×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

KOGLUMET tabletkalari 0,005g N10

Kategoriya:
- Dori vositalari
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Faol modda:
глутамед, глутафер, кобавит
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- A.B.-Biokom, ООО
Vakil:
- A.B.BIOKOM OOO
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

SERETID AKKUXALER/DISKUS poroshok 50/250 mkg GlaxoSmithKline Export Limited, Великобритания произведено: Glaxo Wellcome Production* Frantsiya
211 900 s`om dan
32 100 s`om dan
NUTRIKOF sirop 100ml Shrey Nutraceuticals & Herbals Pvt. Ltd. Hindiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Koglumetning yaqqol klinik samarasi uning tarkibiy qismlarini xususiyatlari, shuningdek ularning endogen faolligini sezilarli ortiradigan yagona tarkib – biokompleksga birikkanligi bilan belgilanadi.
Koglumetning tarkibiga struktura shakllantiruvchi element sifatida kiritilgan kobalt xayotiy zarur mikroelement bo`lib, organizmda o`ta muhim rolni bajaradi. U oqsil, yog` va karbon suvlar almashinuviga ijobiy ta`sir qiladi, organizmda AC va K vitaminlari, shuningdek B guruhi vitaminlarining to`planishiga yordam beradi, nikotin kislotasi, piridoksin va nikotin adenin dinukleotid sintezini kuchaytiradi. Kobaltning ta`sirida antioksidant tizimining fermentlari faollashadi, asosiy modda almashinuvi kuchayadi, to`qima nafasi yaxshilanadi. Kobalt mineral almashinuvini, shu jumladan organizm tomonidan temir, kalsiy va fosforning o`zlashtirilishini ham yaxshilaydi.
Kobalt immunogenez jarayonining muhim omilidir. U komplement tizimini va antitelo hosil bo`lish jarayonlarini faollashtiradi, umumiy rezistentlikni ortishiga olib keladi, va oqibatda organizmning turli infeksiyalarga bo`lgan qarshiligi oshadi.
Koglumetning tarkibigakiruvchi vitamin U transmetillanish, transsulfatlanish, transaminlanish kabi muhim biokimyoviy jarayonlarda faol ishtirok etishi orqali metabolik jarayonlarda yetakchi rol o`ynaydi. Detoksikatsion, regeratsiyalovchi, antioksidant xossalariga ega. Transmetillanish jarayonlarida ishtirok etib, hujayra membranasining fosfolipidlari, neyrotransmitterlari, nuklein kislotalari, oqsillar, gormonlar va boshqa moddalarning sintezi uchun zarur bo`lgan metil guruhlarining donori vazifasini bajaradi, shuningdek radikallar va qator ekzo- va endogen tabiatli toksik birikmalarni metillash yo`li bilan ularni zaxarli bo`lmagan shakllarga aylantiradi.
Vitamin U endogen fosfatidilxolinning sintezini normallashuviga, membranalarning regeneratsiyasini tiklanishiga, ularning oquvchanligini va qutblanishini oshishiga yordam beradi, natijada hujayraning faoliyati tiklanadi va faollashadi. Konyugatsiyalanish jarayonlarini faollashtirishi orqali gepatositlardagi o`t- safro kislotalarining toksikligini kamaytiradi. Lipotrop tasirga ega, shuning uchun jigarning yog`li distrofiyasini oldini oladi, antigistamin va antiaterosklerotik xususiyatlarni namoyon etadi.
Koglumet tarkibiga kiruvchi glutamin kislotasi asetilxolin sinteziga, kaliy ionlarini tashilishiga yordam beradi, bosh miyaning oq va kulrang moddasini oqsil va karbon suvlar almashinuvida ishtirok etadi. U miya to`qimasining hujayralarida ATF ko`rinishida energiyani hosil bo`lishi bilan kechadigan oksidlanish- qaytarilish jarayonlarida muhim rol o`ynaydi, neyromediator vazifasini bajaradi.
Glutamin kislotasining muhim xususiyatlaridan biri, uni azot almashinuvi jarayonlaridagi ishtirokidir. U ammiakning zararsizlantirilishi va buyraklar orqali chiqarilishiga yordam beradi. Ammiakni bog`lab olish va uni zararsizlantirilishi markaziy nerv tizimining normal faoliyatida, shu jumladan ensefalopatiyani oldini olishda yoki uni davolashda muhim rol o`ynaydi.
Koglumet umuman olganda gepatroprotektor, antiparazitar, mikroblarga qarshi ta`sirlarga ega, va shuningdek yaqqol immunomodulyator, viruslarga (sitokinlar induktori), xlamidiya va toksoplazmaga qarshi ta`sirlarga ega.
Preparat ham hujayra, ham gumoral immun javoblarining induktori xususiyatini namoyon qiladi.
Koglumet ta`siri ostida qisqa muddatlarda samarali immun javobiga erishiladi. Preparat T- va B- limfositlarni birlashishini rag`batlantirish yo`li bilan antitelolarni xosil qiluvchi hujayralarni ko`payishiga yordam beradi. Koglumet interleykinlarni indutsirlovchi mexanizmlar orqali B- limfositlarning o`sishi va differentsirlashuviga olib keladi, makrofaglar va T- limfositlarni faollashtiradi, alohida sinf immunoglobulinlarning hosil bo`lishini induksiyalaydi.
Preparat ta`sirida immunkompetent hujayralarning ko`payishini faollashtiruvchi markerlarga ega bo`lgan limfositlarning soni sezilarli oshadi.
Koglumet immunositlarda kechadiganichki hujayra jarayonlariga rag`batlantiruvchi ta`sir ko`rsatadi, shu orqali ularni tez yetilishiga va spetsifik reseptor molekulalarni sinteziga yordam beradi.
Preparat turli immunopatologik hollarda o`zak hujayralarining proliferatsiyasiga stimullovchi ta`sir ko`rsatadi.
Koglumet immun javobida antigenlar raqobatini bartaraf qilish xususiyatiga ega va buning natijasida poliantigenlarning har bir turiga nisbatan yaqqol immunitetni shakllanishiga olib keladi.
Preparat yuqori va davomiy interferon induksiyalovchi va interleykin induksiyalovchi faolligi orqali viruslarga qarshi xususiyatlarni namoyon qiladi. Uning ta`siri ostida "ertangi" interferon sintezi kuzatiladi.
Preparat surunkali gepatit bilan xastalangan bemorlarda (shuningdek virus tashuvchanlik bilan kechuvchi) B va C gepatiti viruslariga nisbatanseronegativ reaksiyalarini kelib chiqishiga olib keladi, bilirubinni yuqori darajasini va jigar fermentlarining faolligini pasayishiga olib keladi, kattalashgan jigar o`lchamlarini samarali qisqartiradi, jigarning antitoksik xossalarini kuchaytiradi.
Preparatni xlamidiozi bo`lgan bemorlarni majmuaviy davolash tarkibiga qo`shilishi organizmni tez va to`liq sanatsiya qilinishiga olib keladi.
Koglumetni OITV bilan xastalangan bemorlarda monoterapiya preparati sifatida yoki APBT preparatlari bilan birgalikda qo`llanilganda asosiy kasallikning klinik ko`rinishini barqarorlashuviga, immunologik ko`rsatkichlarning sezilarli yaxshilanishiga, hamda opportunistik infeksiyalarga bog`liq bo`lgan yo`ldosh kasalliklarning (gepatitlar, kamqonlik, TORCH- infeksiyalar va boshqalar) jadal regressiyasiga olib keladi.
OITV bilan infeksiyalangan va OITS bilan xastalangan bemorlar tomonidan preparatni qabul qilinishi bemorlarning umumiy holatini, uyqusini va ishtaxasini yaxshilaydi, xayotga bo`lgan qiziqishini, ish qobiliyatini oshiradi, va shu yo`l bilan bemorlarning xayot sifatini yaxshilaydi. Koglumetni APBT preparatlari bilan birgalikda qo`llanilishi APBT preparatlariga xos bo`lgan salbiy ta`sirlarni sezilarli kamayishiga va zararli ta`sirlarini oldini olinishiga olib keladi.
Preparat yaxshi o`zlashtiriladi. Biror bir salbiy ta`siri aniqlanmagan.
Koglumet aralash immun javobi induktori xususiyatlarini namoyon qiladi: nisbatan yengil immuntanqisliklarida preparat ta`sirida hujayra immunitetning (Th1 tur) faollashuvi, nisbatan og`irroq immuntanqisliklarda esa immunitetning gumoral turning (Th2) nisbatan kuchliroq faollashuvi kuzatiladi.
OITV bilan infitsirlanganlarda preparat qabul qilinishidagi tanaffuslar koglumetga nisbatan rezistentlikni keltirib chiqarmaydi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o`tganidan keyin ishlatilmasin.
Immunmodullovchi vosita sifatida:
- Ikkilamchi immuntanqislik holatlari: o`tkir, surunkali va qaytalanuvchi infeksiyalar va infeksion – yalig`lanish kasalliklari;
- Teri kasalliklari: psoriaz, allergodermatozlar, o`rab oluvchi temiratki;
- Virusli, bakterial va zamburug` etiologiyani urogenetal infeksiyalar: ureomikoplazma etiologiyali surunkali uretrit, kolpit va mikotik etiologiyali surunkali endoservitsit, bakterial vaginoz, xlamidiyali- bakterial etiologiyali surunkali uretrit va boshqalar
Virusga qarshi vosita (sitokin induksiyalovchi) sifatida:
- Parazitar etiologiyali kasalliklar, toksoplazmoz, xlamidioz;
- Surunkali B, C gepatitlar;
- SMB;
- Gerpes;
- OITV bilan infeksiyalanish va OITS
Preparatning komponentlariga bo`lgan yuqori sezuvchanlik.
Koglumetning bazis terapiya preparatlari bilan o`zaro nomutanosiblik holatlari aniqlanmagan.
Quruq, yorug`likdan himoyalangan va harorati 250 C yuqori bo`lmagan joyda.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Ichga. Preparat kasallikning nozologik shakliga ko`ra, monoterapiya yoki majmuaviy davolash tarkibida, ovqatdan 30- 60 minut oldin buyuriladi.
Koglumetni immunmodullovchi sifatida qo`llanilishi:
- Ikkilamchi immuntanqislik holatlarida 1 tabletkadan kuniga 2 yoki 3 marta 10-15 kun davomida buyuriladi;
- Teri kasalliklarida va bakterial, virus va zamburug` etiologiyali urogenetal infeksiyalarda 1 tabletkadan kuniga 2 yoki 3 marta 14 kun davomida buyuriladi.
Koglumetni virusga qarshi (sitokin indutsirlovchi) vosita sifatida qo`llanilishi:
- Surunkali B va C gepatitlarida 1 tabletkadan kuniga 2 yoki 3 marta 2 oygacha;
- Surunkali hujayra ichki infeksiyalarida (TORCH- infeksiyalar): sitomegalovirus, gerpes infeksiya (oddiy va o`rab oluvchi gerpes), toksoplazmoz va xlamidiozda 1 tabletkadan kuniga 2 yoki 3 marta buyuriladi. Davolash kursi 1 oygacha davom etadi.
Zaruriyat tug`ilganda davolash muddatlari uzaytiriladi yoki qo`shimcha davo kurslari belgilanadi. Davo kurslari orasidagi muddat 1 oydan oshmasligi kerak.
- OITV bilan infeksiyalanishining barcha bosqichlarida qo`llaniladi. OITV infeksiyasining boshlang`ich bosqichlarida koglumet monoterapiya sifatida qo`llaniladi. Inson ITV infeksiyasining avj olib boruvchi bosqichlarida, xamda «OITV/ Tuberkuloz» va «Tuberkuloz/ OITV» shaklidagi miks- infeksiyalarida APBT preparatlarini koglumet bilan birgalikda qo`llash kerak.
OITV infeksiyalanish va OITS dagi dozalar va davoning davomiyligi: 1 tabletkadan kuniga 2 marta, yo`ldosh jigar, kamqonlik va tuberkuloz kasalliklarida esa – 1 tabletkadan kuniga 3 marta. Davoning davomiyligi 6 oydan kam bo`lmasligi, davo kurslari orasidagi muddat esa 3 oydan ortmasligi kerak.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

KOGLUMET tabletkalari 0,005g N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
KOGLUMET tabletkalari 0,005g N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
KOGLUMET tabletkalari 0,005g N10 dori vositasi A.B.-Biokom, ООО tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
KOGLUMET tabletkalari 0,005g N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
KOGLUMET tabletkalari 0,005g N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
FERROKOMED tabletkalari N30
Narh: 85 800 so'mdan Batafsil
KOBAVIT tabletkalari 0,005g N30
Narh: 33 000 so'mdan Batafsil
GLUTAMED tabletkalari N60
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9