×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

GLUTION poroshok 600mg N10

Kategoriya:
- Dori vositalari
Ishlab chiqarilish joyi:
- Italiya
Faol modda:
Восстановленный глутатион
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Laboratorio Farmaceutico C.T. S.r.L., Италия произведено: Lisapharma S.p.a.
Vakil:
- WELFAR VST
Noaniqliq haqida habar berish
O'zbekiston Respublikasi dorilar reestri ro'yxatidan o'tgan
Toshkentning 212 ta dorixonasida topildi

ico 389 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 515 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 380 000 s`om dan

Bron qilish
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi:

faol modda: kimyoviy qaytarilgan glutation 600 mg

yordamchi modda: natriy gidroksidi

erituvchi ampulalari: 4 ml in'ektsiya uchun suyuqlik

Сhiqarilish shakli va o'rami

10 flakondan 600 mg qaytarilgan glutationning liofilizatsiya qilingan kukuni, va 4 ml erituvchisi bo'lgan 10 ampula kontur uyali o'ramda, qo'llash bo'yicha yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun kukun 600 mg/4 ml.
Glution xujayralarda keng tarqalgan cpetsifik funktsiyaga ega tripeptid xisoblanib, bir kator biologik jarayonlarda ishtirok etadi va detoksifikatsiyalashda muxim rol' uynaydi, xujayralarni ksenobiotiklar,erkin radikallar va nurlanishning zararli ta'siridan ximoya kiladi. Glutationning tarkibiga glitsin, tsistein va glyutamin kislotasi kiradi.

Glutation – kuchli gepatoprotektor, antioksidant, immunomodulyator va detoksikantdir.

Glution immunitet va gemopoetik tizimlarga foydali ta'sir kursatadi, organizmni toksinlardan tozalashga, shuningdek jigar xujayralarini salbiy omillar (toksinlar, spirtli ichimliklar, antibiotiklar) ta'siridan ximoya kiladi. Erkin radikallar  va organizmni antioksidant sistemasi immun reaktsiyalarining barcha boskichlarida katnashadi va immun tizimi reaktsiyalarini, sharoitga karab cheklash yoki ragbatlantirishga ishtirok etadi .

Glutation in'ektsiyalari bir kator kasalliklarni kompleks davolashda va profilaktika maksadlarda kullaniladi.

 Glutation katta miqdorda jigarda, eritrotsitlarda va buyrak usti bezlarida bo'ladi. Glutationning kimyoviy qaytarilgan shakli ayrim fermentlarni faollashtiradi.

Glutation oqsillarning sul'fgidril va disul'fid guruhlariga ta'sir qiluvchi og'ir metallarning ionlari bilan bog'lanib, ularni zararsizlantiradi.

Glutation moddalar almashinuvida vodorod tashuvchi sifatida ishtirok etadi.

Glutation inson organizmidagi eng kuchli biologik antioksidant xisoblanadi, ammo  chala tugilgan chakaloklarda faol glutation mikdori ancha kam buladi , va patologik jaraen rivojlanish davomida , glutatiton yetishmuvchiligi kuchayib boradi. Yangi tugilgan chakaloklarda faol glutation mikdorining yetishmasligi, upka xujayralarini oksidlovchi stressdan ximoyalovchi kompensatsion mexanizmdir.

Kam miqdorda kimyoviy qaytarilgan glutation saqlovchi eritrotsitlar nisbatan oson parchalanadi.

Glutation uglevodlar almashinuvi uchun zarur, lipid almashinuviga ta'sir ko'rsatadi, aterosklerozni rivojlanishiga to'sqinlik qiladi, qarishni sekinlashtiradi. Kandli diabet bilan ogrigan bemorlarda glutation peroksid birikmalarini tiklanishida va erkin radikallarni zararsizlantirishga karatilgan maxsus reaktsyalarni amalga oshirishi aniklandi. Glutation tanqisligi nerv tizimida aks etib, fikrlash jarayonlarini, koordinatsiyani buzilishlariga olib keladi va tremorni paydo bo'lishining sababchisi hisoblanadi.

Ta'kidlash kerakki, xomiladorlik paytidagi turli gestatsion asoratlar tufayli, platsentar glutation sistemalarida sezilarli uzgarishlar yuzaga keladi. Bu uz navbatida kompensator-adaptiv reaktsiyalar keltirib chikarib  preeklamsiya va surunkali fetoplatsentar yetishmovchiligi kabi noxush xolatlar kelib chikishini oldini oladi.

Klinik tatkikodlarda kursatildiki, tuxumdon kartsinomasi, me'da kartsinomasi va kolorektal saratonni davolash uchun utkaziladigan kimyoviy terapiyadan oldin yuboriladigan  glutation infuziyasi , surunkali buyrak yetishmovchiligini  kelib chikishini oldini oladi , tsisplatin va oksilaplatin bilan davolash davomida nerv sistemasini zaxarlanishdan ximoya kilishi isbotlangan va bu zaruriyat tugilganda yukori kumulyativ dozalarga erishish imkonini beradi.

Kam hollarda ko'ngil aynishi, qusish, bosh og'rig'i, shuningdek teri toshmasi aniqlangan, ular preparatni qo'llash to'xtatilganidan keyin o'tib ketadi.

Ma'lumot varaqasida saqlanuvchi yo'riqnomalarni o'rganish nojo'ya reaktsiyalar xavfini qisqartiradi.

Shifokorga har qanday nojo'ya rektsiyalar paydo bo'lishi to'g'risida, xatto agar ular yo'riqnomada ta'riflanmagan bo'lsa ham, xabar berish kerak.
Retsept bo'yicha.
Mushak ichiga qo'llanganida preparatni ampuladagi erituvchi bilan yaxshilab eritish kerak. Olingan eritma tiniq va rangsiz bo'lishi kerak.

Vena ichiga qo'llanganida preparatni berilgan erituvchida (in'ektsiya uchun suv) eritish va asta-sekin yuborish yoki kamida 20 ml infuziya uchun steril eritma qo'shish va asta-sekin tomchilab yuborish kerak.

Homiiladorlik va emizish

Glutationni embriofetal rivojlanish uchun toksik emas, lekin homilador ayollarga preparatni faqat juda zarur hollarda va shifokorning bevosita kuzatuvi ostida qabul qilish tavsiya qilinadi.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va o'ramida ko'rsatilgan yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin.

Yaroqlilik muddati saqlash sharoitiga rioya qilinganda, shikastlanmagan o'ramda bo'lgan preparatlarga taalluqlidir.

Jigarni shikastlanishi: toksik, shu jumladan alkogolli, virusli, dori vositalari (antibiotiklar, o'smaga qarshi, tuberkulyozga qarshi, viruslarga qarshi preparatlar, antidepressantlar, peroral kontratseptivlar) ta'siri oqibatidagi.

Jigar tsirrozi.

Tsirroz oldi holatlari.

Jigar ichki xolestazi.

Operatsiyadan keyingi davr (narkozni qoldiq ko'rinishlarini bartaraf qilish uchun)

Bosh myaning surunkali ishemik kasalligida. Entsefalopotiya, shu jumladan jigar yetishmovchiligi bilan assotsiatsiyalangan (alkogolli va boshqalar).

Depressiv va abstinent sindrom.

Parkinsonizm, Al'tsgeymer kasalligi, bosh miya jaroxatlarini davolashda yoki turli neyroxirurgik amaliyotlarning zararli okibatlarini bartaraf etishda

Tsisplatin yoki uning analogi bilan kimyoterapevtik davolashda nevropatik profilaktika va ximioterapiyaning soglom xujayralarga zararli ta'sirini kamaytirish uchun.

Qandli diabet, diabetik neyropatiya, angiopatiya, entsefalopatiya, tireotoksikoz.

Yurakning ishemik kasalligi,ateroskleroz, artritlar.

Turli etiologiyali (alkogol, narkotiklar, og'ir metallar va xokazolar bilan) zaharlanishlar.

Buyrak yetishmovchiligi, nefrit, nefropatiya.

Bepushtlik, oligospermiya, akinospermiya. Surunkali fetoplatsentar yotishmovchiligi.

Virusli va xujayra ichki qo'zg'atuvchilari chaqirgan kasalliklar.

Surunkali bronxit, pnevmoniya, o'pka tuberkulyozida qo'llaniladi.

Turli teri-tanosil kasalliklarida( psoriaz, vitiligo, atopik dermatit.)

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Glutationning boshqa preparatlar bilan nomutanosiblik hollari aniqlanmagan
+25ºC dan past haroratda saqlansin.

Suyultirilgandan keyin eritmani xona haroratida  2 soat yoki 0º -+5ºS haroratda 8 soat saqlash mumkin.

Yaroqlilik muddati

36 oy.

Onkologiya: Radio va radiatsion terapiya vaktida ionlashtiruvchi ta'sirlardan ximoya kilish uchun 50-200 ml natriy xlorid eritmasida 600-1200mg yeritib ,sekin astalik bilan vena ichiga nurli terapiya boshlashdan 15 minut oldin. 

Ximioterapiya (tsisplatin, oksalaplatin va bosh) davomida neyronlarni, yurak xujayralarini, nefronlarni ximoya kilish maksadida 1200mg glutionni 50-200 ml fiziologik eritmaga eritgan xolda asta sekinlik bilan 15 minut oldin kullanaladi.

Kasallikning yengil shakllarida preparat mushak ichiga, vena ichiga asta-sekin (2-3 minut) yoki 50-200 ml fiziologik eritmada eritib infuziya yo'li bilan sutkada 1 flakondandan (600 mg  glutation) 10-20 kun davomida yuboriladi. Og'ir shakllarida preparat mushak ichiga, vena ichiga, asta-sekin (2-3 minut) yoki 50-200 ml fiziologik eritmada eritib infuziya yo'li bilan sutkada 2 flakondan (1200 mg  glutation) 10-20 kun davomida yuboriladi. Preparatni qo'llash bo'yicha muvofiq tushuntirishlarni olish uchun patsientlarni shifokorga yoki farmatsevtga murojaat qilishi tavsiya etiladi.

Glutationni embriofetal rivojlanish uchun toksik emas, lekin homilador ayollarga preparatni faqat juda zarur hollarda va shifokorning bevosita kuzatuvi ostida qabul qilish tavsiya qilinadi.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

GLUTION poroshok 600mg N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
GLUTION poroshok 600mg N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
GLUTION poroshok 600mg N10 dori vositasi Laboratorio Farmaceutico C.T. S.r.L., Италия произведено: Lisapharma S.p.a. tomonidan Italiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
GLUTION poroshok 600mg N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
GLUTION poroshok 600mg N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9