×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ERGOLAB inyeksiya uchun eritma 1ml 0,2mg/ml N10

Kategoriya:
- Ginekologik dorilar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
эргометрин
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Laborate Pharmaceuticals India Ltd
ATX kodi:
- G02AB03
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

FURAZOLIDON tabletkalari 50mg N10 Ирбитский ХФЗ,ОАО Belarusiya
400 s`om dan
METROGIL DENTA gel 20g Юник Фармасьютикалс Лабораториез (Отдельные фирмы ДжБКемикалс энд Фармасьютикалс Лтд) Hindiston
45 000 s`om dan
MIKOTRAN suppozitorii 1200mg N1 Deva Holding A.S Turkiya
39 000 s`om dan
METRONIDAZOL suppozitorii 500mg N10 Фармаприм, ООО Moldova
6 700 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ERGOLAB inyeksiya uchun eritma 1ml 0,2mg/ml N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ERGOLAB®

ERGOLAB®

 

Preparatning savdo nomi: Ergolab®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): ergometrin

Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: ergometrin maleati – 0,2 mg;

yordamchi moddalar: metilgidroksibenzoat, propilgidroksibenzoat, dinatriy edetati, malein kislotasi, in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: tiniq, rangsiz suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: shoxkuya alkaloidlari.

ATX kodi: G02AB03

Farmakologik xususiyatlari

Shoxkuyaning tabiiy alkaloidi. Bachadon tonusi va qisqarishlari tez-tezligini oshiradi. Markaziy venoz bosimi va arterial bosimni oshirib, yirik qon tomirlarni toraytiradi. Prolaktin sintezi va sut sekresiyasini tormozlaydi. Tez so‘riladi, ta‘sir davomiyligi (miometriy tonusini oshishi) 45 minutdan 180 minutgacha (yuborish usuliga qarab). Jigarda metabolizmga uchraydi. Asosan buyraklar orqali chiqariladi.

Farmakokinetikasi

Ergolab® ichga qabul qilingandan yoki mushak ichiga yuborilgandan keyin tez so‘riladi. Bachadonga ta‘siri ichga qabul qilingandan 5-15 minutdan keyin va mushak ichiga yuborilgandan 2-3 minutdan keyin namoyon bo‘ladi. Jigarda metabolizmga uchraydi.

Qo‘llanilishi

Bachadondan qon ketishi (yo‘ldoshni qo‘l bilan ajratgandan keyin, bevosita tug‘ruqdan keyin va tug‘ruqdan keyingi davrda, kesar kesishdan keyin, abort va boshqalar). Bachadon miomasi (bachadon mushak qavatining xavfsiz o‘smasi) bilan bog‘liq qon ketishlarda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga, mushak ichiga, vena ichiga yoki bevosita bachadon tanasiga (kesar kesishdan keyin) yoki bachadon bo‘yniga (homiladorlik to‘xtatilgandan keyin) – 200-500 mkg buyuriladi. Ichga – 200-400 mkg dan sutkada 2-3 marta, eng yuqori dozasi – 2 mg. Parenteral yuborilganda – 0,1-0,2 mg, eng yuqori dozasi – 1 mg. Parenteral yuborishni ichga qabul qilish bilan navbatma-navbat almashtirish mumkin.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, quloqlarda shang‘illash, aritmiyalar, yurak urib ketishi, bradikardiya, ko‘krakda og‘riq, arteriyalarning koronar spazmi, juda kam hollarda miokard infarkti, gipertenziya, vazokonstriksiya, hansirash, o‘pka shishi, ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riq, teri toshmalari haqida xabar berilgan.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Homiladorlik, tug‘ruqning I va II davri, sepsis (qonni yiringli yallig‘lanish o‘chog‘idagi mikroblar bilan zararlanishi), yurak va qon tomirlarning og‘ir kasalliklari, jigar va buyrak faoliyatini buzilishlari, tireotoksikoz (qalqonsimon bezi kasalliklari).

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Ergolab® preparatining qon tomirlarni toraytiruvchi samarasi simpatomimetiklar qo‘llanilganda kuchayadi. Galotan bilan umumiy anesteziyada Ergolab® preparatining tug‘ruq jarayoniga ta‘siri susayishi mumkin. Oksitosin bilan bir vaqtda qo‘llanilganda gipertonik kriz rivojlanishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatni faqat ixtisoslashtirilgan stasionar sharoitida, arterial bosim, yurak qisqarishlari tez-tezligi, bachadonning qisqaruvchanlik faoliyatini sinchkov shifokor nazorati ostida yuborish kerak.

Homiladorlik va laktasiya

Homiladorlik, tug‘ruqning I davri, homilaning boshchasi tug‘ilguncha tug‘ruqning II davrida qo‘llash mumkin emas. Laktasiya (emizish) davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, kuchli chanqoqlik, sovuq hissi, terida sanchish va qichishish, taxikardiya, ongni chalkashishi, tirishishlar va koma. Bo‘lishi mumkin: gipertoniya yoki gipotoniya.

Davolash: simptomatik.

Chiqarilish shakli

10 ml vena ichiga, mushak ichiga yuborish uchun eritma saqlovchi ampula tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

Saqlash sharoiti

2°S dan 8°S gacha haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin. Muzlatilmasin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ERGOLAB inyeksiya uchun eritma 1ml 0,2mg/ml N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ERGOLAB inyeksiya uchun eritma 1ml 0,2mg/ml N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ERGOLAB inyeksiya uchun eritma 1ml 0,2mg/ml N10 dori vositasi Laborate Pharmaceuticals India Ltd tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ERGOLAB inyeksiya uchun eritma 1ml 0,2mg/ml N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ERGOLAB inyeksiya uchun eritma 1ml 0,2mg/ml N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 25 000 so'mdan Batafsil
DUO KLAV poroshok so vkusom apelsina 125mg/31,5mg
AZILAB suspenziya 15ml 100mg/5ml N1
Narh: 42 900 so'mdan Batafsil
FLYUAUT suspenziya 60ml
Narh: 26 000 so'mdan Batafsil
SEFOLAB poroshok 500mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Laborate Pharmaceuticals India Ltd
Narh: 15 600 so'mdan Batafsil
SEFOLAB poroshok 250mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Laborate Pharmaceuticals India Ltd
Narh: 9 400 so'mdan Batafsil
SEFOLAB poroshok 1000mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Laborate Pharmaceuticals India Ltd
Narh: 22 000 so'mdan Batafsil
TOBRA ko'z tomchilari i ushnie 10ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Laborate Pharmaceuticals India Ltd
Narh: 26 900 so'mdan Batafsil
MOKSI D ko'z tomchilari 10ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Laborate Pharmaceuticals India Ltd
Narh: 30 200 so'mdan Batafsil
LABTOSIN inyeksiya uchun eritma 1ml 5ME/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Laborate Pharmaceuticals India Ltd
Narh: 44 000 so'mdan Batafsil
MEDI-PROM eritma 2 ml 25 mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Laborate Pharmaceuticals India Ltd
TOBRA D ko'z tomchilari i ushnie 10ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Laborate Pharmaceuticals India Ltd
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
LABTOSIN inyeksiya uchun eritma 1ml 10ME/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Laborate Pharmaceuticals India Ltd
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9