×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

GEPA MERS granuli 5g N30

Kategoriya:
- Gepatoprotektorlar, fosfolipidlar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Germaniya
Faol modda:
Л-орнитин-Л-аспартат
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Merz Pharma GmbH & Co KgaA
Vakil:
- MChJ Dekont Farmining O'zbekistondagi eksklyuziv distribyutori
ATX kodi:
- A05ВA
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 3 ta dorixonasida topildi

ico 660 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

ESSENSIALE FORTE N kapsulalar 300mg N30 А.Наттерманн энд Сие ГмбХ Germaniya
54 000 s`om dan
LIVSON suspenziya 60ml N1 Avison Pharmaceuticals Pvt.Ltd., Индия произведено: Coral Laboratories Limited Hindiston
52 700 s`om dan
GEPOTEK 5 eritma 10ml Union Korea Pharm. Co., Ltd. Koreya
BONDJIGAR kapsulalar N20 Herbion Pakistan (Pvt) Ltd Pokiston
22 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
5 g granula (1 paketcha) quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: L-ornitin-L-aspartati 3,00 g;
yordamchi moddalar: suvsiz limon kislotasi, limon aromatizatori, apelsin aromatizatori, natriy saxarini, natriy siklamati, zarg'aldoq sarig'i (E 110), polivinilpirrolidon, fruktoza.
Plazmada ammiakning ko'tarilgan miqdorini, xususan jigar kasalliklarida, pasaytiradi. Preparatning ta'siri, uning mochevina hosil bo'lishining (ammiakdan mochevina hosil bo'lishi) ornitin siklida ishtirok etishi bilan bog'liq. Parenteral oziqlantirish talab qilinadigan kasalliklarda oqsil almashinuvini yaxshilaydi.
Ornitin aspartati uni hosil qiluvchi komponentlariga – ornitin va aspartat aminokislotalariga dissotsiyalanadi. Ular ingichka ichakda faol transport yo'li bilan ichak epiteliysi orqali so'riladi. Buyraklar orqali chiqariladi.
Allergik reaktsiyalar, ko'ngil aynishi, qusish, me'dada og'riq, meteorizm, diareya bo'lishi mumkin.
Juda kam hollarda– qo'l va oyoqlarda og'riq.
Ko'rsatilgan nojo'ya samaralari odatda o'tkinchi bo'lib, preparatni bekor qilishni talab etmaydi.
Diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaktsiyalarning tezligini talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanuvchi patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Granulali bir paketcha 1,13 g fruktoza (0,11 NB) saqlaydi, buni qandli diabeti bo'lgan patsiyentlar va fruktozani nasliy o'zlashtiraolmasligi bo'lgan shaxslar hisobga olishlari kerak. Preparatni uzoq vaqt davomida qo'llash kariyes chaqirishi mumkin.
Preparatni bolalarda qo'llash bo'yicha ma'lumotlar yo'q.
Buyraklar funktsiyasining og'ir buzilishlarida shifokor bilan maslahatlashing.
– Jigarning o'tkir va surunkali kasalliklari
– Jigar entsefalopatiyasida qo'llaniladi.
L-ornitin-L-aspartati yoki preparatning boshqa komponentlariga o'ta yuqori sezuvchanlik. Kreatininning ko'rsatkichi 3 mg/100 ml dan ko'proq bo'lgan yaqqol buyrak yetishmovchiligida qo'llash mumkin emas.
Boshqa guruh dori preparatlari bilan o'zaro ta'siri aniqlanmagan.
Saqlash sharoiti
25°S dan yuqori bo'lmagan haroratda.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati
5 yil. O'ramida ko'rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan keyin qo'llanilmasin.
200 ml suyuqlikda eritilgan 1–2 paketchadagi granula, sutkada 2–3 marta ovqatdan keyin ichga qabul qilinadi. Suyuqlik sifatida suv yoki sharbat ishlatish mumkin.
Dozasi oshirib yuborilganida intoksikatsiya belgilari ta'riflanmagan.
Dozani oshirib yuborilishi holatida simptomatik davolash ko'rsatilgan.
Preparatning homilaga ta'sirining yetarli ma'lumotlari mavjud bo'lmaganligi sababli, Gepa-Merts ichga qabul qilish uchun eritma tayyorlash uchun granulalarini homiladorlik vaqtida qo'llash mumkin emas. Emizish davrida qo'llashdan saqlanish kerak, chunki ta'sir etuvchi modda ona sutiga o'tadimi, yo'qmi, ma'lum emas. Agar preparat bilan davolashning zarurati bo'lsa, uni shifokorning qat'iy kuzatuvi ostida qo'llash mumkin.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

GEPA MERS granuli 5g N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
GEPA MERS granuli 5g N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
GEPA MERS granuli 5g N30 dori vositasi Merz Pharma GmbH & Co KgaA tomonidan Germaniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
GEPA MERS granuli 5g N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
GEPA MERS granuli 5g N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
GEPA-L granulalari 5 g N30
Narh: 445 000 so'mdan Batafsil
GEPA STIN inyeksiya uchun eritma 10ml 5g/10ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Koreya
  • Faol modda: Л-орнитин-Л-аспартат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dongkwang Pharm. Co., Ltd, Корея произведено: DAI HAN PHARM. CO., LTD.
GEPA MERS konsentrat 10ml N10
Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 115 000 so'mdan Batafsil
PK MERS tabletkalari 100mg N30
Narh: 56 000 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
GEPA MERS konsentrat 10ml N10
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9