×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

RADELAKS tabletkalari N30

Kategoriya:
- Dori vositalari
Ishlab chiqarilish joyi:
- Турция
Faol modda:
Боярышника цветков экстракт, Магния лактат дигидрат, пассифлоры жидкий экстракт, пиридоксина гидрохлорид (витамин В6), экстракт мелиссы
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- «GRICAR CHEMICAL S.r.l.»
Vakil:
- Synergy Pharmco MChJ
Noaniqliq haqida habar berish
Biologik aktiv qo'shimcha (BAQ). Ushbu mahsulot dori vositasi emas.
Toshkentning 156 ta dorixonasida topildi

ico 113 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 145 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 125 000 s`om dan

Bron qilish
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tabletkalar №30. Har biri 15 tadan iborat 2 ta blister.

L-triptofan oqsil almashinuvida ishtirok etadigan, serotonin ("baxt gormoni"), melatonin (antioksidant va "uyqu gormoni") va xolin (nootrop va antidepressant) ishlab chiqarishga yordam beradigan muhim aminokislotadir. Triptofan organizm tomonidan ishlab chiqarilmaydi, shuning uchun uni faqat oziq-ovqat orqali olish mumkin. Ushbu aminokislotaning yetishmasligi surunkali uyqusizlik, kayfiyatni tushishi, depressiv holatlar, ovqatlanish tartibini buzilishiga olib kelishi mumkin.

Griffoniya tabiiy antidepressantidir. 5-HTP (5-gidroksitriptofan) faol komponenti endorfin gormonlarini sintez qilishda ishtirok etadi, buning natijasida u kayfiyatni yaxshilaydi, sog'lom uyquning barcha bosqichlarini tiklashga yordam beradi: uxlashni tezlashtiradi. Hayz oldi sindromida ruhiy holatni yaxshilaydi: tushkunlik va xavotir, zo'riqish, asabiylashish tuyg'ularini kamaytiradi.

Ashwagandha bu adaptogen o'simlik, stress paytida kortizol darajasini pasaytirish uchun va tanadagi muvozanatni samarali ravishda barqarorlashtiradi. Ashwagandha qalqonsimon bezning giperfunksiyasida va gipofunsiyasida ham samarali. Ashwagandha nafaqat stress bilan kurashishning tabiiy vositasi, balki immunitetni mustahkamlashga va degenerativ kasalliklarning oldini olishga yordam beradi.

Magniy tananing barcha to'qimalarida joylashgan va hujayralarning normal ishlashi uchun zarur bo'lgan muhim elementdir, ko'pgina metabolik reaksiyalarda ishtirok etadi, energiya ishlab chiqarish va iste'mol qilishga yordam beradi. Magniy mushaklardagi ion muvozanatini saqlashda muhim fiziologik rol o'ynaydi, shu jumladan miyokardda ham. Stress holatida organizm katta miqdordagi magniyni yo'qotadi, chunki bu microelementning eng muhim funksiyalaridan biri asab tizimini stress omillarining salbiy ta'siridan himoya qilishdir. Magniy yetishmovchiligi bilan yurak-qon tomir patologiyalari, shu jumladan arterial gipertenziya, yurak aritmiyasi va to'satdan yurak-qon tomir o'limi xavfi ortadi.

Triptofan                                    50 mg

Griffoniya                                  60 mg

Ashwagandha                          150 mg

Magniy                                      57 mg

Odatda yaxshi qabul qilinadi. Kamdan kam: allergik reaksiyalar, xolsizlik.

- asabiy qo'zg'aluvchanlik va asabiylashishni kuchayishi;

- jismoniy va intellektual yuklamalarning ko'payishi;

- surunkali stress;

- depressiv holatlar;

- xavotir va tushkunlik hissi;

- charchoqning kuchayishi;

- uyqu buzilishi;

- mushaklardagi og'riq va spazmlar;

- yurak-qon tomir tizimi kasalliklarini, shu jumladan aritmiya, arterial gipertenziya, yurak yetishmovchiligi, stenokardiya, ateroskleroz va miokard infarktidan keyingi holatlarni davolash uchun kompleks terapiyaning bir qismi sifatida.

Tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik, 12 yoshgacha bo'lgan bolalar
Qorong'i va salqin joyda 25℃dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlang.

Asabiy qo'zg'aluvchanlik, asabiy taranglik, asabiylashish, bezovtalik va tushkunlik hissi kuchayganda,

kuniga 1 tabletkadan 2-3 mahal buyuriladi. Maksimal sutkalik doza - 3 tabletka. Agar uyqu buzilgan bo'lsa va uyqusizlik bo'lsa, yotishdan yarim soat oldin 2 tabletka ichish kerak. Uni yetarli miqdorda suv bilan ichish kerak. Davolash kursi 1-3 oy.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

RADELAKS tabletkalari N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
RADELAKS tabletkalari N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
RADELAKS tabletkalari N30 dori vositasi «GRICAR CHEMICAL S.r.l.» tomonidan Турция mamlakatida ishlab chiqarilgan.
RADELAKS tabletkalari N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
RADELAKS tabletkalari N30 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
FERSIKARD tabletkalari N30
Narh: 143 300 so'mdan Batafsil
Narh: 105 200 so'mdan Batafsil
Narh: 125 000 so'mdan Batafsil
Narh: 153 900 so'mdan Batafsil
Feramin kids tomchilari 50ml
Narh: 143 200 so'mdan Batafsil
Narh: 133 000 so'mdan Batafsil
Fersikard Kids tomchilari 100ml
Narh: 170 000 so'mdan Batafsil
Narh: 144 900 so'mdan Batafsil
Narh: 140 500 so'mdan Batafsil
Narh: 113 700 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9