FЕMINA preparatining ta’sir etuvchi ekstraktlari va moddalari:
· Qizil beda gullari ekstrakti odam organizmi tomonidan ishlab chiqariladigan jinsiy gormonlar (estrogenlar) kabi ta’sir etadigan o‘simlik gormonlarining (izoflavonoidlar – isoflavanoids deb ataladigan moddalar shaklidagi fitogormonlar) eng boy manbalaridan biri hisoblanadi. Qizil beda gullari, ayniqsa, genistein va daydzein – ikki izoflavonga boy bo‘lib, ular ayollar estrogen gormoniga juda o‘xshashdir. “FЕMINA” preparati bunday izoflavonoidlar miqdorining 2,5 foizini o‘zida saqlaydi.
· Turli tishli Rodiollar ildizlari ekstrakti (O‘zbekiston Rodiolasi yoki Oltin Tomir) “Salidrozid” (Salidroside) deb ataladigan moddaning 3 foizidan ko‘proq miqdorini o‘zida saqlaydi, bu Sibir va Oltoyda o‘sadigan Pushti rangli Rodiolda saqlanadigan (1%) miqdordan uch baravar ko‘proq bo‘lib, Rodiol tarkibidagi eng qimmatli modda hisoblanadi. Salidrozid quyidagi kabi bir qator foydali xususiyatlarga ega: organizmning agressiv tashqi muhitga qarshilik ko‘rsatish qobiliyatini oshiradi, viruslarni bartaraf qiladi, nerv hujayralarini nobud bo‘lishdan himoya qiladi va markaziy nerv tizimi faoliyatini rag‘batlantiradi.
· Qahrabo kislotasi ilik ozuqlanishining juda muhim manbai hisoblanadi. Odam organizmi yosh kattalashgan sayin suyak to‘qimalari qarishini tezlashtirgan holda o‘z qahrabo kislotasi ishlab chiqarilishini kamaytiradi, mushak massasi kamayadi, ya’ni qarish (sarkopeniya) jarayoni faollashadi. Yangi dengiz mahsulotlarini iste’mol qilish orqali qahrabo kislotasi o‘rnini to‘ldirish mumkin, biroq O‘zbekiston sharoitlarida bu ancha muammoli hisoblanadi. Qahrabo kislotasi biokiraolishlikni, ya’ni organizm hujayralari tomonidan Femina preparatining asosiy ta’sir etuvchi moddalari hisoblangan tabiiy estrogenlar – izoflavonlar va salidrozid o‘zlashtirilish samarasini ham oshiradi hamda organizmning qarish jarayonini sekinlashtiradi.
FЕMINA
· Menopauzalar simptomlarini (qon quyilishlar, charchoqlik, asabiylashish) yengillashtiradi;
· Osteoporozdan himoya qiladi (ayniqsa, agar menopauza oldidan profilaktika maqsadlarida qo‘llanilsa);
· Yurak-qon tomirlar kasalliklaridan himoya qiladi (xolesterin darajasi ko‘rsatkichlari yaxshilanishi hisobiga);
· Tinchlantiruvchi ta’sir etadi va uyquni yaxshilaydi;
· Quvvatni va jismoniy chidamlilikni oshiradi;
· Ayollar organizmida estrogen gormonini oshiradi;
· Organizmning qarish/so‘nish (sarkopeniya) jarayonini sekinlashtiradi.