9 000 s`om dan
Dorixonalardan izlashQO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
GIDROKORTIZON
HYDROCORTISON
Preparatning savdo nomi: Gidrokortizon
Ta‘sir etuvchi modda(XPN): gidrokortizon
Dori shakli: ko‘z surtmasi
Tarkibi
1 g surtma quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: gidrokortizon asetati – 5,0 mg.
yordamchi moddalar: metilparagidroksibenzoati (nipagin), vazelin, suvsiz lanolin.
Ta‘rifi: oq rangli surtma, sarg‘ishdan to ko‘kimtir tusli yoki kulrang rangligacha bo‘lishi mumkin.
Farmakoterapevtik guruhi: kortikosteroidlar.
ATX kodi: S01BA02.
Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamikasi
Glyukokortikosteroid vosita bo‘lib, yallig‘lanishga qarshi va allergiyaga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi. Yallig‘lanishli hujayra infiltratlarini kamaytiradi, yallig‘lanish sohasiga leykositlar va limfositlarning migrasiyasini pasaytiradi. Hujayra va subhujayra, shu jumladan, lizosomal membranalarni va semiz hujayralarning membranalarini barqarorlashtiradi. Hujayra yuzasida immunoglobulinlarni reseptorlar bilan bog‘lanishini kamaytiradi va limfositlardan sitokinlarning (interleykinlar va interferon) sintezini yoki ajralib chiqarilishini tormozlaydi. Ekssudativ reaksiyani kamaytiradi, kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini pasayishiga yordam beradi. Erta immunologik javobning yaqqolligini kamaytiradi. Antimetabolik ta‘sir ko‘rsatadi va biriktiruvchi to‘qima va chandiqlanish rivojlanishini tormozlaydi.
Farmakokinetikasi
Gidrokortizon shox parda orqali ko‘z ichi suyuqligiga yomon kiradi; epidermis va shilliq qavatning epiteliysiga kiradi, tizimli qon oqimiga ahamiyatsiz darajada so‘rilishi va tizimli ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Epidermisda va shilliq qavatning epiteliysida bevosita metabolizmga uchraydi, keyinchalik esa so‘rilgandan so‘ng uning ahamiyatsiz miqdori umumiy qon oqimiga tushadi va jigarda metabolizmga uchraydi. Qonda 80% transkortin bilan va 10% albumin bilan bog‘lanadi. Gidrokortizonning metabolitlari buyraklar va ichak orqali chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Mahalliy qo‘llaniladi. Surtmaning 1-2 sm tizimchasi pastki qovoqning orqasiga kuniga 2-3 marta qo‘yiladi. Davolash kursi 1-2 hafta. Davolashning aniq davomiyligini shifokor davolashning samaradorligi, bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralar va kasallikning klinik manzarasiga qarab belgilaydi.
Jarohatdan keyingi holatlarda – shox pardaning to‘liq epitelizasiyasidan so‘ng kuniga 1-2 marta qo‘llaniladi.
Surtmani aplikasiyasi vaqtida tyubikni terining yuzasiga yoki kon‘yunktivaga tegishidan saqlanish lozim.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Allergik reaksiyalar, achishish, oqsil pardani qon tomirlarini kengayishi, ko‘rishni qisqa muddatli noaniqligi.
Gidrokortizon saqlovchi shunga o‘xshash preparatlarni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan kontaktli dermatit, dermatokon‘yunktivit va qovoqlar ekzemasi kabi allergik reaksiyalarning rivojlanishi xaqida xabar berilgan.
Uzoq muddat 10 kundan ko‘proq qo‘llanganida kuzatilishi mumkin: ko‘z ichki bosimini oshishi, o‘z navbatida ko‘z nervini shikastlanishi bilan steroid glaukomani rivojlanishi va ko‘rish maydonini buzilishi (shuning uchun glyukokortikosteroidlar 10 kundan ko‘proq qo‘llanganida ko‘z ichi bosimini muntazam o‘lchash kerak), orqa subkapsulyar katarakta hosil bo‘lishi, jarohatlarni bitishi jarayonini sekinlashishi (shox pardani yupqalashishini chaqiradigan kasalliklarda teshilishi) mumkin.
Ikkilamchi bakterial infeksiya organizmning ximoya reaksiyasini bostirilishi oqibati sifatida rivojlanishi mumkin. O‘tkir yiringli kasalliklarda glyukokortikosteroidlar niqoblashi yoki mavjud infeksion jarayonni kuchaytirishi mumkin.
Shox pardani zamburug‘li shikastlanishi glyukokortikosteroidlar uzoq muddat qo‘llanganida ayniqsa, tez-tez rivojlanish tendensiyasiga ega. Glyukokortikosteroidlar bilan uzoq muddat davolashdan so‘ng shox pardada bitmaydigan yaralarni paydo bo‘lishi zamburug‘li invaziyaning rivojlanganidan dalolat berishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Gidrokortizonga, boshqa kortikosteroidlarga yoki preparatning har qanday boshqa komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik; ko‘zlarning yiringli, virusli (masalan, oddiy gerpes virusi, suv chechak virusi va boshqalar chaqirgan epitelial keratit), tuberkulyozli, zamburug‘li kasalliklari, glaukoma, traxoma, vaksinasiya davri, ko‘z pardalarining butunligini buzilishi, bolalar (18 yoshgacha) qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan
Homiladorlik, emizish davri.
Dorilarning o‘zaro tasiri
Preparat uzoq muddat qo‘llanganida tizimli qon oqimiga so‘rilishi mumkinligi oqibatida, gidrokortizon plazmada insulin, peroral gipoglikemik, gipotenziv dori vositalari, antikoagulyantlar, salisilatlarning konsentrasiyasi va prazikvantelning samaradorligini pasaytirishi mumkin.
Gidrokortizonning nojo‘ya samaralarini rivojlanish xavfini oshiradilar: androgenlar, estrogenlar, peroral kontraseptivlar, anabolik steroidlar (girsutizm, xusnbuzar toshmasi); antipsixotik dori vositalari, karbutamid, azatioprin (katarakta); xolinoblokatorlar, antigistamin dori vositalari, trisiklik antidepressantlar, nitratlar (glaukoma); diuretiklar (gipokaliemiya).
Yurak glikozidlari bilan qo‘llanganida digitalis intoksikasiyasi rivojlanishi mumkin.
Qo‘rg‘oshin va kumush preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llash o‘zaro faolsizlanishiga olib keladi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Davolash muddatini uzaytirish mumkin emas.
Tashhisi qo‘yilmagan ko‘zlarni qizarishida mahalliy qo‘llash uchun kortikosteroidlarni buyurish mumkin emas, chunki dori vositasini noto‘g‘ri qo‘llash ko‘rlikka olib kelishi mumkin.
Ko‘zning ichki bosimini oshishi xavfi, kataraktani yoki ikkilamchi infeksiyani rivojlanishini bartaraf etish uchun muntazam nazoratni o‘tkazmasdan turib, kortikosteroidlar bilan davolashni takrorlash yoki uzaytirish mumkin emas. Metilparagidroksibenzoat saqlaydi, bu allergik reaksiyalarning (sekinlashgan ta‘siri) kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Davolash vaqtida kontakt linzalarini taqish tavsiya qilinmaydi.
Boshqa ko‘z preparatlarini bir vaqtda qo‘llaganda, ularni qo‘llash va surtmani surtish orasidagi intervali 15 minutdan kam vaqtni tashkil qilishi kerak.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Homiladorlik va lavtasiya davrida Gidrokortizonni qo‘llashning xavfsizligi va samaradorligi bo‘yicha tekshirishlar o‘tkazilmagan.
Glyukokortikosteroidlar mahalliy qo‘llanganida ko‘krak sutiga o‘tish haqida aniq ma‘lumotlar yo‘q, biroq havf to‘liq istisno qilinishi mumkin emas. Homiladorlik va laktasiya davrida Gidrokortizon faqat kutilayotgan davolash samarasi homila yoki bola uchun potensial xavfdan yuqori bo‘lganda qo‘llanishi mumkin. Bunday hollarda qo‘llashni davomiyligi 7-10 oshmasligi kerak.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri
Preparatni qo‘llanilishi bilan darhol ko‘rish o‘tkirligining qisqa muddatli buzilishi kelib chiqishi mumkin, bu ruhiy va jismoniy reaksiyalarni sekinlashishiga olib keladi. Shuning uchun mexanizmlar bilan ishlash va avtotransportni boshqarishdan oldin preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishi juda kam hollarda kuzatiladi.
Simptomlari: mahalliy nojo‘ya samaralari rivojlanishi mumkin.
Preparat bekor qilinganida dozani oshirib yuborilishini ko‘rinishlari mustaqil o‘tib ketadi.
Chiqarilish shakli
0,5% li ko‘z surtmasi. 3 g va 5 g dan alyumin tubada. Har bir tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
50S dan 200S gacha bo‘lgan haroratda.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha beriladi.