×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ETAMBUTOL tabletkalari 400mg N100

Kategoriya:
- Silga qarshi dorilar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Россия
Qadoqda soni:
- 100
Ishlab chiqaruvchi:
- АО «Фармасинтез»
Vakil:
- Farmasintez
ATX kodi:
- J04AК02
Noaniqliq haqida habar berish
O'zbekiston Respublikasi dorilar reestri ro'yxatidan o'tgan
Toshkentning 10 ta dorixonasida topildi

ico 47 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

LESPEFRIL eritma 100ml Вифитех, ЗАО Rossiya
83 000 s`om dan
LESPEFRIL eritma dlya priema vnutr 100ml Вифитех, ЗАО Rossiya
83 000 s`om dan
ETAMBUTOL tabletkalari 400mg N50 Борщаговский ХФЗ, ПАО, НПЦ Ukraina
27 000 s`om dan
IZONIAZID tabletkalari Борщаговский ХФЗ, ПАО, НПЦ Ukraina
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
10 tabletkadan polivinilxlorid plyonka va laklangan bosma alyumin folgali kontur uyali o'ramda. 
50 yoki 100 tabletkadan (kasalxonalar uchun) birinchi ochish nazorati bo'lgan buraladigan qopqoqli polimer bankaga joylanadi. Bankadagi bo'shliq tibbiy paxta bilan to'ldiriladi. Bankaga yorliqli yoki yozma qog'ozli yoki o'zi elimlanadigan polimer materialli yorliq elimlanadi. 
Ikkilamchi o'rami 
5 yoki 10 kontur uyali o'ram tibbiyotda qo'llanishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi. 
100 kontur uyali o'ram teng miqdordagi tibbiyotda qo'llanishiga doir yo'riqnomalar bilan birga karton qutiga (kasalxonalar uchun) joylanadi. 
Bankalar teng miqdordagi tibbiyotda qo'llanishiga doir yo'riqnomalar bilan birga guruhli o'ram – gofrirlangan karton qutiga joylanadi. 
In bulk 
500 yoki 1000 tabletkadan birinchi ochish nazorati bo'lgan buraladigan qopqoqli polimer bankaga joylanadi. Bankadagi bo'shliq tibbiy paxta bilan to'ldiriladi. Bankaga yorliqli yoki yozma qog'ozli yoki o'zi elimlanadigan polimer materialli yorliq elimlanadi.
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: etambutol gidroxloridi – 400 mg; 

yordamchi moddalar: mikrokristall tsellyuloza, kartoshka kraxmal, povidon (kollidon 25), kolloid kremniy dioksid i (A-300 markali aerosil), magniy stearati, talk, natriy kraxmal glikolyati.

Etambutol – bu tuberkulez mikobakteriyalarining tipik va atipik shakllariga bakteriostatik ta'sir qiluvchi ximioterapevtik vositadir.

Preparatning ta'sir mexanizmi bakteriya hujayralarida RNK sintezini buzilishi bilan bog'liq. Bakteriyalarning hujayradan tashqari va hujayra ichi turlariga ta'sir qiladi.

Etambutol ovqat hazm qilish yo'llari orqali tez va 80% ga so'riladi. Minimal bostiruvchi kontsentrasiyasi 1 mg/ml ni tashkil etadi.

Tana vazniga 25 mg/kg dozada og'iz orqali bir marta qabul qilinganidan so'ng 2-4 soatdan keyin zardobda 2-5 mkg/ml ga teng bo'lgan maksimal kontsentrasiyaga erishiladi, 24 soatdan keyin – kontsentrasiyasi 1 mkg/ml dan kam qiymatni tashkil etadi.

Ko'pchilik to'qima va a'zolarga yaxshi kiradi. Etambutol o'pka to'qimasida to'planadi va qon zardobidagi kontsentrasiyasiga nisbatan 5-9 marta yuqori kontsentrasiyaga erishishi mumkin.

Eritrositlardagi xujayra ichi kontsentrasiyasi qon zardobidagiga nisbatan ikki marta yuqori.

Plazma oqsillari bilan 20-30% ga bog'lanadi. Etambutol jigarda dekarboksil kislotasining hosilalarigacha metabolizmga uchraydi. Yarim chiqarilish davri 3-4 soatni tashkil etadi, buyrak etishmovchiligida esa 8 soatgacha uzayadi. 24 soat davomida dori vositasining 50% dan ko'prog'i o'zgarmagan xolda, 8-15% esa nofaol metabolitlari holida siydik bilan chiqariladi. Preparatning boshlang'ich dozasini taxminan 20-30% ahlat bilan o'zgarmagan holda chiqariladi. Etambutol yo'ldosh orqali o'tadi. Homila qonidagi etambutolning kontsentrasiyasi onaning qonidagi dori vositasining kontsentrasiyasini taxminan 30% ni tashkil etadi.

Ko'rish a'zolari tomonidan: ko'ruv nervini bir tomonlama yoki ikki tomonlama retrobulbar yallig'lanishi (ko'rish o'tkirligini pasayishi, rang ajratish hissini buzilishi, Markaziy yoki periferik skotoma borligi, ko'rish maydonini cheklanishi). Ko'rish a'zolari tomonidan buzilishlarni rivojlanishi davolashning davomiyligi va ko'z olmasini mavjud bo'lgan kasalliklariga bog'liq. Ular paydo bo'lganida etambutol bilan davolashni to'xtatish kerak. Ko'rishni o'zgarishi odatda, orqaga qaytuvchan, davolash to'xtatilganidan so'ng bir necha haftada, ba'zi hollarda bir necha oydan keyin yo'qoladi. Ayrim hollarda ko'ruv nervining atrofiyasi sababli, ko'z olmasidagi o'zgarishlar orqaga qaytmaydi.

Allergik reaktsiyalar: teri toshmasi, terini qichishishi, bo'g'imlarda og'riq, tana haroratini oshishi, leykopeniya, anafilaksiya;

Me'da-ichak yo'llari tomonidan: me'da-ichak buzilishlari, og'izda "metall" ta'mi, ko'ngil aynishi va qusish, qorinda og'riq, ishtahani yo'qolishi;

Nerv tizimi tomonidan: holsizlik, bosh og'rig'i, bosh aylanishi, ongni chalkashishi, orientasiyani buzilishi, gallyusinasiyalar, tirishishlar, depressiya, periferik nevrit;

Laborator ko'rsatkichlar: qon zardobida siydik kislotasining darajasini oshishi, siydik kislotali diatezning ko'rinishlari; "jigar" transaminazalarining faolligini oshishi.

Ilgari tuberkulostatik ta'sirga ega bo'lgan preparatlarni qabul qilgan pasientlarda bakteriyalarning chidamliligi ko'proq rivojlanadi. Bunday hollarda etambutolni ilgari pasient qabul qilmagan va unga nisbatan bakterial chidamlilik kuzatilmagan kamida bir yoki ikkita tuberkulezga qarshi vositasi bilan birga qabul qilish kerak.

Buyrak etishmovchiligi bo'lgan bemorlarda etambutolning dozasi, preparat organizmda to'planganligi sababli, kamaytirilishi kerak. Etambutol bilan davolashni boshlashdan oldin vaqti-vaqti bilan oftalmologik nazorat: ko'z tubi, ko'rish maydoni, ko'rish o'tkirligi va rang ajratishni tekshirish kerak.

Jigar va buyrak funktsiyasini va umumiy qon tahlilini vaqti-vaqti bilan nazorat qilish tavsiya etiladi.

Mashinalarni haydash va harakatlanayotgan mexanizmlarga xizmat ko'rsatish qobiliyatiga ta'siri

Etambutol bilan davolanish vaqtida ko'rishni buzilishi (ko'rish o'tkirligini kamayishi, ko'rish maydonini cheklanishi, yashil va qizil ranglarga nisbatan rang ajratishni buzilishi) mumkinligi sababli, mashinalarni boshqarish va harakatlanayotgan mexanizmlarga xizmat ko'rsatish mumkin emas.

o'pka tuberkulezi;

o'pkadan tashqari tuberkulezda qo'llanadi.

-preparatga yuqori sezuvchanlik; 

-ko'ruv nervini yallig'lanishi;

-katarakta;

-diabetik retinopatiya;

-ko'zlarning yallig'lanish kasalliklari;

-og'ir darajadagi buyrak etishmovchiligi;

-podagra;

-homiladorlik;

-laktasiya;

-bolalar (13 yoshgacha) da qo'llash mumkin emas.

Etambutol tuberkulezga qarshi boshqa preparatlar: izoniazid, paraaminosalisil kislotasi, streptomisin, Tsikloserin, pirazinamid, etionamid va rifampisin bilan majmuaviy davolashda ishlatiladi.

Alyuminiy gidroksidi etambutolni ovqat-hazm qilish yo'llari orqali so'rilishini kamaytiradi. Etambutol ayrim mikroelementlar, asosan ruxning metabolizmini o'zgartiradi. Tsiprofloksasin, aminoglikozidlar, asparaginaza, karbamazepin, litiy tuzlari, imipenem, metotreksat, xininlarning neyrotoksikligini kuchaytiradi.

Quruq, yorug'likdan himoyalangan joyda, 25С dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin! 


Yaroqlilik muddati

4 yil. 

O'ramida ko'rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan so'ng ishlatilmasin.

dumaloq, yassi tsilindrik, oq yoki kulrang tusli oq rangli, riskali va faskali tabletkalar.

Kattalar: davolashning boshlang'ich davolanish davri: sutkada tana vazniga 15 mg/kg – bir martalik doza; uzluksiz davolash: odatda sutkada tana vazniga 20 mg ni tashkil etadi. Kasallik qaytalanganida, Kox tayoqchalari boshqa tuberkulezga qarshi vositalarga chidamli bo'lganida boshlang'ich davolash davrida dozani sutkada tana vazniga 30 mg/kg gacha (ammo 2,0 g dan ko'p emas) oshirish mumkin.

13 yoshdan boshlab bolalarga tana vazniga 15-25 mg/kg hisobida (ammo 1,0 g dan ko'p emas) buyuriladi.

To'liq davolash kursi 9 oy davom etadi.

Buyrak kasalliklarida preparatning dozasi kreatinin klirensiga bog'liq.

Kreatinin klirensi (ml/min)

Sutkalik dozasi

100 dan ortiq

sutkada tana vazniga 20 mg/kg

70-100

sutkada tana vazniga 15 mg/kg

70 dan past

sutkada tana vazniga 10 mg/kg

gemodializda

sutkada tana vazniga 5 mg/kg

dializ kunida

sutkada tana vazniga 7 mg/kg

 

Quruq, yorug'likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!

ETAMBUTOL tabletkalari 400mg N100 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

 QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ETAMBUTOL

ETHAMBUTOL

 

Preparatning savdo nomi: Etambutol

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): etambutol

Dori shakli: tabletkalar

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: etambutol gidroxloridi (100% quruq moddaga qayta xisoblaganda) – 400 mg;

yordamchi moddalar: kalsiy gidrofosfat digidrati, povidon, natriy laurilsulfati, talk, magniy stearati.

Ta‘rifi: oq rangli, dumaloq shaklli, yassi yuzali, faska va riskali tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Tizimli qo‘llash uchun mikroblarga qarshi vositalar. Mikobakteriyalarga ta‘sir etuvchi vositalar. Tuberkulyozga qarshi vositalar. Etambutol.

ATX kodi: J04AK02

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Etambutol Mycobacterium tuberculosis ga, shuningdek ayrim atipik mikobakteriyalarga (M.avium, M.kansasii, M.xenopi) nisbatan yaqqol bakteriostatik ta‘sir ko‘rsatadi. Preparat streptomisinga, izoniazidga, PASK, etionamid, kanamisin va boshqa tuberkulyozga qarshi chidamli mikobakteriyalarni ko‘payishini susaytiradi. Etambutolning ta‘sir mexanizmini uni mikobakteriyaga kirganidan keyin RNK va oqsillar sintezini susaytirishi, ikki valentlik biometallarning (mis, magniy) ionlari bilan o‘zaro ta‘sirlashish qobiliyati, ribosomalar strukturasini buzilishi va lipidlar almashinuvi jadalligini susayishi bilan bog‘laydilar. Taxminan 1% pasientlar preparatga birlamchi chidamlilikka ega. Tuberkulyozni monoterapiyasida tolerantlik tez rivojlanadi.

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilinganida preparatning 75-80% ovqat hazm qilish yo‘llaridan so‘riladi. Bir vaqtda ovqat qabul qilish so‘rilish jarayonini kuchaytiradi va tezlashtiradi. Etambutolning qondagi maksimal konsentrasiyasiga taxminan 2 soatdan keyin erishiladi va preparat 25 mg/kg dozada yuborilganida 4-5 mkg/ml ni va preparat 50 mg/kg dozada yuborilganida 8-9 mkg/ml ni tashkil qiladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi qabul qilingan dozaga bog‘liq va 10-40% ni tashkil qiladi. Yarim chiqarilish davri (T1/2) 3,3-3,5 soatni tashkil qiladi. Etambutolning farmakokinetikasini o‘ziga xosligi, uni tanlab eritrositlarda to‘planishi xisoblanadi (konsentrasiyasi qon plazmasidagiga qaraganda 2 marta yuqori). Etambutol orqa miya suyuqligiga, yo‘ldosh orqali va ko‘krak sutiga o‘tadi. Preparat asosan o‘zgarmagan holda siydik bilan chiqariladi. Etambutolning taxminan 10-20% ahlat bilan faol bo‘lmagan metabolitlari (aldegidlar, dikarbon kislotalari) ko‘rinishida chiqariladi. Buyrak faoliyatini buzilishida etambutolni buyurish, uni organizmda to‘planishiga olib kelishi mumkin.

Qo‘llanilishi

O‘pka va o‘pkadan tashqari tuberkulyozning hamma shakllarini davolashda (boshqa tuberkulyozga qarshi vositalar bilan majmuada) qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalarga birlamchi davolashda Etambutol ichga tana vazniga 15 mg/kg dozada sutkada 1 marta buyuriladi. Takroriy kurs o‘tkazishda preparat sutkada 1 marta 25 mg/kg dozada 2 oy davomida buyuriladi, keyin davolash 15 mg/kg dozada davolashning hamma davri davomida buyuriladi. Preparat tana vazniga 25 mg/kg dozada qo‘llanganida okulistning har oylik kuzatuvi tavsiya etiladi. Boshlang‘ich davolashda maksimal sutkalik doza 2 g dan ortiq bo‘lmasligi kerak.

Bolalarga 13 yoshdan Etambutol ichga sutkada 15-25 mg/kg dozada buyuriladi. Bolalar uchun maksimal sutkalik doza – 1 g.

Davolash kursi davomiyligi tuberkulyozning shakliga bog‘liq va 6 oydan 12 oygachani tashkil qiladi. Etambutolni ovqatdan keyin qabul qilish uning o‘zlashtirilishini yaxshilaydi.

Buyraklarning funksional yetishmovchiligida, Etambutol kreatinin klirensining ko‘rsatgichiga qarab buyuriladi:

Kreatinin klirensi (ml/min) Sutkalik doza
100 dan yuqori

70-100

70 dan past

Gemodializda

Dializ kuni

sutkada 20 mg/kg

sutkada 15 mg/kg

sutkada 10 mg/kg

sutkada 5 mg/kg

sutkada 7 mg/kg

Nojo‘ya ta‘sirlari

Yurak-qon tomir tizimi: perikardit, miokardit, arterial gipotenziya, taxikardiya.

Qon tizimi va limfatik tizimi: leykopeniya, neytropeniya, trombositopeniya, eozinofiliya, limfadenopatiya.

Nerv tizimi: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ongni chalkashishi, orientasiyani buzilishi, gallyusinasiyalar, dezorientasiya, depressiya, periferik nevritlar, oyoq-qo‘llarda paresteziyalar, uvishishi hissi, parezlar.

Ko‘rish a‘zolari: ko‘ruv nervining retrobulbar yallig‘lanishi, ko‘ruv nevropatiyasi, ko‘rish o‘tkirligini bir tomonlama yoki ikki tomonlama pasayishi, shu jumladan qaytmas ko‘rlik, rang ajratishni buzilishi (asosan yashil va qizil ranglarni), markaziy yoki periferik skotomani rivojlanishi, ko‘rish maydonini cheklanishi, to‘r pardaga qon quyilishi. Ko‘z tomonidan buzilishlarni paydo bo‘lishi davolash davomiyligi va ko‘rish a‘zolarini oldingi yoki mavjud bo‘lgan kasalliklariga bog‘liq.

Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari: eozinofiliya, bilan yoki usiz o‘pkalarda infiltratlari, pnevmonit.

Gepatobiliar tizimi: jigar faoliyatini buzilishi, jigar transaminazalari faolligini oshishi, gepatit, sariqlik.

Ovqat hazm qilish yo‘llari: og‘izda metall ta‘mi, ko‘ngil aynishi, qusish, dispepsiya, jig‘ildon qaynashi, qorin og‘rig‘i, diareya, anoreksiya, soxtamembranoz kolit (rifampisin va izoniazid bilan birga qo‘llanganda).

Siydik chiqarish tizimi: kreatinin darajasini oshishi, mochevina darajasini oshishi, interstisial nefrit.

Teri va teri osti kletchatkasi: toshma, qichishish, giperemiya, dermatit, chimchilanish hissi.

Tayanch-xarakat tizimi va biriktiruvchi to‘qima: artralgiya.

Metabolizmni buzilishi: qon zardobida siydik kislotasi klirensini pasayishi, siydik kislotali diatezning ko‘rinishlari, podagrani zo‘rayishi.

Immun tizimi: anafilaktik/anafilaktoid reaksiyalar, shu jumladan anafilaktik shok, Stivens-Djonson sindromi, Layell sindromi (toksik epidermal nekroliz), bronxospazm, vaskulit.

Umumiy buzilishlar: tana haroratini oshishi, etni uvishishi, umumiy holsizlik, shishlar.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • preparatga yuqori snzuvchanlik;
  • ko‘ruv nervining nevriti;
  • katarakta;
  • ko‘zlarning yallig‘lanish kasalliklari;
  • diabetik retinopatiya;
  • og‘ir buyrak yetishmovchiligi, surunkali buyrak yetishmovchiligi;
  • ko‘rishning holatini tekshirish mumkin bo‘lmagan vaziyatlar (og‘ir holat, ruxiy buzilishlar) da qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Preparatni quyidagilar bilan bir vaqtda qo‘llanganida:

tuberkulyozga qarshi dori vositalari bilan – tuberkulyozga qarshi dori vositalarining samarasi kuchayadi. Tuberkulezni etambutol bilan majmuaviy davolashda izoniazid, paraaminosalisil kislota (PASK), streptomisin, sikloserin, pirazinamidni qo‘llash mumkin;

bir vaqtda siklosporin A izoniazid bilan qo‘llanganidan – transplantatni ko‘chib ketish xavfi bilan siklosporin A ning parchalanishi kuchayadi;

digitoksin bilan – digitoksinning samaradorligi pasayadi.

siprofloksasin, aminoglikozidlar, asparaginaza, karbamazepin, litiy preparatlari, imipenem, metotreksat, xinin bilan – yuqorida ko‘rsatilgan dori vositalarining samaralari kuchayadi va neyrotoksikligi oshadi;

alyuminiy preparatlari va boshqa antasid vositalar bilan – etambutolni so‘rilishi yomonlashadi;

disulfiram bilan – etambutolning konsentrasiyasi oshadi va uning toksikligi kuchayadi;

etionamid bilan – farmakologik antagonizmi oqibatida etambutolni etionamid bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi (preparatni kunora almashtirib qabul qilish afzal);

pirazinamid bilan – siydik kislotasini chiqarilishiga sinergik ta‘sir ko‘rsatadi;

etil spirti bilan – etambutolni ko‘rish a‘zolariga salbiy ta‘siri kuchayadi, shuning uchun davolash vaqtida alkogolni iste‘mol qilishdan voz kechish kerak.

Etambutol ayrim mikroelementlarning, asosan ruxning metabolizmini o‘zgartiradi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparat faqat tuberkulyozga qarshi boshqa vositalar bilan majmuada buyuriladi.

Davolashni boshlash oldidan va davolash vaqtida ko‘z tubini, ko‘z ichki bosimini, refraksiyani, ko‘rish maydonini, ko‘rish o‘tkirligini va rang ajratishni (ayniqsa qizil va yashil, havorang va yashil ranglarni) muntazam tekshirish kerak.

Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda oftalmologik nazoratni har kuni o‘tkazish kerak.

Oftalmologik nazorat har bir ko‘z uchun alohida va ikkalasiga birga amalga oshiriladi, chunki ko‘rish o‘tkirligini o‘zgarishi monoteral yoki bilateral bo‘lishi mumkin.

Ko‘rish faoliyatini har qanday o‘zgarishlari haqida shifokorga xabar berish kerak.

Ko‘rishni buzilishlari paydo bo‘lgan holda ko‘ruv nervining atrofiyasini oldini olish uchun, darhol Etambutolni qo‘llashni to‘xtatish kerak. Ko‘rishni o‘zgarishlari odatda qaytuvchan, davolash to‘xtatilganidan keyin bir necha hafta o‘tgach, ayrim hollarda bir necha oy o‘tgach yo‘qolib ketadi. Istisno hollarda ko‘ruv nervining atrofiyasi oqibatida ko‘rishni o‘zgarishlari qaytmas bo‘lishi mumkin. Ko‘rishni buzilishida gidroksikobalamin yoki sianokobalamin ishlatiladi.

Podagrasi yoki giperurikemiyasi bo‘lgan pasientlarga Etambutolni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda Etambutolning dozasini kamaytirish kerak, chunki preparat organizmda to‘planadi.

Etambutol bilan davolash qonda uratlarning konsentrasiyasini oshirishi mumkin, bu siydik kislotasini buyraklar orqali chiqarilishini susayishi bilan bog‘liq.

Periferik qon, jigar va buyrak faoliyatining ko‘rsatgichlarini vaqti-vaqti bilan nazoratini o‘tkazish tavsiya etiladi.

Davolashni boshida yo‘talni kuchayishi, balg‘am miqdori oshishi mumkin. Ko‘rsatilgan simptomatikani kamaytirish uchun V guruhi vitaminlari, balg‘am ko‘chiruvchi vositalar buyuriladi.

Tuberkulostatik ta‘sirga ega bo‘lgan preparatlarni ilgari qabul qilgan pasientlarda, bakteriyalarning etambutolga chidamliligi ko‘proq rivojlanadi.

Etambutolni davomli yoki takroriy qo‘llash ikkilamchi infeksiyalarni rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Infeksiyaga gumon qilinganida shifokorga murojaat qilish kerak.

Agar tuberkulyozning simptomlari 2-3 hafta davomida yo‘qolmasa yoki holatni yomonlashishi kuzatilsa, shifokorga murojaat qilish kerak.

Qaytalanishni yoki chidamlilik rivojlanishini oldini olish uchun kasallikning simptomlari borligi yoki yo‘qligidan qat‘iy nazar, preparat bilan to‘liq davolash kursini o‘tish kerak.

Etil spirti etambutolning ko‘rish a‘zolariga toksik ta‘sirini kuchaytiradi, shuning uchun davolanish vaqtida alkogol iste‘mol qilishdan voz kechish kerak.

Nojo‘ya samaralari paydo bo‘lganda dozani kamaytirish tomonga tuzatish kiritish, uning iloji bo‘lmaganda – preparatni uzlukli (kun ora yoki haftada 2 marta) qabul qilishga o‘tish kerak.

Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi.

Etambutolni homilador ayollarda qo‘llash mumkin emas.

Preparatni qo‘llashning zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish tavsiya etiladi, chunki etambutol ko‘krak sutiga o‘tadi.

Bolalar.

13 yoshgacha bo‘lgan bolalarda preparatni qo‘llash mumkin emas.

Avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish qobiliyati.

Preparat bilan davolanish davrida avtotransportni boshqarish yoki diqqatni yuqori jamlashni va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish tavsiya etilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: nevrologik buzilishlarni rivojlanishi, ko‘rish nervini shikastlanishi (ko‘rlik paydo bo‘lishi mumkin), ko‘rish o‘tkirligini yomonlashishi yoki boshqa nojo‘ya reaksiyalarning ko‘rinishlarini kuchayishi, ishtahani yo‘qolishi, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, isitma, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ongni chalkashishi, gallyusinasiyalar, polinevrit, nafasni susayishi, asistoliya.

Davolash: spesifik antidoti yo‘q, davolash simptomatik. Preparatni tez so‘rilishi tufayli, preparat qabul qilinganidan keyin darhol qusishni chaqirish yoki me‘dani yuvish, shuningdek enterosorbentlarni buyurish kerak. Organizmning hayotiy muhim faoliyatlarini tutib turish bo‘yicha nazorat va choralarni amalga oshirish, zarurati bo‘lganida reanimasion choralarni o‘tkazish kerak. Allergik reaksiyalarda desensibilizasiya qiluvchi vositalarni ishlatish ko‘rsatilgan. Xavfli holatlarda eritrositlarni yo‘qotish uchun, ularda etambutol to‘planadi, qon quyishni o‘tkazish kerak.

 

Chiqarilish shakli

10 tabletkadan blisterda, 5 blisterdan qutida; 120 tabletkadan konteynerda va qutida; 1000 tabletkadan konteynerlarda.

 

Saqlash sharoiti

Original o‘ramida, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ETAMBUTOL tabletkalari 400mg N100 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ETAMBUTOL tabletkalari 400mg N100 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ETAMBUTOL tabletkalari 400mg N100 dori vositasi АО «Фармасинтез» tomonidan Россия mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ETAMBUTOL tabletkalari 400mg N100 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ETAMBUTOL tabletkalari 400mg N100 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9