×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ERINIT 0,01 tabletkalari N50

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Faol modda:
Пентаэритритила тетранитрат
Qadoqda soni:
- 50
Ishlab chiqaruvchi:
- ФАРМАПОЛ-ВОЛГА, ООО
ATX kodi:
- C01DA05 Пентаэритритила тетранитрат
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 1 ta dorixonasida topildi

ico 25 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
53 800 s`om dan
KARVIDIL tabletkalari 12,5mg N28 Гриндекс, АО Latviya
74 000 s`om dan
LEVATRA tabletkalari 100mg N4 SR Medicare Pvt., Ltd Hindiston
5 800 s`om dan
40 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ERINIT 0,01 tabletkalari N50 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ERINIT

ERYNITUM

Preparatning savdo nomi: Erinit

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): pentaeritrit tetranitrati

Dori shakli: tabletkalar

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

«Erinit» tabletkasining massasi – erinit saqlovchi (pentaeritritila tetranitrat) –10 mg.

Ta‘rifi: oq rangli tabletkalar, dog‘lar bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.

Farmakoterapevtik guruhi: Antianginal vositalar

ATX kodi: S01DA05

Farmakologik xususiyatlari

Organik nitrat. Asosan vena tomirlariga ta‘sir etuvchi periferik vazodilyatator. Pentaeritritil trinitrat ta‘siri yurakning qisqarishi oldidagi (periferik venalarni kengayishi va o‘ng bo‘lmachaga qon kelishini kamayishi) va qisqarganidan keyingi yuklamani kamayishi (umumiy periferik tomirlarning qarshiligini kamayishi), hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri koronar tomirlarni kengaytirishi bilan bog‘liq. Qon bilan ta‘minlanishi kamaygan joylarda qaytadan koronar qon oqishini yaxshilanishiga yordam beradi. Yurak yetishmovchiligida preparat qisqarish oldi yuklamani kamaytirishi xisobiga, miokard ishini kamayishiga yordam beradi. Kichik qon aylanish doirasida bosimni kamaytiradi. Nitrogliseringa nisbatan ta‘siri sekin rivojlanadi, lekin uzoqroq davom etadi. Ichga qabul qilinganda ta‘siri 30-45 minutdan so‘ng namoyon bo‘ladi va 4-5 soat davom etadi.

Qo‘llanilishi

Stenokardiya xurujlarini oldini olish uchun (shu jumladan kechgi infarktdan keyingi davrdagi), surunkali yurak yetishmovchiligini kompleks davolash.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ovqatdan 1 soat oldin ichiladi. Doza individual belgilanadi. Odatda 10 – 20 mg (1-2 tabletka) sutkada 3-4 marta qabul qilinadi. Zarurati bo‘lganida doza 40 mg gacha, sutkada 4 marta yoki 80 mg gacha, sutkada 2 martaga ko‘paytiriladi. Tungi stenokardiya xurujlarini oldini olish uchun 20 mg uyqudan oldin buyuriladi. Davolash  kursi odatda 2-4 xafta davom etadi. Kasallikning xolatiga qarab, davolash  kursi tanaffusdan so‘ng qayta  buyuriladi.

Uzoq vaqt preparat qabul qilinganida tolerantlik rivojlanishi mumkin.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ortostatik gipotoniya, bosh og‘rig‘i, quloqlarda shovqin, bosh aylanishi. Teri allergik reaksiyalari, charchoqlik xissi, bezovtalik, ko‘p terlash, ichak faoliyatining buzilishi (ich ketish) xolatlari kuzatilishi mumkin. Doza kamaytirilganda yoki preparat qabul qilish to‘xtatilganda nojo‘ya ta‘sirlar o‘tib ketadi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar

Yaqqol arterial gipotoniya, kollaps, shok, o‘tkir yoki yaqinda o‘tkazilgan miokard infarkti, ko‘z ichki va bosh miya suyagi ichki bosimini oshishida (shu jumladan gemorragik insult, bosh miya  jaroxati, yopiqburchakli glaukoma),  preparatga va boshqa organik nitratlarga yuqori sezuvchanlik.

Dorilar bilan o‘zaro ta‘siri

Digidroergotamin bilan birga qo‘llash preparatni antianginal samarasini kamayishiga olib keladi, bu birgalik norasional xisoblanadi. Anaprilin bilan kombinasiyalash rasionaldir, chunki bunda preparatni antianginal ta‘siri kuchayadi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Samarasi sekin namoyon bo‘lganligi sababli preparat stenokardiya xurujlarini bartaraf qilish uchun davolanish davrida alkogolli ichimliklar ichishdan chetlanish kerak. Arterial gipotoniyaga moyilligi bo‘lgan keksalarda, xomiladorlik va emizikli davrda preparat extiyotkorlik bilan buyuriladi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dori shakli

Tabletkalar 10 mg dan kontur uyali va uyasiz o‘ramlarda.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ERINIT 0,01 tabletkalari N50 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ERINIT 0,01 tabletkalari N50 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ERINIT 0,01 tabletkalari N50 dori vositasi ФАРМАПОЛ-ВОЛГА, ООО tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ERINIT 0,01 tabletkalari N50 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ERINIT 0,01 tabletkalari N50 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
ERINIT tabletkalari 0,01g N10
ERINIT tabletkalari 10mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya Federatsiyasi
  • Faol modda: Пентаэритритила тетранитрат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Татхимфармпрепараты, АО
Narh: 8 100 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
ERINIT tabletkalari 0,01g N10
Другие формы препарата
Erinit
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Пентаэритритила тетранитрат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi:
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9