Erinitning aptekalardagi narxlari
ERINIT tabletkalari 10mg N50
|
|
278 ta dorixonada bor
|
8 100 so'mdan
Dorixonadan topish
|
18 900 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
16 800 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Erinit ko'rsatmalar
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
ERYNITUM
Preparatning savdo nomi: Erinit
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): pentaeritrit tetranitrati
Dori shakli: tabletkalar
Tarkibi:
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:
«Erinit» tabletkasining massasi – erinit saqlovchi (pentaeritritila tetranitrat) –10 mg.
Ta‘rifi: oq rangli tabletkalar, dog‘lar bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Farmakoterapevtik guruhi: Antianginal vositalar
ATX kodi: S01DA05
Organik nitrat. Asosan vena tomirlariga ta‘sir etuvchi periferik vazodilyatator. Pentaeritritil trinitrat ta‘siri yurakning qisqarishi oldidagi (periferik venalarni kengayishi va o‘ng bo‘lmachaga qon kelishini kamayishi) va qisqarganidan keyingi yuklamani kamayishi (umumiy periferik tomirlarning qarshiligini kamayishi), hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri koronar tomirlarni kengaytirishi bilan bog‘liq. Qon bilan ta‘minlanishi kamaygan joylarda qaytadan koronar qon oqishini yaxshilanishiga yordam beradi. Yurak yetishmovchiligida preparat qisqarish oldi yuklamani kamaytirishi xisobiga, miokard ishini kamayishiga yordam beradi. Kichik qon aylanish doirasida bosimni kamaytiradi. Nitrogliseringa nisbatan ta‘siri sekin rivojlanadi, lekin uzoqroq davom etadi. Ichga qabul qilinganda ta‘siri 30-45 minutdan so‘ng namoyon bo‘ladi va 4-5 soat davom etadi.
Stenokardiya xurujlarini oldini olish uchun (shu jumladan kechgi infarktdan keyingi davrdagi), surunkali yurak yetishmovchiligini kompleks davolash.
Ovqatdan 1 soat oldin ichiladi. Doza individual belgilanadi. Odatda 10 – 20 mg (1-2 tabletka) sutkada 3-4 marta qabul qilinadi. Zarurati bo‘lganida doza 40 mg gacha, sutkada 4 marta yoki 80 mg gacha, sutkada 2 martaga ko‘paytiriladi. Tungi stenokardiya xurujlarini oldini olish uchun 20 mg uyqudan oldin buyuriladi. Davolash kursi odatda 2-4 xafta davom etadi. Kasallikning xolatiga qarab, davolash kursi tanaffusdan so‘ng qayta buyuriladi.
Uzoq vaqt preparat qabul qilinganida tolerantlik rivojlanishi mumkin.
Ortostatik gipotoniya, bosh og‘rig‘i, quloqlarda shovqin, bosh aylanishi. Teri allergik reaksiyalari, charchoqlik xissi, bezovtalik, ko‘p terlash, ichak faoliyatining buzilishi (ich ketish) xolatlari kuzatilishi mumkin. Doza kamaytirilganda yoki preparat qabul qilish to‘xtatilganda nojo‘ya ta‘sirlar o‘tib ketadi.
Yaqqol arterial gipotoniya, kollaps, shok, o‘tkir yoki yaqinda o‘tkazilgan miokard infarkti, ko‘z ichki va bosh miya suyagi ichki bosimini oshishida (shu jumladan gemorragik insult, bosh miya jaroxati, yopiqburchakli glaukoma), preparatga va boshqa organik nitratlarga yuqori sezuvchanlik.
Digidroergotamin bilan birga qo‘llash preparatni antianginal samarasini kamayishiga olib keladi, bu birgalik norasional xisoblanadi. Anaprilin bilan kombinasiyalash rasionaldir, chunki bunda preparatni antianginal ta‘siri kuchayadi.
Samarasi sekin namoyon bo‘lganligi sababli preparat stenokardiya xurujlarini bartaraf qilish uchun davolanish davrida alkogolli ichimliklar ichishdan chetlanish kerak. Arterial gipotoniyaga moyilligi bo‘lgan keksalarda, xomiladorlik va emizikli davrda preparat extiyotkorlik bilan buyuriladi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Tabletkalar 10 mg dan kontur uyali va uyasiz o‘ramlarda.
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari