×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

GRIPP AKTIV tabletkalari

Kategoriya:
- Og'riq qoldiruvchi
Faol modda:
Парацетамол, Фенилэфрин, Кофеин, хлорфенирамин
ATX kodi:
- N02BE51
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

24 000 s`om dan
PENTALGIN tabletkalari N24 ОАО «Фармстандарт-Лексредства» Rossiya
30 000 s`om dan
ANALGIN inyeksiya uchun eritma 2ml 50% N10 Узхимфарм, АО O'zbekiston
10 000 s`om dan
ANTIGRIPPIN DLYA DETEY tabletkalari N10 Валеант,ООО, Россия произведено: Натур Продукт Фарма Сп. З о.о. Polsha
50 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
GRIPP AKTIV tabletkalari qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

GRIPP AKTIV
GRIPP AKTIV

Preparatning savdo nomi: Gripp Aktiv

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): parasetamol, kofein, fenilefrin gidroxloridi, xlorfeniramin maleati.

Dori shakli: tabletkalar

Tarkibi:

har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: parasetamol – 500 mg, kofein – 30 mg, fenilefrin gidroxloridi – 10 mg, xlorfeniramin maleati – 2 mg;

yordamchi moddalar: natriy karboksimetilkraxmali, povidon, propilenglikol, makkajo‘xori kraxmali, metilparaben, propilparaben, sariq “quyosh shafaqi” bo‘yovchisi, talk, mikrokristallik sellyuloza, magniy stearati.

Ta‘rifi: och to‘q sariq rangdan to‘q sariq ranggacha, oq va to‘q sariq dog‘lari bo‘lgan, bir tomonida riskali dumaloq yassi tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: O‘RK belgilarini bartaraf qilish uchun vosita.

ATX kodi: N02VE51

Farmakologik xususiyatlari

Majmuaviy preparat bo‘lib, tarkibiga kiruvchi komponentlarni xususiyatlari bilan bog‘liq jamlanma ta‘sir ko‘rsatadi.

Parasetamol: analgetik-antipiretik bo‘lib, ko‘proq markaziy nerv tizimidagi prostaglandinlar sintezini tormozlashi va kamroq darajada og‘riq impulslari hosil bo‘lishini bloklashi orqali ta‘sir ko‘rsatadi. Periferik ta‘siri ham prostaglandinlar sintezini tormozlanishi, og‘riq reseptorlarini mexanik yoki kimyoviy rag‘batlantirishga sezuvchanligiga ma‘sul bo‘lgan moddalar sintezini va ta‘sirini kamayishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Kofein: bosh miya qon tomirlari tonusini oshiradi, yurak ishini rag‘batlantiradi, spazmolitik ta‘sir ko‘rsatadi, parasetamolning og‘riqni qoldiruvchi ta‘sirini kuchaytiradi. Preparat shuningdek orqa miya reflektor ko‘zg‘aluvchanligini oshiradi, nafas va tomirlarini harakatlantiruvchi markazlarini qo‘zg‘atadi. Uning ta‘sirida miya tomirlari, ayniqsa kengaygan tomirlar torayadi, ergotaminni so‘rilishi ham yaxshilanadi. Trombositlar agregasiyasini pasaytiradi, me‘daning sekretor faoliyatini oshiradi.

Fenilefrin gidroxloridi (sinonimi mezaton): simpatomimetik amin, tomirlarning a-adrenoreseptorlarini rag‘batlantiruvchisi bo‘lib, yurakning b-adrenoreseptorlariga kam ta‘sir ko‘rsatadi. Arteriolalarning torayishini chaqiradi va arterial bosimni oshiradi. qorachiqlarni kengayishiga yordam beradi va glaukomada ko‘z ichki bosimni pasaytirishi mumkin. Midriatik ta‘siri atropin qo‘llangandagiga nisbatan kamroq davom etadi. Nafas yo‘llarining shilliq qavatidagi a-adrenergik reseptorlariga ta‘sir qilib, uning tomirlarining torayishini chaqiradi. Bu burun yo‘llarining shilliq qavatini yallig‘lanish natijasida paydo bo‘lgan shishini vaqtinchalik kamaytiradi.

Xlorfeniramin maleati: N1-reseptor gistaminning antagonisti bo‘lib, allergiyani davolashda qo‘llanadi. Effektor hujayralarining N1-reseptorlari uchun gistamin bilan raqobatlashib, ular orqali amalga oshiriladigan gistaminning ta‘sirini (to‘qima shishini va kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini oshishini) oldini oladi, ammo ular rivojlangan bo‘lsa, uning samarasini yo‘qotmaydi. Preparatning tarkibida u qo‘shimcha burunning bitishini, tumovni va aksa urishni kamayishini ta‘minlaydi.

Preparat umuman olganda antigistamin, og‘riq qoldiruvchi, isitma tushiruvchi va shishga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi.

 

Farmakokinetikasi

Parasetamol uchun: so‘rilishi – ichga qabul qilingach, ichakning yuqori qismida to‘liq va tez so‘riladi, yuqori karbonsuvli ovqat qabul qilinganida esa – sekin. Odatdagi og‘riqni qoldiruvchi dozada oqsillar bilan kam bog‘lanadi. Taxminan 90-95% jigarda metabollanadi. Qondagi cho‘qqi konsetrasiyasiga 30-90 minutdan so‘ng erishiladi. Yarimchiqarilish davri 1-4 soat, buyrak yetishmovchiligida o‘zgarmaydi, ammo jigar kasalliklarida va doza oshirib yuborilganida, chaqaloqlarda va qariyalarda uzayishi mumkin. Organizmdan buyraklar orqali chiqariladi.

Fenilefrin gidroxloridi uchun: so‘rilishi – ichga qabul qilinganida jigardan birinchi o‘tishi hisobiga va monoaminooksidaza bilan me‘dada parchalanishi natijasida biologik faolligi pasayadi. Biotransformasiyasi me‘da-ichak yo‘llarida va jigarda kechadi. Organizmdan buyraklar orqali chiqariladi.

Xlorfeniramin maleati uchun: so‘rilishi – ichga qabul qilinganida me‘da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi. Oqsillar bilan bog‘lanishi yuqori (72%). Biotransformasiyasi jigarda, hamda buyrakda kechadi. Yarimchiqarilish davri 14-25 soat. Organizmdan buyraklar orqali metabolitlar ko‘rinishida chiqariladi.

Qo‘llanilishi

  • tumov, burunning bitishi (shilliq qavatining shishishi), bosh og‘rig‘i va haroratni ko‘tarilishi bilan kechadigan shamollash kasalliklarida;
  • yuqori nafas yo‘llarining allergik kasalliklarida;
  • burun oldi bo‘shliqlarining yallig‘lanishida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga. Kattalarga 1-2 tabletkadan kuniga 3-4 marta, 3 kun davomida buyuriladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparat jiddiy nojo‘ya ta‘sirlar chaqirmaydi. Kamdan-kam hollarda: ko‘ngil aynishi, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, uyquchanlik, shilliq qavatlarni zichlashuvi, (ko‘pincha doza oshib ketganida), ko‘rishni xiralashuvi, hayajonlanish, siyishning qiyinlashuvi va og‘rishi, bosh aylanishi, og‘iz, burun yoki tomoqni qurishi, bosh og‘rig‘i, ishtahani pasayishi, yurak urishi, quloqlarni shang‘illashi, me‘dada noxushlik va og‘riq, hamda terining allergik reaksiyalari bo‘lishi mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Bronxial astma, siyishni qiyinlashuvi, qovuq bo‘ynining obstruksiyasi, prostata bezining gipertrofiyasi, yurak-tomir kasalliklari (koronar arteriyalarning yaqqol aterosklerozi, gipertoniyaning og‘ir shakli, yurak ishemik kasalligi), qandli diabet, glaukoma, jigar (shu jumladan virusli gepatit), buyrak faoliyatini buzilishilari, qalqonsimon bezining giperfunksiyasi (gipertireoz), psixozlar, alkogolizm, homiladorlik, laktasiya, bolalarda va preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning bilan o‘zaro ta‘siri

Markaziy nerv tizimining ingibitorlari, antikoagulyantlar, antigistamin preparatlar, ingalyasion narkoz vositalari, digitalis glikozidlari, trisiklik antidepressantlar, antigipertenziv preparatlar, b-adrenobloklatorlar, markaziy nerv tizimining rag‘batlantiruvchilari, doksapram, MAO ingibitorlari, rauvolfiya alkaloidlari, jigar uchun zaxarli bo‘lgan dori vositalari, nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar preparatning gepatotoksik ta‘sirini kuchaytiradi. Preparat uyqu chaqiruvchi va narkotik vositalarning ta‘sirini susaytiradi.

Antigistamin vositalari bilan birga qo‘llanganida preparat qo‘shimcha burunning bitishini ochilishini, tumovni, aksa urishni kamayishini ta‘minlaydi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Siyishni qiyinlashishi, bronxial astma, ko‘z bosimni ko‘tarilishi, qalqonsimon bezining giperfunksiyasi bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik reaksiyalari  paydo bo‘lganida qabul qilishni to‘xtatish kerak. Davolanish vaqtida, preparat uyqu va karaxtlik chaqirishi mumkinligi sababli, avtomobil yoki boshqa yuqori diqqatni talab etadigan faoliyat bilan shug‘ullanish mumkin emas. Homiladorlikda qo‘llashning xavfsizligi aniqlanmagan. Preparat qisman sut bilan chiqadi. Shuning uchun emizuvchi onalarga ishlatish tavsiya qilinmaydi. Agarda, preparatni qabul qilishga qaramasdan, 3 kun davomida kasallikning belgilari o‘tmasa, shifokorga murojaat qilish kerak. Preparat uzoq muddat qo‘llanganda nefrotoksik va gepatotoksik ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin. Yaroqlilik muddati tugagandan keyin qo‘llanmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, burun shilliq qavatini zichlashuvi, hayajonlanish, mushaklarni tortilishi (xatto tirishishgacha), markaziy nerv tizimining faoliyatini susayishi, uyquchanlik, koma. Chuqur tinchlanish yoki koma ko‘p terlash, gipotoniya va shok bilan kechishi mumkin. Jigar nekrozi natijasida o‘lim yuz berishi mumkin.

Davolash: agarda qusish o‘z-o‘zidan bo‘lgan bo‘lsa ham, qusishni chaqirish, shundan keyin preparatning so‘rilishini kamaytirish uchun faollashtirilgan ko‘mir va surgi vositalari suv bilan birga beriladi. Agarda va qusishni chaqirib bo‘lmasa, dori qabulidan keyin 3 soat davomida yoki ko‘p miqdorda sut yoki krem iste‘mol qilingan bo‘lsa kechroq bo‘lsa ham, me‘dani yuvish ko‘rsatilgan. Ichga N-asetilsistein (asetaminafen bilan zaharlangandagi maxsus zaharga qarshi vosita) va fentolamin (fenilefrin gidroxloridining antagonisti) buyuriladi.

Chiqarilish shakli

4, 10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda.

1, 2, 5, 10 kontur uyali o‘ramdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalarda berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

GRIPP AKTIV tabletkalari dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
GRIPP AKTIV tabletkalari dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
GRIPP AKTIV tabletkalari dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
SERIKOLD tabletkalari N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Парацетамол, Фенилэфрин, Кофеин, хлорфенирамин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Shayana Healthcare Pvt. Ltd, Индия произведено: Lincoln Pharmaceuticals Ltd
SERIKOLD tabletkalari N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Парацетамол, Фенилэфрин, Кофеин, хлорфенирамин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Shayana Healthcare Pvt. Ltd, Индия произведено: Lincoln Pharmaceuticals Ltd
Nolgripp Hot eritma limon tamli 2g N25 (Sotish taqiqlangan)
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Парацетамол, Фенилэфрин, Кофеин, хлорфенирамин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Marion Biotech Pvt. Ltd.
GRIPGO tabletkalari N100
Narh: 90 000 so'mdan Batafsil
Nolgripp Plyus tabletkalari N400 (Sotish taqiqlangan)
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Парацетамол, Фенилэфрин, Кофеин, хлорфенирамин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Marion Biotech Pvt. Ltd.
Nolgripp Plyus tabletkalari N100 (Sotish taqiqlangan)
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Парацетамол, Фенилэфрин, Кофеин, хлорфенирамин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Marion Biotech Pvt. Ltd.
Narh: 106 400 so'mdan Batafsil
NOLGRIPP tabletkalari N4 (Sotish taqiqlangan)
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Парацетамол, Фенилэфрин, Кофеин, хлорфенирамин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Marion Biotech Pvt. Ltd.
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
SERIKOLD tabletkalari N200
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Парацетамол, Фенилэфрин, Кофеин, хлорфенирамин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Shayana Healthcare Pvt. Ltd, Индия произведено: Lincoln Pharmaceuticals Ltd
Nolgripp Hot eritma limon tamli 2g N5 (Sotish taqiqlangan)
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Парацетамол, Фенилэфрин, Кофеин, хлорфенирамин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Marion Biotech Pvt. Ltd.
IN GRIPP tabletkalari N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Парацетамол, Фенилэфрин, Кофеин, хлорфенирамин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Inter Pharma
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9