×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

GEPARIN eritma 5ml 5000ME/ml N5

Kategoriya:
- Antitrombotik vositalar
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Farmakoterapevtik guruh:
- Antikoagulyant.
Faol modda:
Гепарин натрия
Qadoqda soni:
- 5
Ishlab chiqaruvchi:
ATX kodi:
- B01AB01
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 95 ta dorixonasida topildi

ico 24 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 75mg+15,2mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
39 800 s`om dan
LOPIREL tabletkalari 75mg N28 Actavis Group PTC ehf., Исландия произведено: Actavis Ltd Malta
LOPIGROL tabletkalari 75mg N14 Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: Abdi Ibrahim Ilac San. ve Tic. A.S. Turkiya
90 000 s`om dan
VARFAREKS tabletkalari 5mg N30 Гриндекс, АО Latviya
22 400 s`om dan
Yaroqlilik muddati (oy) 24
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi:

preparatning 1 ml eritmasi  quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: natriy geparini - 5 000 XB/ml;

yordamchi moddalar: natriy xloridi, in’eksiya uchun suv.

Chiqarilish shakli

1ml va 5mldan in'ektsiya uchun eritma shisha yoki polipropilen va polietilen ampulalarda tibbiyotda qo‘llanishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga


In'ektsiya uchun eritma

Bevosita ta'sirga ega antikoagulyant, o‘rta molekulyar geparinlar guruhiga mansub, fibrin hosil bo‘lishini sekinlashtiradi. Antikoagulyant samarasi in vitro va in vivo aniqlanadi, bevosita venaga yuborilgandan keyin namoyon bo‘ladi. Natriy geparinining ta'sir mexanizmi, eng avvalo, uning IIa (trombin), IXa, Xa, XIa va XIIa qon quyulishi faollashtirilgan faktorlarining tabiiy ingibitori hisoblangan III antitrombin bilan bog‘lanishiga asoslangan. Geparin natriy III antitrombin bilan bog‘lanadi va uning molekulasida konformatsion o‘zgarishlarni paydo qiladi. Natijada III antitrombinning IIa (trombin), IXa, Xa, XIa va XIIa qon quyulishi faktorlari bilan bog‘lanishi tezlashadi hamda ularning fermentativ faolligini bloklaydi. Geparin natriyning III antitrombin bilan bog‘lanishi elektrostatik xususiyatga ega bo‘lib, ahamiyatli darajada molekulaning uzunligi va tarkibiga bog‘liq bo‘ladi (geparin natriyning III antitrombin bilan bog‘lanishi uchun tarkibida 3-O-sulьfatlangan glyukozamin mavjud penta-saxarid ketma-ketligi zarur). Geparin natriyning III antitrombin bilan birgalikda IIa (trombin) va Xa qon quyulishi faktorlarini ingibitsiya qilish xususiyati eng katta ahamiyatga ega. Geparin natriyning Xa faktoriga tegishli faolligining uning IIa faktoriga tegishli faolligiga nisbati 0,9-1.1 ni tashkil etadi. Geparin natriy qonning qovushqoqligini pasaytiradi, bradikinin, gistamin va boshqa endogen omillar bilan kuchaytirilgan qon tomirlar o‘tkazuvchanligini kamaytiradi va shu tarzda staz rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Geparin natriy endoteliy membranalari va qonning shaklli elementlari yuzasiga so‘rilib olib, ularning manfiy zaryadini oshirishi mumkin, bu holat trombotsitlarni adgeziyasi va agregatsiyasiga to‘sqinlik qiladi. Geparin natriy silliq mushaklar giperplaziyasini sekinlashtiradi, lipoproteinlipazni faollashtiradi va shu tarzda gipolipidemik ta'sir ko‘rsatadi va ateroskleroz rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Geparin natriy komplement tizimining ayrim komponentlarini bog‘laydi, uning faolligini pasaytirgan holda limfotsitlar kooperatsiyasiga va immunoglobulinlar xosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi, gistamin, serotoninni bog‘laydi (ya'ni, allergiyaga qarshi ta'sirga ega). Geparin natriy buyrak qon oqimini ko‘paytiradi, miya qon tomirlarining qarshiligini oshiradi, miya gialuronidazlari faolligini kamaytiradi, o‘pkalarda surfaktant faolligini pasaytiradi, buyrak usti bezlari qobig‘ida alьdosteronning haddan tashqari sintezini bartaraf qiladi, adrenalinni bog‘laydi, gormonal rag‘batlantirishga tuxumdonlar reaktsiyasini modulyatsiya qiladi, paratgormon faolligini kuchaytiradi. Geparin natriy fermentlar bilan o‘zaro ta'sirlanish natijasida miya tirozingidroksilazi, pepsinogen, DNK-polimeraz faolligini oshirishi va miozin ATFazlar, piruvatkinazlar, PNK-polimerazlar, pepsin faolligini pasaytirishi mumkin. Geparin natriy ushbu ta'sirlarining klinik ahamiyati hozirgacha aniqlanmagan va yetarlicha o‘rganilmagan.
Chiqarilishi. Preparat vena ichiga yuborilgandan keyin ta'siri deyarli darhol 10-15 minutdan kechiktirilmay boshlanadi va qisqa vaqt – 3-6 soat davom etadi. Preparat teri ostiga yuborilgandan keyin ta'siri sekin – 40-60 minutdan keyin boshlanadi, biroq 8 soat davom etadi. Qon plazmasida yoki tromboz joyida III antitrombin tanqisligi geparin natriyning antikoagulyant ta'sirini kamaytirishi mumkin. Taqsimlanishi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 95% gacha, taqsimlanish hajmi juda kichik – 0.06 l/kg (plazma oqsillari bilan kuchli bog‘lanishi tufayli qon tomir oqimini tark etmaydi). Yo‘ldosh to‘siq va ko‘krak sutiga o‘tmaydi. Endotelial hujayralar va mononuklear-makrofagal tizim hujayralari (retikuloendotelial tizim hujayralari) tomonidan jadal qamrab olinadi, jigar va taloqda jamlanadi. Metabolizmi. N-desulьfamidaz va kechroq bosqichlarda geparin jigarda metabolizmiga qo‘shiladigan trombotsitlar geparinazi ishtirokida metabolizmga uchraydi. Trombotsitar IV omili (antigeparin faktori) metabolizmida ishtiroki, shuningdek geparin natriyning makrofaglar tizimi bilan bog‘lanishi tez biologik inaktivatsiyani va qisqa vaqtli ta'sirni izohlaydi. Desulьfatlangan molekulalar buyrak endoglikozidazi ta'sirida past molekulyar fragmentlarga aylanadi. T1/2 1-6 soat (o‘rtacha – 1.5 soat)ni tashkil etadi; semirishda, jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligida uzayadi; o‘pka arteriyasi tromboemboliyasida, infektsion kasalliklarda, xavfli o‘smalarda qisqaradi. Chiqarilishi. Buyraklar orqali, asosan, nofaol metabolitlar shaklida ajralib chiqadi va faqat yuqori dozalarda yuborilganda o‘zgarmagan shaklda (50% gacha) ajralib chiqishi mumkin. Gemodializ orqali ajralib chiqmaydi.
Allergik reaktsiyalar: teri giperemiyasi, dorili isitma, eshakemi, rinit, teri qichishishi va oyoq tagi qizib ketishi hissi, bronxospazm, kollaps, anafilaktik shok. Qon ketishlari: odatdagi – me'da-ichak va siydik chiqarish yo‘llaridan, preparat yuborilgan joyda, bosimga uchraydigan sohalarda, jarrohlik yaralaridan; turli a'zolarga qon quyilishi (shu jumladan, buyrak usti bezlari, sariq tana, retroperitoneal bo‘shliq). Mahalliy reaktsiyalar: og‘riq, giperemiya, gematoma va preparat yuborilgan joyda yaralanish, qon ketishi. Boshqa potentsial nojo‘ya samaralar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: bosh aylanishi, bosh og‘rishi, ko‘ngil aynishi, qusish, ishtaha pasayishi, diareya, bo‘g‘imlardagi og‘riqlar, AB oshishi va eozinofiliya. Geparin bilan davolash boshlanishida, ba'zan, 80×109/l dan 150×109/l gacha oraliqda trombotsitlar miqdoriga ega o‘tib ketuvchi trombotsitopeniya qayd etilishi mumkin. Odatda, ushbu vaziyat asoratlar rivojlanishiga olib kelmaydi va Geparin bilan davolash davom ettirilishi mumkin. Kam hollarda, ba'zan o‘lim holati bilan yakunlanadigan og‘ir trombotsitopeniya (oq tromb paydo bo‘lishi sindromi) qayd etilishi mumkin. Ushbu asorat trombotsitlar 80 ×109/l dan kamroq yoki dastlabki darajadan 50% dan ko‘proq pasaygan holatda taxmin qilinishi kerak, bunday holatlarda Geparin yuborilishi darhol to‘xtatiladi. Og‘ir trombotsitopeniyasi bo‘lgan patsiyentlarda koagulopatiyasi (fibrinogen zaxiralari tugashi) rivojlanishi mumkin. Geparin-induktsiya qilingan trombotsitopeniya sharoitida: teri nekrozi, gangrena, miokard infarkti, insulьt rivojlanishi bilan birga kechadigan arterial tromboz. Uzoq vaqt qo‘llanganda: osteoporoz, suyaklarning spontan sinishlari, yumshoq to‘qimalarning kalьtsifikatsiyalanishi, gipoalьdosteronizm, o‘tib ketuvchi alopetsiya, priapizm. Geparin bilan davolash fonida qonning biokimyoviy ko‘rsatkichlari o‘zgarishlari (qon plazmasida jigar transaminazlari, erkin yog‘ kislotalari va tiroksin faolligini oshishi; giperkaliyemiya; Geparin bilan davolash bekor qilingan fonida qaytar giperlipidemiya: qonda glyukoza kontsentratsiyasining soxta oshishi va bromsulьfalein sinamasining soxta-ijobiy natijasi) kuzatilishi mumkin.
Shifokor retsepti bo‘yicha.
Yuqori dozalar bilan davolashni statsionar sharoitlarda amalga oshirish tavsiya etiladi. Trombotsitlar sonini nazorat qilish davolash boshlanishidan oldin, davolashning birinchi kunida va Geparin buyurilgan butun vaqt davomida qisqa oraliqlar orqali, ayniqsa, davolash boshlangandan keyin 6 va 14-kun o‘rtasida amalga oshirilishi kerak. Trombotsitlar soni keskin pasayganda davolash darhol to‘xtatish kerak. Trombotsitlar sonining keskin pasayishi geparin-induktsiya qilingan immun trombotsitopeniyani aniqlash yuzasidan kelgusi tadqiqotlar o‘tkazilishini talab qiladi. Agar shunday holat mavjud bo‘lsa, patsiyent kelgusida Geparinni (hatto past molekulyar geparinni) qabul qilishi mumkin emasligi to‘g‘risida xabardor qilinishi kerak. Agar geparin-induktsiya qilingan immun trombotsitopeniyaning yuqori ehtimoli mavjud bo‘lsa, Geparin qo‘llanishi darhol bekor qilinishi kerak. Tromboembolik kasallik sababli Geparin qabul qilayotgan patsiyentlarda geparin-induktsiya qilingan immun trombotsitopeniya rivojlangan yoki tromboembolik asoratlar rivojlangan holatda boshqa antikoagulyant preparatlari qo‘llanishi kerak. Geparin-induktsiya qilingan immun trombotsitopeniyasi (oq tromb paydo bo‘lish sindromiga) bo‘lgan patsiyentlar geparinizatsiya bilan gemodializ qilinmasligi kerak. Zarur hollarda, ularda buyrak yetishmovchiligini davolashning muqobil usullaridan foydalanish kerak. Dozani oshirib yuborilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida qon ketish (shilliq pardalarda qon ketishi, gematuriya va h.k.) ehtimolini ko‘rsatuvchi klinik simptomlar doimiy kuzatib borilishi kerak. Geparinga reaktsiyalar mavjud bo‘lmagan yoki Geparinning yuqori dozalari buyurilishini talab qiladigan patsiyentlarda III antitrombin darajasi nazorat qilinishi kerak. Isitma, trombozlar, tromboflebitlar, infektsion kasalliklar, miokard infarkti, xavfli o‘smalarda, shuningdek jarrohlik aralashuvlaridan keyin va III antitrombin tanqisligida geparin natriyga rezistentlik tez-tez kuzatiladi. Bunday holatlarda puxta laboratoriya monitoringi (FQTV ni nazorat qilish) talab etiladi. 60 yoshdan katta yoshdagi ayollarda Geparin qon ketishini oshirishi mumkin, shu tufayli ushbu toifadagi patsiyentlarda geparin natriy dozasi pasaytirilishi kerak. Arterial gipertenziyasi bo‘lgan patsiyentlarda Geparin qo‘llanilganda muntazam ravishda arterial bosim nazorat qilinishi kerak. Davoni boshlashdan oldin har doim koagulogramma tekshiruvi o‘tkazilishi kerak, past dozalardan foydalanilgan holatlar bundan mustasno. Peroral antikoagulyant davolashga o‘tkazilayotgan patsiyentlarga Geparin buyurilishini qon quyulish vaqti va FQTV natijalari terapevtik diapazonga kelmagungacha davom ettirish kerak. Mushak ichiga in'ektsiya qilish taqiqlangan. Shuningdek, Geparin qo‘llanilganda imkon qadar punktsion biopsiyalarga, infilьtratsion va epidural anesteziyaga va diagnostik lyumbal punktsiyalarga yo‘l qo‘yilmasligi kerak. Agar ko‘p miqdorli qon ketish paydo bo‘lsa, Geparin qo‘llanishini bekor qilish va koagulogramma ko‘rsatkichlarini tekshirish kerak. Agar tahlil natijalari norma doirasida bo‘lsa, Geparin qo‘llanishi oqibatida mazkur qon ketishning rivojlanish ehtimoli minimal bo‘ladi. Koagulogramma ko‘rsatkichlarining o‘zgarishlari Geparin qo‘llanishi bekor qilingandan keyin normalashishga moyil bo‘ladi. Geparin eritmasi sariq tusli bo‘lishi mumkin bo‘lib, bu uning faolligini yoki o‘zlashtirilishini o‘zgartirmaydi. Preparatni suyultirish uchun faqat 0,9% li natriy xlorid eritmasi ishlatiladi! Alohida guruh patsiyentlarda qo‘llanishi Jigar funktsiyalari buzilishlarida qo‘llanishi Oqsil-sintetik funktsiya buzilishi bilan og‘ir jigar kasalliklarida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanishi kerak. Buyrak funktsiyalari buzilishlarida qo‘llanishi Surunkali buyrak yetishmovchiligida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanishi kerak. Keksa yoshdagi patsiyentlarda qo‘llanishi Keksa yoshdagi patsiyentlarida (60 yoshdan katta, ayniqsa, ayollarda) ehtiyotkorlik bilan qo‘llanishi kerak. Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi Geparin yo‘ldosh to‘siq orqali o‘tmaydi. Hozirgi vaqtgacha homiladorlik vaqtida Geparin qo‘llanishi oqibatida homila rivojlanishidagi illatlar ehtimolini tasdiqlovchi ma'lumotlar yo‘q: Geparinning embrio- yoki fetotoksik ta'sirini tasdiqlovchi hayvonlarda o‘tkazilgan tajribalar natijalari ham mavjud emas. Biroq qon ketishi bilan bog‘liq vaqtidan oldin tug‘ishlar va beixtiyor abortlar xavfi oshishi to‘g‘risida ma'lumotlar bor. Yondosh kasalliklari bo‘lgan homilador ayollarda, shuningdek qo‘shimcha davolanayotgan homiladorlarda Geparin qo‘llanganda asoratlar paydo bo‘lish ehtimolini hisobga olish kerak. 3 oydan ko‘proq vaqt davomida har kuni Geparinning yuqori dozalari qo‘llanishi homilador ayollarda osteoporoz rivojlanish xavfini oshirishi mumkin. Shu tufayli Geparinning yuqori dozalarining uzluksiz qo‘llanishi 3 oydan oshirilmasligi kerak. Epidural anesteziya antikoagulyant davolash o‘tkazilayotgan homilador ayollarda qo‘llanmasligi kerak. Qon ketish paydo bo‘lishi xavfida, masalan, xavfli abortda antikoagulyant terapiya tavsiya etilmaydi. Geparin ko‘krak suti bilan ajralib chiqmaydi. 3 oydan ko‘proq vaqt davomida har kuni Geparinning yuqori dozalari qo‘llanishi emizikli ayollarda osteoporoz rivojlanish xavfini oshirishi mumkin. Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri Geparinning transport vositalarini boshqarish va potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish qobiliyatiga ta'sirini baholash bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
• venoz trombozlari (shu jumladan oyoqlarning yuzaki va chuqur venalari trombozi, buyrak venalari trombozi) va o‘pka arteriyasi tromboemboliyasini oldini olish va davolash; • bo‘lmachalar fibrillyatsiyasi bilan bog‘liq tromboembolik asoratlarni oldini olish va davolash; • periferik arteriyalar (shu jumladan, yurakning mitral nuqsonlari bilan bog‘liq) emboliyalarni oldini olish va davolash; • o‘tkir va surunkali koagulopatiyalar (shuningdek, DVS-sindromining I bosqichi)ni davolash; • EKG da ST segmenti turg‘un ko‘tarilishsiz o‘tkir koronar sindromi (EKG da ST segmenti ko‘tarilishsiz noturg‘un stenokardiya, miokard infarkti); • ST segmenti ko‘tarilgan miokard infarkti; trombolitik davolashda, birlamchi son teri orqali koronar revaskulyarizatsiyasi (stentlash yoki stentlashsiz ballonli angioplastika) va arteriyalar yoki venalar trombozlari va tromboemboliyalar yuqori xavfi; • mikrotromb paydo bo‘lishi va mikrotsirkulyatsiya buzilishini oldini olish va davolash, shu jumladan gemolitikouremik sindromda, glomerulonefritlar (shu jumladan qizil yugurik nefriti) va jadallashgan diurez; • gemotransfuziyada, ekstrakorporal sirkulyatsiya tizimlarida (yurakda operatsiyalar o‘tkazilganda ekstrakorporal qon aylanishi, gemosorbtsiya, sitaferez) va gemodializda qon quyulishini oldini olish; • periferik venoz kateterlariga ishlov berishda qo‘llaniladi.
• Geparinga va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik; • anamnezda yoki hozirgi vaqtda geparin-induktsiya qilingan trombotsitopeniya (trombozli yoki trombozsiz); • qon ketishi (preparatni qo‘llanishida foyda, potentsial xavfdan yuqori bo‘lgan holatlar bundan mustasno); • homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas. Ehtiyotkorlik bilan: • Polivalent allergiyasi (shu jumladan, bronxial astmasi) bo‘lgan patsiyentlarda. • Quyidagi kabi yuqori qon ketish xavfi bilan bog‘liq patologik holatlarda: - yurak-qon tomir tizimi kasalliklari: - o‘tkir va o‘tkir osti infektsion endokardit; - og‘ir nazorat qilinmaydigan arterial gipertenziya; - aorta qatlamlanishi; - bosh miya qon tomirlari anevrizmi; • me'da-ichak yo‘llarining a'zolarini eroziv-yarali shikastlanishlari, jigar sirrozida va boshqa kasalliklarda qizilo‘ngach venalarining varikoz kengayishi, me'da va ingichka ichak drenajlaridan uzoq vaqt foydalanish, yarali kolit, gemorroy; • qon yaratish va limfatik tizim organlari kasalliklari: - leykoz; - gemofiliya; - trombotsitopeniya; - gemorragik diatez; • markaziy nerv tizimi kasalliklari: - gemorragik insulьt; - bosh miya jarohati; • xavfli o‘smalar; • III antitrombin tug‘ma tanqisligi va III antitrombin preparatlari bilan o‘rin bosuvchi davolash (qon ketishlar xavfini kamaytirish uchun geparinning kamroq dozalaridan foydalanish kerak). • Boshqa fiziologik va patologik holatlar: - hayz ko‘rish davri; - xavf soluvchi abort; - tug‘ishdan keyingi erta davr; - oqsil-sintetik funktsiyalar buzilishini o‘z ichiga olgan og‘ir jigar kasalliklari; - surunkali buyrak yetishmovchiligi; - ko‘zlarda, bosh yoki orqa miyada yaqinda boshdan kechirilgan jarrohlik aralashuvi; - yaqinda o‘tkazilgan spinal (lyumbal) punktsiya yoki epidural anesteziyasi; - proliferativ diabetik retinopatiya; - vaskulitlar; - 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar; - keksa yosh (60 yoshdan katta yosh, ayniqsa, ayollar) da extiyotkorlik bilan buyurish kerak.
• Peroral antikoagulyantlari (masalan, dikumarinlar) va antiagregantlar (masalan, atsetilsalitsil kislotasi, dipiridamol) geparin qo‘llangan har qanday jarrohlik aralashuvidan kamida 5 kun oldin to‘xtatilishi kerak, chunki ular operatsiyalar paytida yoki operatsiyadan keyingi davrda qon ketishini oshirishi mumkin. • Askorbin kislotasi, antigistamin preparatlari, digitalis yoki tetratsiklinlar, qorakuya alkaloidlari, nikotin, nitroglitserin (vena ichiga yuborish), tiroksin, AKTG (adenokortikotrop gormoni), ishqoriy aminokislotalar va polipeptidlar, protamin geparin ta'sirini kamaytirishi mumkin. Dekstran, fenilbutazon, indometatsin, sulfinpirazon, probenetsid, etakrin kislotasi, penitsillinlar va sitostatiklarni vena ichiga yuborish geparin ta'sirini kuchaytirishi mumkin. • Geparin fenitoin, xinidin, propranolol, benzodiazepinlar va bilirubinni oqsillarga bog‘lagan joylarida o‘rnini bosadi. samaradorligining o‘zaro pasayishi tritsiklik antidepressantlar bilan bir vaqtda qo‘llanilganda sodir bo‘ladi, chunki ular geparin bilan bog‘lanishi mumkin. • Faol ingrediyentlarning potentsial mumkin bo‘lgan pretsipitatlari tufayli geparin boshqa dori vositalar bilan aralashtirilmasligi kerak.
Quruq va yorug‘likdan himoyalangan joyda 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda va bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.


Yaroqlilik muddati

2 yil.

Yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Eritma xiralashsa yoki cho‘kma xosil bo‘lgan xolatlarda qo‘llanilmasin.


Tiniq rangsiz yoki och sariq rangli suyuqlik
Davolash maqsadlarida geparin 15 XB/kg/soat (ya'ni, o‘rtacha tana vazniga ega katta yoshdagilar uchun – 1 ming XB/soat) dozada vena ichiga tomchilatib infuziya shaklida buyuriladi. Bevosita infuziyadan oldin, tez antikoagulyant samaraga erishish uchun preparat 5 000 ME (1 ml) dozada vena ichiga oqim bilan yuboriladi. Agar vena ichiga yuborishning biron-bir sababga ko‘ra amalga oshirish imkoni bo‘lmasa, preparat teri ostiga sutkasiga 4 marta 10 000 XB (2 ml) dozadan yuboriladi. Sutkalik doza 60-80 000 XB dan oshirilmasligi kerak. Preparat faqat ayrim holatlarda 10 kundan ko‘proq vaqt davomida maksimal sutkalik dozada qo‘llanishi mumkin. Oldini olish maqsadlarda geparin trombozlar oldini olish uchun qorin teri ostiga sutkasiga 2 marta 5000 XB (1 ml) dozadan yuboriladi. Geparin natriy dozasi qon quyulishi ko‘rsatkichlari (FQTV maqsadli darajasi 60-85 sekund) hisobga olingan holda buyurilishi kerak. Davolash davomiyligi tavsiyalar va qo‘llash usuliga bog‘liq. Vena ichiga qo‘llanilganda davolashni optimal davomiyligi 7-10 kunni tashkil etadi, shundan keyin davolash peroral antikoagulyantlar bilan davom ettiriladi (geparin natriy bilan davolashning 1-kunidan boshlab yoki 5-kunidan 7-kunigacha peroral antikoagulyantlarni buyurish, geparin natriy qo‘llanishini esa majmuaviy davolashning 4-5-kunida to‘xtatish tavsiya etiladi). Yon bosh-son venalari tarqalgan trombozlarida Geparin preparati bilan uzoqroq davolash kurslarini o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Alohida klinik vaziyatlarda geparin natriy qo‘llanishi • EKG da ST segmentining turg‘un bo‘lmagan ko‘tarilishsiz o‘tkir koronar sindromida (nostabil stenokardiya, ST segmenti ko‘tarilmagan miokard infarkti)geparin natriy atsetilsalitsil kislotasi bilan birga miokard infarkti va o‘lim rivojlanish xavfini kamaytiradi. • EKG da ST segmenti ko‘tarilgan miokard infarktida geparin natriy birlamchi teri orqali koronar revaskulyarizatsiyada glikoprotein llb/IIla retseptorlari ingibitorlari bilan birgalikda va streptokinazali trombolitik terapiyada (revaskulyarizatsiya tez-tezligi ortadi) samarali. Shuningdek, Geparin bolyusli vena ichiga 70-100 XB/kg dozada (agar glikoproteinlar llb/IIla retseptorlari ingibitorlari qo‘llanishi rejalashtirilmayotgan bo‘lsa) yoki 50-60 XB/kg dozada (glikoproteinlar llb/IIla retseptorlari ingibitorlari bilan birga qo‘llanganda) yuboriladi. • ST segmenti ko‘tarilgan miokard infarktida trombolitik terapiya: Geparin bolyusli vena ichiga 60 XB/kg dozada yuboriladi (maksimal doza 4000 XB), keyin esa vena ichiga infuziya orqali 24-48 soat davomida 12 XB/kg (1000 XB/soatdan ko‘p emas) dozada yuboriladi. FQTV maqsadli darajasi 50-70 sekund, bu normadan 1.5-2.0 baravar yuqoridir; FQTV nazorat qilish – terapiya boshlangandan keyin 3, 6, 12 va 24 soatdan keyin amalga oshiriladi. • Geparinning past dozalaridan foydalanib jarrohlik aralashuvlaridan keyin tromboembolik asoratlar oldini olish:qorin teri burmasiga chuqur teri ostiga yuboriladi. Dastlabki doza – operatsiya boshlanishidan 2 soat oldin 5000 XB. Operatsiyadan keyingi davrda – 7 kun davomida yoki patsiyentning harakatchanligi to‘liq tiklangungacha (qaysi biri oldinroq boshlanishiga qarab) har 8-12 soatda 5000 XB dozadan yuboriladi. Tromboembolik asoratlarni oldini olish uchun Geparin past dozalarda qo‘llanganda FQTVni nazorat qilish shart emas. • Yurak-qon tomir jarrohligida ekstrakorporal qon aylanish tizimidan foydalanib amalga oshirilgan operatsiyalarda qo‘llanishi: Geparinning dastlabki dozasi – eng kamida 150 XB/kg. Keyinchalik 1 l infuziya eritmasiga 30000 XB dozadan 15-25 tomchi/minut tezlikda uzluksiz vena ichiga infuziya orqali yuboriladi. Umumiy doza, odatda, 300 XB/kg ni (agar operatsiyaning taxmin qilingan davomiyligi 60 minutdan kamroq bo‘lsa) yoki 400 XB/kg ni (agar operatsiyaning taxmin qilingan davomiyligi 60 minut va undan ko‘proq bo‘lsa) tashkil etadi. • Gemodializda qo‘llanishi: Geparinning dastlabki dozasi – 25-30 XB/kg (yoki 10000 XB) vena ichiga bolyusli, keyinchalik 20000 XB/100 ml Geparin 0.9% li natriy xlorid eritmasida 1500-2000 XB/soat tezlikda (agar gemodializ uchun tizimlar foydalanish bo‘yicha qo‘llanmada boshqacha ko‘rsatilmagan bo‘lsa) uzluksiz infuziya orqali yuboriladi. • Pediatriyada geparin natriy qo‘llanishi: bolalarda Geparin qo‘llanishi bo‘yicha adekvat nazorat qilinadigan tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Taqdim etilgan tavsiyalar klinik tajribaga asoslangan: dastlabki doza – 75-100 XB/kg vena ichiga bolyusli 10 minut davomida yuboriladi, samarani bir maromda ushlab turuvchi doza: 1-3 oylik yoshdagi bolalar uchun – 25-30 XB/kg/soat (sutkasiga 800 XB/kg), 4-12 oylik yoshdagi bolalar uchun – 25-30 XB/kg/soat (sutkasiga 700 XB/kg), 1 yoshdan katta bolalar uchun – 18-20 XB/kg/soat (sutkasiga 500 XB/kg) vena ichiga tomchilatib yuboriladi.
Simptomlari: qon ketish alomatlari. Davolash: geparin dozasi oshirib yuborilishi tufayli paydo bo‘lgan kam qon ketishlarda ushbu preparat qo‘llanishini to‘xtatish yetarli bo‘ladi. Ko‘p qon ketishlarda geparinning ortiqcha qismi protamin sulьfati (100 XB geparin natriyga 1 mg protamin sulьfati) bilan bartaraf etiladi. 1% (10 mg/ml) protamin sulьfati eritmasi vena ichiga juda sekin yuboriladi. Har 10 minutda 50 mg (5 ml) dozadan ko‘proq protamin sulьfati yuborilishi mumkin emas. Geparin natriyning tez metabolizmi hisobga olingan holda, protamin sulьfatining talab qilinadigan dozasi vaqt o‘tishi bilan kamayadi. Protamin sulьfatining kerakli dozasini hisob-kitob qilish uchun geparin natriyning T1/2 vaqti 30 minutni tashkil etadi deb hisoblash mumkin. Protamin sulьfati qo‘llanganda o‘lim holati bilan yakunlangan og‘ir anafilaktik reaktsiyalar qayd etilgan, shu tufayli preparat anafilaktik shokda shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish uchun jihozlangan bo‘linma sharoitlaridagina yuborilishi kerak. Gemodializ samarali emas.
Geparin yo‘ldosh to‘siq orqali o‘tmaydi. Hozirgi vaqtgacha homiladorlik vaqtida Geparin qo‘llanishi oqibatida homila rivojlanishidagi illatlar ehtimolini tasdiqlovchi ma’lumotlar yo‘q: Geparinning embrio- yoki fetotoksik ta’sirini tasdiqlovchi hayvonlarda o‘tkazilgan tajribalar natijalari ham mavjud emas. Biroq qon ketishi bilan bog‘liq vaqtidan oldin tug‘ishlar va beixtiyor abortlar xavfi oshishi to‘g‘risida ma’lumotlar bor. Yondosh kasalliklari bo‘lgan homilador ayollarda, shuningdek qo‘shimcha davolanayotgan homiladorlarda Geparin qo‘llanganda asoratlar paydo bo‘lish ehtimolini hisobga olish kerak.
3 oydan ko‘proq vaqt davomida har kuni Geparinning yuqori dozalari qo‘llanishi homilador ayollarda osteoporoz rivojlanish xavfini oshirishi mumkin. Shu tufayli Geparinning yuqori dozalarining uzluksiz qo‘llanishi 3 oydan oshirilmasligi kerak.

Epidural anesteziya antikoagulyant davolash o‘tkazilayotgan homilador ayollarda qo‘llanmasligi kerak. Qon ketish paydo bo‘lishi xavfida, masalan, xavfli abortda antikoagulyant terapiya tavsiya etilmaydi.

Geparin ko‘krak suti bilan ajralib chiqmaydi.

3 oydan ko‘proq vaqt davomida har kuni Geparinning yuqori dozalari qo‘llanishi emizikli ayollarda osteoporoz rivojlanish xavfini oshirishi mumkin.
Oqsil-sintetik funksiya buzilishi bilan og‘ir jigar kasalliklarida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanishi kerak.
Surunkali buyrak yetishmovchiligida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanishi kerak.
GEPARIN eritma 5ml 5000ME/ml N5 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

GEPARINOVAYA MAZ

dori preparatini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha

YO‘RIQNOMA

 

Preparatning savdo nomi: Geparinovaya maz

Guruhlash nomi: Geparin natriy + Benzokain + Benzilnikotinat&

Dori shakli: sirtga qo‘llash uchun surtma

Tarkibi:

1 g surtma quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: geparin natriy – 100 XB (0,833 g faolligida geparin natriyning               120 XB/kg), benzokain – 40,0 mg, benzilnikotinat – 0,8 mg;

yordamchi moddalar: gliserol – 150 mg, vazelin – 60 mg, stearin kislotasi (stearin kislotasi 50) – 50 mg, shaftoli moyi – 50 mg, emulgator №1 – 50 mg, metilparagidroksibenzoat – 1,5 mg, propilparagidroksibenzoat – 0,5 mg, suv – 1 g gacha.

Ta‘rifi: oqdan sarg‘ish tusli oq rangligacha bo‘lgan surtma.

Farmakoterapevtik guruhi: Mahalliy qo‘llash uchun bevosita ta‘sir qiluvchi antikoagulyant vosita + boshqa preparatlar.

ATX kodi: S05VA53

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Sirtga qo‘llash uchun majmuaviy preparat, ta‘siri uning tarkibiga kiruvchi komponentlarning xususiyatlari bilan bog‘liq. Geparin – bevosita ta‘sir qiluvchi antikoagulyant, o‘rta molekulyar geparinlar guruhiga kiradi. Sirtga qo‘llanganida mahalliy antikoagulyant, ekssudasiyaga qarshi, o‘rtacha yallig‘lanishga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi. Trombinning hosil bo‘lishini bloklaydi. Geparin yallig‘lanish jarayonini kamaytiradi va antikoagulyant ta‘sir ko‘rsatadi, bilvosita mikrosirkulyasiyani yaxshilaydi, bu gematomalar va tromblarning so‘rilish jarayoniga va to‘qimalarning ishini kamayishiga yordam beradi.

Benzilnikotinat periferik qon tomirlarni kengaytiruvchi vosita bo‘lib, mikrosirkulyasiyani yaxshilanishiga yordam beradi. Geparinning kirishini yaxshilash uchun ad‘yuvant sifatida ishlatiladi.

Benzokain mahalliy og‘riqni qoldiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Natriy ionlari uchun hujayra membranasining o‘tkazuvchanligini kamaytiradi, membrananing ichki yuzasida joylashgan reseptorlardan kalsiy ionlari surib chiqaradi, nerv impulslarining o‘tkazishini bloklaydi. Sezuvchi nerv oxirlarida og‘riq impulslarining paydo bo‘lishiga va ularning nerv tolalari bo‘ylab o‘tkazilishiga to‘sqinlik qiladi.

Farmakokinetikasi

Geparin teri yuzasidan ahamiyatsiz darajada so‘riladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 95% gacha, taqsimlanish hajmi – 0,06 l/kg. Yo‘ldosh orqali o‘tmaydi va ko‘krak sutiga kirmaydi. Endotelial hujayralar va mononuklear – makrofagal tizimlari orqali jadal qamrab olinadi, jigarda va taloqda to‘planadi. Jigarda N-desulfamidaza va geparinning metabolizmiga kechki bosqichlarda qo‘shiladigan trombositlarning geparinazalari ishtirokida metabolizmga uchraydi. Buyraklarning endoglikozidazalari ta‘siri ostida desulfatizasiyaga uchragan molekulalar quyi molekulyar fragmentlarga aylanadi. Yarim chiqarilish davri (T1/2) – 1-6 soat (o‘rtacha – 1,5 soat); semirishda, jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligida oshadi, o‘pka arteriyalarining tromboemboliyasi, infeksiyalar, xavfli o‘smalarda kamayadi. Buyraklar orqali asosan faol bo‘lmagan metabolitlari ko‘rinishida chiqariladi. Gemodializ orqali chiqarilmaydi.

Benzilnikotinat terining hamma qavatlariga kiradi. Tizimli qon oqimiga deyarli tushmaydi.

Benzokain sirtga qo‘llanganida deyarli so‘rilmaydi.

Qo‘llanilishi

Yuzaki venalarning tromboflebiti, yuzaki periflebit; teri osti gematomasi; in‘eksiyadan keyingi va infuziyadan keyingi flebit; yuzaki mastit; bir joyga yig‘ilgan infiltratlar va shishlar, jarohatlar va lat yeyishlar (shu jumladan mushak to‘qimasi, paylar, bo‘g‘imlar); tashqi gemorroy, tug‘ruqdan keyingi gemorroidal tugunlarning yallig‘lanishi, limfedema (fil oyog‘i), limfangitda qo‘llanadi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik; shikastlangan sohaning teri qoplamalarining butunligini buzilishi (ochiq infeksiyalangan jarohatlar, ayniqsa yarali-nekrotik jarayonlar); 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan

Qon ivishi tizimini buzilishi, trombositopeniyada ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.

Homiladorlik va laktasiyada qo‘llanilishi

Preparatni homiladorlikda va laktasiya davrida qo‘llashning xavfsizligi aniqlanmagan. Geparin yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tmaydi va ko‘krak suti bilan chiqarilmaydi. Preparatning boshqa komponentlarini ko‘krak sutiga tushishi to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q.

Geparin surtmasini homiladorlikda va laktasiya davrida (emizishda) faqat agar, ona uchun taxmin qilinadigan foyda homila yoki bola uchun bo‘lgan potensial xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina qo‘llash mumkin.

Qo‘llash usuli va dozalari

Sirtga qo‘llanadi. Surtmani shikastlangan sohaga yupqa qavat qilib (0,5-1 g (2-4 sm surtma) 3-5 sm diametrli soha hisobidan) surtiladi va teriga ehtiyotkorlik bilan ishqalanadi. Surtma kuniga 2-3 marta, har kuni yallig‘lanish holati yo‘qolguniga, o‘rtacha   3 kundan 7 kungacha qo‘llanadi. Yanada uzoqroq davolash kursini o‘tkazish imkoniyatini shifokor belgilaydi. Tashqi gemorroidal tugunlarning trombozida rektal tamponlar qo‘llanadi, surtma surp yoki mato taglikka surtiladi, ularni bevosita tromblangan tugunlarga qo‘yiladi va mahkamlanadi. Surtma bilan shimdirilgan tamponlar orqa yo‘liga kiritiladi. Surtmani har kuni belgilar yo‘qolgunicha, o‘rtacha 3-14 kun qo‘llash kerak.

Nojo‘ya ta‘siri

Preparatni uzoq qo‘llanganida terini qizarishi, qo‘llash joyida sezuvchanlikni pasayishi, allergik reaksiyalar (teri toshmasi, qichishish) ko‘rinishidagi mahalliy reaksiyalar bo‘lishi mumkin.

Dozani oshirib yuborilishi

Ahamiyatsiz tizimli so‘rilishi tufayli dozani oshirib yuborilishining ehtimoli kam.

 

Boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta‘siri

Surtmani mahalliy bir vaqtda nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (NYAQV), tetrasiklinlar, N1-gistamin reseptorlari blokatorlari bilan buyurilmaydi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Geparin surtmasi katta sohalarga davomli qo‘llanganida va qon ivish va/yoki qon yaratish tizimiga ta‘sir qiluvchi peroral dori vositalari bilan bir vaqtda qabul qilinganida, qonning ivish vaqtini va protrombin vaqtini nazorat qilish kerak.

Uzoq muddatli davolash kursining zarurati bo‘lganida va homilador ayollarda va 65 yoshdan oshgan ayollarda katta shikastlanish sohalarda nazorat tavsiya qilinadi.

Ochiq jarohatlarga, yiringli jarayonlar bo‘lganida surtish mumkin emas.

Surtmani chuqur venalarning trombozida qo‘llash tavsiya qilinmaydi.

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Preparat transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga noxush ta‘sir ko‘rsatmaydi.

 

Chiqarilish shakli

Sirtga qo‘llash uchun surtma. 25 g dan alyuminiy tubalarda yoki polietilen laminat tubalarda. Har bir tuba preparatni tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

Saqlash sharoiti

20ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Preparat o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

GEPARIN eritma 5ml 5000ME/ml N5 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
GEPARIN eritma 5ml 5000ME/ml N5 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
GEPARIN eritma 5ml 5000ME/ml N5 dori vositasi Jurabek Laboratories OT MChJ tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
GEPARIN eritma 5ml 5000ME/ml N5 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
GEPARIN eritma 5ml 5000ME/ml N5 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
LIOTON 1000 gel 100g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Гепарин натрия ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: A.Menarini Industrie Farmaceutiche Riunite S.r.l., Италия произведено: A.Menarini Manufacturing Logistics and Services S.r.I.
GEPARIN inyeksiya uchun eritma 5ml 5000ME/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Гепарин натрия ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Московский эндокринный завод, ФГУП
Narh: 24 000 so'mdan Batafsil
GEPARIN eritma 5ml 5000YeD/ml N10
LIOTON 1000 gel 50g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Гепарин натрия ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: A.Menarini Industrie Farmaceutiche Riunite S.r.l., Италия произведено: A.Menarini Manufacturing Logistics and Services S.r.I.
Narh: 43 000 so'mdan Batafsil
LIOTON 1000 gel 30g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Гепарин натрия ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: A.Menarini Industrie Farmaceutiche Riunite S.r.l., Италия произведено: A.Menarini Manufacturing Logistics and Services S.r.I.
Narh: 72 000 so'mdan Batafsil
KONTRAKTUBEKS 50,0 gel
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Гепарин натрия ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Мерц Фарма ГмбХ и Ко.КГаА
GEPARIN eritma 1ml 5000YeD/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Гепарин натрия ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Uzgermed Pharm, СП, ООО
Narh: 24 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 10 400 so'mdan Batafsil
Narh: 3 700 so'mdan Batafsil
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
Narh: 6 851 so'mdan Batafsil
Narh: 7 490 so'mdan Batafsil
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
Narh: 3 300 so'mdan Batafsil
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
Narh: 6 800 so'mdan Batafsil
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
Narh: 7 800 so'mdan Batafsil
Narh: 1 100 so'mdan Batafsil
Narh: 14 000 so'mdan Batafsil
Narh: 11 000 so'mdan Batafsil
Narh: 7 800 so'mdan Batafsil
Narh: 24 600 so'mdan Batafsil
Narh: 11 000 so'mdan Batafsil
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
Narh: 1 800 so'mdan Batafsil
Narh: 3 500 so'mdan Batafsil
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
Narh: 7 800 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
GEPARIN 30,0 gel 1000ME/G
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Гепарин натрия ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Биохимик, ПАО
GEPARIN 100,0 gel 1000ME/G
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Гепарин натрия ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Татхимфармпрепараты, ОАО
GEPARIN 50,0 gel 1000ME/G
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Гепарин натрия ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Татхимфармпрепараты, ОАО
GEPARIN 30,0 gel 1000ME/G
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Гепарин натрия ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Татхимфармпрепараты, ОАО
GEPARIN AKRIXIN 1000 50,0 gel
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Гепарин натрия ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Акрихин, АО
GEPARIN DARNISA gel 30g 600ME
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Дарница,Фарм.фирма, ЧАО
GEPARINOVAYA maz 25g
GEPARINOVAYA maz 25g
GEPARINOVAYA 25,0 maz
GEPARINOVAYA 25,0 maz
GEPARINOVAYA 25,0 maz
GEPARINOVAYA 25,0 maz
GEPARIN maz 25 g
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: ZIYO NUR FARM, ЧП
GEPARIN maz 30 g
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: ZIYO NUR FARM, ЧП
GEPARIN maz 20 g
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: ZIYO NUR FARM, ЧП
GEPARIN maz 15 g
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: ZIYO NUR FARM, ЧП
GEPARIN maz 10 g
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: ZIYO NUR FARM, ЧП
GEPARIN maz 20g
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Torimed Pharm, OOO
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9