×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

KETOROLAK eritma 1ml 30mg/ml N10

Kategoriya:
- Yallig'lanishga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya Federatsiyasi
Faol modda:
Кеторолак
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Синтез, ОАО
ATX kodi:
- M01AB15
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 12 ta dorixonasida topildi

ico 12 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

REKLIN tabletkalari 15mg N20 Vegapharm LLP., Великобритания произведено: Replek Farm Ltd. Skopje Makedoniya
72 990 s`om dan
23 500 s`om dan
MAPROFEN tabletkalari 100mg N8 Nobel Pharmsanoat, ИП ООО O'zbekiston
17 900 s`om dan
SUARON tabletkalari 100mg N20 GM Pharmaceuticals Ltd. Gruziya
22 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
KETOROLAK eritma 1ml 30mg/ml N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

KETOROLAK

KETOROLAK

Preparatning savdo nomi: Ketorolak

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): ketorolak

Dori shakli: vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma

Tarkibi:

1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: ketorolak trometamol (ketorolak trometamini) – 30 mg;

yordamchi moddalar: natriy xloridi – 4,35 mg, dinatriy edetat (etilendiamin-N,N,N’,N’- tetrasirka kislotasining 2-suvli dinatriyli tuzi [trilon B]) – 0,5 mg, in‘eksiya uchun suv – 1 ml gacha.

Ta‘rifi: sarg‘ish rangli tiniq suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita.

ATX kodi: M01AB15

 

Farmakologik xususiyatlari

Ketorolak yaqqol analgetik ta‘sir ko‘rsatadi, shuningdek yallig‘lanishga qarshi va o‘rtacha isitmani tushiruvchi ta‘sirga ega.

Ta‘sir mexanizmi 1 va 2 siklooksigenaza fermentini asosan periferik to‘qimalarda noselektiv bloklanishi bilan bog‘liq bo‘lib, buning oqibatidagi og‘riq sezuvchanligi, termoregulyasiya va yallig‘lanish modulyatorlari bo‘lgan prostaglandinlarning biosintezini tormozlanishidir. Ketorolak [-]S va [+]R enantiomerlarni rasemik aralashmasi bo‘lib, og‘riq qoldiruvchi ta‘siri [-]S shakli bilan bog‘liq.

Analgetik ta‘siri bo‘yicha morfin bilan solishtirilishi mumkin, boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatdan ancha yuqori turadi.

Preparat opioid reseptorlarga ta‘sir etmaydi, nafasni susaytirmaydi, doriga qaramlik chaqirmaydi, sedativ va anksiolitik ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Mushak ichiga yuborilganidan so‘ng og‘riq qoldiruvchi ta‘siri muvofiq ravishda
0,5 soatdan so‘ng namoyon bo‘ladi, maksimal samarasiga 1-2 soatdan so‘ng yetadi.

Farmakokinetikasi

Biokiraolishligi – 80-100%, mushak ichiga yuborilganida so‘rilishi – tez va to‘liq.

30 mg mushak ichiga yuborilganidan so‘ng qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasi (Smax) -1,74-3,1 mkg/ml, 60 mg – 3,23-5,77 mkg/ml, maksimal konsentrasiyaga  erishish vaqti muvofiq ravishda – 15-73 min va 30-60 minutni tashkil qiladi. 15 mg vena ichiga infuziya qilinganidan keyin Smax – 1,96-2,98 mg/ml, 30 mg – 3,69-5,61 mg/ml ni. Muvozanat konsentrasiyasiga (Sss) erishish vaqti parenteral yuborilganida – 24 soat sutkada 4 marta buyurilganida (subterapevtikdan yuqori dozada) va mushak ichiga 15 mg yuborilganida – 0,65-1,13 mkg/ml ni tashkil qiladi, 30 mg yuborilganida – 1,29-2,47 mkg/ml; 15 mg vena ichiga infuziyada -0,79-1,39 mkg/ml, 30 mg – 1,68-2,76 mkg/ml.

Preparatning 99% qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanadi va gipoalbuminemiyada qonda erkin moddaning miqdori oshadi.

Taqsimlanish hajmi 0,15-0,33 l/kg ni tashkil qiladi. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda preparatning taqsimlanish hajmi 2 marta oshishi mumkin, uning R-enantiomerini taqsimlanish hajmi esa – 20% ga oshadi. Gematoensefalik to‘siqdan yomon o‘tadi, yo‘ldosh orqali (10%) o‘tadi. Oz miqdorda ko‘krak sutida aniqlanadi.

Yuborilgan dozaning 50% dan ortiqrog‘i jigarda farmakologik nofaol metabolitlarining hosil bo‘lishi bilan metabolizmga uchraydi. Asosiy metabolitlari buyraklar orqali chiqariladigan glyukuronidlar va r-gidroksiketorolakdir.

Preparatning 91% buyraklar (40% metabolitlari ko‘rinishida) va 6% ichak orqali chiqariladi.

Buyrak funksiyasi me‘yorida bo‘lgan pasientlarda yarim chiqarilish davri (T1/2) o‘rtacha 5,3 soatni tashkil qiladi (30 mg preparat vena ichiga yuborilganidan keyin 3,5-9,2 soat;
30 mg vena ichiga yuborilganidan keyin – 4-7,9 soat). Keksa yoshdagi bemorlarda T1/2 davri uzayadi, kichik yoshdagilarda qiskaradi. Jigar funksiyasi T1/2 ga ta‘sir etmaydi. Buyrak funksiyasi buzilgan pasientlarda qon plazmasidagi kreatinin konsentrasiyasi
19-50 mg/l (168-442 mmol/l) bo‘lganida T1/2 10,3-10,8 soat, buyrak yetishmovchiligi yanada kuchliroq namoyon bo‘lsa – 13,6 soatdan ko‘proq bo‘ladi.

Mushak ichiga 30 mg yuborilganida umumiy klirensi soatiga 0,023 l/kg (keksa pasientlarda
0,019 l/kg/soat) ni tashkil qiladi, 30 mg vena ichiga infuziya qilinganidan keyin –
0,03 l/kg/soatni tashkil qiladi; buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda qon plazmasidagi kreatinin konsentrasiyasi 19-50 mg/l bo‘lganida mushak ichiga 30 mg yuborilganida – 0,015 l/kg/soatni tashkil qiladi.

Gemodializ yo‘li bilan organizmdan chiqarilmaydi.

 

Qo‘llanilishi

Turli genezdagi o‘rtacha va kuchli jadallikdagi og‘rik sindromi: jarohatlar, tish og‘rig‘i, tug‘ruqdan keyingi va operasiyadan keyingi davrdagi og‘riqlar, onkologik kasalliklar, mialgiya, artralgiya, nevralgiya, radikulit, chiqishlar, cho‘zilishlar, revmatik kasalliklarda qo‘llanadi. Simptomatik davolash, qo‘llash davrida og‘riq va yallig‘lanishni kamaytirish uchun mo‘ljallangan, kasallikning avj olishiga ta‘sir qilmaydi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Og‘riqning jadalligi va bemorning reaksiyasiga muvofiq tanlangan minimal samarali dozalarda mushak ichiga chuqur qilib, asta-sekin (yoki vena ichiga oqim bilan) kamida
15 sekund davomida yuboriladi. Zarurati bo‘lganida bir vaqtda qo‘shimcha opioid analgetiklarini kamaytirilgan dozalarda buyurish mumkin.

Mushak ichiga va vena ichiga yuborishdagi bir martalik dozalari:

– 65 yoshgacha bo‘lgan kattalar va 16 yoshdan oshgan bolalarga – og‘riq sindromining kuchliligiga qarab 10-30 mg;

– yoshi 65 dan katta yoki buyraklar funksiyasi buzilgan bemorlarga – 10-15 mg;

Ko‘p marta parenteral yuborishdagi dozalar:

Mushak ichiga

– 65 yoshgacha bo‘lgan kattalar va 16 yoshdan oshgan bolalarga birinchi yuborishda 10-60 mg, so‘ngra har 6 soatda 10-30 mg dan (odatda 30 mg dan har 6 soatda)

– 65 yoshdan oshgan yoki buyraklar funksiyasini buzilishi bo‘lgan bemorlarga – 10-15 mg dan har 4-6 soatda.

Vena ichiga

– 65 yoshgacha bo‘lgan kattalar va 16 yoshdan oshgan bolalar 10-30 mg oqim bilan yuboriladi, so‘ngra – 10-30 mg dan har 6 soatda, infuzomotor yordamidagi uzluksiz infuziyada boshlang‘ich doza – 30 mg, so‘ngra infuziya tezligi 5 mg/soatni tashkil qiladi.

– 65 yoshdan oshgan yoki buyraklar funksiyasining buzilishi bo‘lgan bemorlarga 10-15 mg dan har 6 soatda oqim bilan yuboriladi.

65 yoshgacha bo‘lgan kattalar va 16 yoshdan oshgan bolalar uchun maksimal sutkalik doza 90 mg dan oshmasligi kerak, 65 yoshdan oshgan yoki buyraklar funksiyasi buzilgan bemorlar uchun har mushak ichiga ham, vena ichiga ham yuborish yo‘llarida doza 60 mg dan oshmasligi kerak.

Vena ichiga uzluksiz infuziya 24 soatdan ortiq davom etmasligi lozim.

Parenteral yuborishda davolash kursining davomiyligi 2 kundan oshmasligi kerak.

Preparatni parenteral yuborishdan uni ichga qabul qilishga o‘tilishida ikkala shakldagi preparatning umumiy sutkalik dozasi, yuborilish yo‘li almashtirilgan kuni 65 yoshgacha bo‘lgan kattalar va 16 yoshdan oshgan bolalar uchun 90 mg dan, 65 yoshdan katta yoki buyraklar funksiyasi buzilgan bemorlar uchun esa 60 mg dan oshmasligi kerak. Bunda o‘tish kunida tabletkalardagi preparatning dozasi 30 mg dan oshmasligi kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Tez-tez – 3% dan ko‘proq, kamroq – 1-3%, kam hollarda – 1% dan kam.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez (ayniqsa yoshi 65 dan oshgan, anamnezida me‘da–ichak yo‘llarining eroziv-yarali shikastlanishlari bo‘lgan keksa yoshli pasientlarda) – gastralgiya, diareya, kamroq – stomatit, meteorizm, qabziyat, qusish, me‘daning to‘lib ketishi hissi; kam hollarda – ko‘ngil aynishi, me‘da-ichak yo‘llarining eroziv-yarali shikastlanishlari (shu jumladan perforasiya bilan va/yoki qon ketish bilan kechuvchi – abdominal og‘riqlar, epigastral sohasida spazm yoki achishishi, ahlatda qon yoki melena, qon qusish yoki «kofe quyqasi» turidagi qusish, ko‘ngil aynishi, jig‘ildon qaynashi va b.), xolestatik sariqlik, gepatit, gepatomegaliya, o‘tkir pankreatit.

Siydik-chiqaruv tizimi tomonidan: kam hollarda – o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, gematuriya va/yoki azotemiya bilan kechuvchi bel og‘rig‘i, gemolitik uremik sindrom (gemolitik anemiya, buyrak yetishmovchiligi, trombositopeniya, purpura), tez-tez siyish, siydik hajmini kamayishi yoki oshishi, nefrit, buyrak genezli shishlar.

Sezgi a‘zolari tomonidan: kam hollarda – eshitishni pasayishi, quloqlarni shang‘illashi, ko‘rishni buzilishi (shu jumladan ko‘rishni aniq bo‘lmasligi).

Nafas tizimi tomonidan: kam hollarda – bronxospazm, dispnoe, rinit, o‘pkalarni shishi, xalqum shishi (hansirash, nafasni qiyinlashishi).

Markaziy nerv tizimi tomonidan (MNT): tez-tez – bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyquchanlik,

kam hollarda – aseptik meningit (isitma, kuchli bosh og‘rig‘i, tirishishlar, bo‘yin va/yoki orqa mushaklarining rigidligi), o‘ta yuqori reaktivlik (kayfiyatni o‘zgarishi, bezovtalik), gallyusinasiyalar, depressiya, psixoz.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: kamroq – arterial bosimini oshishi,

kam hollarda – xushdan ketish.

Qon yaratish a‘zolari tomonidan: kam hollarda – anemiya, eozinofiliya, leykopeniya.

Gemostaz tizimi tomonidan: kam hollarda – operasiyadan keyingi jarohatlardan qon ketishi, burundan qon ketishi, to‘g‘ri ichakdan qon ketishi.

Teri qoplamalari tomonidan: kamroq – teri toshmasi (shu jumladan makulopapulyoz toshmalar), purpura, kam hollarda – eksfoliativ dermatit (qaltirash bilan yoki u siz kechuvchi isitma, terining qizarishi, zichlashishi yoki po‘st tashlashi, tanglak bodomsimon bezlarining shishi yoki og‘rig‘i), eshakemi, Stivens-Djonson sindromi, Layell sindromi.

Mahalliy reaksiyalar: kamroq – preparat yuborilgan joyida achishish yoki og‘riq.

Allergik reaksiyalar: kam hollarda- anafilaksiya yoki anafilaktoid reaksiyalar (yuz terisining rangini o‘zgarishi, teri toshmasi, eshakemi, terining qichishishi, taxipnoe yoki dispnoe, qovoqlarning shishi, periorbital shishlar, hansirash, nafas olishni qiyinlashishi, ko‘krak qafasida og‘irlik, xushtakli nafas).

Boshqalar: tez-tez – shishlar (yuz, boldirlar, to‘piqlar, barmoqlar, oyoq panjalarni, tana vaznini oshishi); kamroq – kuchli terlash, kam hollarda – tilni shishishi, isitmalash.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Ketorolakka yuqori sezuvchanlik bronxial astmani to‘liq va to‘liq bo‘lmagan birga kelishi, qaytalanuvchi burun va burun atrofi bo‘shliqlari polipozi va asetil salisil kislotasi yoki boshqa nosteroid yallig‘lanshga qarshi vositalar (shu jumladan anamnezida) eshakemi, rinit, nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni qabul qilish bilan bog‘liq, degidratasiya.

Pirazolon qatori dori vositalarini o‘zlashtiraolmaslik, gipovolemiya (uni chaqirgan sababidan qat‘iy nazar), qon ketishi yoki uni yuqori xavfi, aortokoronar shuntlashdan keyingi holat, tasdiqlangan giperkaliemiya, ichakni yallig‘lanish kasalliklari.

Zo‘rayish bosqichidagi me‘da–ichak yo‘llarining eroziv-yarali shikastlanishlari, peptik yaralar; gipokoagulyasiya (shu jumladan gemofiliya).

Og‘ir darajali jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi (plazma kreatinini minutiga 30 ml dan kamroq).

Gemorragik insult (tasdiqlangan yoki taxmin qilingan); gemorragik diatez, qon yaratilishini buzilishi.

Probenesid, pentoksifillin, asetilsalisil kislotasi va boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (shu jumladan siklooksigenaza-2 ingibitorlari), litiy tuzlari, antikoagulyantlar, hamda varfarin va geparin bilan bir vaqtda qabul qilish.

Homiladorlik, tug‘ruq va laktasiya davri.

16 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

Qon ketishini yuqori xavfi tufayli, preparat jarrohlik operasiyalaridan oldin va keyin og‘riqsizlantirish uchun, shuningdek surunkali og‘riqlarni davolash uchun qo‘llanmaydi.

Ehtiyotkorlik bilan

Bronxial astma, xolesistit, surunkali yurak yetishmovchiligi, arterial gipertenziya, buyraklar funksiyasini buzilishi (plazma kreatinini 50 mg/l dan past); xolestaz; faol gepatit; sepsis; tizimli qizil yugirik; keksalik yoshi (65 yoshdan oshgan); burun va burun -tomoq shilliq qavatining poliplari, boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilish; MIY-toksikligini oshiruvchi faktorlar mavjudligi: alkogolizm, chekish; operasiyadan keyingi holat, shishi sindromi, yurak ishemik kasalliklari, serebrovaskulyar kasalliklar, dislipidemiya/giperlipidemiya, qandli diabet, pereferik arteriyalar kasalliklari, klirensi minutiga 60 ml dan kam, anamnezida me‘da ichak yo‘llarini yarali kasalliklari, N.pylori, infeksiyasini mavjudligi, NYAQV uzoq muddat qo‘llash, og‘ir darajali somatik kasalliklar, peroral glyukokortikosterodlarni (shu jumladan prednizalon), antikoagulyantlar (shu jumladan varfarin), antiagregantlar (shu jumladan klopidogrel), serotoninni qayta qamrab olish selektiv ingibitorlarni (sitaloprama, fluoksetina, paroksetina, sertralin) bir vaqtda qabul qilish.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Ketorolak asetilsalisil kislota yoki boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar, kalsiy preparatlari, glyukokortikosteroidlar, etanol, kortikotropin bilan bir vaqtda qo‘llanganida, me‘da-ichak yo‘llarida yara hosil bo‘lishi va me‘da-ichak yo‘llardan qon ketishi kuzatilishi mumkin.

Preparatni boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar bilan bir vaqtda (shu jumladan siklooksigenaza-2 ingibitorlari), shuningdek probenesid, pentoksifillin, asetilsalisil kislotasi va litiy tuzlari, antikoagulyantlar (hamda varfarin va geparin) qo‘llash mumkin emas.

Parasetamol bilan birga qo‘llash uning nefrotoksikligini, metotreksat bilan gepato- va nefrotoksikligini oshiradi. Ketorolak va metotreksatni birga buyurish, metotreksatni oxirgisini kichik dozalari ishlatilganida (qon plazmasida metotreksatning miqdorini nazorat qilish lozim) mumkin.

Ketorolakni qo‘llash fonida metotreksat va litiy klirensini kamayishi va bu moddalarning zaharliligini oshirishi mumkin. Bilvosita antikoagulyantlar, geparin, trombolitiklar, antiagregantlar, sefoperazon, sefotetan va pentoksifillin bilan bir vaqtda buyurish qon ketishi xavfini oshiradi.

Gipotenziv va diuretik preparatlarning samarasini kamaytiradi (buyraklarda prostaglandinlar sintezi pasayadi).

Opioid analgetiklari bilan majmuada qo‘llanganida, oxirgilarning dozalari ancha kamaytirilishi mumkin, chunki ularning ta‘siri kuchayadi.

Insulin va peroral gipoglikemik preparatlarning gipoglikemik ta‘siri oshadi (dozani qayta hisoblash lozim). Valproat kislotasi bilan birga buyurish trombositlar agregasiyasining buzilishini chaqiradi. Qon plazmasida verapamil va nifedipinning konsentrasiyasini oshiradi.

Boshqa nefrotoksik dori vositalari bilan birga buyurilganida (shu jumladan oltin preparatlari bilan) nefrotoksiklik rivojlanishining xavfi oshadi.

Kalsiy kanallarini bloklovchi probenesid va dori vositalar ketorolakning plazmali klirensini kamaytiradi va qon plazmasida uning konsentrasiyasini oshiradi.

In‘eksiya uchun eritmani bitta shprisda morfin sulfati, prometazin va gidroksizin bilan aralashtirish mumkin emas, chunki cho‘kma tushadi.

Tramadol eritmasi, litiy preparatlari bilan farmaseftik nomutanosib.

In‘eksiya uchun eritma 0,9% fiziologik eritma, 5% dekstroza eritmasi, Ringer va Ringer-laktat, «Plazmalit», shuningdek aminofillin, lidokain gidroxloridi, dopamin gidroxloridi, qisqa ta‘sir etuvchi odam insulini va geparinning natriyli tuzini saqlovchi infuzion eritmalari bilan mutanosib.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar (shu jumladan siklooksigenaza-2 ingibitorlari) bilan birga qo‘llanganida suyuqlikni tutilishi, yurak funksiyasining dekompensasiyasi, arterial gipertenziya kuzatilishi mumkin.

Trombositlar agregasiyasiga bo‘lgan ta‘siri 24-48 soatda tugaydi.

Gipovoliemiya buyraklar tomonidan nojo‘ya ta‘sirlarining rivojlanishi xavfini oshiradi. Zarurati bo‘lganida narkotik analgetiklar bilan birga buyurish mumkin.

Ketorolakni akusherlik amaliyotida premedikasiya sifatida, tutib turuvchi anesteziya va og‘riqsizlantirish uchun qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Parasetamol bilan birga 2 kundan ortiq qo‘llash mumkin emas.

Qon ivishi buzilgan bemorlarda preparat faqat trombositlarning soni muntazam nazorat qilinganida buyuriladi, ayniqsa gemostazni sinchkovlik bilan nazorat qilishni talab etadigan operasiyadan keyingi davrda bu muhimdir.

Preparat profilaktik og‘riqsizlantirish uchun katta jarrohlik aralashuvlaridan oldin va aralashuvlar vaqtida qon ketishini yuqori xavfi tufayli, shuningdek surunkali og‘riqlarni davolash uchun qo‘llashga tavsiya etilmaydi.

Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Davolanish vaqtida yuqori diqqat konsentrasiyasini va psixomotor tezlik reaksiyasini talab qiluvchi transport vositalarini boshqarishdan va potensial xavfi tur faoliyatining boshqa mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish kerak, chunki preparat ko‘rsatilgan qobiliyatga ta‘sir qiladigan uyquchanlikni, bosh aylanishini va boshqa nojo‘ya samaralarni chaqirishi mumkin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari (bir marta yuborilganida): qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, me‘da-ichak yo‘llarini eroziv-yarali shikastlanishi, buyrakr funksiyasini buzilishi, metabolik asidoz.

 

Davolash: simptomatik (organizmning hayotiy zarur faoliyatlarini tutib turish).

Dializ – kam samarali.

 

Chiqarilish shakli

Vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma 30 mg/ml 1 ml dan yorug‘likdan himoyalangan shisha ampulalarda.

5 ampuladan polivinilxlorid plyonka yoki bosma laklangan alyuminiy folga yoki folgasiz kontur uyali o‘ramga joylanadi.

5 ampuladan  2 kontur uyali o‘ram karton qutiga joylanadi.

Har bir pachkaga davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi, ampula skarifikatori bilan qutiga joylanadi.

Sindirish uchun kesish halqasi yoki nuqtali ampulalar ishlatilganida ampula skarifikatori joylanmaydi.

 

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS gacha bo‘lgan haroratda.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

KETOROLAK eritma 1ml 30mg/ml N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
KETOROLAK eritma 1ml 30mg/ml N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
KETOROLAK eritma 1ml 30mg/ml N10 dori vositasi Синтез, ОАО tomonidan Rossiya Federatsiyasi mamlakatida ishlab chiqarilgan.
KETOROLAK eritma 1ml 30mg/ml N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
KETOROLAK eritma 1ml 30mg/ml N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
DROPOLAK ko'z tomchilari 5ml 0,5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Кеторолак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Aseptica, ООО
  • Vakil: Aseptica
Narh: 36 000 so'mdan Batafsil
KETOKAR inyeksiya uchun eritma 1ml 30mg/ml N10
DOLAK tabletkalari 10mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Кеторолак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: «Кадила Фармасьютикалз Лимитед»
  • Vakil: Capital Trade Pro
Narh: 9 900 so'mdan Batafsil
KETOROLAK eritma 1ml 30mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya Federatsiyasi
  • Faol modda: Кеторолак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rompharm Company SRL
Narh: 12 000 so'mdan Batafsil
KETOFLEKS inyeksiya uchun eritma 1ml 30mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Кеторолак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: East African (India) Overseas
KETOREK inyeksiya uchun eritma 1ml 30mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Кеторолак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Reka-Med Farm, СП ООО (упак.), East African (India) Overseas, Индия (произ.)
  • Vakil: Global Pharm Group MChJ
MEDROLGIN ko'z tomchilari 5ml 0,5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Кеторолак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ophthalmics Ilaclari Ltd. Sti, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
Narh: 38 000 so'mdan Batafsil
UNOKETRO eritma 1ml 30mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Кеторолак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Unosourсe Pharma LTD, Индия произведено: Acums Drugs & Pharmaceuticals Ltd
Narh: 42 000 so'mdan Batafsil
TOLAK inyeksiya uchun eritma 2ml 30mg/2ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Buyuk Britaniya
  • Faol modda: Кеторолак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi:
MEDROLGIN inyeksiya uchun eritma 1ml 30mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Кеторолак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S., Турция произведено: PharmaVision Sanayi ve Ticaret A.S.
  • Vakil:
Narh: 37 500 so'mdan Batafsil
KYUPEN FORTE inyeksiya uchun eritma 1ml 30mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Кеторолак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Avison Pharmaceuticals Pvt. Ltd, Индия произведено: Adore Pharmaceuticals Pvt. Ltd
  • Vakil: Shayana Farm MChJ
Narh: 53 000 so'mdan Batafsil
KETOROL tabletkalari 10mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Кеторолак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr.Reddy's Laboratories Limited
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
KETODOL inyeksiya uchun eritma 2ml 30mg/2ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Кеторолак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
DOLAK tabletkalari 10mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Кеторолак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Cadila Pharmaceuticals Limited
Narh: 9 900 so'mdan Batafsil
ALKETOPEYN inyeksiya uchun eritma 1ml 30mg/ml N10
KETOROLAK 0,01 tabletkalari N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya Respublikasi
  • Faol modda: Кеторолак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
KETOROL gel 30g 2%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Кеторолак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr.Reddy's Laboratories Ltd
Narh: 36 300 so'mdan Batafsil
KETOKAM 0,01 tabletkalari N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Кеторолак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Симпекс Фарма Пвт Лтд
KETOKAM tabletkalari 10mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Кеторолак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Симпекс Фарма Пвт Лтд
Ishlab chiqaruvchining dorilari
XONDROITIN AKOS kapsulalar 250mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Синтез, ОАО
PIRASETAM kapsulalar 400mg N20
Narh: 8 000 so'mdan Batafsil
KETOPROFEN gel 30g 2,5%
Narh: 13 500 so'mdan Batafsil
ATENOLOL tabletkalari 100mg N30
ATENOLOL tabletkalari 50mg N30
Narh: 9 000 so'mdan Batafsil
ALTEYa sirop 125g
Narh: 8 000 so'mdan Batafsil
OFLOMELID maz 50g
OFLOMELID maz 30g
Narh: 62 000 so'mdan Batafsil
RINORUS tomchilar 10ml 0,05%
AMLORUS tabletkalari 10mg N30
Narh: 9 000 so'mdan Batafsil
AMLORUS tabletkalari 2,5mg N30
Narh: 3 400 so'mdan Batafsil
SIPROFLOKSASIN tabletkalari 500mg N10
Narh: 5 200 so'mdan Batafsil
SIPROFLOKSASIN tabletkalari 250mg N10
Narh: 3 500 so'mdan Batafsil
OFLOKSASIN tabletkalari 400mg N10
OFLOKSASIN tabletkalari 200mg N10
OFLOKSASIN infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml
Narh: 8 000 so'mdan Batafsil
SIPROFLOKSASIN infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml
Narh: 9 000 so'mdan Batafsil
SLABIKAP tomchilar 10ml 7,5mg/ml
GIDROKOTRIZON maz 5g 0,5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Синтез, ОАО
TAURIN AKOS ko'z tomchilari 5ml 4%
DIKLOFENAK gel 50g 5%
DIKLOFENAK gel 30g 5%
DIKLOFENAK AKOS maz 30g 1%
GENTAMISIN AKOS maz 15g 0,1%
Narh: 6 000 so'mdan Batafsil
AMPISILLIN poroshok 500mg N1
Narh: 3 300 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
KETOROLAK 0,01 tabletkalari N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya Respublikasi
  • Faol modda: Кеторолак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9