×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

GEPANOL PLYUS kapsulalar N15

Kategoriya:
- Dori vositalari
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Farmakoterapevtik guruh:
- Gepatoprotektor vosita.
Qadoqda soni:
- 15
Ishlab chiqaruvchi:
- Medgel Private Limited, Hindiston.
Vakil:
- GANGA HEALTHCARE M.CH.J
ATX kodi:
- А05С
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

IMMUNOCOMPLEX kapsulalar 0,5g N10 BIOTACT DEUTSCHLAND O'zbekiston
55 000 s`om dan
Akvalor forte mini sprey 50ml Нижфарм-Stada CIS Rossiya Federatsiyasi
80 000 s`om dan
BIFOLAK AKTIV stiki 1,5g N10 BIOTACT DEUTSCHLAND O'zbekiston
48 200 s`om dan
Продажа Retseptsiz.
Yaroqlilik muddati (oy) 2 yil
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi:

Har bir yumshoq jelatinli kapsula quyidagilarni saqlaydi: 

faol moddalar: 

fosfatidilxolin 3 Sn saqlovchi letsitin 

(essential fosfolipidlar) 300 mg; 

Ye vitamini (tokoferol atsetati) 6 mg; 

V1 vitamini (tiamin mononitrati) 1,0 mg; 

V2 vitamini (riboflavin) 1,2 mg; 

V3 vitamini (nikotinamid) 1,2 mg

V6 vitamini (piridoksin gidroxloridi) 1,2 mg; 

V12 vitamini (tsianokobalamin) 2,2 mkg; 

yordamchi moddalar: jelatin, glitserin, sorbitolning 70%-li eritma, FD & C Red-40, FD & C Yellow-6, FD & C Blue-1, titan dioksidi, tozalangan suv.


Chiqarilish shakli 
15 kapsuladan alyumin blister va PVX blisterda. 
Ikkita blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan. 

Gepanol Plyus – vitaminlar va fosfolipidlarni saqlovchi gepatoprotektor preparat. Gepanol Plyus preparatining ta'sir etuvchi moddasi bo‘lib fosfolipidlarni saqlovchi 35% letsitin hisoblanadi. 

Preparatning tarkibiga kiruvchi fosfolipidlar o‘zining kimyoviy tuzilishi bo‘yicha endogen fosfolipidlarga o‘xshash, ammo yarim to‘yinmagan yog‘ kislotalarining miqdori yuqoriligi hisobiga ulardan ustun turadi. Bu molekulalar asosan hujayra membranalarining strukturasiga saflanadi va jigarning shikastlangan to‘qimalarini tiklanishini yengillashtiradi. Fosfolipidlar jigar hujayralarini viruslar, alkogolь, toksik moddalar ta'sirida shikastlanishlarida gepatoprotektor samara namoyon qiladi. Hujayralarga moddalarni kirib kelishi va chiqishi tezligi oshadi, jigarning ferment tizimlarini tiklanishini va metabolizmini yaxshilanishini ta'minlaydi. 

Fosfolipidlar lipoproteidlarning metabolizmini boshqarish yo‘li bilan yog‘larning buzilgan metabolizmiga ta'sir qiladi, natijada neytral yog‘lar va xolesterin tashish mumkin bo‘lgan shakllariga aylanadi, ayniqsa yuqori zichlikdagi lipoproteinlar (YuZLP) ni xolesterinni biriktirish hususiyatini oshishi hisobiga amalga oshadi, va navbatdagi oksidlanish uchun yo‘naladi. Fosfolipidlar o‘t chiqarish yo‘llari orqali chiqarilganida litogen indeksi pasayadi va safroni barqarorlashuvi yuz beradi. 

Vitamin kompleksi quyidagi funktsiyalarni bajaradi: nikotinamid gipolipidemik ta'sir ko‘rsatadi va jigarda yog‘ni to‘planishiga to‘sqinlik qiladi; piridoksin koferment sifatida fosfolipidlar, aminokislotalar va oqsillarning metabolizmida ishtirok etadi; tiamin uglevodlar almashinuvida ishtirok etadi; riboflavin ko‘pchilik nafas fermentlarining kofaktori hisoblanadi; tokoferol hujayra membranasi darajasida antioksidant sifatida ta'sir qiladi, to‘yinmagan yog‘ kislotalarini oksidlanishini oldini oladi. 


Peroral qabul qilinganidan so‘ng preparatning faol komponentlari me'da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi. Preparat jigar va ingichka ichakda metabolizmga uchraydi, asosan axlat bilan chiqariladi. Preparat ichga qabul qilinganidan so‘ng 6-24 soatdan keyin qondagi fosfatidilxolinning maksimal miqdori o‘rtacha 20% ni tashkil etadi. Xolin komponentini yarim chiqarilish davri 66 soatga yetadi, to‘yinmagan yog‘ kislotalariniki – taxminan 32 soatni tashkil etadi. 

Me'dani yengil buzilishi va quyilishlar paydo bo‘lishi mumkin. Mazkur preparatga nisbatan juda jiddiy allergik reaktsiya juda kam uchraydi. Biroq, agar siz allergik reaktsiyaning qandaydir simptomlarini sezgan bo‘lsangiz, darhol tibbiy yordamga murojaat qilishingiz kerak, shu jumladan: toshma, qichishish/shish (aniqsa yuzdagi/tildagi/tomoqdagi), kuchli bosh aylanishi, nafas olish bilan muammolar, diareya, bosh og‘rig‘i, me'da-ichak muammolari, vaznni oshishi yoki terini shikastlanishi, qiyin nafas olish, eshakemi, tomoq spazmi yoki yuzning shishi.

Retseptsiz. 

Yurak, buyrakning og‘ir kasalliklarida, tromboemboliyani rivojlanish havfi oshganida, anamnezida me'da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligi bo‘lgan bemorlarga, o‘smalari bo‘lgan bemorlarga, nefrolitiaz, eritremiya, eritrotsitoz, giperurikemiyada preparatni ehtiyotkorlik bilan va shifokor bilan maslahatlashgandan keyin qo‘llash kerak. 

Homiladorlik va laktatsiya 

Preparat homiladorlik davrida ayollarni davolash uchun qo‘llanishi mumkin. 

Laktatsiya davrida preparatni qo‘llash havfsizligi yuzasidan ma'lumotlar yo‘q. Laktatsiya davrida preparatni qo‘llash zarurati bo‘lganida davolovchi shifokor bilan maslahatlashish kerak. 

Transport va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri 

Ta'sir qilmaydi. 


Asosan vitaminlar yetishmovchiligi yoki to‘laqonli ovqatlanmaslik tufayli chaqirilgan buzilishlarni oldini olish yoki tuzatishda foydalaniladi. V1 va V2 vitaminlari nerv tizimini me'yorda ishlashiga yordam beradi. V2, V6 va V12 vitaminlari energetik metabolizmga yordam beradi va charchoqlik va holsizlikni pasaytirishga yordam beradi. Ye vitamini mushak tizimi va qonni me'yorda ishlashi uchun zarur. Shuningdek, jarrohlikdan keyingi og‘riqni kamaytirishda, o‘t pufagi kasalligi, ichakni yallig‘lanish kasalligi (yarali kolit), Fridrayx ataksiyasi deb nomlanuvchi asab kasalligi, ko‘krak uchi pufakchalari/paysalari, maniya, yuqori xolesterin, xavotir, ekzema deb nomlanuvchi teri kasalligi, Parkinson kasalligini davolashda va sport natijalarini yaxshilashda qo‘llaniladi.  Shuningdek, peritonel dializni olayotgan odamlarda qo‘llaniladi. 


Gepanol Plyus kapsulalarini qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar:

• Mazkur mahsulotni qabul qilishdan oldin komponentlardan biriga allergiyangiz yoki  boshqa allergiyangiz borligi haqida shifokoringiz yoki farmatsevtingizga aytishingiz kerak.   Mazkur mahsulotda allergik reaktsiyalarni yoki boshqa muammolarni chaqirishi mumkin bo‘lgan nofaol komponentlar bo‘lishi mumkin. 

• Agar sog‘lig‘ingiz bilan quyidagi muammolarni biri bo‘lsa, mazkur mahsulotdan foydalanishdan oldin shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing. diabet, jigar bilan muammolar, B12 vitamini tanqisligi (pernitsiozli anemiya). 

• Preparat jigar ichi xolestazi bo‘lgan patsiyentlarga buyurilmaydi. 

• Me'da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligini zo‘rayish bosqichida qo‘llash mumkin emas. 


Gepanol Plyus kapsulalarini temir/Dimerkaprol bilan qabul qilish lozim. 

Askorbin kislotasi, levodopoy (peroral), tetratsiklinlar, siklosporin, o‘simtalarga qarshi preparatlar (kimyoviy terapiya), antikoagulyantlar/antitrombotsitar preparatlar, niatsin, varfarin, orlistat, tipranavir, xolestiramin, kolestipol, temir karboksimalьtozasi, temir glyukonati va diklofenak bilan birgalikda qabul qilinganida mazkur tibbiy preparatlar mo‘'tadil o‘zaro ta'sirni namoyish qilishi va juda zararli ta'sirlarni chaqirishi mumkin. 


 

Qorong‘i, yorug‘likdan himoyalangan joyda 25oS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin. 

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin. 

Cho‘zinchoq, shaffof bo‘lmagan, shokolad rangidagi yumshoq jelatinli kapsulalar. Kapsulaning tarkibi – jigarrangdan qora jigarranggacha bo‘lgan yarim qattiq massadir.

Preparat 1 kapsuladan kuniga 2-3 marta ovqat vaqtida ko‘p bo‘lmagan suv bilan qabul qilinadi. Davolash kursi 3 oyni tashkil etadi, zarurat bo‘lganida shifokor bilan maslahatlashgandan keyin davom ettirilishi yoki takroran qo‘llanishi mumkin. Belgilangan dozani oshirmang. Kapsulani suv bilan butunicha yutish lozim yoki shifokoringizning tavsiyalariga muvofiq qabul qilish kerak.

Shuningdek, har qanday yordamchi komponentlardan (yoki boshqa faol komponentlardan) ham dozani oshirib yuborish simptomlari paydo bo‘lishi mumkin.  Dozani oshirib yuborish simptomlari quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin: qorindagi og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya. 

Davolash: bunday va har qanday boshqa simptomlar paydo bo‘lganida davolashni to‘xtatib, tibbiy xodim bilan maslahatlashish lozim.  Shuning uchun davolash (zarurat bo‘lganida) dozani oshirib yuborish natijasida paydo bo‘ladigan simptomlarni bartaraf etishdan iborat bo‘lgan simptomatik davolashni o‘z ichiga oladi. Masalan, agar dozani oshirib yuborish o‘tkir diareya sababli suvsizlanishni chaqirgan bo‘lsa, vena ichiga suyuqlik yuborish talab etilishi mumkin.


Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

GEPANOL PLYUS kapsulalar N15 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
GEPANOL PLYUS kapsulalar N15 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
GEPANOL PLYUS kapsulalar N15 dori vositasi Medgel Private Limited, Hindiston. tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
GEPANOL PLYUS kapsulalar N15 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
GEPANOL PLYUS kapsulalar N15 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9