×
×
  • GATIMAK IV infuziya uchun eritma 400mg/200ml

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

GATIMAK IV infuziya uchun eritma 400mg/200ml

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
- Macleods Pharmaceuticals Ltd, Индия произведено: Amanta Healthcare Ltd
ATX kodi:
- J01MB
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

MEFLOSID infuziya uchun eritma 100ml 500mg/100ml Мефар Илач Санайи A. Ш Turkiya
58 000 s`om dan
KLAMOK tabletkalari 625mg N15 Nobel Pharmsanoat, ИП ООО O'zbekiston
60 000 s`om dan
SEFTRIAKSON SULBAKTAM poroshok 1,5g N1 ATM Sanita Pharma, ИП, OOO O'zbekiston
13 200 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
GATIMAK IV infuziya uchun eritma 400mg/200ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

GATIMAK

GATIMAC

 

Preparatning savdo nomi: Gatimak

Ta‘sir qiluvchi modda (XPN): gatifloksasin (gatifloxacin)

Dori shakli: vena ichiga infuziya uchun eritma

Tarkibi:

Har 200 ml saqlaydi:

Faol modda:

Gatifloksasin                                400 mg

Suvsiz dekstroza BF                       5% h/h

In‘eksiya uchun suv BF                   q.s.

Ta‘rifi: och-sariqdan yashil-sariq ranggacha bo‘lgan tiniq rangli eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: antibakterial sintetik vosita (ftorxinolonlar guruhi).

 

Farmakologik xususiyatlari

Gatifloksasinning ta‘sir mexanizmi penisillinlar, sefalosporinlar, aminoglikozidlar, makrolidlar va tetrasiklinlarning ta‘sir mexanizmidan farq qiladi. Gatifloksasin bu antibiotiklarga chidamli bo‘lgan patogen mikroorganizmlarga ta‘sir qilishi mumkin. Gatifloksasin va ko‘rsatilgan mikroorganizmlar orasida kesishgan chidamlilik mavjud emas.

Ta‘sir mexanizmi:

Gatifloksasin ftorxinolonlarning eng yangi vakili sifatida, bakterial DNK replikasiyasi jarayonlariga ta‘sir qiladi. Uning nishoni bo‘lib, bir vaqtda, bir xil darajadi DNK replikasiyasining turli bosqichlarida uning molekulasini fazoviy konfigurasiyasini o‘zgarishini amalga oshiruvchi fermentlar – ikki bakterial topoizomerazalar II va IV hisoblanadi. DNK-topoizomeraza II kompleksiga yuqori yaqinligi tufayli, gatifloksasin u bilan bog‘lanadi, bu fermentni (topoizomeraza II, shuningdek DNK-giraza deb nomlanuvchi) molekula bo‘ylab siljishini to‘xtashini va replikasiya jarayonini to‘xtashini ta‘minlaydi. Topoizomeraza IV bilan o‘zaro ta‘sir qilib, gatifloksasin uning replikasiyasidan keyin DNK ning ikki zanjirli molekulasini uzilishini chaqirish hususiyatiga ega. Topoizomerazalarni har qanday turini ishdan chiqarish bakterial hujayraning o‘limiga olib keladi. Gatifloksasinni ikkala topoizomerazaga bir vaqtda va bir xil ta‘siri tufayli, preparat ofloksasin va levofloksasin bilan solishtirganda, ftorxinolonlarga chidamlilikni oshiruvchi mutasiyalarni ahamiyatli kamroq seleksiyalash hususiyatiga ega. Shuningdek gatifloksasin bakteriyalarning RNK ga va bakterial oqsillarning sinteziga, membranalarning barqarorligiga va bakterial hujayralarning hayotiy jarayonlariga ta‘sir qiladi, gatifloksasin postantibiotik samaraga (2 soat) ega emas.

Sezgir grammusbat mikroorganizmlar: Staphylococcus aureus, Streptococcus pneumoniae, Streptococcus pyogenes va nisbatan sezgir grammusbat mikroorganizmlar: Streptococcus milieri, Streptococcus mitior, Streptococcus agalactiae, Streptococcus dysgalactiae, Staphylococcus cohnii, Staphylococcus epidermidis (shu jumladan metisillinga chidamli shtammlari), haemolyticus, Staphylococcus hominis, Staphylococcus saprophyticus, Staphylococcus simulans, Corynobacterium diphtheriae.

Sezgir grammanfiy mikroorganizmlar: Haemophillus influenzae (shu jumladan b-laktamazani ishlab chiqaruvchi shtammlari), Haemophillus parainfluenzae: Klebsiella pneumoniae, Moraxella catarrhakis (shu jumladan b-laktamazani ishlab chiqaruvchi shtammlari), Escherichia coli, Enterobacter cloacae, Neisseria gonorrhoeae (shu jumladan b-laktamazani ishlab chiqaruvchi shtammlari).

Nisbatan sezgir grammanfiy mikroorganizmlar: Bordetella pertussis, Klebsiella oxytoca, Enterobacter aerogenes, Enterobacter agglomerans, Enterobacter intermedius, Enterobacter sakazaki, Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Morganella morganii, Providencia rettgeri, Providencia stuartii.

Nisbatan sezgir anaeroblar: Bacteroides distasonis, Bacteroides eggerthii, Bacteroides fragilis, Bacteroides ovatus, Bacteroides thetaiotaomicron, Bacteroides uniformis, Fusobacterium spp., Porphyromonas spp., Porphyromonas anaerobius, Porphyromonas asaccharolyticus, Porphyromonas magnus, Provotella spp., Propionibacterium spp., Clostridium pergringena, Clostridium ramosum;

Atipik shaklli sezgir qo‘zg‘atuvchilar: C. pneumoniae, C. trachomatis, M. pneumoniae, L. pneumophilia, ureaplasma;

Nisbatan sezgir atipik shakllar: Legionella pneumophilia, Caxiella burnettii;

Gatifloksasinga tuberkulyoz mikobakteriyalari, N. Pylori kabi qo‘zg‘atuvchilar ham sezgir.

Gatifloksasin b-laktam (penisillinlar, sefalosporinlar, karbapenemlar) va makrolid (eritromisinlar, klaritromisinlar) antibiotiklarga chidamli bakteriyalarga nisbatan samaralidir.

 

Farmakokinetikasi

Gatifloksasinning mutlaq biokiraolishligi – 96%. Qo‘llash boshlanganidan keyin 1-2 soat o‘tgach, qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasiga erishiladi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi taxminan 20% ni tashkil qiladi. Gatifloksasin organizmning ko‘pchilik to‘qimalarga yaxshi kiradi va biologik suyuqliklar bo‘ylab tez taqsimlanadi. Yuqori konsentrasiyalari o‘pka to‘qimasida, bronxlarning shilliq qavatlarida, burunning yondosh bo‘shliqlarida, alveolyar makrofaglarda, o‘rta quloq to‘qimalarida, teri to‘qimalarida, prostata to‘qimasi va sekretida, so‘lakda, safroda, urug‘ chiqaruvchi suyuqlikda, qinda, bachadonda endometriyda bachadon naylarida, tuxumdonlarda hosil bo‘ladi.

Buyrak orqali chiqariladi. Gatifloksasinning yarim chiqarilish davri 7 soatdan 14 soatgacha davom etadi va doza va qo‘llash tartibiga bog‘liq emas.

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda gatifloksasinning klirensi pasaygan.

Buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan katta pasientlarda gatifloksasinning tavsiya qilingan dozalari:

Kreatinin klirensi Birlamchi doza Keyingi doza
> 40 ml/min 400 mg 400 mg xar kuni
< 40 ml/min 400 mg 200 mg xar kuni

Qo‘llanilishi

Gatifloksasin 18 yoshdan katta pasientlarda preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan quyidagi infeksion-yallig‘lanish jarayonlarini davolash uchun qo‘llaniladi:

– nafas yo‘llarining asoratlangan infeksiyalari (o‘tkir bronxit, surunkali bronxit, kistoz fibroz, pnevmoniya),

– LOR-a‘zolarining infeksiyalari (o‘tkir va surunkali sinusitlar, surunkali otitni zo‘rayishi);

– buyrak va siydik chiqarish yo‘llarining asoratlanmagan va asoratlangan infeksiyalari (o‘tkir va surunkali pielonefrit, prostatit, servisit, sistit, siydik chiqarish yo‘llarining surunkali infeksiyalari, TORCH-infeksiyalar);

– erkaklardagi asoratlanmagan uretral gonoreya; ayollardagi endoservikal va rektal gonoreya;

– teri va yumshoq to‘qimalarning yiringli og‘ir infeksiyalari;

– osteomielit; suyaklar va bo‘g‘imlarning infeksiyalari;

– operasiyadan keyingi infeksion asoratlar, sepsis, peritonit;

– ovqat hazm qilish yo‘llarining infeksiyalari;

– oftalmologik kasalliklarni (keratitlar, bakterial kon‘yunktivitlar) davolash;

– birinchi qator tuberkulyozga qarshi vositalarning samarasizligida tuberkulezni davolash.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat faqat vena ichiga yuboriladi. Infuziyaning davomiyligi – 60 minut.

Preparat jarayonning og‘irligi va organizmda joylashishiga qarab dozalanadi.

Preparatning kurslik dozasi Gatimakning infuziyasidan tabletka shakliga o‘tish imkoniyati bilan shaxsiy ravishda tanlanadi.

Kasallik nomi Infuziyaning

har kunlik

dozasi

Davolash

davomiyligi

Tabletkala-rining har kunlik dozasi Davolash

davomiyligi

Surunkali bronxitni o‘tkir bakterial zo‘rayishi 400 mg 5-10 kun 400 mg 5-10 kun
Surunkali otitlar, surunkali sinusitlarni zo‘rayishi 400 mg 1-3-5 kun 400 mg 5-7 kun
Orttirilgan pnevmoniya 400mg 5-7-14 kun 400 mg 5-10 kun
Siydik yo‘llarining asoratlanmagan infeksiyalari 400 mg yoki

200 mg

3 kun 400 mg 3-5 kun
Siydik yo‘llarining asoratlangan infeksiyalari 400 mg 7-10 kun 400 mg 5-10 kun
Erkaklardagi asoratlan-magan uretral gonoreya va ayollardagi asoratlanmagan endoservikal va rektal gonoreya     400 mg Bir marta

yoki shaxsiy ravishda ko‘rsatma-lar bo‘yicha

Teri va yumshoq to‘qimalar-ning infeksiyalari 400 mg 5-10 kun 400 mg 5-10 kun
Suyaklar va bo‘g‘imlarning infeksiyalari 400 mg 5-7-10 kun 400 mg 5-10 kun
Ovqat xazm qilish yo‘llarining infeksiyalari 400 mg 3-5 kun 400 mg 5-7 kun
Operasiyadan keyingi infeksion kasalliklar sepsis, peritonit 400 mg kuniga bir-ikki marta 5-10 kun 400 mg 5-10 kun
Oftalmologik kasalliklar 400 mg 1-3-5 kun 400 mg 5-7 kun
Birinchi qator tuberkulyozga

qarshi vositalarning sama-rasizligida tuberkulyozni

davolash

400 mg 7-10 kun 400 mg Kurslik doza shaxsiy ravishda

tanlanadi

Nojo‘ya ta‘sirlari

Bosh aylanishi, qusish, diareya, vaginit, qorinda og‘riq, bosh og‘rig‘i, allergik reaksiyalar, et uvishishi, isitma, orqada og‘riq, ko‘krakda og‘riq, yurakni tez urishi, qabziyat, dispepsiya, og‘iz bo‘shlig‘ining kandidozi, stomatit, og‘iz bo‘shlig‘ining yarasi, periferik shishlar, behalovat uyqu, uyqusizlik, parasteziyalar, tremor, tomirlarni kengayishi, dispnoe, kuchli terlash, ko‘rishni buzilishi, quloqlarda jaranglash, dizuriya, gematuriya.

Nojo‘ya ta‘sirlarning uchrash tez-tezligi 3% oshmaydi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Gatifloksasinga yoki xinolonlar sinfiga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan pasientlarda, xomiladorolikda, emizuvchi onalarda, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda gatifloksasinni qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Gatifloksasin ayrim pasientlarda elektrokardiogrammada QT intervalini uzayishini chaqirishi mumkin. Gatifloksasinni QT intervali uzaygan pasientlarda, noadekvat giperkalsiemiyali va xinidin, prokainamid, amiodaron, sotalol olayotgan  pasientlarda qo‘llash mumkin emas. Qandli diabeti bo‘lgan pasientlarda simptomatik giper- va gipoglikemiya aniqlanishi mumkin (ko‘proq peroral gipoglikemik preparatlar masalan gliburid, glibenklamid bilan bir vaqtda davolashda). Bu pasientlarda qon zardobida glyukoza darajasini ko‘proq nazorat qilish tavsiya etiladi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Gatifloksasinni yuqori sezuvchanlikning birinchi ko‘rinishlari – teri toshmasi  yoki boshqa allergik reaksiyalarda qo‘llash mumkin emas.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Pasient shifokor nazorati ostida bo‘lishi kerak.

Zarurati bo‘lganida tutib turuvchi va simtomatik davolash o‘tkaziladi. Gemodializ va peritoneal gemodializ samarasiz.

 

Chiqarilish shakli

400 mg/200 ml FFS flakon, o‘ram kiritmasi bilan karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan va sovuqdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

GATIMAK IV infuziya uchun eritma 400mg/200ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
GATIMAK IV infuziya uchun eritma 400mg/200ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
GATIMAK IV infuziya uchun eritma 400mg/200ml dori vositasi Macleods Pharmaceuticals Ltd, Индия произведено: Amanta Healthcare Ltd tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
GATIMAK IV infuziya uchun eritma 400mg/200ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
GATIMAK IV infuziya uchun eritma 400mg/200ml dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
LEVOMAK infuziya uchun eritma 100ml 500mg/100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Levofloksasin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Macleods Pharmaceuticals Ltd, Индия произведено: Amanta Healthcare Ltd
Другие формы препарата
GATIMAK 400mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Macleods Pharmaceutical Ltd
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9