QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
GIPOTIAZID®
HYPOTHIAZID®
Preparatni qabul qilishni boshlashdan oldin ushbu ilova-varaqani diqqat bilan o‘qib chiqing. Agar Sizda qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing. Ushbu preparat Siz uchun mo‘ljallangan. Uni boshqa shaxslarga berish mumkin emas. Hatto agar ularning kasallik simptomlari Sizda kuzatilayotganga o‘xshasa ham, bu ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazishi mumkin.
Ushbu ilova-varaqani saqlab qo‘ying. Siz uni yana o‘qib chiqishingiz kerak bo‘lib qolishi mumkin.
Preparatning savdo nomi: Gipotiazid®/ Hypothiazid®.
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): gidroxlorotiazid/hydrochlorothiazide
Dori shakli: tabletkalar.
Tarkibi
Gipotiazid® 25 mg 1 tabletkasi quyidagilarni saqlaydi:
Faol modda – 25 mg gidroxlorotiazid.
Yordamchi moddalar: magniy stearati (Ye470), talk (Ye553), jelatin, makkajo‘xori kraxmali, laktoza monogidrati.
Gipotiazid® 100 mg 1 tabletkasi quyidagilarni saqlaydi:
Faol modda – 100 mg gidroxlorotiazid.
Yordamchi moddalar: magniy stearati (Ye470), talk (Ye553), jelatin, makkajo‘xori kraxmali, laktoza monogidrati.
Ta‘rifi: oq yoki deyarli oq rangli, yassi, bir tomonida “N” gravirovkasi va boshqa tomonida riskali tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: Faolligi past bo‘lgan diuretiklar. Tiazidlar. Gidroxlortiazid.
ATX kodi: S03AA03.
Farmakologik xususiyatlari
Gidroxlorotiazidning diuretik samarasi uchun birinchi navbatda distal kanalchalarda Na+ va Cl– reabsorbsiyasini bevosita blokadasiga bog‘liq. Uning ta‘siri ostida Na+ va Cl– ni, buning natijasida suv, shuningdek kaliy va magniyni chiqarilishi kuchayadi. Gidroxlorotiazidning diuretik ta‘siri aylanayotgan plazma hajmini kamaytiradi, plazmadagi renin faolligini oshiradi, aldosteronni chiqarilishini kuchaytiradi, buning natijasida siydik bilan kaliy va bikarbonatlarni chiqarilishi oshadi va zardobda kaliy miqdori kamayadi.
Renin-aldosteron tizimini angitenzin-II boshqaradi, shuning uchun angitenzin-II reseptorlarining antagonistlari bilan birga qo‘llash tiazid diuretik bilan bog‘liq kaliyni chiqarilishi jarayoniga teskari yo‘nalish berishi mumkin.
Preparat karboangidrazaga kuchsiz bloklovchi ta‘sir ko‘rsatishi mumkin, shu tariqa bikarbonat sekresiyasini o‘rtacha kuchaytiradi, bunda siydik rN ahamiyatli darajadagi o‘zagarishi yuz bermaydi.
Farmakokinetikasi
Gidroxlorotiazid ichga qabul qilingandan keyin yaxshi so‘riladi, uning diuretik va natriuretik ta‘siri qabul qilingandan keyin 2 soat davomida namoyon bo‘ladi va taxminan 4 soatdan keyin maksimumga erishiladi. Bu ta‘sir 6-12 soat davomida saqlanadi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 40% ni tashkil qiladi. O‘zgarmagan shaklda, asosan buyraklar orqali chiqariladi. Buyrak faoliyati normal bo‘lgan pasientlar uchun yarim chiqarilish davri 6,4 soatni, o‘rtacha darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar uchun – 11,5 soatni, kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam bo‘lgan og‘ir darajali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda esa – 20,7 soatni tashkil qiladi. Gidroxlorotiazid yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi va kam miqdorda ko‘krak sutiga ajraladi.
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Dozalash shaxsiy ravishda tanlanishi kerak va shifokorning doimiy nazoratini talab etiladi. Davolash jarayonida kaliy va magniyni yo‘qotilishini kuchayishi sababli (zardobda kaliy miqdori 3,0 mmol/l dan kamayishi mumkin), kaliy va magniyni o‘rnini to‘ldirish zarurati paydo bo‘ladi. Yurak yetishmovchiligi, jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarda yoki digitalis glikozidlari bilan davolanayotgan bemorlarda alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Tabletkalarni ovqatdan keyin qabul qilish kerak.
Kattalarda
Antigipertenziv vosita sifatida: monoterapiya shaklida yoki boshqa antigipertenziv vositalar bilan majmuada odatdagi boshlang‘ich sutkalik dozasi bir marta 25-50 mg ni tashkil qiladi. Ba‘zi bemorlarga monoterapiya ko‘rinishida ham, majmuada ham 12,5 mg boshlang‘ich doza yetarli bo‘ladi. Sutkada 100 mg dan oshmaydigan minimal samarali dozani qo‘llash kerak. Agar Gipotiazid boshqa gipotenziv preparatlar bilan majmuada qo‘llansa, arterial bosimni (AB) haddan tashqari pasayishini oldini olish maqsadida boshqa preparatning dozasini kamaytirish zarurati paydo bo‘lishi mumkin.
Gipotenziv ta‘siri 3-4 kun davomida namoyon bo‘ladi, ammo, optimal samaraga erishish uchun 3-4 haftagacha muddat talab etilishi mumkin. Davolash tugaganidan keyin gipotenziv samarasi bir xafta davomida saqlanadi.
Shishlarni davolashda preparatning odatdagi boshlang‘ich dozasi sutkada bir marta yoki ikki kunda bir marta 25-100 mg ni tashkil qiladi. Klinik reaksiyaga bog‘liq ravishda doza 25-50 mg sutkada bir marta yoki ikki kunda bir martagacha pasaytirilishi kerak. Ayrim og‘ir holatlarda sutkada 200 mg gacha boshlang‘ich doza talab etilishi mumkin.
Menstruasiyadan oldingi shishlarda odatdagi doza sutkada 25 mg ni tashkil qiladi va simptomlar namoyon bo‘lganidan boshlab hayz boshlangunigacha qo‘llanadi.
Nefrogen qandsiz diabetda 50-150 mg (bir necha qabullarda) odatdagi sutkalik doza tavsiya etiladi.
Bolalarda
Dozalar bolaning tana vaznidan kelib chiqib aniqlanadi. Odatdagi pediatrik sutkalik dozalar, tana vazniga 1-2 mg/kg yoki tana yuzasining kvadrat metriga 30-60 mg, sutkada bir marta buyuriladi. 6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun umumiy sutkalik doza – kuniga 37,5-100 mg ni tashkil qiladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Quyidagi ta‘riflangan simptomlarga o‘xshash simptomlar paydo bo‘lsa, iltimos, darhol shifokorga murojaat eting!
Quyida ko‘rsatilgan noxush reaksiyalarning tez-tezligi quyidagi izohni qo‘llash orqali aniqlangan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 – <1/10), tez-tez emas (≥1/1000 – <1/100), kam (≥1/10000 – <1/1000), juda kam (<1/10000), tez-tezligi noma‘lum (mavjud ma‘lumotlar asosida aniqlab bo‘lmaydi)
Qon yaratish tizimi va limfatik tizimi a‘zolari tomonidan kasalliklar va simptomlar
juda kam: leykositopeniya, agranulositoz, trombositopeniya, gemolitik anemiya, aplastik anemiya.
Laborator tahlil natijalari
tez-tezligi noma‘lum:
Yurak kasalliklari va yurak tomonidan simptomlar
Tez-tezligi noma‘lum: aritmiya, ortostatik gipotenziya
Nerv tizimi tomonidan kasalliklar va simptomlar
Tez-tezligi noma‘lum: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, konvulsiyalar, paresteziya.
Psixiatrik kasalliklar
Tez-tezligi noma‘lum: ongni chalkashishi, letargiya, ta‘sirchanlik, kayfiyatni o‘zgarishi.
Ko‘rish a‘zosi tomonidan kasalliklar va simptomlar
Tez-tezligi noma‘lum: ko‘rishni vaqtinchalik buzilishi, ksantopsiya.
Ovqat-hazm qilish tizimi kasalliklari va simptomlari
Tez-tezligi noma‘lum: og‘izni qurishi, chanqoqlik hissi, ko‘ngil aynishi, qusish, so‘lak bezlarini yallig‘lanishi, qabziyat.
Jigar va safro tomonidan kasalliklar va simptomlar
Tez-tezligi noma‘lum: sariqlik (jigar ichki xolestatik sariqligi), pankreatit, xolesistit.
Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan kasalliklar va simptomlar
Tez-tezligi noma‘lum: buyrak yetishmovchiligi, interstisial nefrit.
Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan kasallik va simptomlar
Tez-tezligi noma‘lum: mushak spazmlari va og‘riq.
Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan kasallik va simptomlar
Tez-tezligi noma‘lum:
Qon tomir tizimi tomonidan kasallik va simptomlar
Tez-tezligi noma‘lum: vaskulit, nekrozlanuvchi angiit.
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i tomonidan kasallik va simptomlar
Tez-tezligi noma‘lum: respirator distress, shu jumladan pnevmonit va o‘pka shishi.
Immun tizimi tomonidan kasallik va simptomlar
Tez-tezligi noma‘lum: anafilaktik reaksiya, shok.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan kasallik va simptomlar
Tez-tezligi noma‘lum: fotosezuvchanlik, eshakemi, purpura, toksik epidermal nekroliz, Stivens-Djonson sindromi.
Jinsiy a‘zolar va ko‘krak bezlari tomonidan kasallik va simptomlar
Tez-tezligi noma‘lum: jinsiy faoliyatni buzilishlari.
Umumiy simptomlar, yuborish joyidagi reaksiyalar:
Tez-tezligi noma‘lum: kuchli toliqish.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Siz qabul qilayotgan, hatto vaqti-vaqti bilan qabul qilayotgan barcha dori vositalari haqida albatta shifokorga xabar bering.
Tiazid diuretiklar va quyidagi dori vositalarini bir vaqtda qo‘llanganda o‘zaro ta‘siri bo‘lishi mumkin.
Alkogol, barbituratlar, narkotik vositalar va antidepressantlar:
Ortostatik gipotenziyani kuchaytirishi mumkin.
Diabetga qarshi vositalar (peroral va insulin):
Tiazid bilan davolash glyukozaga tolerantlikni kamaytirishi mumkin. Qand miqdorini kamaytiruvchi preparatlarning dozasini pasaytirish talab etilishi mumkin. Gidroxlorotiazid bilan bog‘liq bo‘lgan buyrakni funksional yetishmovchiligi bo‘lishi mumkinligi natijasida sut kislotali asidoz xavfi sababli metforminni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Boshqa antigipertenziv vositalar:
Additiv samara.
Kolestiramin va kolestipol qatronlari:
Anion almashinuvchi qatronlar mavjudligida gidroxlortiazidning me‘da-ichak yo‘llaridan so‘rilishi yomonlashadi. Kolestiramin yoki kolestipol qatronlarining bir dozasi gidroxlortiazidni bog‘laydi va me‘da-ichak yo‘llaridan so‘rilishini muvofiq 85% va 43% ga kamaytiradi.
Pressor aminlar (masalan, adrenalin):
Ehtimol, pressor aminlarning ta‘siri susayadi, ammo ularni qo‘llash mumkin bo‘lmagan miqdorda emas.
Qutibsizlantirmaydigan miorelaksantlar (masalan, tubokurarin):
Miorelaksasiyalovchi ta‘siri kuchayishi mumkin.
Litiy:
Siydik haydovchi vositalar litiyning buyrak klirensini kamaytiradi va litiyning toksik ta‘siri xavfini oshiradi. Ularni bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Podagrani davolash uchun dori vositalari (probenesid, sulfinpirazon va allopurinol):
Urikozurik vositalarning dozasini to‘g‘rilash talab etilishi mumkin, chunki gidroxlorotiazid zardobda siydik kislotasining miqdorini oshirishi mumkin.
Probenisid yoki sulfinpirazonning dozasini oshirish talab etilishi mumkin.
Tiazidlarni bir vaqtda qo‘llash allopurinolga yuqori sezuvchanlik reaksiyalarining tez-tezligini oshirishi mumkin.
Antixolinergik vositalar (masalan, atropin, biperiden):
Me‘da-ichak yo‘llari motorikasini va me‘dani bo‘shash darajasini kamayishi natijasida tiazid turdagi siydik haydovchi vositalarning biokiraolishi oshadi.
Sitotoksik vositalar (masalan, siklofosfamid, metotreksat):
Tiazidlar sitotoksik dori vositalarini buyrak orqali chiqarilishini kamaytirishi va ularning mielosupressiv ta‘sirini kuchaytirishi mumkin.
Salisilatlar:
Salisilatlarning yuqori dozalari qo‘llangan hollarda gidroxlorotiazid salisilatlarning markaziy nerv tizimiga toksik samarasini kuchaytirishi mumkin.
Metildopa:
Ayrim hollarda gidroxlorotiazid va metildopani bir vaqtda qo‘llash fonida gemolitik anemiya haqida xabar berilgan.
Siklosporin:
Siklosporin bilan bir vaqtda qo‘llanganda giperurikemiyani va podagraga o‘xshash asoratlar rivojlanishini xavfini kuchaytirishi mumkin.
Digitalis glikozidlari:
Tiazidlar tomonidan chaqirilgan gipokaliemiya yoki gipomagniemiya digitalis tomonidan chaqirilgan aritmiyalarni rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Zardobdagi kaliyning miqdorini o‘zgarishi ta‘sir qiladigan dori vositalari:
Agar gidroxlorotiazid zardobdagi kaliyning miqdorini o‘zgarishi ta‘sir qiladigan dori vositalari (masalan, digitalis glikozidlari va aritmiyaga qarshi vositalar), shuningdek “piruet” turdagi taxikardiyani (yurak qorinchalari taxikardiyasi) chaqiruvchi quyidagi vositalar (shu jumladan, ayrim aritmiyaga qarshi vositalar) bilan bir vaqtda qo‘llansa, zardobda kaliy miqdorini muntazam aniqlash va elektrokardiogrammani yozib borish tavsiya etiladi, chunki gipokaliemiya piruet turdagi taxikardiyani rivojlanishiga olib keluvchi omil hisoblanadi:
Kalsiy tuzlari:
Tiazid diuretiklari kalsiyni chiqarilishini kamayishi sababli, zardobda kalsiy miqdorini oshiradi. Agar kalsiy o‘rnini bosuvchi vositalarni buyurish zarurati bo‘lsa, zardobda kalsiy miqdorini nazorat qilish va unga muvofiq kalsiy dozasini tanlash kerak.
Dori vositalari va laboratoriya tahlillari orasidagi o‘zaro ta‘siri:
Kalsiy metabolizmiga ta‘siri natijasida tiazidlar qalqonsimon oldi bezi faoliyatining tahlillari natijalarini o‘zgartirishi mumkin (Maxsus ko‘rsatmalar bo‘limiga qarang).
Karbamazepin:
Simptomatik giponatriemiya xavfi tufayli klinik va biologik monitoring zarur.
Yod saqlovchi kontrast moddalar:
Siydik haydovchi vositalar chaqirgan suvsizlanish hollarida o‘tkir buyrak yetishmovchiligi xavfi ortadi, ayniqsa, yod saqlovchi preparatlarning yuqori dozalari ishlatilsa. Yodni qo‘llashdan oldin bemor organizmida suyuqlik o‘rnini to‘ldirish kerak.
Amfoterisin V (parenteral), kortikosteroid vositalar, AKTG va rag‘batlantiruvchi surgi vositalari:
Gidroxlorotiazid elektrolit muvozanatini buzilishiga, asosan gipokaliemiya rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Gipotoniya va suv-ishqor muvozanatini buzilishi
Boshqa antigipertenziv preparatlarni buyurilganda bo‘lgani kabi, ayrim bemorlarda gipotoniya simptomlari paydo bo‘lishi mumkin. Yondosh ich ketishi yoki qusish oqibatida bo‘lishi mumkin bo‘lgan suv-tuz muvozanatini buzilishlarining (masalan, aylanayotgan plazma xajmi, giponatriemiya, giperxloremik alkaloz, gipomagniemiya yoki gipokaliemiya) klinik belgilarini aniqlash maqsadida bemorlar kuzatuv ostida bo‘lishi kerak. Bunday bemorlarda zardobda elektrolitlar miqdorini muntazam aniqlash kerak. Shishlari bo‘lgan bemorlarda iliq ob-havoda dilyusion giponatriemiya bo‘lishi mumkin.
Metabolik va endokrin samaralar
Tiazid bilan davolash glyukozaga tolerantlikni pasaytirishi mumkin. Antidiabetik vositalar, shu jumladan insulinning dozasini o‘zgartirish talab etilishi mumkin (Dorilarning o‘zaro ta‘siri bo‘limiga qarang). Tiazid bilan davolash vaqtida yashirin qandli diabetni manifestasiyasi bo‘lishi mumkin.
Tiazidlar buyrak tomonidan kalsiyni chiqarilishini kamaytirishi, shuningdek zardobda kalsiyning konsentrasiyasini vaqtinchalik biroz oshishini chaqirishi mumkin. Yaqqol giperkalsiemiya yashirin giperparatireodizmning belgisi bo‘lishi mumkin.
Qalqonsimon oldi bezini tekshirishni boshlashdan oldin tiazidlarni qo‘llashni to‘xtatish kerak.
Xolesterin va trigliseridlar miqdorini oshishini tiazidlar bilan davolash bilan bog‘lash mumkin (diuretik ta‘siri).
Ayrim bemorlarda tiazid bilan davolash giperurikemiya va (yoki) podagrani chaqirishi mumkin.
Jigarni shikastlanishi
Jigar faoliyatini buzilishi hollari yoki jigarning dekompensasiyalangan kasalligi bo‘lgan bemorlarda tiazidlarni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, chunki tiazidlar jigar ichki xolestazni chaqirishi mumkin, suv-tuz muvozanatining juda kichik o‘zgarishlari esa jigar komasini keltirib chiqarishi mumkin.
Og‘ir darajali jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda gipotiazidni qo‘llash mumkin emas (Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar bo‘limiga qarang).
Boshqalar
Tiazidlar bilan davolanayotgan bemorlarda anamnezida allergiya yoki bronxial astma mavjudligida ham, bemorlar ilgari bunday kasalliklar bilan xastalanmagan hollarda ham yuqori sezuvchanlik reaksiyalari rivojlanishi mumkin. Tizimli qizil yugurik kechishini yomonlashishi va tiazidlarni qo‘llash vaqtida patologik jarayonni faollashishi haqida xabar berilgan.
Quyidagi laborator tahlillarning ko‘rsatkichlariga ta‘sir qilishi mumkin:
Yordamchi moddalar
Laktozani o‘zlashtiraolmaslik hollarida Gipotiazidning 25 mg tabletkasi 63 mg laktoza monogidrati, Gipotiazidning 100 mg tabletkasi esa – 39 mg laktoza monogidrati saqlashini e‘tiborga olish kerak.
Kam uchraydigan tug‘ma galaktozani o‘zlashtiraolmaslik, Lappa laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza va galaktoza malabsorbsiyasi bo‘lgan hollarda preparatni qo‘llash mumkin emas.
Homiladorlik va emizish
Homiladorlik
Gidroxlorotiazidni homiladorlik vaqtida, ayniqsa birinchi uch oylikda qo‘llash tajribasi cheklangan. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlardan olingan ma‘lumotlar
etarli emas.
Gidroxlorotiazid yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi. Agar gidroxlorotiazidni homiladorlikning ikkinchi va uchinchi uch oyligi qo‘llansa, u (o‘zining farmakologik ta‘siri natijasida) fetoplasentar perfuziyani buzishi va homila yoki yangi tug‘ilgan chaqaloqda sariqlik, elektrolit muvozanatni buzilishi va trombositopeniyani chaqirishi mumkin.
Homiladorlikda gidroxlorotiazidni shishlar, gipertenziya yoki preeklampsiyani davolash uchun qo‘llash mumkin emas, chunki kasallikka ijobiy ta‘siri o‘rniga u plazma miqdorini kamayishi xavfi va bachadon va yo‘ldoshni qon bilan ta‘minlanishini buzilish xavfini oshiradi.
Homilador ayollarda essensial gipertenziyani, boshqa davolashni qo‘llab bo‘lmaydigan kam hollardan tashqari hollarda gidroxlortiazidni qo‘llash mumkin emas.
Gidroxlorotiazid tabletkalarini homiladorlik vaqtida qo‘llash mumkin emas – ularni faqat yaxshi asoslangan hollardagina qo‘llash mumkin.
Emizish
Gidroxlorotiazid ko‘krak sutiga kiradi; uni emizish vaqtida qo‘llash mumkin emas. Agar uni qo‘llash zarurati bo‘lsa, emizishni to‘xtatish kerak (Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar bo‘limiga qarang).
Transport vositalarini yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Preparatni qo‘llashning boshlang‘ich davrida – bu davrning davomiyligi shaxsiy ravishda aniqlanadi – avtomobilni boshqarish va yuqori diqqatni talab etuvchi ishlarni bajarish taqiqlanadi. Keyinchalik ta‘qiq darajasi shaxsiy ravishda aniqlanishi kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dori vositasining dozasi oshirib yuborilganda darhol shifokorga yoki shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga murojaat eting!
Gidroxlorotiazid bilan zaharlanishning eng sezilarli belgisi bo‘lib, quyidagi belgilar va simptomlarda namoyon bo‘luvchi suyuqlik va elektrolitlarni o‘tkir yo‘qotilishi hisoblanadi:
Yurak-qon tomir: taxikardiya, gipotenziya, shok.
Neyro-mushak: holsizlik, ongni chalkashishi, bosh aylanishi va mushak spazmi, paresteziya, ongni buzilishi, charchoqlik.
Me‘da-ichak: ko‘ngil aynishi, qusish, chanqoqlik.
Buyrak: poliuriya, oliguriya yoki anuriya.
Laborator ko‘rsatkichlar: gipokaliemiya, giponatriemiya, gipoxloremiya, alkaloz, qonda azot miqdorini oshishi (ayniqsa buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda).
Dozani oshirib yuborilishini davolash: Gidroxlorotiazid bilan zaharlanishda spesifik antidoti yo‘q.
Qusishni chaqirish, me‘dani yuvish preparatni chiqarish usullari bo‘lishi mumkin. Faollashtirilgan ko‘mirni qabul qilib, preparatni so‘rilishini kamaytirish mumkin. Gipotenziya yoki shok holatlarida aylanib yuradigan plazma hajmi va elektrolitlar (kaliy, natriy, magniy) o‘rnini to‘ldirish kerak.
Suv-elektrolit muvozanati (ayniqsa zardobda kaliy miqdori) va buyrak faoliyatini normal ko‘rsatkichlargacha erishguncha kuzatish kerak.
Chiqarilish shakli
Gipotiazid® 25 mg
20 tabletkadan PVX/Al blisterda.
1 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Gipotiazid® 100 mg
20 tabletkadan PVX/Al blisterda.
1 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.