Turkiya
118 500 s`om dan
NEBUFLYUZON suspenziya dlya ingalyasiy 2ml 1mg/ml N10 ООО “Юрия-Фарм” Ukraina
293 000 s`om dan
PULMIKORT suspenziya 2 ml 0,25 mg/ml N20 Астра Зенека АБ Shvetsiya
250 000 s`om dan
EUFILLIN inyeksiya uchun eritma 10ml 24mg/ml N10 AMA Pharm Co. Ltd, Китай произведено: Anhui Chengshi Manufacture Medicine Co. Ltd Xitoy
14 500 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ERESPAL 0,08 tabletkalari N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

ILOVA-VARAQA: PASIENT UCHUN MA‘LUMOT

ERESPAL®

ERESPAL®

 

Ushbu preparatni qo‘llashni boshlashdan oldin varaqani oxirigacha diqqat bilan o‘qib chiqing, chunki u siz uchun muhim ma‘lumot saqlaydi.

  • Bu ilova-varaqani saqlab qo‘ying. U sizga yana kerak bo‘lishi mumkin.
  • Agar Sizda qo‘shimcha savollar bo‘lsa, o‘zingizning davolovchi shifokoringizga yoki farmasevtga murojaat qiling.
  • Ushbu preparat shaxsan Sizga qabul qilish uchun buyurilgan. Uni boshqa shaxslarga berish mumkin emas. Bu ularga zarar keltirish mumkin, hatto agar ularning simptomlari Siznikiga o‘xshash bo‘lsa ham.
  • Agar Sizda nojo‘ya samaralardan birontasi paydo bo‘lsa, o‘zingizning davolovchi shifokoringizga, farmasevtga yoki hamshiraga murojaat qiling. Bu shuningdek ushbu ilova-varaqada keltirilgan har qanday mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralarini paydo bo‘lishi ham taaluqli.

 

Preparatining savdo nomi: Erespal®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): fenspirid gidroxloridi

Dori shakli: sirop

Tarkibi:

100 ml sirop quyidagilarni saqlaydi:

Faol  modda: fenspirid gidroxloridi (100 ml da 0,200 g)

Yordamchi moddalar: asal ta‘mli qo‘shimcha (asal, rom, alkogolyat va asal, atirgul va apelsin gullarining spirtli nastoykalari), chuchukmiya ildizi ekstrakti (lakrisa nastoykasining konsentrati, glyukoza siropi, arpabodiyon moyi), vanil ekstrakti (vanil qalamchalarining suvli-spirtli nastoykasi), gliserin, metil para-gidroksibenzoati, propil para-gidroksibenzoati, saxarin, saxaroza, kaliy sorbati, distillangan suv.

Farmakoterapevtik guruhi: nafas yullarining obstruksiya sindromida tizimli qo‘llash uchun preparatlar.

ATX kodi: R03 DX 03.

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Fenspirid bronxlarni konstriksiyasiga qarshi ta‘sir qiladi va nafas yo‘llarida yallig‘lanishga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi. Bu ta‘siri turli o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq mexanizmlarning o‘zaro ta‘sirini natijasi hisoblanadi.

  • N1-gistamin reseptorlari darajasida antagonistik faollik va papaverinsimon (mushaklarni shikastlovchi) spazmolitik ta‘siri;
  • Yallig‘lanishga qarshi ta‘siri turli yallig‘lanishga keluvchi omillar, ulardan ayrimlari, shuningdek bronxokonstriktor ta‘sir ko‘rsatadigan omillar (sitokinlar, TNFalfa, araxidon kislotasining hosilalari va erkin radikallarni), ishlab chiqarilishini pasaytirishi natijasida yuz beradi. Biroq: bu samaralar juda yuqori dozalarda yoki konsentrasiyalarda kuzatilgan.

Farmakokinetikasi

Cho‘qqi konsentrasiyasiga peroral doza kabul kilinganidan keyin o‘rtacha 2,5 ± 2,3soatdan so‘ng (eng chekka ko‘rsatkichlar 0,5 soatdan 8 soatgacha) kuzatiladi.

Yarim chiqarilish davri 12 soat.

Chiqarilishi asosan siydik orqali yuz beradi.

 

Qo‘llanilishi

Ushbu preparat bronxial va o‘pka kasalliklarida yutalni davolash va balg‘amni ko‘chirish uchun qo‘llaniladi.

Ushbu preparat antibiotiklar bilan davolash o‘rnini bosmaydi va agarda antibiotiklar bilan davolashning zarurati bo‘lsa, uni boshlashni kechiktirmaslik kerak.

Qo‘llash usuli  va dozalari

Qabul qilish usuli:

Peroral.

Dozalash

Barcha holatlarda shifokorning ko‘rsatmasiga qat‘iy rioya qiling.

Umumiy qoida:

  • 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar: kuniga 4 mg/kg
  • 10 kg gacha: kuniga 2-4 choy qoshiqqacha (5 ml);
  • 10 kg dan ortiq: kuniga 2-4 osh qoshiqqacha (15 ml).
  • Kattalar: kuniga 3-6 osh qoshiqqacha (15 ml).

Davolash davomiyligi

Shifokorning ko‘rsatmasiga muvofiq.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Barcha boshqa dori preparatlari kabi, Erespal ham, garchi ular har bir pasientda bo‘lmasada, nojo‘ya samaralarni chaqirishi mumkin.

Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralarning tez-tezligi quyidagi tartibda keltirilgan:

  • juda keng tarqalgan (10 tadan 1 tada ortig‘ida);
  • tarqalgan (100 tadan 1-10 tagacha);
  • tarqalmagan (1000 tadan 1-10 tagacha);
  • kam (10000 tadan 1-10 tagacha);
  • juda kam (10000 pasientdan 1 tasidan kamida),
  • noma‘lum (mavjud ma‘lumotlar asosida baholashni o‘tkazishning iloji yo‘k).

Keng tarqalgan

me‘da-ichak buzilishlari;

kayfiyatni yomonlashishi,

me‘dada og‘riklar.

Kam:

doza pasaytirilganda yo‘qoladigan yurak urishini o‘rtacha tezlashishi,

terini qizarishi,

teri toshmalari, toshmalar, eshakemi,

angioshish (yutishda yoki nafas olishda qiyinchilik tug‘dirishi mumkin bo‘lgan yuz, lablar, og‘iz, til va tomoqni shishi).

Noma‘lum:

terida g‘uddalarni hosil bo‘lishi bilan kechuvchi jiddiy kasalllik, qichishish;

yurakni urib ketish xissi (pulsasiya), ehtimol, yurak urishini o‘rtacha tezlashishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin;

bosh aylanishi, yengil bosh aylanishi yoki xushdan ketishni chakirishi mumkin bo‘lgan arterial bosimni pasayishi, ehtimol, yurak urishini o‘rtacha tezlashishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin;

diareya;

qusish;

holsizlik hissi;

toliqish;

bosh aylanishi.

Agar preparatni qabul qilish fonida jiddiy nojo‘ya ta‘sirlar yoki ushbu ilovada keltirilmagan har qanday nojo‘ya ta‘sirlar aniqlansa, shifokorga yoki farmasevtga murojaat qiling.

Bu yo‘riqnomada keltirilmagan har qanday nojo‘ya yoki nohush ko‘rinishlar to‘g‘risida shifokorga yoki farmasevtga xabar bering.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Preparatning har qanday ingredientlariga aniqlangan yuqori sezuvchanlik.
  • 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ERESPAL berish mumkin emas.

Agar Sizda shubhalar paydo bo‘lsa, shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Siz qabul qilayotgan barcha preparatlar to‘g‘risida shifokorni yoki farmasevtni muntazam ogohlantirib turing.

Ayrim guruh pasientlarda qo‘llash xavfsizligi uchun bilishi zarur bo‘lgan yordamchi moddalar ro‘yxati:

  • Saxaroza (bir choy qoshig‘ida 3 g);
  • Parabenlar.

Maxsus ko‘rsatmalar

Bu preparat saxaroza saqlaydi, shuning uchun uni fruktozani o‘zlashtiraolmaslikda, glyukozo-galaktozani malabsorbsiya sindromida, shuningdek saxaroza-izomaltaza tanqisligida (kam uchraydigan metabolik kasalliklar) qabul qilish mumkin emas.

Preparatning tarkibida parabenlar (metil para-gidroksibenzoat va propil para- gidroksibenzoat) kiradi, shuning uchun ushbu dori vositasini qabul qilish allergik reaksiyalarni, shu jumladan kechikkan reaksiyalarni rivojlanishini qo‘zg‘atishi mumkin.

ERESPAL preparati bilan davolanganda sedativ preparatlari qabul qilish tavsiya qilinmaydi.

ERESPAL preparati bilan davolanganda alkogolni iste‘mol qilish tavsiya qilinmaydi.

Bu preparat, ayniqsa davolanish boshida yoki alkogol ichimliklarini qabul qilinganida uyquchanlikni va bosh aylanishni chaqirishi mumkin, bu avtotransportni haydash va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sir qilishi mumkin. Agar Sizda bu nojo‘ya samaralar namoyon bo‘lsa, avtotransportni haydash va mashina qurilmalarini boshqarishdan saqlaning.

Qabul qilishdagi ehtiyotkorlik choralari

Bu preparat bir choy qoshiqda 3 g (1 osh qoshiqda 9 g) saxaroza saqlaydi, buni qandning oz miqdori bo‘lgan parhezga rioya qilinganida va diabetda hisobga olish kerak.

Agar Sizda shubhalar tug‘ilgan bo‘lsa, shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

Homiladorlik va emizish

Ushbu preparatni homiladorlik vaqtida qabul qilish tavsiya qilinmaydi.

Agar Siz davolash kursi vaqtida homiladorlikni aniqlasangiz, davolashni to‘xtating va shifokorga murojaat kiling, u Sizga boshka preparat buyuradi.

Emizish vaqtida ushbu preparatni qabul qilish tavsiya qilinmaydi.

Umumiy qoida: agarda Siz homilador bo‘lsangiz yoki emizayotgan bo‘lsangiz, har qanday dori preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin, doimo shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

Dozani oshirib yuborilishi

ERESPAL® preparatining haddan ziyod dozasi behosdan yutib yuborilgan/ichga qabul qilingan hollarda, darhol bu haqida shifokorga xabar bering yoki yakin oradagi stasionarga murojaat qiling.

Doza oshiriib yuborilganda (2320 mg gacha dozalari) quyidagi simptomlar kuzatilgan: uyquchanlik yoki qo‘zg‘alish, ko‘ngil aynishi, qusish, sinusli taxikardiya.

ERESPAL® preparatiga spesifik antidotlar ma‘lum emas.

Doza oshirib yuborilgan hollarda, me‘dani yuvish va yurak va nafas faoliyatining monitoringi va buyrak faoliyatini nazorati bilan bir qatorda simptomatik davolashni o‘tkazish kerak.

ERESPAL preparatini qabul qilgan vaqtda shubhalar tug‘ilsa, shifokorga murojaat qiling yoki farmasevtdan maslahat so‘rang.

Chiqarilish shakli

Sirop 150 ml dan flakonlarda.

 

Saqlash sharoiti

Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

30°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Ikkilamchi o‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugagandan keyin ushbu preparatni ishlatmang.

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ERESPAL 0,08 tabletkalari N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ERESPAL 0,08 tabletkalari N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ERESPAL 0,08 tabletkalari N30 dori vositasi Сердикс, ООО tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ERESPAL 0,08 tabletkalari N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ERESPAL 0,08 tabletkalari N30 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
INSPIRON tabletkalari 80mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Фенспирид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Киевмедпрепарат, ПАО
Другие формы препарата
ERESPAL sirop
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Faol modda: Фенспирид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Servier Les Laboratoires
ERESPAL 0,002/ML sirop 250ml
ERESPAL 0,002/ML sirop 150ml
ERESPAL 0,002/ML sirop 150ml
ERESPAL 0,002/ML sirop 250ml
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9