×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

FEYBA liofilizat 1000YeD

Kategoriya:
- Qon va qon aylanishi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Avstriya / Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
- Baxalta Innovations GmbH, Австрия произведено: Baxter AG
Vakil:
- Takeda Osteurope Holding GmbH
ATX kodi:
- B02BD03
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

VIKASOL inyeksiya uchun eritma 1ml 1% N10 O´zkimyofarm, АО им. С.К. Исламбекова O'zbekiston
16 800 s`om dan
NATALSID suppozitorii 250mg N10 Нижфарм-Stada CIS Rossiya
45 000 s`om dan
GELOFUZIN infuziya uchun eritma 500ml N10 B.Braun Melsungen AG, Германия произведено: B.Braun Medical AG Shveytsariya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Liofilizat
Faol modda: Antiingibitorli koagulyant majmua.
1 ta flakon tarkibida antiingibitorli koagulyant majmua faolligining 1000 BIRLIGI mavjud, bu 400 - 1200 mg odam plazmasi oqsiliga to'g'ri keladi.
Yordamchi moddalar: natriy xlorid va natriy sitrat.
Erituvchi: in'ektsiyalar uchun suv.
Feyba preparati tarkibida II, IX va X faktorlari asosan faollashmagan shaklda hamda faollashtirilgan VII faktori mavjud; VIII (FVIII C: Ag) faktorining koagulyant antigeni va kallikrein-kinin tizimi (metabolik o'zaro ta'sir tizimi) faktorlari qoldiq miqdorlarda mavjud yoki umuman mavjud emas.
Feyba preparati odam plazmasidan ishlab chiqariladi. Preparat ivishning alohida faktorlari pasaygan yoki mavjud bo'lmagan hollarda qon ketishlarni davolash uchun qo'llaniladi.
Ko'p uchraydigan nojo'ya ta'sirlar (10 kishidan 1 tasida kuzatiladi):
giperta'sirchanlik;
bosh og'rig'i;
bosh aylanishi;
past arterial bosim;
toshma;
V gepatiti yuza antijismlariga ijobiy test.
Chastotasi noma'lum bo'lgan nojo'ya ta'sirlar (mavjud ma'lumotlar bo'yicha hisoblab bo'lmaydi)
Qon va limfa tizimi tomonidan buzilishlar: qonning ivuvchanligining jiddiy buzilishi (DVS), ingibitorlarning orttirilgan titri.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar: anafilaktik reaktsiyalar, eshakemi.
Asab tizimi tomonidan buzilishlar: qo'l va oyoqlarning uvishishi (gipoesteziya), terining noodatiy yoki past darajadagi sezgirligi (paresteziya), insulьt (trombotik insulьt, embolik insulьt), uyquchanlik (uyqusizlik), ta'm bilish hislarining o'zgarishi (disgevziya).
Yurak tomonidan buzilishlar: yurak xuruji (miokard infarkti), yurak urishining tezlashishi (taxikardiya).
Qon tomirlari tomonidan buzilishlar: qon tomirlariga tushuvchi qon quyqalari (tromboembolik murakkablashuvlar, venozli va arterial tromboz), orttirilgan arterial qon bosimi (gipertoniya), qizarish.
Nafas olish tizimi, ko'krak qafasi va umurtqa bilan ko'krak qafasi orasi (o'pkalar orasidagi soha, masalan, traxeya, qizilo'ngach, yurak va hokazo) organlari tomonidan buzilishlar: o'pka arteriyasi obstruktsiyasi (o'pka arteriyasi tromboemboliyasi), nafas yo'llari paroksizmlari (bronxospazm), xurraklar, yo'tal, nafas qisishi.
Oshqozon-ichak trakti tomonidan buzilishlar: qayt qilish, diareya, qorindagi og'riq, ko'ngil aynishi.
Teri va teriosti to'qimalari tomonidan buzilishlar: yuzning uvishishi, yuz, til va lablarning shishuvchanligi (angionevrotik shish), butun tana eshakemi, qichishish.
Preparatni kiritish joyidagi umumiy buzilishlar: in'ektsiya joyidagi og'riq, lohaslikni his qilish, istima, titrashlar, bezgak, ko'krakdagi og'riq, ko'krakdagi lohaslik.
O'rganish: arterial bosimning pasayishi.
Vena ichiga tez kiritish o'tkir og'riq, yuz va bo'g'inlarning uvishishi hamda yaqqol ifodalangan arterial qon bosimining pasayishini yuzaga keltirishi mumkin.
Tavsiya qilingan sutkalik maksimal dozadan ko'proq dozalar kiritilganda va/yoki uzoq vaqt qo'llanilganda va/yoki tromboemboliyaning rivojlanish xavfi omillari mavjud bo'lganda miokard infarktining qayd qilinganligi aniqlandi.
Feyba preparatidan foydalanishdan avval shifokor bilan maslahatlashish zarur, chunki ushbu preparat quyidagilar kabi giperta'sirchanlik reaktsiyalarini yuzaga keltirishi mumkin:
eritema (terining qizarishi);
toshma;
butun tana terisi bo'ylab bo'rtiqlar (eshakemi);
butun tananing qichishishi;
lab va tilning shishishi;
nafasning buzilishi/nafas qisishi;
ko'krak qisishi;
umumiy lohaslik;
bosh aylanishi;
arterial bosimning pasayishi.
Plazmadan olingan preparatlarga bo'lgan giperta'sirchanlik reaktsiyalarining boshqa simptomlari letargiya va bezovtalikni o'z ichiga oladi.
Yuqorida sanab o'tilgan simptomlardan istalgani yuzaga kelgan hollarda darhol infuziyani to'xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak. Bu simptomlar anafilaktik reaktsiyalarning dastlabki belgilari bo'lishi mumkin va shoshilinch yordamni talab qiladi.
Uning komponentlariga nisbatan giperta'sirchanlikka ega deb hisoblanuvchi bemorlarda preparatni takroriy qo'llashda kutiladigan foyda va ta'sir qilish xavfini, jumladan profilaktik davolash yoki muqobil terapiya usullarini qo'llash imkoniyatini baholashni o'tkazish lozim.
Arterial bosim sezilarli darajada o'zgargan, nafas olish qiyinlashgan, yo'tal yoki ko'krakda og'riq bo'lgan hollarda darhol infuziyani to'xtatish va shifokorga murojaat qilish zarur.
Gemofiliyaning ingibitorli shakli yoki shvish faktorlariga ingibitorlar oqibatida orttirilgan koagulopatiyalarga ega bo'lgan bemorlarda Feyba preparati bilan davolashda qon ketishga orttirilgan moyillik va trombozlarning orttirilgan xavfi mavjud bo'lishi mumkin.
Davolash davomidagi nazorat
Bir martalik dozani tana vaznining har kilogrammiga 100 BIRLIK va sutkalik dozani tana vaznining har kilogrammiga 200 BIRLIK dan oshirmaslik lozim. Tana vaznining har kilogrammiga 100 BIRLIK miqdoridagi bir martalik doza oluvchi bemorlar ustidan DVS sindromi va/yoki o'tkir koronar ishemiya simptomlari va trombozlar va tromboembolik murakkablashuvlarning boshqa simptomlarining yuzaga kelishi bo'yicha puxta kuzatuv olib olish zarur. Feyba preparatining baland dozalarini faqat qon ketishni to'xtatish uchun zarur bo'lgan vaqtdagina tayinlash lozim.
Arterial bosim va pulьs chastotasining buzilishi, nafas olishning qiyinlashshishi, ko'krak qafasidagi og'riqlar va yo'talning klinik ifodalagan belgilari paydo bo'lganida preparatni kiritishni darhol to'xtatish va tegishli tashxisiy va davolash tadbirlarini boshlash lozim. DVS sindromning muhim laboratoriya belgilarpi bo'lib fibrinogenning pasayishi, trombotsitlar sonining kamayishi va/yoki fibrin/fibrinogen degradatsiyasi mahsulotlarining (FDM) mavjudligi hisoblanadi. Boshqa belgilar quyidagilardan iborat: trombin vaqti, protrombin vaqti yoki faollashtirilgan qisman tromboplastin vaqtining (FQTV) sezilarli darajada uzayishi. Ingibitorli gemofiliya yoki VIII, IX va/yoki XI faktorlariga orttirilgan ingibitorlarga ega bo'lgan bemorlarda faollashtirilgan qisman tromboplastin vaqti (FQTV) hamrox kasallik bilan uzaytiriladi.
Ingibitorlarga ega bo'lgan bemorlar tomonidan preparatning qabul qilinishi ingibitorlar darajasining dastlabki “anamnestik” ortishiga olib kelishi mumkin. Feyba preparatidan uzluksiz foydalanilgan hollarda ingibitorlar uzoq vaqt davomida pasayishi mumkin. Klinik va e'lon qilingan ma'lumotlar Feyba preparati samaradorligining pasaymasligini ko'rsatadi.
Feyba preparati bilan davolangan, ingibitorli gemofiliya yoki koagulyatsiya faktorlariga orttirilgan ingibitorlarga ega bo'lgan bemorlarda qon ketishlariga bo'lgan moyillik hamda trombozlarning yuzaga kelish xavfi ortishi mumkin.
Laboratoriya tahlillari va klinik samaradorlik
Faollashtirilgan qisman tromboplastina vaqti, toza qonning ivishish vaqti va tromboelastogramma kabi davolashning in vitro samaradorligini nazorat qilish uchun o'tkaziladigan tahlillar natijalari klinik yaxshilanish bilan bog'liq bo'lmasligi mumkin. Shuning uchun ham Feyba preparati dozalarini orttirish yo'li bilan bu ko'rsatkichlarni normallashtirishga erishishga urinishlar nafaqat samarali bo'lmasligi, balki dozasini oshirib yuborish natijasida DVS sindromining yuzaga kelish xavfini oshirishi ham mumkin.
Tromboz va tromboembolik murakkablashuvlar, jumladan disseminlashgan tomirichi ivishi (DVS sindromi), venozli tromboz, o'pka emboliyasi, miokard infarkti, insulьt Feyba preparati bilan davolash vaqtida rivojlanishi mumkin. Rekombinant faktor bilan hamrox davolash ham tromboembolik murakkablashuvlarning rivojlanish xavfini orttiradi. Ko'rsatib o'tilgan tromboembolik murakkablashuvlardan ayrimlari preparat dozasini oshirish oqibatida yuzaga kelishi mumkin. Preparat odam plazmasi yoki qonidan ishlab chiqarilganligi uchun bemorlarga infektsiyalarning yuqishining oldini olish uchun alohida choralar ko'riladi, xususan tashuvchilikni istisno qilish uchun qon va plazma donorlarini tuxta tanlab olish va yakka tartibdagi plazma pullarini viruslar va infektsiyalarning maxsus markerlariga loboratoriya skriningi. Ushbu mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar ham viruslarni inaktivatsiya qilish yoki yo'qotish uchun qon va plazmaga ishlov berish bosqichlaridan foydalanadilar. Shunga qaramasdan odam qoni yoki plazmasidan olinadigan dori mahsulotlarini qo'llashda infektsion agentlarning uzatilish ehtimolini butunlay istisno qilib bo'lmaydi. Bu noma'lum yoki paydo bo'layotgan viruslarga va boshqa patogenlarga ham tegishli.
OITS, V gepatiti va S gepatiti kabi qobiqli viruslar va A gepatitining qobiqli bo'lmagan viruslari uchun ko'rilgan choralar samarali hisoblanadi. Parvovirus V19 kabi qobiqli bo'lmagan viruslar uchun ko'rilgan cholalar cheklangan ahamiyatga ega bo'lishi mumkin. V19 parvovirusi bilan infektsiyalanish homilador ayollar (homilaga infektsiya yuqishi) va immunitet tanqisligiga yoki eritrotsitlarning orttirilgan parchalanishiga (masalan, gemolitik anemiyada) ega bo'lgan bemorlar uchun xavfli bo'lishi mumkin.
Agar siz odam plazmasidan tayyorlangan VIII faktori ingibitori preparatlari bilan muntazam yoki qayta terapiya olayotgan bo'lsangiz, shifokor sizga A va V gepatitiga qarshi emlashni tavsiya qilishi mumkin.
Feyba preparatining yuqori dozalarini qabul qilish fonida passiv o'tuvchi antijismlarning V gepatitining yuzali antigeniga tranzitor ortishi serologik testdan o'tkazishdagi ijobiy natijalarni tarqin qilishdagi adashishga olib kelishi mumkin.
Feyba preparatini har safar kiritishda preparat nomi va seriyasini qayd qilish qat'iy tavsiya qilinadi.
Tarkibidagi natriy miqdori
Feyba 500 BIRLIK flakonida 80 mg ga yaqin natriy mavjud.
Buni tarkibida oz miqdorda natriy bo'lgan parhezda bo'lgan bemorlar uchun hisobga olish lozim.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Homiladorlik va ko'krak suti bilan emizish davrida Feyba preparatini tayinlashdan avval shifokor xatar/foyda nisbatini baholashi lozim. Homiladorlik vaqtida tromboz xavfining yuqori bo'lishi tufayli preparatni faqat shifokorning qat'iy nazorati ostida va faqa o'ta zarur bo'lgan hollardagina tayinlash lozim.
Transport vositalari boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Avtomobil boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri qayd qilinmagan.
A gemofiliyaning ingibitorli shakli bilan og'rigan bemorlarda qon ketishlarni davolash.
Maxsus davolash mavjud bo'lmagan hollarda V gemofiliyasining ingibitorli shakli bilan og'rigan bemorlarda qon ketishlarini davolash.
VIII faktorga ingibitorlar oqibatida orttirilgan koagulopatiyalarga ega bo'lgan bemorlarni davolash.
Ko'p miqdorda qon ketishlarini boshidan kechirgan va jiddiy qon ketishlar xavfsiga ega bo'lgan A gemofiliyasining ingibitorli shakliga ega bo'lgan bemorlarda qon ketishlar profilaktikasi.
Agar qon koagulyatsiyasining mos kontsentratsiyasi bilan davolashga javob bo'lmasa (masalan, ingibitorning yuqori darajadagi titri holatida), Feyba preparatini quyidagi hollarda qo'llash mumkin:
preparatning istalgan moddasiga nisbatan allergiyalar;
disseminirlangan tomirichi ivishi (DVS sindromi), qon tomirlarida qonning keng miqdorda ivishi va tromblarning yaqqol hosil bo'lishi bilan boruvchi hayot uchun xavfli bo'lgan holat, bu organizmdagi ivish omillarining sarflanishiga olib keladi;
miokard infarkti, o'tkir tromboz va/yoki emboliyada faqat hayotga tahdil soluvchi qon ketishlarda.
Agar siz qandaydir dori vositalarini (jumladan ushbu bobda ko'rsatilmagan dori vositalari) qabul qilayotgan yoki yaqinda qabul qilgan bo'lsangiz, Feyba preparatini qabul qilishdan avval shifokorga xabar berish zarur.
Feyba preparati va VIIa rekombinant faktori yoki antifibrinologik vositalarni majmuaviy yoki ketma-ket qo'llanilishi bo'yicha yetarlicha yoki qat'iy nazorat qilinaligan o'rganishlar mavjud emas. Feyba preparati bilan birgalikda traneksam yoki aminokapron kislotasidan foydalanganda qon quyqalarining yuzaga kelishi mumkinligini hisobga olish zarur. Shunday qilib Feyba preparatidan keyin antifibrinolitiklarni kiritishlar o'rtasidagi oraliq kamida 6-12 soatni tashkish qilish kerak.
Feyba preparati va VIIa rekombinant faktorini birgalikda qo'llaganda mavjud ma'lumotlar va klinik kuzatuvlarga ko'ra dori vositalarining ehtimoliy o'zaro ta'sirlari xavfini, xususan tromboembolik murakkablashular xavfini istisno qilib bo'lmaydi.
Feyba preparatini boshqa dori preparatlari bilan aralashtirish mumkin emas, chunki bu preparatdan foydalanish samaradorligi va xavfsizligiga ta'sir qilishi mumkin. Feyba preparatini kirishgacha va kiritgandan keyin umumiy venozli kirishni natriy xloridning steril izotonik eritmasi bilan yuvish tavsiya qilinadi.
2°S dan 8°S gacha bo'lgan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin. Bolalar ola olmaydigan joyda saqlang.
Yorug'likdan himoya qilish uchun asl qadog'ida saqlang.
Ko'rsatilgan yaroqlilik muddati doirasida preparatni 6 oy davomida xona haroratida (25 °S dan past) saqlash mumkin. Xona haroratida saqlashni boshlash sanasini qadoqqa yozib qo'yish kerak. Agar preparat xona haroratida 6 oy saqlangan bo'lsa, u kiritilishi yoki chiqitga chiqarilishi lozim. Bu muddatdan keyin uni sovutkichda saqlash mumkin emas.

Yaroqlilik muddati
Liofilizatning yaroqlilik muddati - 2 yil. Erituvchining yaroqlilik muddati – 4 yil.
Majmuaning yaroqlilik muddati majmuaga kiruvchi komponentlarning eng kam yaroqlilik muddati bo'yicha aniqlanadi.
Yaroqlilik muddati tugaganidan keyin qo'llanilmasin.

Davolash koagulyatsiya buzilishini davolash tajribasiga ega bo'lgan shifokor nazorati ostida boshlanishi va o'tkazilishi kerak.

Dozalari

Davolash dozasi va davomiyligi qonning ivuvchanligi buzilishining og'irligi, qon ketishning lokalizatsiyasi va jadalligi hamda bemorning klinik holatiga bog'liq ravishda shifokor tomonidan aniqlanadi. Doza va kiritish chastotasini tanlashda har bir alohida holatdagi klinik samaradorlikka asoslanish lozim.

Odatda preparatni tana vaznining har kilogrammiga 50 dan 100 tagacha birlikdan iborat dozada kiritish tavsiya qilinadi. Bunda bir martalik doza – tana vaznining har kilogrammiga 100 BIRLIK va sutkalik doza – tana vaznining har kilogrammiga 200 BIRLIK dan oshirib yubormaslik kerak, faqat qon ketishning og'irligi yuqori dozalarning qo'llanishini oqlaydigan va tushintiradigan hollarda oshirish mumkin.

O'zicha shifokor tomonidan tayinlangan dozani o'zgartirish va preparatdan foydalanishni to'xtatishga yo'l qo'yilmaydi. Agar Feyba preparatining ta'siri xaddan tashqari sust yoki kuchli bo'lsa, bu haqida shifokorga xabar qilish lozim.

Bemor uchun xos bo'lgan faktorlar tufayli antiingibitorli koagulyant majmuasiga bo'lgan reaktsiya turlicha bo'lishi va qon ketishning alohida holatida bitta modda mos bo'lgan tarzda ta'sir qilmaydigan bemorlarga boshqa modda yaxshi ta'sir qilishi mumkin. Antiingibitorli koagulyant majmuasiga yetarli darajada reaktsiya bo'lmagan hollarda boshqa moddadan foydalanish imkoniyatini ko'rib chiqish lozim.

Pediatrik populyatsiya (bolalar)

Feyba preparatini 6 yoshdan kichik bolalarda qo'llanilishi bo'yicha tajriba cheklangan. Preparatni dozalash rejimi katta yoshdagilardagi bilan bir xil va u bolaning kilinik holatiga ko'ra moslashtirilishi kerak.

1) To'satdan qon ketishlar

Tomirlar, mushaklar va yumshoq to'qimalarga qon quyilishlari

Past va o'rtacha jadallikdagi qon ketishlar holatlarida Feyba preparatining har 12 soatda tana vaznining har kilogrammiga 50 dan 75 BIRLIK gacha dozasi tavsiya qilinadi. Davolashni klinik yaxshilanishning aniq belgilari: og'riqlarning yo'qolishi, bo'g'in harakatchanligining qayta tiklanishi, uning hajmining kamayishi paydo bo'lgunicha davom ettirish zarur.

Mushaklar va yumshoq to'qimalarga ko'p miqdordagi qon quyilishlarda, masalan, qorindagi gemotomalarda tavsiya qilinuvchi doza har 12 soatda tana vaznining har kilogrammiga 100 BIRLIK ni tashkil qiladi.

Shilliq qavatlardan qon ketishlar

Bemor holati (qon ketish sohasining holati, gemotokrit dinamikasi) ustidan qat'iy nazorat qilingan holda har 6 soatda tana vaznining har kilogrammiga 50 BIRLIK dagi doza tavsiya qilinadi. Agar qon ketish to'xtamasa, dozani tana vaznining har kilogrammiga 100 BIRLIK gacha orttirish mumkin, biroq bunda sutkalik maksimal doza tana vaznining har kilogrammiga 200 BIRLIK dan ortmasligi kerak.

Boshqa og'ir qon ketishlar

MAT ga qon quyilishi kabi og'ir gemorragiyalar preparatni har 12 soatda bir martalik tana vaznining har kilogrammiga 100 BIRLIK da kiritish yo'li bilan samarali tarzda bartaraf qilinadi. Alohida holatlarda Feyba preparatini yaqqol ko'zga tashlanuvchi klinik yaxshilanishga erishilgunicha 6 soatlik oraliq bilan, biroq tana vaznining har kilogrammiga 200 BIRLIK dan iborat sutkalik maksimal doazadan oshirmagan holda kiritish mumkin.

2) Jarrohlik aralashuvlari

Jarrohlik aralashuvlarida tana vaznining har kilogrammiga 100 BIRLIK dan iborat boshlang'ich dozani operatsiyagacha va tana vaznining har kilogrammiga 50-100 BIRLIK dan iborat qo'shimcha dozalarni 6-12 soatdan keyin kiritish mumkin. Operatsiyadan keyingi ushlab turuvchi doza sifatida 6-12 soat oraliq bilan tana vaznining har kilogrammiga 50-100 BIRLIK kiritish mumkin. Dozalash, dozalarni kiritish oraliqlari, operatsiya vaqtidagi va operatsiyadan keyingi davolash davomiyligi har bir holatda operatsiyali aralashuv, bemorning umumiy holati va klinik samaradorlikka bog'liq bo'ladi. (Sutkalik maksimal doza tana vaznining har kilogrammiga 200 BIRLIK dan oshmasligi kerak!)

3) Gemofiliya A ning ingibitorli shakli bilan og'rigan bemorlarda qon ketishlar profilaktikasi

Ingibitorlarga yoki muvaffaqiyatsiz immun tolerantligi induktsiyasidan (ITI)

keyingi tez-tez qon ketishlariga ega bo'lgan bemorlardagi yoki ITI mos kelmaydigan hollardagi profilaktika:

Tavsiya qilinadigan doza kun ora tana vaznining har kilogrammiga 70-100 BIRLIK ni tashkil qiladi. Zarur bo'lgan hollarda dozani tana vaznining har kilogrammiga 100 BIRLIK gacha orttirish yoki asta-sekin pasaytirish mumkin.

Immun tolerantligi induktsiyasini (ITI) o'tkazish vaqtida ingibitorning yuqori titriga va tez-tez qon ketishlarga ega bo'lgan bemorlarda qon ketishlar profilaktikasi

Feyba preparatini ingibitor titri <2 BB* pasaymagunicha tana vaznining har kilogrammiga 50-100 BIRLIK dozalar oralig'ida VIII faktor bilan bir vaqtda tayinlash mumkin.

* 1 BB (Betezda birligi) +37°S haroratda 2 soat davomida inkubatsiyadan keyin toza standart odam plazmasida VIII faktor faolligini 50% ingibirlaydigan antijismlar miqdori kabi aniqlanadi.


Monitoring

Preparat bilan davolashga yetarli darajada javob bo'lmagan hollarda trombotsitlar miqdorini aniqlash tavsiya qilinadi, chunki preparatni samarali tarzda qo'llash uchun funktsional intakt trombotsitlarning yetarlicha miqdori talab qiladi.

Ta'sir qilishning murakkab mexanizmi tufayli faol moddalarni bevosita nazorat qilib bo'lmaydi. Toza qonning ivish vaqti, tromboelastogramma va faollashtirilgan qisman tromboplastin vaqti kabi koagulyatsion testlar odatda tegishli ko'rsatkichlarning sezilarli bo'lmagan qisqarishini ko'rsatadi va klinik yaxshilanish bilan bog'liqlikka ega emas. Shu sababli ko'rsatilgan testlar Feyba preparati terapiyastini boshqarish uchun cheklangan ahamiyatga ega.

Qo'llash usuli

Tayyorlangan Feyba eritmasi daqiqisiga tana vaznining har kilogrammiga 2 BIRLIK dan ortiq bo'lmagan tezlikdagi in'ektsiya yoki infuziya yo'li bilan sekin kiritiladi.

Preparat eritmasi bevosita kiritish oldidan tayyorlanadi. Eritmadan tayyorlangandan keyinoq foydalanish zarur (preparat tarkibida konservantlar mavjud emas). Loyqa eritma yoki aralashmalar mavjud bo'lgan eritmadan foydalanish mumkin emas. Foydalanilmagan preparat va chiqindilar tegishli tarzda chiqitga chiqarilishi zarur.

Eritmani yaxshilab aralashtirish va preparatning to'liq eriganligiga ishonch hosil qilish lozim, aks holda qurilma filьtri orqali kamroq birliklar o'tadi.

Ochilgan qadoqlardan takroran foydalanish mumkin emas.

Eritmani tayyorlash uchun faqat in'ektsiyalar uchun suv va qadoq tarkibiga kiruvchi eritish va kiritish to'plamidan foydalaniladi.

Boshqa qurilmadan foydalanganda teshigining o'lchami 149 mkm dan kichik bo'lmagan mos filьtrning mavjudligiga ishonch hosil qilish zarur.

Agar sterillash to'sig'i buzilgan, qadoq shikastlangan yoki unda yirtilish belgilari mavjud bo'lsa, preparatdan foydalanmang.

Infuziya uchun eritmani tayyorlash

Butun protsedura davomida aseptik texnikadan foydalaning.

1. Erituvchili (in'ektsiyalar uchun suv) yopiq flakonni suvli hammomda bir necha daqiqa davomida xona harotatigacha yoki, zarur bo'lgan hollarda, +37 ˚S darajagacha qizdiring.

2. Liofilizatli va erituvchili flakonlardan himoya qalpoqchalarini olib tashlang va har ikkala flakondagi rezina tiqinlarni dezinfektsiyalang. Flakonlarni tekis sirtga qo'ying.

3. Qadoq ichidagiga tegmagan holda himoya plenkasini olib tashlash orqali BAXJECT II Hi-Flow li qadoqni oching (A rasm). Qurilmani qadoqdan chiqarib olmang.

4. Qadoqni ag'daring va birga berilgan igna-o'tkazgichni uchi bilan erituvchili flakonning rezina tiqiniga suqing (B rasm). Uni BAXJECT II Hi-Flow qurilmasidan olib tashlash uchun qadoq qirg'og'idan torting (C rasm). BAXJECT II Hi-Flow qurilmasidan ko'k himoyani olmang.

5. Preparatli flakon tepada bo'lishi uchun flakondagi BAXJECT II Hi-Flow qurilmali butun tizimni ag'daring. Birga berilgan igna-o'tkazgich uchi bilan liofilizatli flakonning rezina tiqiniga suqing. Vakuum tufayli erituvchi liofilizatli flakonga oqib o'ta boshlaydi (D rasm).

6. Flakonni liofilizat to'liq erigunicha astalik bilan aylantiring (silkitmang). Liofilizatning to'liq eriganligiga ishonch hosil qiling, aks holda faol modda filьtrda tiqilib qolishi mumkin.

A расм B расм C расм D расм


    


Infuziya

1. BAXJECT II Hi-Flow qurilmasidan ko'k himoyani oling. Shpritsni oling va uni BAXJECT II Hi-Flow qurilmasi bilan birlashtiring. ShPRITSGA HAVO KIRITMANG (E rasm). Shprits bilan BAXJECT II Hi-Flow qurilmasi o'rtasida zich bog'lanishni ta'minlash uchun Lyuer shpritsidan foydalanish tavsiya qilinadi (shpritsni soat strelkasi yo'nalishida oxirigacha burang).

2. Preparatli flakon tepada bo'lishi uchun flakondagi BAXJECT II Hi-Flow qurilmali butun tizimni ag'daring. Shprits porshenini ehtiyotlik bilan tortgan va butun jarayon davomida BAXJECT II Hi Flow qurilmasi bilan shprits o'rtasidagi ulanish germetik bo'lib qolishini kuzatib borgan holda shpritsga eritmani SEKINLIK BILAN kiriting (F rasm).

3. Shpritsni ajratib oling.

4. Agar ko'pik hosil bo'lishi yuz bersa, ko'pik yo'qolgunicha kuting. Birga berilgan infuziya to'plami (yoki bir martalik kanyula) yordamida eritmani vena ichiga sekin kiriting.

E расм F расм

  

Tayyorlangan eritmani kiritish tezligi 2 BIRLIK/kg tana vazni/daq dan ortiq bo'lmasligi kerak.

Feyba preparatining ortiqcha miqdori qabul qilingan hollarda darhol davolovchi shifokorga xabar qilish lozim. Preparatning yuqori dozalari tromboemolik murakkablashuvlar (qon tomirlariga tushuvchi qon quyqalarining hosil bo'lishi), iste'mol koagulopatiyasi (qon tomirlarida tromblarning yaqqol hosil bo'lishi, DVS) yoki miokard infakti rivojlanish xavfini orttiradi. Qayd qilingan murakkablashuvlarning bir qismi preparat tana vaznining har kilogrammiga 200 birlikdan baland dozada tayinlanganda yoki tromboembolik murakkablashuvlar rivojlanishining boshqa omillariga ega bo'lgan bemorlarda yuz berdi. Trombotik va tromboembolik murakkablashuvlar simptomlari mavjud bo'lgan hollarda preparatni kiritishni darhol to'xtatish va tegishli tashxisiy va terapevtik choralarni ko'rish lozim.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

FEYBA liofilizat 1000YeD dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
FEYBA liofilizat 1000YeD dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
FEYBA liofilizat 1000YeD dori vositasi Baxalta Innovations GmbH, Австрия произведено: Baxter AG tomonidan Avstriya / Germaniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
FEYBA liofilizat 1000YeD dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
FEYBA liofilizat 1000YeD dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
IMMUNIN liofilizat 1200ME
IMMUNIN liofilizat 600ME
FEYBA liofilizat 500YeD
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9