GLUTIONning aptekalardagi narxlari
GLUTION kukuni 600mg/4ml N10
|
|
212 ta dorixonada bor
|
389 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
515 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
380 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
GLUTION ko'rsatmalar
Jigar tsirrozi.
Tsirroz oldi holatlari.
Jigar ichki xolestazi.
Operatsiyadan keyingi davr (narkozni qoldiq ko'rinishlarini bartaraf qilish uchun)
Bosh myaning surunkali ishemik kasalligida. Entsefalopotiya, shu jumladan jigar yetishmovchiligi bilan assotsiatsiyalangan (alkogolli va boshqalar).
Depressiv va abstinent sindrom.
Parkinsonizm, Al'tsgeymer kasalligi, bosh miya jaroxatlarini davolashda yoki turli neyroxirurgik amaliyotlarning zararli okibatlarini bartaraf etishda
Tsisplatin yoki uning analogi bilan kimyoterapevtik davolashda nevropatik profilaktika va ximioterapiyaning soglom xujayralarga zararli ta'sirini kamaytirish uchun.
Qandli diabet, diabetik neyropatiya, angiopatiya, entsefalopatiya, tireotoksikoz.
Yurakning ishemik kasalligi,ateroskleroz, artritlar.
Turli etiologiyali (alkogol, narkotiklar, og'ir metallar va xokazolar bilan) zaharlanishlar.
Buyrak yetishmovchiligi, nefrit, nefropatiya.
Bepushtlik, oligospermiya, akinospermiya. Surunkali fetoplatsentar yotishmovchiligi.
Virusli va xujayra ichki qo'zg'atuvchilari chaqirgan kasalliklar.
Surunkali bronxit, pnevmoniya, o'pka tuberkulyozida qo'llaniladi.
Turli teri-tanosil kasalliklarida( psoriaz, vitiligo, atopik dermatit.)
Vena ichiga qo'llanganida preparatni berilgan erituvchida (in'ektsiya uchun suv) eritish va asta-sekin yuborish yoki kamida 20 ml infuziya uchun steril eritma qo'shish va asta-sekin tomchilab yuborish kerak.
Homiiladorlik va emizish
Glutationni embriofetal rivojlanish uchun toksik emas, lekin homilador ayollarga preparatni faqat juda zarur hollarda va shifokorning bevosita kuzatuvi ostida qabul qilish tavsiya qilinadi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va o'ramida ko'rsatilgan yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin.
Yaroqlilik muddati saqlash sharoitiga rioya qilinganda, shikastlanmagan o'ramda bo'lgan preparatlarga taalluqlidir.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Ximioterapiya (tsisplatin, oksalaplatin va bosh) davomida neyronlarni, yurak xujayralarini, nefronlarni ximoya kilish maksadida 1200mg glutionni 50-200 ml fiziologik eritmaga eritgan xolda asta sekinlik bilan 15 minut oldin kullanaladi.
Kasallikning yengil shakllarida preparat mushak ichiga, vena ichiga asta-sekin (2-3 minut) yoki 50-200 ml fiziologik eritmada eritib infuziya yo'li bilan sutkada 1 flakondandan (600 mg glutation) 10-20 kun davomida yuboriladi. Og'ir shakllarida preparat mushak ichiga, vena ichiga, asta-sekin (2-3 minut) yoki 50-200 ml fiziologik eritmada eritib infuziya yo'li bilan sutkada 2 flakondan (1200 mg glutation) 10-20 kun davomida yuboriladi. Preparatni qo'llash bo'yicha muvofiq tushuntirishlarni olish uchun patsientlarni shifokorga yoki farmatsevtga murojaat qilishi tavsiya etiladi.
Ma'lumot varaqasida saqlanuvchi yo'riqnomalarni o'rganish nojo'ya reaktsiyalar xavfini qisqartiradi.
Shifokorga har qanday nojo'ya rektsiyalar paydo bo'lishi to'g'risida, xatto agar ular yo'riqnomada ta'riflanmagan bo'lsa ham, xabar berish kerak.
faol modda: kimyoviy qaytarilgan glutation 600 mg
yordamchi modda: natriy gidroksidi
erituvchi ampulalari: 4 ml in'ektsiya uchun suyuqlik
Сhiqarilish shakli va o'rami
10 flakondan 600 mg qaytarilgan glutationning liofilizatsiya qilingan kukuni, va 4 ml erituvchisi bo'lgan 10 ampula kontur uyali o'ramda, qo'llash bo'yicha yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Glutation – kuchli gepatoprotektor, antioksidant, immunomodulyator va detoksikantdir.
Glution immunitet va gemopoetik tizimlarga foydali ta'sir kursatadi, organizmni toksinlardan tozalashga, shuningdek jigar xujayralarini salbiy omillar (toksinlar, spirtli ichimliklar, antibiotiklar) ta'siridan ximoya kiladi. Erkin radikallar va organizmni antioksidant sistemasi immun reaktsiyalarining barcha boskichlarida katnashadi va immun tizimi reaktsiyalarini, sharoitga karab cheklash yoki ragbatlantirishga ishtirok etadi .
Glutation in'ektsiyalari bir kator kasalliklarni kompleks davolashda va profilaktika maksadlarda kullaniladi.
Glutation katta miqdorda jigarda, eritrotsitlarda va buyrak usti bezlarida bo'ladi. Glutationning kimyoviy qaytarilgan shakli ayrim fermentlarni faollashtiradi.
Glutation oqsillarning sul'fgidril va disul'fid guruhlariga ta'sir qiluvchi og'ir metallarning ionlari bilan bog'lanib, ularni zararsizlantiradi.
Glutation moddalar almashinuvida vodorod tashuvchi sifatida ishtirok etadi.
Glutation inson organizmidagi eng kuchli biologik antioksidant xisoblanadi, ammo chala tugilgan chakaloklarda faol glutation mikdori ancha kam buladi , va patologik jaraen rivojlanish davomida , glutatiton yetishmuvchiligi kuchayib boradi. Yangi tugilgan chakaloklarda faol glutation mikdorining yetishmasligi, upka xujayralarini oksidlovchi stressdan ximoyalovchi kompensatsion mexanizmdir.
Kam miqdorda kimyoviy qaytarilgan glutation saqlovchi eritrotsitlar nisbatan oson parchalanadi.
Glutation uglevodlar almashinuvi uchun zarur, lipid almashinuviga ta'sir ko'rsatadi, aterosklerozni rivojlanishiga to'sqinlik qiladi, qarishni sekinlashtiradi. Kandli diabet bilan ogrigan bemorlarda glutation peroksid birikmalarini tiklanishida va erkin radikallarni zararsizlantirishga karatilgan maxsus reaktsyalarni amalga oshirishi aniklandi. Glutation tanqisligi nerv tizimida aks etib, fikrlash jarayonlarini, koordinatsiyani buzilishlariga olib keladi va tremorni paydo bo'lishining sababchisi hisoblanadi.
Ta'kidlash kerakki, xomiladorlik paytidagi turli gestatsion asoratlar tufayli, platsentar glutation sistemalarida sezilarli uzgarishlar yuzaga keladi. Bu uz navbatida kompensator-adaptiv reaktsiyalar keltirib chikarib preeklamsiya va surunkali fetoplatsentar yetishmovchiligi kabi noxush xolatlar kelib chikishini oldini oladi.
Klinik tatkikodlarda kursatildiki, tuxumdon kartsinomasi, me'da kartsinomasi va kolorektal saratonni davolash uchun utkaziladigan kimyoviy terapiyadan oldin yuboriladigan glutation infuziyasi , surunkali buyrak yetishmovchiligini kelib chikishini oldini oladi , tsisplatin va oksilaplatin bilan davolash davomida nerv sistemasini zaxarlanishdan ximoya kilishi isbotlangan va bu zaruriyat tugilganda yukori kumulyativ dozalarga erishish imkonini beradi.
Suyultirilgandan keyin eritmani xona haroratida 2 soat yoki 0º -+5ºS haroratda 8 soat saqlash mumkin.
Yaroqlilik muddati
36 oy.
Chiqarish shakllari