×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

GLATANOST-T ko'z tomchilari 2,5 ml 0,05 mg/ml N1

Kategoriya:
- Dori vositalari
Faol modda:
Латанопрост
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
- RAFARM S.A., Греция
Vakil:
- VEGAPHARM
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 10 ta dorixonasida topildi

ico 95 200 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 95 200 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

AKVALOR FORTE DUSH 150ml Нижфарм-Stada CIS Rossiya Federatsiyasi
78 000 s`om dan
SINGLON tabletkalari 5mg N28 Гедеон Рихтер, ОАО, Венгрия произведено: Гедеон Рихтер Польша, ООО Polsha
106 400 s`om dan
30 000 s`om dan
Saqlash shartlari Sovutgichda saqlansin (2°C - 8°C). Muzlatilmasin!
Yaroqlilik muddati (oy) 3 yil
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!

Preparatning 1 ml quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: latanoprost 0,050 mg;  

yordamchi moddalar: benzalkoniy xloridi, natriy xloridi, natriy digidrofosfat monogidrati, suvsiz dinatriy fosfati, natriy gidroksidi yoki xlorid kislotasi 1 N (pHga tuzatish kiritish uchun), in'ektsiyalar uchun suv.


2,5 ml preparatdan PENPdan oq tomizgich va himoyalovchi halqali PEVPdan oq burab mahkamlanuvchi qopqoq bilan 5 ml hajmli PENPdan oq flakonlarga joylashtiriladi. 1 flakondan davlat va rus tillarida tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnoma bilan birga karton qutiga joylashtiriladi.

Ta'sir etish mexanizmi

Faol modda latanoprost, f 2-alьfa prostaglandinning analogi bo‘lib, FP prostanoidli retseptorlarning selektiv agonisti hisoblanadi, u ko‘z ichki suyukligining  chiqarib yuborilishini orttirishi hisobiga ko‘z ichi bosimini (KIB) pasaytiradi. Odamda KIBning pasayishi preparatni qabul qilishdan keyin taxminan uch-to‘rt soat o‘tgach boshlanadi, maksimal samaraga esa sakkiz-o‘n ikki soatdan keyin erishiladi. Bosimning pasaytirilishi kamida 24 soat  ushlab turiladi.

Preparatning asosiy ta'sir kilish mexanizmi - xayvonlarda va odamlarda o‘tkazilingan tadqiqotlar natijasidagai uveoskleral oqimning kuchaytirilishi bilan izoxlanadi..

Asosiy tadqiqotlar latanoprost bilan monodavolash -  samarali ekanligini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, majmuaviy davolashning samarali klinik tajribalari o‘tkazilingan. Shu jumladan, latanoprostning timolol (beta-adrenoretseptorlarning antagonisti) bilan birga kullanilishi samarali ekanligini ko‘rsatuvchi tadqiqotlar bularga ta'luklidir. Qisqa muddatli (1-2 hafta) tadqiqotlar latanoprostning ta'siri adrenergik agonistlar (dipivalil epinefrin), peroral karboangidraza ingibitorlari (atsetazolamid) va, hech bo‘lmaganda, qisman additiv xolinergik agonistlar (pilokarpin) bilan birlashtirilganida additiv hisoblanishini ko‘rsatmoqda.

Klinik tadqiqotlar latanoprost suvsimon namlikning mahsuliga ahamiyatli ta'sir etmasligini ko‘rsatdi. Latanoprost gemato-suv to‘siqqa ta'sir qilmaydi.

Latanoprost klinik dozalarda qo‘llanilganida va maymunlarda o‘rganilganida ko‘z ichi qon aylanishiga ta'sir ko‘rsatmagan yoki ahamiyatsiz ta'sir ko‘rsatgan. Biroq, mahalliy davolashda kon'yunktiva yoki episkleraning yengil yoki mo‘'tadil giperemiyasi paydo bo‘lishi mumkin.

Ko‘z gavhariga ekstrakapsulyar ekstraktsiyasi o‘tkazilgan maymunlarning ko‘zlarini latanoprost bilan surunkali davolash, flyuorestsent angiografiya yordamida aniqlanishicha, ko‘z pardaning qon tomirlariga ta'sir ko‘rsatmagan. 

Qisqa muddatli davolash paytida latanoprost odamning psevdofakli ko‘zining orqa segmentiga fluorestseinni oqishiga olib kelmagan.

Klinik dozalarda latanoprost yurak-qon tomir va nafas olish tizimiga ahamiyatli farmakologik ta'sir ko‘rsatmaydi.

Bolalarda farmakodinamikasi

18 yoshdan kichik bolalarda latanoprostning samaradorligi ko‘z gipertenziyasi va pediatrik glaukomasi tashxisi bo‘lgan 107 nafar patsiyentilardagi timololga nisbatan latanoprostning 12-haftalik ikkilangan yashiringan klinik tadqiqotida namoyish qilingan. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar kamida 36 haftalik gestatsion yoshda bo‘lishi kerak edi. Patsiyentlar kuniga 1 marta 50 mkg/ml latanoprost yoki kuniga ikki marta 0,5% (yoki 3 yoshdan kichik sub'ektlar uchun 0,25% bo‘lishi mumkin) timolol qabul qilgan. Samaradorlikning birlamchi yakuniy nuqtasi sifatida dastlabki darajaga qaraganda KIBni tadqiqotning 12-haftasiga kelib o‘rtacha pasayishi bo‘lgan. Latanoprost va timolol guruhida KIBni o‘rtacha tushishi bir xil bo‘lgan. Barcha o‘rganilgan yosh guruhlarida (0 dan <3 yoshgacha, 3 dan <12 yoshgacha va 12 dan 18 yoshgacha) 12-chi haftada KIBni pasayishi latanoprost guruhida timolol guruhidagi kabi bo‘lgan. Shunga qaramasdan samaradorligi haqidagi ma'lumotlar 0 dan <3 yoshgacha bo‘lgan yosh guruhida faqatgina latanoprostning 13 nafar patsiyentlariga asoslangan, va klinik pediatrik tadqiqotda 0 dan <1 yoshgacha bo‘lgan yosh guruhini ifoda etuvchi 4 nafar patsiyentda tegishli samaradorligi namoyish qilinmagan. Erta tug‘ilgan bolalar bo‘yicha ma'lumotlar yo‘q (36 haftadan kam bo‘lgan gestatsion davr).


So‘rilishi

Latanoprost - izopropil efirning prodorisi xisoblanadi, u o‘z-o‘zidan faol emas, ammo latanoprost kislotasigacha gidrolizdan keyin biologik faol bo‘lib qoladi.

Prodori muguz parda orqali yaxshi so‘riladi, kuz ichi suyukligiga tushib qoluvchi hamma dori muguz parda orqali o‘tish vaqtida gidrolizlanadi.

Taqsimlanishi

Odamlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar kuz ichi suyukligining cho‘qqi kontsentratsiyasi mahalliy qo‘llashdan keyin taxminan ikki soat o‘tib erishilishini ko‘rsatdi.  Maymunlarda mahalliy qo‘llashdan keyin latanoprost asosan oldingi segmentda, kon'yuktivada va qovoqlarda taqsimlanadi. Preparatning faqat ahamiyatsiz miqdori orqa segmentga yetib boradi.

Metabolizmi va chiqarilishi

Ko‘zda latanoprost kislotasining metabolizmi deyarli mavjud emas. Asosiy moddalar almashinuvi jigarda sodir bo‘ladi. Odam plazmasida yarim chiqarilish davri 17 minutni tashkil qiladi. 1,2-dinor va 1,2,3,4-tetranor asosiy metabolitlari hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda biologik faollikni namoyish etmaydi yoki kuchsiz biologik faollikni namoyish etadi va asosan siydik bilan chiqariladi.

Bolalarda farmakokinetikasi

Plazmada latanoprost kislotasining kontsentratsiyalarini ochiq farmakokinetik tadqiqotlari ko‘z gipertenziyasi va glaukomasi bo‘lgan 22ta katta va 25ta pediatrik patsiyentlarda (tug‘ilishdan <18 yoshgacha) o‘tkazilgan edi. Barcha yosh guruhlari kamida 2 hafta davomida har bir ko‘zga kuniga bir tomchidan 50 mkg / ml latanoprostni qabul qilgan. Latanoprost kislotasining tizimli ta'siri kattalar bilan taqqoslash bo‘yicha 3 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda 2 martaga yuqoriroq va 3 yoshdan kichik bolalarda 6 martaga yuqoriroq bo‘lgan, ammo tizimli nojo‘ya samaralarga nisbatan yetarlicha xavfsiz bo‘lgan. Plazmada cho‘qqi kontsentratsiyaga erishishning o‘rtacha vaqti barcha yosh guruhlariga dozani yuborishdan keyin 5 minutni tashkil qilgan. Plazmadan yarim chiqarilishning o‘rtacha davri qisqa (<20 minut), pediatrik va katta patsiyentlar uchun bir xil bo‘lgan va barqaror sharoitlarda tizimli qon oqimida latanoprost kislotasining to‘planishiga olib kelmagan.



Ko‘pincha nojo‘ya reaktsiyalar ko‘z tizimiga taalluqli. Latanoprost xavfsizligining 5-yillik ochiq tadqiqotida 33% patsiyentlarda rangdor pardaning pigmentatsiyasi rivojlangan, ko‘z tomonidan boshqa nojo‘ya reaktsiyalar odatda vaqtinchalik va doza yuborilganida paydo bo‘ladi.

Nojo‘ya reaktsiyalar tez-tezligi bo‘yicha quyidagi tarzda tasniflanadi:

-juda tez-tez (≥1/10), 

-tez-tez (≥ 1/100dan < 1/10gacha), 

-tez-tez emas (≥ 1/1000dan < 1/100gacha), 

-kam hollarda (≥1/10 000 dan <1/1000 gacha), 

-juda kam hollarda (< 1/10 000),

-noma'lum (mavjud bo‘lgan ma'lumotlar bo‘yicha baholanishi mumkin emas).

Juda tez-tez (≥1/10)

- Rangdor pardaning giperpigmentatsiyasi, kon'yunktivaning yengil yoki mo‘'tadil giperemiyasi, ko‘zlarning ta'sirlanishi (achishish, donadorlik, qichishish, sanchish va begona jism borligi hissi), qovoq kipriklarining o‘zgarishi (kipriklar uzunligi, qalinligi, pigmentatsiyasi va sonini oshishi). 

Tez-tez (≥ 1/100 dan < 1/10 gacha)

- Nuqtali keratit, ko‘proq qismida simptomsiz, blefarit, ko‘z og‘rishi, yorug‘likdan qo‘rqish, kon'yunktivit*.

Tez-tez emas (≥ 1/1000 dan < 1/100 gacha)

- Bosh og‘rig‘i*, bosh aylanishi*;

- Qovoqlar shishishi, ko‘z qurishi, keratit*, xira ko‘rish, makulyar shish, jumladan, kistozli makulyar shish*, uveit*;

- Stenokardiya, yurak tez urishi*;

- Astma*, dispnoe*;

- Toshma;

- Mialgiya*, artralgiya*;

- Ko‘krakdagi og‘riq*.

Kam hollarda (≥1/10 000 dan <1/1 000 gacha)

- Gerpetik keratit*;

- Irit*, muguz parda shishi*, muguz parda eroziyasi, periorbital shish, trixiaz*, distixiaz, rangdor parda kistasi*, qovoqlarda mahalliy teri reaktsiyasi, qovoq terisining to‘q tus olishi, kon'yunktiva psevdopemfigoidi;

- Astmaning kuchayishi;

- Qichishish.

Juda kam hollarda (<1/10 000)

- Periorbital o‘zgarishlar va qovoqlarning qovoq burishig‘ini chuqurlashishiga olib keluvchi o‘zgarishlar;

- Barqaror bo‘lmagan stenokardiya.

*faqat ro‘yxatga olishdan keyingi kuzatuv vaqtida qayd etilgan nojo‘ya ta'sirlar.

Tarkibida fosfat bo‘lgan ko‘z tomchilari qo‘llanilganida ro‘yxatga olingan nojo‘ya reaktsiyalar haqida: muguz pardasi ahamiyatli shikastlangan ayrim patsiyentlarda tarkibida fosfat bo‘lgan ko‘z tomchilari qo‘llanilishi yuzasidan juda kam hollarda muguz pardaning kalьtsiylanishi haqida xabar berilgan.

Bolalar

93 nafar (25 va 68) pediatrik patsiyentlar ishtirok etgan ikkita qisqa muddatli klinik sinovlarda (≤ 12 hafta ) xavfsizlik profili kattalardagi shu kabi bilan o‘xshash bo‘lgan va yangi nojo‘ya samaralar aniqlanmagan. Kattalarga qaraganda pediatrik aholida ko‘proq kuzatiladigan nojo‘ya samaralar: rinofaringit va gipertermiya.

Gumonlanuvchi nojo‘ya reaktsiyalar haqida ma'lumotlarni xabar qilish

Dori preparatini ro‘yxatga olishdan keyin aniqlangan gumonlanuvchi nojo‘ya reaktsiyalar haqida ma'lumotlarni xabar qilish katta ahamiyatga ega. Bu dori preparatining foyda va xavf nisbatini monitoringini davom ettirishga imkon beradi. 

Tibbiyot xodimlari va patsiyentlardan mazkur tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomaning oxirida ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha har qanday nojo‘ya reaktsiyalar haqida xabar berish iltimos qilinadi.

Latanoprost rangdor pardada jigarrang pigment sonini oshirishi hisobiga sekin-asta ko‘z rangini o‘zgartirishi mumkin. Davolashni boshlashdan oldin patsiyentlarni ko‘zlarning qaytmas o‘zgarishi borasida xabardor qilish lozim. Bir tomonlama davolash doimiy geteroxromiyaga olib kelishi mumkin.
Ko‘zlarning bunday o‘zgarishi asosan aralash, ya'ni ko‘k-jigarrang, kulrang-jigarrang, sarg‘ish-jigarrang va yashil-jigarrang rangdor pardasi bo‘lgan patsiyentlarda kuzatilgan. Latanoprost bilan davolashda o‘zgarishlarning boshlanishi davolashning dastlabki 8 oyi davomida, kam hollarda ikkinchi yoki uchinchi yili davomida kuzatilgan va davolashning to‘rtinchi yilidan keyin kuzatilmagan. Rangdor parda pigmentatsiyasi rivojlanishining tezligi vaqt o‘tgach pasayadi va besh yil davomida barqaror bo‘lib qoladi. Besh yildan keyin pigmentatsiya oshishi samarasi baholanmagan. Latanoprost xavfsizligining 5-yillik ochiq tadqiqotida 33% patsiyentlarda rangdor pardaning pigmentatsiyasi rivojlangan. Rangdor parda rangini o‘zgarishi ko‘pgina holatlarda ahamiyatsiz va ko‘pincha klinik tarzda kuzatilmaydi. Rangdor pardasi aralash bo‘lgan patsiyentlarning uchrashish tez-tezligi 7% dan 85%gacha atrofida bo‘lgan, shu o‘rinda ko‘proq sarg‘ish-jigarrang rangdor pardalar uchragan. Bir maromda moviy ko‘zlari bo‘lgan patsiyentlarda hech qanday o‘zgarishlar kuzatilmagan, bir maromda kulrang, yashil yoki jigarrang ko‘zlari bo‘lgan patsiyentlarda o‘zgarishlar kam hollarda kuzatilgan.
Rangning o‘zgarishi melanotsitlar sonini oshishi hisobiga emas, rangdor pardaning stromal melanotsitlarida melanin tarkibini oshishi hisobiga sodir bo‘ladi. Odatda, qorachiq atrofidagi jigarrang pigmentatsiya shikastlangan ko‘zlarning periferiyasi tomon tarqaladi, lekin butun rangdor parda yoki uning qismlari yanada jigarrangroq bo‘lib qolishi mumkin. Davolash to‘xtatilganidan keyin rangdor parda jigarrang pigmentining keyinchalik oshishi kuzatilmagan. Bugungi kunda bu narsa klinik sinovlardagi qandaydir simptomlar yoki patologik o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lmagan.
Davolash nevuslarga ham, rangdor pardaning sepkillariga ham ta'sir qilmagan. Klinik sinovlarda trabekulyar tarmoqda yoki old kameraning qayeridadir pigmentning to‘planishi kuzatilmagan. 5-yillik klinik tajriba asosida rangdor parda pigmentatsiyasining kuchayishi qandaydir salbiy klinik oqibatlarga olib kelishi isbotlanmagan, va rangdor pardaning pigmentatsiyalanishi holatida latanoprost bilan davolashni davom ettirish mumkin. Biroq, patsiyentlarni muntazam kuzatib borish lozim, va klinik vaziyat talab qilganda, latanoprost bilan davolash to‘xtatilishi mumkin.
Psevdofakiyasi va pigmentli glaukomasi bo‘lgan patsiyentlarda surunkali yopiq burchakli glaukomada, ochiq burchakli glaukomada latanoprost qo‘llanilishining cheklangan tajribasi mavjud.   Yallig‘langan va neovaskulyar glaukomada yoki ko‘zlarning yallig‘lanish kasalliklarida latanoprostni qo‘llash tajribasi yo‘q. Latanoprost qorachiqqa ta'sir ko‘rsatmaydi yoki ahamiyatsiz ta'sir ko‘rsatadi. Yopiq burchakli glaukoma o‘tkir xurujlarining tajribasi yo‘q. Shuning uchun qo‘shimcha tajriba orttirilmaguncha, bunday sharoitlarda latanoprostni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash tavsiya etiladi.
Kataraktani olib tashlash bo‘yicha jarrohlikdan keyingi perioperatsion davrda latanoprostni qo‘llash bo‘yicha ma'lumotlar cheklangan. Bunday patsiyentlarga Glatanostni ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim.
Anamnezda gerpetik keratiti bo‘lgan patsiyentlarga Glatanost preparati ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim, oddiy gerpesning faol keratiti holatlarida va anamnezda prostaglandinlar analoglari bilan o‘ziga xos bog‘langan qaytalanuvchi gerpetik keratiti bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llamaslik lozim.
Asosan afakiyasi bo‘lgan patsiyentlarda, gavharning orqa kapsulasini yoki old kamera linzalari yorilishi bilan psevdofakiyasi bo‘lgan patsiyentlarda, yoki kistoz makulyar shishning (diabetik retinopatiya va parda tomiri okklyuziyasi kabi) ma'lum xavf omili bo‘lgan patsiyentlarda makulyar shish borasida xabarlar bo‘lgan. Mazkur kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarga Glatanostni ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim.
Irit/uveit rivojlanishining ma'lum moyillik omillari xavfi bo‘lgan patsiyentlarda Glatanostni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash mumkin.
Astmasi bo‘lgan patsiyentlarda tajribasi cheklangan, lekin postmarketing tajribada astma va/yoki nafas qisilishining ayrim holatlari haqida xabar berilgan. Shuning uchun postmarketing kuzatuvlarda yetarlicha tajriba orttirilmaguncha, astmasi bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkor munosabatda bo‘lish kerak.
Periorbital terining rangsizlanishi kuzatilgan, ko‘proq xabarlar Yaponiyadagi patsiyentlardan bo‘lgan. Bugungi kunda to‘plangan tajriba shuni ko‘rsatadiki, periorbital sohadagi teri rangining o‘zgarishi doimiy emas va ayrim holatlarda latanoprost bilan davolash davom ettirilganida yo‘qolib ketgan.
Glatanost sekin-asta kipriklarni va ko‘zdagi va yondosh sohalardagi momiq sochlarni o‘zgartirishi mumkin. Ushbu o‘zgarishlar kipriklar yoki sochlar uzunligini, qalinligini, pigmentatsiyasini, sonini oshishini va kipriklarning noto‘g‘ri o‘sishini o‘z ichiga oladi. Davolash to‘xtatilgandan keyin o‘zgarishlar o‘z holiga qaytadi.
Glatanostda benzalkoniy xloridi mavjud, undan odatda oftalьmologik mahsulotlarda konservant sifatida foydalaniladi. Mavjud cheklangan ma'lumotlarga ko‘ra, bolalarda va kattalarda nojo‘ya hodisalarning profili farq qilmaydi. Biroq, kattalarning ko‘zlariga qaraganda bolalarning ko‘zlariga ushbu qo‘zg‘atuvchi ko‘proq ta'sir ko‘rsatadi. Xabar berilishicha, benzalkoniy xloridi ko‘zlarning ta'sirlanishini, ko‘zlar qurishi simptomlarini keltirib chiqarishi va ko‘z yoshi plyonkasiga va muguz pardaga ta'sir ko‘rsatishi mumkin ekan.  Ko‘zlar qurishi sindromi bo‘lgan patsiyentlarda va muguz pardasi shikastlanishi mumkin bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim. Uzoq muddat qo‘llanilishida patsiyentlarni kuzatib borish lozim.
Kontakt linzalari benzalkoniy xloridini so‘rib olishi mumkin, Glatanostni qo‘llashdan oldin ularni yechish, 15 minutdan keyin yana taqish lozim.

Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Glatanost preparati avtomobilь va mexanizmlarni boshqarishga ahamiyatsiz ta'sir ko‘rsatadi. Ko‘z uchun boshqa preparatlar kabi ko‘z tomchilarini tomizdirish vaqtinchalik xira ko‘rishga olib kelishi mumkin. Ushbu samara yo‘qolib ketmaguncha, patsiyentlar avtomobilьni yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarmasliklari lozim.Повышенное внутриглазное давление (ВГД) у пациентов с открытоугольной глаукомой и глазной гипертензией у взрослых (в том числе пожилых);



Ochiq burchakli glaukomasi bo‘lgan patsiyentlarda va ko‘z gipertenziyasi bo‘lgan kattalarda (jumladan, keksalarda) yuqori ko‘z ichi bosimi (KIB);

Yuqori KIB va bolalar glaukomasi bo‘lgan pediatrik patsiyentlarda yuqori KIBda qo‘llaniladi.


- homiladorlik va laktatsiya davri;

- faol moddaga yoki yordamchi moddalardan biron biriga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas. 


Dorilar bilan o‘zaro ta'siri haqida yakuniy ma'lumotlar yo‘q.
Prostaglandinlarning ikkita analogi bir vaqtda oftalьmologik yuborilgandan keyin KIB oshishi to‘g‘risida xabar berilgan, shuning uchun prostaglandinlar, prostaglandinlar analoglari yoki prostaglandinlar xosilalarining ikkita va undan ortiq preparatlarini qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Bolalarda dorilarning o‘zaro ta'siri
O‘zaro ta'sir tadqiqotlari faqat kattalarda o‘tkazilgan.
Sovutgichda saqlansin (2°C - 8°C). Muzlatilmasin! Flakonni birinchi ochgandan keyin: 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda original qadoqda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin! Flakon birinchi bor ochilgandan keyin - preparat 28 kun davomida ishlatilsin. Yaroqlilik muddati o‘tgandan so‘ng qo‘llanilmasin.

Tiniq, rangsiz suvli eritma.

Dozalash tartibi

Kattalarda (jumladan, keksalarda) qo‘llanilishi 

Tavsiya etiladigan davolash- zararlangan ko‘z(lar)ga 1 tomchidan kuniga 1 marta. Glatanost preparati kechqurun qo‘llanilganida muqobil samaraga erishiladi.

Glatanostning dozasi bir kunda bir  martadan oshmasligi kerak, chunki tez-tez qo‘llanilishi KIBni tushirish samarasini pasaytiradi.

Agar bitta dozasi o‘tkazib yuborilgan bo‘lsa, davolashni keyingi dozasidan davom ettirib ketish kerak.

Bolalarda qo‘llanilishi

Glatanost ko‘z tomchilarini bolalarda kattalardagi kabi dozalarda qo‘llash mumkin. Erta tug‘ilgan bolalar bo‘yicha ma'lumotlar yo‘q (36 haftadan kam bo‘lgan gestatsion davr). <1 yosh guruhida ma'lumotlar cheklangan (4 patsiyent).

Qo‘llash usuli

Har qanday ko‘z tomchilari holatidagi kabi ehtimolli tizimli so‘rilishini kamaytirish uchun ko‘z yorig‘ining (nuqta okklyuziyasi) medial burchagi sohasida ko‘z yoshi qopchasini bir minut davomida siqib turish tavsiya etiladi. Buni har bir tomchi tomizdirilgandan keyin darhol qilish kerak.

Ko‘z tomchilarini tomizdirishdan oldin kontakt linzalarni yechib, 15 minutdan keyin taqish mumkin.

Agar bittadan ko‘p oftalmologik dori vositasi qo‘llanilsa, dori vositalarini kamida 5 minut oraliqda yuborish lozim.


<1 yosh guruhida (4 patsiyent) samaradorligi va xavfsizligi bo‘yicha ma'lumotlar juda cheklangan. Erta tug‘ilgan bolalar bo‘yicha ma'lumotlar yo‘q (36 haftadan kam bo‘lgan gestatsion davr). Asosan birlamchi tug‘ma glaukomadan (BTG) aziyat chekadigan 0 dan <3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda va jarrohlik aralashuvida (masalan, trabekulotomiya/goniotomiya) birinchi liniyadagi davolash bo‘lib qoladi. Bolalarda uzoq muddatli xavfsizligi hali aniqlanmagan.

Simptomlari: ko‘zlarning ta'sirlanishi va kon'yunktiva giperemiyasidan tashqari latanoprost dozasini oshirib yuborilishida hozircha ko‘rish tizimi tomonidan boshqa nojo‘ya samaralar noma'lum.

Glatanost preparatining ichga tasodifan qabul qilinganida shuni hisobga olish lozim- 2.5 ml eritmali 1 flakonda 125 mkg latanoprost mavjud.  Preparatning 90% dan ortig‘i jigar orqali birinchi o‘tishida metabollanadi. 3 mkg/kg dozadagi v/i infuziyasi sog‘lom ko‘ngillilarda hech qanday simptomlarni keltirib chiqarmagan, biroq, 5,5-10 mkg/kg dozada yuborilganida ko‘ngil aynishi, qorindagi og‘riq, bosh aylanishi, charchoqlik, quyilishlar va terlash kuzatilgan. Mazkur simptomlar infuziya to‘xtatilganidan 4 soatdan keyin o‘tib ketadi. O‘rtacha og‘irlik darajasidagi bronxial astmasi bo‘lgan patsiyentlarda terapevtik dozadan 7 barobar ortiq bo‘lgan latonoprostning yuborilishi bronxospazmni keltirib chiqarmagan.

Davolash: latanoprost dozasini oshirib yuborishda davolash simptomatik bo‘lishi kerak.


Homiladorlik Odamda homiladorlikda ushbu dori preparatining xavfsizligi aniqlanmagan. Homiladorlikning kechishiga, tug‘ilmagan yoki yangi tug‘ilgan bolaga nisbatan u potentsial xavfli farmakologik samaralarga ega. Shuning uchun Glatanostni homiladorlik davrida qo‘llamaslik lozim. Laktatsiya Latanoprost va uning metabolitlari ko‘krak sutiga kirib borishi mumkin, shuning uchun Glatanostni emizikli ayollar qo‘llamasligi yoki emizishni to‘xtatishi lozim. Fertillik Hayvonlardagi tadqiqotlarda latanoprost erkaklar yoki ayollar fertilligiga ta'sir ko‘rsatishi aniqlanmagan.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

GLATANOST-T ko'z tomchilari 2,5 ml 0,05 mg/ml N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
GLATANOST-T ko'z tomchilari 2,5 ml 0,05 mg/ml N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
GLATANOST-T ko'z tomchilari 2,5 ml 0,05 mg/ml N1 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
KSALAPROST ko'z tomchilari 2,5ml 0,005%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Bangladesh
  • Faol modda: Латанопрост ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Beximсo Pharmaceuticals Ltd
  • Vakil: OMEGA SINTEZ
KSALATAN ko'z tomchilari 2,5ml 0,005%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belgiya
  • Faol modda: Латанопрост ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Pfizer HCP Corporation, USA, США произведено: Pfizer MFG. Belgium N.V.
VIZIPRES ko'z tomchilari 5ml 2%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Armaniston
  • Faol modda: Латанопрост ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ликвор ФармКомпания
Narh: 64 000 so'mdan Batafsil
LANOTAN ko'z tomchilari 2,5ml 0,05mg/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Латанопрост ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ПАО «Фармак»
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9