×
×
  • GEPARIN-MF  eritma 1 ml 5000 ME/ml N10

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

GEPARIN-MF eritma 1 ml 5000 ME/ml N10

Kategoriya:
- Antitrombotik vositalar
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- MEDIOFARM, ООО
ATX kodi:
- B01AB01
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

NOKLOT tabletkalari 75mg N30 CCL Pharmaceuticals (Pvt) Ltd Pokiston
74 000 s`om dan
PLAGRIL tabletkalari 75mg N10 Dr.Reddy's Laboratories Ltd Hindiston
KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
48 000 s`om dan
ENSELAD tabletkalari 75mg N30 Ind-Swift Limited Hindiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
GEPARIN-MF eritma 1 ml 5000 ME/ml N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

GEPARINOVAYA MAZ

dori preparatini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha

YO‘RIQNOMA

 

Preparatning savdo nomi: Geparinovaya maz

Guruhlash nomi: Geparin natriy + Benzokain + Benzilnikotinat&

Dori shakli: sirtga qo‘llash uchun surtma

Tarkibi:

1 g surtma quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: geparin natriy – 100 XB (0,833 g faolligida geparin natriyning               120 XB/kg), benzokain – 40,0 mg, benzilnikotinat – 0,8 mg;

yordamchi moddalar: gliserol – 150 mg, vazelin – 60 mg, stearin kislotasi (stearin kislotasi 50) – 50 mg, shaftoli moyi – 50 mg, emulgator №1 – 50 mg, metilparagidroksibenzoat – 1,5 mg, propilparagidroksibenzoat – 0,5 mg, suv – 1 g gacha.

Ta‘rifi: oqdan sarg‘ish tusli oq rangligacha bo‘lgan surtma.

Farmakoterapevtik guruhi: Mahalliy qo‘llash uchun bevosita ta‘sir qiluvchi antikoagulyant vosita + boshqa preparatlar.

ATX kodi: S05VA53

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Sirtga qo‘llash uchun majmuaviy preparat, ta‘siri uning tarkibiga kiruvchi komponentlarning xususiyatlari bilan bog‘liq. Geparin – bevosita ta‘sir qiluvchi antikoagulyant, o‘rta molekulyar geparinlar guruhiga kiradi. Sirtga qo‘llanganida mahalliy antikoagulyant, ekssudasiyaga qarshi, o‘rtacha yallig‘lanishga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi. Trombinning hosil bo‘lishini bloklaydi. Geparin yallig‘lanish jarayonini kamaytiradi va antikoagulyant ta‘sir ko‘rsatadi, bilvosita mikrosirkulyasiyani yaxshilaydi, bu gematomalar va tromblarning so‘rilish jarayoniga va to‘qimalarning ishini kamayishiga yordam beradi.

Benzilnikotinat periferik qon tomirlarni kengaytiruvchi vosita bo‘lib, mikrosirkulyasiyani yaxshilanishiga yordam beradi. Geparinning kirishini yaxshilash uchun ad‘yuvant sifatida ishlatiladi.

Benzokain mahalliy og‘riqni qoldiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Natriy ionlari uchun hujayra membranasining o‘tkazuvchanligini kamaytiradi, membrananing ichki yuzasida joylashgan reseptorlardan kalsiy ionlari surib chiqaradi, nerv impulslarining o‘tkazishini bloklaydi. Sezuvchi nerv oxirlarida og‘riq impulslarining paydo bo‘lishiga va ularning nerv tolalari bo‘ylab o‘tkazilishiga to‘sqinlik qiladi.

Farmakokinetikasi

Geparin teri yuzasidan ahamiyatsiz darajada so‘riladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 95% gacha, taqsimlanish hajmi – 0,06 l/kg. Yo‘ldosh orqali o‘tmaydi va ko‘krak sutiga kirmaydi. Endotelial hujayralar va mononuklear – makrofagal tizimlari orqali jadal qamrab olinadi, jigarda va taloqda to‘planadi. Jigarda N-desulfamidaza va geparinning metabolizmiga kechki bosqichlarda qo‘shiladigan trombositlarning geparinazalari ishtirokida metabolizmga uchraydi. Buyraklarning endoglikozidazalari ta‘siri ostida desulfatizasiyaga uchragan molekulalar quyi molekulyar fragmentlarga aylanadi. Yarim chiqarilish davri (T1/2) – 1-6 soat (o‘rtacha – 1,5 soat); semirishda, jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligida oshadi, o‘pka arteriyalarining tromboemboliyasi, infeksiyalar, xavfli o‘smalarda kamayadi. Buyraklar orqali asosan faol bo‘lmagan metabolitlari ko‘rinishida chiqariladi. Gemodializ orqali chiqarilmaydi.

Benzilnikotinat terining hamma qavatlariga kiradi. Tizimli qon oqimiga deyarli tushmaydi.

Benzokain sirtga qo‘llanganida deyarli so‘rilmaydi.

Qo‘llanilishi

Yuzaki venalarning tromboflebiti, yuzaki periflebit; teri osti gematomasi; in‘eksiyadan keyingi va infuziyadan keyingi flebit; yuzaki mastit; bir joyga yig‘ilgan infiltratlar va shishlar, jarohatlar va lat yeyishlar (shu jumladan mushak to‘qimasi, paylar, bo‘g‘imlar); tashqi gemorroy, tug‘ruqdan keyingi gemorroidal tugunlarning yallig‘lanishi, limfedema (fil oyog‘i), limfangitda qo‘llanadi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik; shikastlangan sohaning teri qoplamalarining butunligini buzilishi (ochiq infeksiyalangan jarohatlar, ayniqsa yarali-nekrotik jarayonlar); 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan

Qon ivishi tizimini buzilishi, trombositopeniyada ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.

Homiladorlik va laktasiyada qo‘llanilishi

Preparatni homiladorlikda va laktasiya davrida qo‘llashning xavfsizligi aniqlanmagan. Geparin yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tmaydi va ko‘krak suti bilan chiqarilmaydi. Preparatning boshqa komponentlarini ko‘krak sutiga tushishi to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q.

Geparin surtmasini homiladorlikda va laktasiya davrida (emizishda) faqat agar, ona uchun taxmin qilinadigan foyda homila yoki bola uchun bo‘lgan potensial xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina qo‘llash mumkin.

Qo‘llash usuli va dozalari

Sirtga qo‘llanadi. Surtmani shikastlangan sohaga yupqa qavat qilib (0,5-1 g (2-4 sm surtma) 3-5 sm diametrli soha hisobidan) surtiladi va teriga ehtiyotkorlik bilan ishqalanadi. Surtma kuniga 2-3 marta, har kuni yallig‘lanish holati yo‘qolguniga, o‘rtacha   3 kundan 7 kungacha qo‘llanadi. Yanada uzoqroq davolash kursini o‘tkazish imkoniyatini shifokor belgilaydi. Tashqi gemorroidal tugunlarning trombozida rektal tamponlar qo‘llanadi, surtma surp yoki mato taglikka surtiladi, ularni bevosita tromblangan tugunlarga qo‘yiladi va mahkamlanadi. Surtma bilan shimdirilgan tamponlar orqa yo‘liga kiritiladi. Surtmani har kuni belgilar yo‘qolgunicha, o‘rtacha 3-14 kun qo‘llash kerak.

Nojo‘ya ta‘siri

Preparatni uzoq qo‘llanganida terini qizarishi, qo‘llash joyida sezuvchanlikni pasayishi, allergik reaksiyalar (teri toshmasi, qichishish) ko‘rinishidagi mahalliy reaksiyalar bo‘lishi mumkin.

Dozani oshirib yuborilishi

Ahamiyatsiz tizimli so‘rilishi tufayli dozani oshirib yuborilishining ehtimoli kam.

 

Boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta‘siri

Surtmani mahalliy bir vaqtda nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (NYAQV), tetrasiklinlar, N1-gistamin reseptorlari blokatorlari bilan buyurilmaydi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Geparin surtmasi katta sohalarga davomli qo‘llanganida va qon ivish va/yoki qon yaratish tizimiga ta‘sir qiluvchi peroral dori vositalari bilan bir vaqtda qabul qilinganida, qonning ivish vaqtini va protrombin vaqtini nazorat qilish kerak.

Uzoq muddatli davolash kursining zarurati bo‘lganida va homilador ayollarda va 65 yoshdan oshgan ayollarda katta shikastlanish sohalarda nazorat tavsiya qilinadi.

Ochiq jarohatlarga, yiringli jarayonlar bo‘lganida surtish mumkin emas.

Surtmani chuqur venalarning trombozida qo‘llash tavsiya qilinmaydi.

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Preparat transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga noxush ta‘sir ko‘rsatmaydi.

 

Chiqarilish shakli

Sirtga qo‘llash uchun surtma. 25 g dan alyuminiy tubalarda yoki polietilen laminat tubalarda. Har bir tuba preparatni tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

Saqlash sharoiti

20ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Preparat o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

GEPARIN-MF eritma 1 ml 5000 ME/ml N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
GEPARIN-MF eritma 1 ml 5000 ME/ml N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
GEPARIN-MF eritma 1 ml 5000 ME/ml N10 dori vositasi MEDIOFARM, ООО tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
GEPARIN-MF eritma 1 ml 5000 ME/ml N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
GEPARIN-MF eritma 1 ml 5000 ME/ml N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
SALISILOVAYA KISLOTA eritma 25ml 2%
SALISILOVAYA KISLOTA eritma 25ml 1%
Narh: 1 100 so'mdan Batafsil
VODA DLYA IN‘EKSIY eritma 5ml N10
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
KSILO EKO burun uchun tomchilar 20ml 0,05%
KSILO EKO burun uchun tomchilar 10ml 0,05%
KSILOZOLIN MF burun uchun tomchilar 15ml 0,05%
Narh: 20 200 so'mdan Batafsil
KSILOZOLIN MF burun uchun tomchilar 10ml 0,05%
MEDLAKS PIKOSULFAT tomchilar dlya priema vnutr 30ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: MEDIOFARM, ООО
MEDLAKS PIKOSULFAT tomchilar dlya priema vnutr 20ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: MEDIOFARM, ООО
Narh: 18 000 so'mdan Batafsil
PUSTIRNIKA nastoyka 50ml
Narh: 2 900 so'mdan Batafsil
KASTELYAN MF eritma 20ml
KASTELYAN MF eritma 10ml
NAFTIMIZIN MF eritma 30ml 0,1%
NAFTIMIZIN MF eritma 20ml 0,1%
Narh: 2 500 so'mdan Batafsil
NAFTIMIZIN MF eritma 15ml 0,1%
NAFTIMIZIN MF eritma 10ml 0,1%
NAFTIMIZIN MF eritma 15ml 0,05%
NAFTIMIZIN MF eritma 10ml 0,05%
KSILOZOLIN MF tomchilar 15ml 0,1%
KSILOZOLIN MF tomchilar 10ml 0,1%
ELKARNIT eritma 10 ml 1 g/10 ml N10
SIPROFTALM tomchilar 5ml 3mg/ml
TAUFON ko'z tomchilari 10ml 4%
Narh: 3 700 so'mdan Batafsil
PUSTIRNIKA nastoyka 25ml
Narh: 1 000 so'mdan Batafsil
EMOKSIKAM-MF tomchilar 5 ml 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: MEDIOFARM, ООО
Другие формы препарата
GEPARIN 30,0 gel 1000ME/G
GEPARIN 100,0 gel 1000ME/G
GEPARIN 50,0 gel 1000ME/G
GEPARIN 30,0 gel 1000ME/G
GEPARIN AKRIXIN 1000 50,0 gel
GEPARIN DARNISA gel 30g 600ME
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Дарница,Фарм.фирма, ЧАО
GEPARINOVAYA maz 25g
GEPARINOVAYA maz 25g
GEPARINOVAYA 25,0 maz
GEPARINOVAYA 25,0 maz
GEPARINOVAYA 25,0 maz
GEPARINOVAYA 25,0 maz
GEPARIN maz 25 g
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: ZIYO NUR FARM, ЧП
GEPARIN maz 30 g
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: ZIYO NUR FARM, ЧП
GEPARIN maz 20 g
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: ZIYO NUR FARM, ЧП
GEPARIN maz 15 g
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: ZIYO NUR FARM, ЧП
GEPARIN maz 10 g
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: ZIYO NUR FARM, ЧП
GEPARIN maz 20g
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Torimed Pharm, OOO
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9