×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

FORSIL EKSPRESS kapsulalar 200mg N20

Kategoriya:
- Dori vositalari
Ishlab chiqarilish joyi:
- Узбекистан
Faol modda:
Ибупрофен
Qadoqda soni:
- 20
Vakil:
- Nika Pharm
ATX kodi:
- М01АЕ01
Noaniqliq haqida habar berish
O'zbekiston Respublikasi dorilar reestri ro'yxatidan o'tgan
Toshkentning 39 ta dorixonasida topildi

ico 24 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 42 000 s`om dan

Bron qilish
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Yumshoq jelatin kapsulalar, 10 kapsuladan PVX/PVDX va alyumin folgali kontur uyali o'ramlarda, 1 yoki 2 kontur uyali o'ramlarda tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan biraga karton qutida.

Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: ibuprofen – 200,0 mg;

yordamchi moddalar: makrogol 600, tozalangan suv*, kaliy gidroksidi**,

* – 50% kaliy gidroksidi tarkibiga kiradi,

** – 50% kaliy gidroksidi ko'rinishida qo'llanadi. Tayyor mahsulotda saqlanmaydi, ibuprofenni kaliyli tuzini hosil qilib reaktsiyaga kirishadi.

Kapsula qobig'ini tarkibi: jelatin, kristallanmaydigan sorbitol eritmasi, tozalangan suv, jozibali qizil bo'yovchisi E-129.

Forsil® Ekspress dori vositasining ta'sir etuvchi moddasi ibuprofen hisoblanadi.

Ibuprofen – nosteroid yallig'lanishga qarshi vosita (NYAQV), u isitma tushiruvchi, og'riq qoldiruvchi va yallig'lanishga qarshi ta'sir ko'rsatadi. Isitma tushiruvchi ta'siri Markaziy nerv tizimining araxidon kislotasi kaskadida tsiklooksigenazalarni (sog) 1 va 2 turlarini tanlamasdan bloklashiga bog'liq bo'lib, u prostaglandinlarni (PG) sintezini kamayishiga, ularni orqa miya suyuqligidagi kontsentrasiyasini va termoboshqaruv markazini qo'zg'alishini pasayishga olib keladi. Isitmada haroratni pasayishi preparatni qabul qilgandan keyin 30 minutdan so'ng boshlanadi, uning maksimal ta'siri 3 soatdan keyin namoyon bo'ladi.

PG E, F va I sinfi maxsulotlarini, biogen aminlarini pasayishi etakchi og'riq qoldiruvchi mexanizmi hisoblanadi, bu nositseptorlarni sezuvchanligini o'zgarish darajasida giperalgeziyani rivojlanishini oldini olishga olib keladi. Analgetik ta'siri yallig'lanish xarakteridagi og'riqlarda ko'proq ifodalangan. Og'riq qoldiruvchi ta'sir ibuprofenni qabul qilingandan keyin 15 minutdan so'ng namoyon bo'ladi.

Yallig'lanishga qarshi samara sog faolligini susayishi bilan bog'liq. Buning natijasida yallig'lanish o'choqlarida PG sintezi pasayadi. Bu yallig'lanish mediatorlarini sekresiyasini va yallig'lanish jarayonini ekssudativ va proliferativ fazalarini faolligini pasayishiga olib keladi. Ibuprofen antiagregant faollikni namoyon qiladi.

Ibuprofen ovqat hazm qilish yo'llaridan taxminan 80% ga so'riladi. Preparatning so'rilishi preparatni ovqat qabul qilingandan keyin biroz kamayadi.

SMaks nahorga qabul qilinganda 45 minut, ovqatdan keyin qabul qilinganda – 1,5-2 soat, sinovial suyuqligida 2-3 soatni tashkil qiladi. Ibuprofen qon oqsillari, asosan albuminlar bilan 90% bog'lanadi. Jigarda tizim oldi va tizimdan keyin metabolizmga uchraydi. So'rilgandan keyin taxminan 60% ibuprofenni farmakologik nofaol - R shakli sekin faol S –shakliga o'tadi. Preparatni metabolizmida CYP2C9 izofermenti ishtirok etadi. T1/2 2-2,5 soat bo'lgan ikki fazali chiqarilish kinetikasiga ega. Buyraklar orqali (1% dan ko'p bo'lmagani o'zgarmagan ko'rinishda) va kam darajada-safro bilan chiqariladi.

Quyida sanab o'tilgan nojo'ya reaktsiyalar ibuprofenni sutkada 1200 mg dan (6 kapsula) oshmagan dozalarda qisqa muddatlarda qo'llanganda aniqlangan. Surunkali holatlarni davolashda va uzoq qo'llanganda boshqa nojo'ya reaktsiyalar paydo bo'lishi mumkin.
Nojo'ya reaktsiyalarni paydo bo'lish tez-tezligi quyidagi mezonlar asosida amalga oshirilgan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez ( ≥1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas ( ≥1/1000 dan <1/100 gacha), kam hollarda ( ≥1/10 000 dan <1/1000 gacha), juda kam hollarda (<1/10 000), tez-tezligi noma'lum (tez-tezligini baholash bo'yicha ma'lumotlar yo'q).

Tizim, a'zo

Tez-tezligi

Nojo'ya ta'siri

Qon va limfatik tizimi tomonidan buzilishlar

Juda kam hollarda

Qonning morfologik ko'rsatkichlarini o'zgarishi (anemiya, leykopeniya, trombositopeniya, pantsitopeniya, agranulositoz). Isitma, tomoq og'rig'i, og'iz bo'shlig'ida yuzaki yaralar, grippsimon simpmtomlar, yaqqol holsizlik, burunni qonashi, va teri ostiga qon quyilishlar, noma'lum etiologiyali qon ketishlar va qon talashlar bunday o'zgarishlarning birinchi belgilari hisoblanadi

Immun tizimi tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas

Qichishish va eshakemi bilan bo'lgan o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari

Juda kam hollarda

Og'ir o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, shu jumladan yuz, til va hiqildoqni shishi va hansirash, taxikardiya, arterial gipotenziya (anafilaksiya, Kvinke shishi yoki og'ir anafilaktik shok)

Tez-tezligi noma'lum

Nafas yo'llari tomonidan reaktsiyalar (bronxial astma, shu jumladan uning zo'rayishi, bronxospazm, hansirash, dispnoe)

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas

Bosh og'rig'i

Juda kam hollarda

Aseptik meningit*

Yurak qon-tomir tizimi tomonidan buzilishlar

Tez-tezligi noma'lum

Yurak etishmovchiligi, periferik shishlar, AQb oshishi

Me'da-ichak yo'llari tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas

Qorinda og'riq, ko'ngil aynishi, dispepsiya

Kam hollarda

Diareya, meteorizm, qabziyatlar va qusish

Juda kam hollarda

Peptik yara, perforasiya yoki me'da-ichakdan qon ketishi, melena, qon aralash qusish, ayrim hollarda letal yakun bilan (ayniqsa keksa yoshli pasientlarda), yarali stomatit, gastrit

Tez-tezligi noma'lum

Yarali kolitni zo'rayishi va Kron kasalligi

Jigar va safro chiqarish yo'llari tomonidan buzilishlar

Juda kam hollarda

Jigar funktsiyasini buzilishi

Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas

Turli teri toshmalari

Juda kam hollarda

Bullez toshma (shu jumladan Stivens-Djonson sindromi, polimorf eritema va toksik epidermal nekroliz) kabi og'ir teri toshmalari

Tez-tezligi noma'lum

Eozinofiliya (DRESS-sindromi) bilan bo'lgan dori keltirib chiqargan o'ta yuqori sezuvchanlik

Buyrak va siydik chiqarish yo'llari tomonidan buzilishlar

Juda kam hollarda

O'tkir buyrak etishmovchiligi, buyrak so'rg'ichlarini nekrozi, ayniqsa davomli qo'llanganda, zardobda mochevina darajasini oshishi va shishlar bilan birga kechganda.

Gematuriya, interstisial nefrit, nefrotik sindrom, proteinuriya

Diagnostik

tadqiqotlar

Juda kam hollarda

Gemoglobin darajasini pasayishi

* Dori bilan induktsiya qilingan aseptik meningitni patogenzi o'rganilmagan.

Ammo NYAQV qabuli bilan bog'liq o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalarining belgilari meningit simptomlari sifatida (dorini qabul qilishni vaqtga bog'liqligi va preparat qabuli to'xtatilgandan keyin simptomlarni yo'qolishi) paydo bo'lishini yagona hollari to'g'risidagi ma'lumotlar mavjud.

Autoimmun kasalligi bo'lgan pasientlarda (tizimli qizil yugurik va biriktiruvchi to'qimaning aralash kasalligi) ibuprofen bilan davolash vaqtida (aseptik meningitning alohida simptomlarini (ensa mushaklarini rigidligi, bosh og'rig'i, ko'ngil aynishi, qusish, isitma, dezorientasiya) kuzatilganligini ta'kidlash lozim.

Nojo'ya samaralar eng kichik samarali dozani qisqa vaqt davomida qo'llanganda minimumga etkazilishi mumkin.

Preparatni keksa yoshdagi pasientlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi, chunki ularda ko'pincha NYAQV ga noxush nojo'ya reaktsiyalar, asosan me'da-ichak yo'llaridan qon ketishi va perforasiyalar namoyon bo'ladi, ular holatni keskin yomonlashishiga olib kelishi mumkin.

Nafas tizimi:

Preparatni bronxial astmasi bo'lgan yoki boshqa allergik kasalliklari bo'lgan pasientlarga buyurilganda bronxospazm xavfini paydo bo'lishi tufayli ehtiyotkorlikka amal qilish lozim. Ibuprofenni to'liq yoki noto'liq bronxial astmada, burunni va burun oldi bo'shliqlarini qaytallanuvchi polipozida va atsetilsalisil kislotasini va boshqa NYAQV o'zlashtirolmaslikda qo'llash tavsiya qilinmaydi.

Boshqa NYAQV

Ibuprofen va boshqa NYAQV, jumladan sog-2 selektiv ingibitorlarini bir vaqtda qo'llashdan saqlanish lozim.

Tizimli qizil yugurik, shuningdek biriktiruvchi to'qimaninig aralash kasalliklari aseptik meniigit xavfini oshishiga yordam beradi.

 

 

Buyraklar

Preparatni buyrak etishmovchiligida ehtiyotkorlik bilan qo'llanadi, chunki buyrak funktsiyasi yomonlashishi mumkin. Suvsizlangan bolalar va o'smirlarda buyrak etishmovchiligini rivojlanish xavfi mavjud.

Jigar

Jigar funktsiyasini buzilishlarida preparat ehtiyotkorlik bilan qo'llanadi.

Yurak qon-tomir va tserebrovaskulyar samaralar

Yurak etishmovchiligi, arterial gipertenziya qon ivishini buzilishlari bo'lgan pasentlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

Klinik tadqiqotlar natijalari ibuprofenni ayniqsa yuqori dozalarda qo'llanganda (sutkada 2400 mg) arterial trombolitik asoratlar xavfini biroz oshishi bilan bog'liqligini (masalan, miokard infarkti yoki insult) ko'rsatadi. Umuman olganda epidemiologik tadqiqot natijalari ibuprofenni kichik dozalarda qo'llash (masalan, sutkada 1200 mg) arterial trombolitik asoratlarni rivojlanish xavfini oshishi bilan bog'liqligini ko'rsmaydi.

Yomon nazorat qilinadigan arterial gipertenziyasi, dimlangan yurak etishmovchiligi (NYHA bo'yicha II-III sinfi), tashxislangan yurak ishemik kasalligi, periferik arteriyalarning kasalliklari va/yoki tserebrovaskulyar etishmovchiligi bo'lgan pasientlarga ibuprofenni faqat xavfni sinchkov baholangandan keyin buyurish lozim, bunda uni yuqori dozalarda (sutkada 2400 mg) buyurishdan saqlanish lozim. Shuningdek kardiovaskulyar asorat omillari (masalan, arterial gipertenziya, giperlipidemiya, qandli diabeti bo'lgan pasientlarga, chekuvchilarga) bo'lgan pasientlarga, ayniqsa ibuprofenni yuqori dozalarda qo'llash (sutkada 2400 mg) talab qilinsa ibuprofenni uzoq davolashni buyurishdan avval xavf/foyda nisbatini sinchkov baholash zarur.

Ayollar fertilligini buzilishi

Tsiklooksigenaza/prostaglandinlarni sintezini ingibitsiya qiladigan preparatlarni ayollarda fertillikni buzilishini chaqirib ovulyasiyaga ta'sir ko'rsatishi mumkinligi to'g'risida cheklangan isbotlar mavjud. Bu ta'sir vaqtinchalik va davolash tugaganidan keyin to'xtaydi.

Me'da-ichak yo'llari

Ayrim hollarda o'lim bilan tugagan me'da-ichak yo'llaridan qon ketishlar, yaralanish yoki perforasiya, oldin me'da-ichak yo'llaridan qon ketishi (jumladan nospesifik yarali kolit, Kron kasalligi) simptomlari yoki holatlari bilan yoki usiz bo'lgan har bir davolanish davrida, hamma NYAQV qo'llangandan keyin aniqlangan.

Me'da-ichak yo'llaridan qon ketishi, yaralanish yoki perforasiya xavfi anamnezida yaralanish bo'lgan, ayniqsa qon ketishi yoki perforasiya bilan asoratlangan pasientlarda yoki keksa odamlarda NYAQV dozalarini oshishi bilan oshadi. Bunday pasientlarni davolashni eng kichik mumkin bo'lgan dozadan boshlash lozim. Anamnezida me'da-ichak yo'llarining kasalliklari bo'lgan pasientlarga, ayniqsa keksa pasientlarga eng avvalo davolashni boshlang'ich davrida me'da-ichak yo'llari bilan bog'liq hamma notipik simptomlar (ayniqsa qon ketishi to'g'risida) to'g'risida shifokorga xabar qilish kerakligini aytish kerak. Me'da-ichak yo'llarini buzilishlari yoki qon ketishi xavfini oshirishi mumkin bo'lgan boshqa preparatlarni, kortikosteroidlar yoki varfarin kabi antikoagulyantlar, atsetilsalisil kislotasi kabi serotoninni qayta qamrab oluvchi selektiv ingibitorlarini bir vaqtda qo'llayotgan pasientlarda ehtiyotkorlikkka rioya qilish lozim. Me'da-ichak yo'llaridan qon ketishi yoki yaralanish paydo bo'lgan hollarda dori vositasini qabul qilishni darhol to'xtatish lozim.

Dermatologik

NYAQV guruhi dori vositalarini qo'llanishi sababli juda kam hollarda ayrimlari o'lim bilan yakunlanadigan og'ir teri reaktsiyalari, shu jumladan eksfoliativ dermatit, Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz ta'riflangan. Bu og'ir reaktsiyalarni eng katta xavfi davolanishni boshida, ko'pchilik holatlarda preparatni qo'llanishini birinchi oyida kuzatiladi. Birinchi marta teri toshmasi, shilliq qavatini shikastlanishlari yoki o'ta yuqori sezuvchanlikning har qanday boshqa belgilari paydo bo'lganida ibuprofenni qabul qilishni to'xtatish lozim.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo'llanilishi

Homiladorlik

Prostaglandinlar sintezini susayishi homiladorlikni rivojlanishiga va/yoki embrion/homilaga salbiy ta'sir qilishi mumkin. Epidemiologik tadqiqot ma'lumotlari prostaglandinlar sintezi ingibitorlarini homiladorlikning ilk muddatlarida qo'llanganda homilani tushishini va yurak nuqsonlarini rivojlanishi va gastroshizis xavfini oshishi to'g'risida ta'kidlaydi.

Xavfni oshishi dozani va davolash davomiyligini oshishiga olib keladi.

Hayvonlardagi tekshirishlarda preparatni qabul qilish homilani implantasiyadan oldin va keyingi xavfini, shuningdek embriofetal o'limni ortishiga olib kelishi aniqlangan. Bundan tashqari turli nuqsonlarni, jumladan yurak-qon tomir tizimi nuqsonlarini rivojlanish holatlari qayd etilgan.

Preparatni homiladorlikning I i II uch oyligi vaqtida qo'llash maqsadga muvofiq emas, ammo ehtiyotkorlik bilan qo'llash mumkin.

Agar ayol ibuprofenni homiladorlikni rejalashtirayotgan yoki homiladorlikning I i II uch oyligida qo'llayotgan bo'lsa, u holda eng kichik samarali doza va qisqa muddatli davolash tanlanishi kerak.

Hamma prostaglandinlar sintezi ingibitorlari homiladorlikning uchinchi uch oyligida qo'llanilganda quyidagi ta'sirlarni ko'rsatishi mumkin:

– yurak-o'pka toksikligi (arteriya yo'lini muddatidan oldin berkilishi va o'pka gipertenziyasini rivojlanishi);

– oligogidramnionni rivojlanishi bilan kechadigan buyrak etishmovchiligiga qadar kuchayishi mumkin bo'lgan buyrak funktsiyasini buzilishi;

– homiladorlikning oxirida onaga va yangi tug'ilgan chaqaloqqa:

– qon ketish vaqtini uzayishi, antiagregant samara bo'lishi mumkin, u xatto juda kichik dozalarda qo'llanganda ham paydo bo'lishi mumkin;

– tug'ruqni kechikishi va tug'ruqni uzoq muddat davom etishiga olib kelishi mumkin bo'lgan bachadon qisqarishini susayishi.

Yuqorida ko'rsatilgan samaralar sababli ibuprofenni homiladorlikning III uch oyligida qo'llash mumkin emas.

Laktasiya

O'tkazilgan kam sonli tadqiqot natijalariga muvofiq, NYAQV ko'krak sutiga juda kichik kontsentrasiyalarda o'tishi mumkin.

Hanuzgacha ibuprofenni go'daklarga zararli ta'siri to'g'risida xabarlarni yo'qligi tufayli ibuprofenning uning og'riq va isitmani qisqa muddatda davolashda qo'llaniladigan dozalarida davolanganda emizishni to'xtatish zarur hisoblanmaydi.

Avtotransportni haydash, texnika bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri

Ibuprofenni qabul qilinganidan keyin bosh aylanishi, uyquchanlik, tormozlanib qolish yoki ko'rishni buzilishi aniqlanganda pasientlarga avtotransportni haydash yoki mexanizmlarni boshqarishdan saqlanish lozim.

Forsil® ekspressni migrensimon bosh og'rig'i, tish og'rig'i, orqada og'riq, nevralgiyalar, og'riqli xayz kelishi, revmatik va mushak og'riqlarini engillashtirish uchun qo'llaniladi.

Forsil® Ekspress og'riq qoldiruvchi, yallig'lanishga qarshi, isitma tushiruvchi ta'sirlarni ko'rsatadi, shamollash va gripp simptomlarini engillashtirishda qo'llanadi.

ibuprofenga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik; - anamnezda atsetilsalisil kislotasini yoki NYAQV qabul qilgandan keyin bronxospazm, bronxial astma, tumov, angionevrotik shish yoki eshakemi ko'rinishidagi allergiyalar;

– me'da va o'n ikki barmoq ichak yara kasalligi yoki faol bosqichdagi qon ketishi yoki anamnezda (ikkita yoki undan ko'p tasdiqlangan yara kasalligi yoki yarali qon ketishi);

– anamnezda NYAQV qo'llanishi keltirib chiqargan me'da-ichak yo'llaridan qon ketishi yoki yarani teshilishi;

– gemorragik diatez va qon ivishini boshqa buzilishlari;

– og'ir yurak etishmovchiligi (NYHA tasnifi bo'yicha IV sinf);

– og'ir jigar etishmovchiligi, og'ir buyrak etishmovchiligi (kreatinin klirensi < 30 ml/min);

– homiladorlik III uch oylik;

– 12 yoshgacha bo'lgan bolalar yoshida qo'llash mumkin emas.

Quyidagi dori vositalari bilan bir vaqtda qo'llashdan saqlanish lozim:

Atsetilsalisil kislotasi: ibuprofen va atsetitil salisil kislotasi bilan bir vaqtda davolash, umuman olganda shifokor buyurgan (sutkada 75 mgdan ko'p emas) atsetilsalisil kislotasining kichik dozalarda qo'llangandan tashqari holatlarda nojo'ya samaralarni chuqurlashuvi mumkinligi tufayli tavsiya qilinmaydi.

Eksperimental ma'lumotlar birga davolangan hollarda, ibuprofen atsetilsalisil kislotasining kichik dozalarini trombositlarni agregasiyasiga bo'lgan samarani raqobatli susaytirishi mumkin. Garchi bu ma'lumotlarni klinik ahamiyatiga nisbatan noaniqlik mavjud bo'lsada, ibuprofenni muntazam uzoq qabul qilish atsetilsalisil kislotasini kichik dozalarini kardioprotektiv samarasini kamaytirishi mumkinligini potentsial ehtimoli istisno qilinishi mumkin emas. Ibuprofenni vaqti-vaqti bilan qabul qilinganda klinik ahamiyatli o'zaro ta'sir ehtimoli kam.

Boshqa NYAQV, ayniqsa sog-2 ning selektiv ingibitorlari: ikki va undan ortiq NYAQV, jumladan sog-2 ingibitorlarini bir vaqtda qo'llashdan saqlanish lozim, chunki bu nojo'ya samaralarni rivojlanish xavfini oshishiga olib kelishi mumkin.

Ibuprofenni quyidagi dori vositalari bilan bir vaqtda qo'llanganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak:

Kortikosteroidlar: me'da-ichak yo'llarining yaralarini hosil bo'lishi yoki me'da-ichak qon ketishlarining xavfi oshadi.

Antigipertenziv va siydik haydovchi preparatlar: NYAQV guruhi dori vositalari bu guruhi preparatlarini samaradorligini pasaytirishi mumkin. Buyrak funktsiyasini buzilishi bo'lgan ayrim pasientlarda (masalan, suvsizlangan yoki buyrak funktsiyasini buzilishi bo'lgan keksa yoshdagi pasientlarda) AAF yoki ara II ingibitorlarini va sog ingibitsiya qiluvchi vositalarni bir vaqtda buyurish buyrak funktsiyasini yomonlashuviga, jumladan o'tkir buyrak etishmovchiligini rivojlanishiga (odatda qaytuvchan) olib kelishi mumkin. Shu sababli, ayniqsa keksa yoshli pasientlarda majmuaviy davolashni ehtiyotkorlik bilan buyurish talab qilinadi. Bunday pasentlar holatlarida davolash kursining boshida va shuningdek davolash davrida gidratasiya va buyrak funktsiyasini sinchkov monitoringi ko'rsatilgan. Bu o'zaro ta'sirlarni koksibani AAF yoki ara II ingibitorlari bilan bir vaqtda qo'llayotgan pasientlarda hisobga olish lozim. Demak yuqorida ko'rsatilgan vositalarni majmuaviy ayniqsakeksa yoshli shaxslarga ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim. Pasientlarda, suvsizlanishni bartaraf qilish, shuningdek bunday majmuaviy davolash boshlangandan keyin va keyinchalik – vaqti-vaqtida buyrak funktsiyasini monitoringini o'tkazish mumkinligini ko'rib chiqish zarur.

Antikoagulyantlar: NYAQV varfarin kabi qon ivishini pasaytiruvchi dori vositalarini ta'sirini kuchaytirishi mumkin. Antikoagulyant va trombolitik dori vositalari (alteplaza, streptokinaza, urokinaza) bilan bir vaqtda buyurilganda qon ketishini rivojlanish xavfi oshadi.

Antitrombositar preparatlar va ayrim serotoninni qayta qamrab olinishining selektiv ingibitorlari (SQQOSI): me'da-ichakdan qon ketishlar xavfi ortadi.

Yurak glikozidlari: NYAQV bir vaqtda qabul qilish yurak etishmovchiligini kechishini og'irlashtirishi, buyrak kalavali filtrasiya tezligini pasayishini va qon plazmasida yurak glikozidlarining kontsentrasiyasini oshishini chaqirishi mumkin.

Litiy: NYAQV qon plazmasida litiy kontsentrasiyasini potentsial oshishini chaqirishi mumkin.

Metotreksat: NYAQV qon plazmasida metotreksatning kontsentrasiyasini potentsial oshishini chaqirishi mumkin.

Tsiklosporin: nefrotoksiklik xavfi oshadi.

Mifepriston: NYAQV mifepristonni qabul qilingandan keyin 8-12 kun davomida qo'llash mumkin emas, chunki NYAQV mifepristonni samarasini pasaytirishi mumkin.

Takrolimus NYAQV va takrolimusni bir vaqtda qo'llanganda nefrotoksiklik xavfi oshishi mumkin.

Zidovudin: NQYAV va zidovudinni bir vaqtda qo'llanganda gematotoksiklikni oshishiga olib kelishi mumkin. Zidovudin va ibuprofen bilan birga davolangan gemofiliyali OITV-musbat bo'lgan pasientlarda gemartroz va gematomalarni paydo bo'lishni yuqori xavfi mavjud.

Xinolonlar guruhi antibiotiklari: Hayvonlardagi tadqiqotlar NYAQV xinolonlar guruhi antibiotiklari bilan bog'liq tirishishlar xavfini oshirishi mumkinligini isbotlagan. NYAQV va xinolonlarni birga qabul qilayotgan pasientlarda tirishishlarni paydo bo'lishini yuqori xavfi mavjud.

Tsiklosporin va oltin preparatlari. Ibuprofenni buyraklarda prostaglandinlarni sinteziga ta'sirini kuchaytiradi, bu nefrotoksiklik xavfini oshiradi. Ibuprofen tsiklosporinni plazmadagi kontsentrapsyasini oshiradi va uning gepatotoksik samaralarini rivojlanish ehtimolini oshiradi.

Peroral diabetga qarshi vositalar.

Ibuprofen peroral gipoglikemik dori vositalarini, sulfonilmochevina hosilalarini va insulinni samarasini kuchaytiradi, bu gipoglikemiya xavfini oshirishi mumkin.

oval shaklli, tiniq, qizil rangli yumshoq jelatin kapsulalar.

Kapsula ichidagi- rangsizdan yorqin pushti ranggacha bo'lgan yopishqoq tiniq suyuqlik.

Forsil® Ekspress kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga buyuriladi. Preparat qisqa muddatda qo'llash uchun mo'ljallangan.

Ichga qabul qilish uchun, ovqatdan keyin oz miqdordagi suv bilan ichiladi.

1-2 kapsuladan kuniga 3 martagacha, iloji boricha qabullar o'rtasida kamida 4 soatlik intervalga rioya qilgan holda qo'llash kerak.

24 soat davomida 6 kapsuladan ko'p qabul qilish kerak emas.

Eng kam vaqt davomida simptomlarni engillashtiriish uchun zarur bo'lgan minimal samarali dozani qo'llash lozim.

Agar kattalarga preparatni 10 kundan ko'p qabul qilish talab qilinsa (12 dan 18 yoshgacha bo'lgan bolalar va o'smirlarga – 3 kundan ko'p) yoki agar simptomlar saqlansa yoki kuchaysa, davolashni to'xtatish va shifokorga murojaat qilish lozim.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

FORSIL EKSPRESS kapsulalar 200mg N20 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
FORSIL EKSPRESS kapsulalar 200mg N20 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
FORSIL EKSPRESS kapsulalar 200mg N20 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
KYUPEN SMILE suspenziya 100ml 100mg/5ml
IBUFEN FORTE suspenziya 100 ml 200 mg/5 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmaceutical Works POLPHARMA SA, Польша произведено: Medana Pharma SA
  • Vakil: Polpharma S. A.
Narh: 28 000 so'mdan Batafsil
ASEFENAK KIDDO suspenziya dlya priema vnutr 100 ml 100 mg/5 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: BKRS Pharma PVT. LTD
Narh: 20 300 so'mdan Batafsil
BRUFEN RAPID kapsulalar 400mg N10
Narh: 18 000 so'mdan Batafsil
BRUFEN RAPID kapsulalar 200mg N10
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
ELDNIL EKSPRESS kapsulalar 200mg N10
INFORIN krem 50g 10%
Narh: 58 000 so'mdan Batafsil
ELDNIL EKSPRESS kapsulalar 200mg N20
Narh: 32 500 so'mdan Batafsil
PERUFEN sirop so vkusom klubniki 100ml 100mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd, ООО, Грузия произведено: World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S.
PERUFEN sirop so vkusom apelsina 100ml 100mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd, ООО, Грузия произведено: World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S.
MIG DETSKIY suspenziya 100ml 100mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ispaniya
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin-Chemie AG (Menarini Group), Германия произведено: Alcala Farma S.L.
MIG 400 tabletkalari 400mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin Chemie AG (Menarini Group)
Narh: 50 000 so'mdan Batafsil
GOFEN 400 kapsulalar 400mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Tailand
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Mega Lifesciences Public Company Limited
IBUPROFEN tabletkalari 200mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Технолог, ЧАО
Narh: 2 700 so'mdan Batafsil
IBUPROFEN tabletkalari 200mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
Narh: 2 700 so'mdan Batafsil
IBUPROFEN tabletkalari 200mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
IBUPROFEN suspenziya 100ml 100mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Lafz, ООО
Narh: 5 900 so'mdan Batafsil
IBUPROFEN suspenziya 50ml 100mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Lafz, ООО
Narh: 5 936 so'mdan Batafsil
IBUPROFEN suspenziya 50ml 100mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ЧНПП
Narh: 5 936 so'mdan Batafsil
NUROFEN tabletkalari 200mg N20
Narh: 55 000 so'mdan Batafsil
NUROFEN tabletkalari 200mg N10
IBUPROFEN suspenziya 100ml 100mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, НПП
Narh: 5 900 so'mdan Batafsil
DOLGIT krem 20g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dolorgiet GmbH & Co. KG
Narh: 35 000 so'mdan Batafsil
DOLGIT krem 100g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dolorgiet GmbH & Co. KG
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
DOLGIT krem 100g
Narh: 75 000 so'mdan Batafsil
NUROFEN EKSPRESS kapsulalar 200mg N16
  • Ishlab chiqarilish joyi: Niderlandlar
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Reckitt Benckiser Healthcare (UK) Limited, Великобритания произведено: Patheon Softgels B.V.
  • Vakil: Reckitt Benckiser Healthcare
NUROFEN EKSPRESS kapsulalar 200mg N8
NUROFEN DLYA DETEY suspenziya so vkusom apelsina 150ml 100mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Buyuk Britaniya
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Reckitt Benckiser Healthcare International Ltd, Великобритания произведено: Reckitt Benckiser Healthcare India Private Limited
  • Vakil: Reckitt Benckiser Healthcare
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
NUROFEN DLYA DETEY suspenziya so vkusom klubniki 150ml 100mg/5ml
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
Narh: 35 000 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
FORSIL poroshok so vkusom apelsina 3g N30
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9