Qadoq:
10 yoki 30 dona tyubik-tomchilagich yoki 1 flakon tomchilagich dozator bilan jihozlangan folgali plyonkada, rus va o'zbek tillaridagi qo'llash bo'yicha yo'riqnomalar bilan birga karton qutiga joylangan.
Namlantiruvchi oftalmologik gilan Ultra komfort eritmasi tabiiy ko'z yosh xarakatini ishga tushiradi, ko'zlar yuzasini himoyalaydi va namlantiradi, va moylab turadi. Bu vosita quyidagi sabablardan biridan kelib chiqqan ko'zlarning qurib qolishidagi uzoq muddatli engillashtiruvchi ta'sir ko'rsatadi:
ko'z yosh pardasining buzilishi, va bu ko'z yoshlarining sekresiyasini pasaytiradi va diskomfort belgilarini keltirib chiqaradi
tashqi atrof-muhit ta'siri (Markaziy isitish, iqlim sharoitlari, flouressentli lampalar, xlorlangan suv, shamollatilgan havo, turli tabiiy hodisalar – shamol, sovuq, chang, tutun, bug').
kompyuter monitori qarshisidagi uzoq vaqtli ishlash
qontomirlarini toraytiruvchi yoki shamollashga qarshi oftalmologik preparatlardan foydalanish
gormonal fonning o'zgarishi (menopauza)
katta yosh (aholining 65 yoshdan katta qatlamining 75 % ko'zlarning qurishi sindromidan aziyat chekadi)
Hususiyatlari va samaradorligi:
Gilan Ultra komfort tibbiy vositasi tarkibida natriy gialuronatning 0.3 % li sterilli suvli eritmasini saqlaydi, tarkibida konvervantlar yo'q. Faol modda – yuqori tozalash hususiyatiga ega – natriy gialuronat bo'lib, u bakterial fermentasiya usulida olingan. Natriy gialuronat fiziologik polisaxaridli birikma bo'lib, ko'z to'qimalari kabi, inson tanasining boshqa to'qima va suyuqliklarida saqlanadi.
Natriy gialuronat molekulalarining asosiy fizikaviy-kimyoviy xususiyati bo'lib uning suv molekulalarini bir biriga bog'lashidir. Natriy gialuronatning suvli eritmasi (gilan) zaruriy yopishqoqlik va yuqori darajadagi adgeziv xususiyatlarga ega.
Gilan Ultra komfort oftalmologik eritmasini qo'llayotganda, ko'zdagi shoh pardasi epiteliy qatlamida yupqa bir xil parda hosil bo'ladi va u ko'zlarni qurib ketish, qichish va ko'z soqqasi oldingi yuzasinng shamollashidan saqlaydi. Himoya qobig'ining xarakati tezda boshlanadi, va bunda kompyuterda ishlash, kondisioner yoki boshqa ofis jihozidan uzoq vaqt foydalanish, yoki ekologik vaziyatning yomonlashuvi oqibatida kelib chiqadigan ko'zlarning uzoq vaqt ichida qurish hissi, achishish, begona organ hissi, qichish kabi hislardan himoya qiladi.
Kontakt linzalaridan tizimli foydalanishda, gilan Ultra komfort oftalmologik eritmasini qo'llash tavsiya etiladi, va ushbu eritma ko'zlarni uzoq vaqt namlantiradi, chunki uning ta'sir tabiiy ko'z yosh suyuqligi ta'siri bilan bir xil.
Gilan Ultra komfort oftalmologik eritmasi konservantlar saqlamaydi, va shuning uchun ko'z to'qimalariga yoqimsiz toksik ta'sirlari mavjud emas.
Gilan Ultra komfort tarkibida yuqori miqdorda natriy gialuronat saqlashi va eritmaning 9.0-18.0 MPa.s dagi yuqori yopishqoqlikka egaligi hisobiga uzoq vaqt ta'sir qiladi.
Gilan Ultra Komfortning bitta tyubik-tomchi eritmasi (yunidoza) yoki flakoni tarkibida quyidagilarni saqlaydi: natriy gialuronat 0.3 % (3.0±0.60 mg/ml), sorbitol (18.00 – 22.00 mg/ml), dinatriy gidrofosfat digidrat (7.48 – 9.14 mg/ml), natriy digidrofosfat digidrat (2.83-3.45 mg/ml) in'ektsiya uchun suv (0.4 ml yoki 10 ml gacha).
Eritmaning yopishqoqligi hisobiga elimlanish hissi paydo bo'lishi mumkin.
-ko'zlarning qurish hissi, ko'zlardagi tuproq, achishish, ko'z yosh tomishi, qizarishi, qichishi, charchashi, ofis sindromining, shuningdek ko'zdagi begona vositalarni sezish hissi, ko'z bilan bog'liq bo'lib o'tgan kasalliklardan keyin, ayniqsa turli etiologiyali kon'yunktivit va keratitlardan keyingi charchash hissining oldini olishda
-dori vositalari (gormonal vosita, shamollashga qarshi vosita, antibiotiklar va XK.) dan uzoq vaqt va tizimli foydalanish hollarida quruq ko'z sindromidan kelib chiqqan surunkali blefaritni kompleks da'volashda
-kosmetik vositalardan uzoq vaqt foydalanish xollarida, shuningdek yuzdagi plastik jarrohliklardan keyingi ko'z quruqligini kompleks da'volashda
-oftalmologik jarrohlik operasiyalari, jumladan refraktsion aralashuvlar (lazik, frk va XK.), shunindek shohpardaning kichik zararlanishidan keyin ko'zning oldingi yuzasini namlantirish uchun kompleks terapiya tarkibida
-qattiq va yumshoq kontakt linzalaridan foylananishdan kelib chiqqan diskomfortning oldini olish uchun, shuningdek ko'rishning kontakt korrektsiyasida quruq ko'z sindromi profilaktikasi uchun
-ekologik vaziyatning yomonlashuvi va atrof-muhitning ifloslanishi (tutun, buh, chang va XK.) va uzoq muddatli tomosha qilish yuklamalari natijasida shohparda-kon'yunktival kserozning profilaktikasi va kompleks da'volashda
-Shegren sindromida
Tibbiy vositadan foydalanishdagi ehtiyotkorlik choralari:
Foydalanish oldidan qadoq va eritmani ko'zda kechiring. Qadoq yoki tyubik-tomchi zararlangan bo'lsa eritmadan foydalanmang.
Yaroqlilik muddati:
3 yil. Qadoq ochilgandan keyin 1 yil.
Paketcha ochilganidan so'ng flakondagi eritma 1 yil davomida ishlatilsin.
Yaroqlilik muddati tugagach foydalanmang
Eritmani tomizish usullari:
Tyubik-tomchi (yunidoza) bilan ishlash tartibi:
1.Bitta tyubik-tomchini ajratib oling
2.Tyubik-tomchini oching (bunda aylanma xarakatlar bilan tyubik-tomchini aylantiring va eritmaning quyida ekanligiga ishonch hosil qiling va klapanni ajratib oling)
3.Eritmaning zaruriy miqdorini ko'zga tomizing
Tyubik-tomchida saqlangan doza, ikki ko'zga bir marotaba tomizishga etadi. Tyubik-tomchidan bir marta foydalangandan so'ng uni tashlab yuboring, garchi tarkibida tomchi dori qolgan bo'lsada.
Tomchilagich dozator bilan jihozlangan flakon bilan ishlash tartibi: