48 000 s`om dan
Dorixonalardan izlash57 000 s`om dan
Bron qilishФаол ингредиенти: бензидамин гидрохлориди – 0,15 г.
Ёрдамчи моддалари: этанол 96%, глицерин (глицерол), метилпарагидрокси-бензоат, ментол хушбўйи, сахарин, натрий гидрокарбонати, полисорбат 20, хинолин сариқ бўёвчиси 70% (Е 104), патентланган кўк бўёвчи 85% (Е 131), тозаланган сув.
Препаратнинг таъсир механизми хужайра мембраналарини барқарорлашиши ва простагландинларнинг синтезини ингибирланиши билан боғлиқ.
Бензидамин микроорганизмларнинг мембраналари орқали тез кириши, кейинги хужайра структураларини шикастланиши, метаболик жараёнларни ва хужайра лизисомаларини бузилиши ҳисобига антибактериал ва специфик антимикроб таъсир кўрсатади.
Candida albicans га нисбатан замбуруғларга қарши таъсирга эга. Замбуруғларнинг хужайра деворини ва мицетларнинг метаболик занжирларининг структур модификациясини чақиради, шундай қилиб уларнинг репродукциясига тўсқинлик қилади, бу бензидаминни инфекцион этиологияли оғиз бўшлиғини яллиғланиш жараёнларида қўллашга асос бўлади.
- флаконга 15 ва 30 мл даражаланган полипропилен стаканча берилади.
- флакон даражаланган стаканча билан ва қўллаш бўйича йўриқномаси билан картон қутига жойланади.
Маҳаллий қўллаш учун дори шакллари тизимли таъсирга эга эмас ва кўкрак сутига ўтмайди.
Аллергик реакциялар: тери тошмаси.
Жуда кам: ларингоспазм.
Спрейни кўзга тушишидан сақланиш керак.
Автотранспортни ҳайдаш ва механизмларни бошқаришга таъсири: препарат автотранспортни бошқариш қобилиятига ва бошқа юқори диққатни талаб қилувчи фаолиятга таъсир қилмайди.
- гингивит, глоссит, стоматит (шунингдек нур ва химиотерапиядан кейинги);
- ангина, фарингит, ларингит, тонзиллит;
- оғиз бўшлиғи шиллиқ пардасининг кандидози (мажмуавий даволаш таркибида);
- сўлак безларининг калькулез яллиғланиши;
- оператив аралашувлар ва травмалардан кейин (тонзиллэктомия, жағларни синиши);
- тишларни даволаш ва олдиришдан кейин;
- пародонтоз.
Тизимли даволашни талаб қилувчи инфекцион ва яллиғланиш касалликларида, Тантум® Вердени мажмуавий даволаш таркибида қўллаш керак.
- 3 ёшгача бўлган болалар;
- 12 ёшгача бўлган болалар (0,15% эритмани қўллаш учун);
- фенилкетонурия (таблеткаларни қўллаш учун).
Маҳаллий қўллаш учун эритма – 25ºС дан юқори бўлмаган ҳароратда, ёруғликдан ҳимояланган жойда.
Маҳаллий қўллаш учун дозаланган спрей - 25ºС дан юқори бўлмаган ҳароратда, ёруғликдан ҳимояланган жойда.
Болалар олаолмайдиган жойда сақлансин!
ЯРОҚЛИЛИК МУДДАТИ
Шимиш учун таблеткалар – 4 йил
Маҳаллий қўллаш учун эритма – 4 йил
Маҳаллий қўллаш учун дозаланган 0,255 мг/доза спрей – 4 йил
Яроқлилик муддати тугагандан кейин ишлатилмасин.
Маҳаллий қўллаш учун 0,15% ли эритма: катталарга, кекса ёшли беморларга ва 12 ёшдан ошган болаларга томоқни ёки оғиз бўшлиғини чайишга 15 мл дан препарат (ўлчов стаканча берилади) кунига 2-3 марта ишлатилади.
- суйилтирилмаган эритма яллиғланиш жараёнларида чайиш учун ишлатилади;
- суюлтирилган эритма (15 мл препарат ва 15 мл сув ўлчов стаканчада суюлтирилади) ҳар кунги оғиз ва томоқни гигиеник чайиш учун ишлатилади.
Маҳаллий қўллаш учун дозаланган 0,255 мг/доза спрей: катталарга ва кекса ёшли беморларга 4-8 дозадан ҳар 1,5-3 соатда буюрилади;
- 3-6 ёшли болаларга – 1-4 дозадан (максимал – 4 доза) ҳар 1,5-3 соатда;
- 6-12 ёшли болаларга – 4 дозадан ҳар 1,5-3 соатда.
Даволаш курси:
- оғиз бўшлиғи ва ЛОР-аъзоларининг яллиғланиш касалликларида (турли этиологияли):
4 кундан 15 кунгача;
- одонто-стоматологик патологияда: 6 дан 25 кунгача;
- оператив аралашувлар ва травмалардан кейин (тонзиллэктомия, жағнинг синиши) спрей ва эритма қўлланганида: 4 дан 7 кунгача.
Препарат узоқ вақт давомида қўлланганида, шифокорнинг маслаҳати керак.
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
TANTUM® ROZA
TANTUM® ROZA
Preparatning savdo nomi: Tantum® Roza
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): benzidamin
Dori shakli: vaginal eritma; vaginal eritma tayyorlash uchun kukun.
Tarkibi:
100 ml vaginal eritma quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 0,1 g benzidamin gidroxloridi (140 ml bir flakonda 0,14 g ga muvofiq keladi);
yordamchi moddalar: benzalkoniy xloridi, dinatriy edetati, atirgul (96% li etanol, polisorbat 20 va atirgul moyi), tozalangan suv.
Vaginal eritma tayyorlash uchun bir sashe kukun quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 0,500 g benzidamin gidroxloridi;
yordamchi moddalar: trimetil-setilammoniy paratoluolsulfonat, povidon, natriy xloridi.
Ta‘rifi:
0,1% li vaginal eritma: o‘ziga xos atirgul hidli, rangsiz tiniq suyuqlik.
Vaginal eritma tayyorlash uchun 500 mg kukun: bir xil oq yoki deyarli oq rangli qumoqlar va yod zarrachalari bo‘lmagan granulalar.
Farmakoterapevtik guruhi: nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparat.
ATX kodi: G02CC03
Farmakologik xususiyatlari
Benzidamin nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparat bo‘lib, indazollar guruhiga kiradi. Benzidamin antibakterial, yallig‘lanishga qarshi, antiekssudativ va og‘riq qoldiruvchi ta‘sirga, shuningdek gistoprotektor faollikka ega.
Benzidaminning ta‘sir mexanizmi asosan uning vazofaol aminlarga antagonizm, hujayralar va lizosomal membranalarning barqarorlashtiruvchi va prostaglandinlarning sintezini ingibisiya qiluvchi qobiliyati bilan tushuntiriladi, bu yallig‘lanish jarayonini tutib turadi.
Benzidamin mikroorganizmlarning membranalari orqali tez kirib hujayra strukturasini shikastlashi, metabolik jarayonlarni va hujayra lizisomalarini buzishi hisobiga antibakterial ta‘sir ko‘rsatadi.
Candida albicans ga nisbatan zamburug‘larga qarshi ta‘sirga ega. Zamburug‘larning hujayra devorini va misetlarning metabolik zanjirlarining struktur modifikasiyasini chaqiradi, shunday qilib ularning reproduksiyasiga to‘sqinlik qiladi, bu benzidaminni infeksion etiologiyali yallig‘lanish jarayonlarida qo‘llash uchun asos bo‘ladi.
Farmakokinetikasi
Mahalliy qo‘llanganda preparat shilliq qavatlardan yaxshi so‘riladi va yallig‘langan to‘qimalarga kiradi. Preparatning chiqarilishi asosan buyrak va ichak orqali metabolitlari yoki kon‘yugasiya mahsulotlari ko‘rinishida yuz beradi.
Mahalliy qo‘llash uchun dori shakllari tizimli ta‘sirga ega emas va ko‘krak sutiga o‘tmaydi.
Qo‘llanilishi
– bakterial vaginoz;
– spesifik vulvovaginitlar (majmuaviy davolashda);
– nospesifik vulvovaginitlar va har qanday etiologiyali servikovaginitlar, shu jumladan ximioterapiya va radioterapiya fonida ikkilamchi rivojlanganlar;
– ginekologik jarrohlik operasiyalaridan oldingi va keyingi asoratlarning oldini olish;
– tug‘ruqdan keyingi davrda gigienik vosita sifatida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Intravaginal.
Vaginal eritma tayyorlash uchun kukun: bir sashe ichidagisini 500 ml suvda bir marta ishlatish uchun eritiladi.
Vaginal eritma: flakondagi eritma, bir martalik purkash uchun ishlatishga tayyor hisoblanadi.
Flakon ichidagisini suv hammomida isitish kerak. Muolajani yotqizib o‘tkazish kerak, suyuqlik qinda bir necha minut qolishi kerak. Bir marta purkab yuvish uchun flakondagi barcha 140 ml hajm ishlatiladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Tantum® Roza preparatining har qanday nojo‘ya samaralari to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning har qanday komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan
Preparatni uzoq vaqt qo‘llash yuqori sezuvchanlikka olib kelishi mumkin.
DIQQAT: preparatni uzoq vaqt davomida qo‘llamang. Agar yaxshilanish bo‘lmasa, shifokorga murojaat qiling.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Tantum® Roza preparatining boshqa dori vositalari bilan klinik ahamiyatli o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Homiladorlik va laktasiya
Tantum® Roza preparatini homiladorlik va laktasiya, emizish vaqtida mahalliy qo‘llashga bironta ham qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar mavjud emas.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Preparatni qo‘llash avtotransportni boshqarish qobiliyatiga diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalarning tezligini talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishga ta‘sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Tantum® Roza preparatining dozasini oshirib yuborish hollari haqida xabar berilmagan.
Chiqarilish shakli
Vaginal eritma:
– 140 ml dan preparat oq rangli kanyulali qopqoq va konyulali himoyalash va mahkamlash uchun yarim tiniq qopqoqchali yo‘naltiruvchi uchlikka ega bo‘lgan pushti rangli flakonda.
– 5 flakondan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Vaginal eritmani tayyorlash uchun kukun:
– 9,44 g dan kukun termik usulda yopishtirilgan qog‘oz, polipropilendan sasheda.
– 10 sashedan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Vaginal eritma: yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Vaginal eritma tayyorlash uchun kukun: 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
Tantum® Roza vaginal eritmasi – 4 yil;
Tantum® Roza vaginal eritma tayyorlash uchun kukun – 5 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.