×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

IDRINOL 0,25 kapsulalar N40

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Latviya / Rossiya
Faol modda:
Мельдоний
Qadoqda soni:
- 40
Ishlab chiqaruvchi:
- Олайнфарм АО/ФармФирма "Сотекс" ЗАО
ATX kodi:
- C01ЕВ
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
53 800 s`om dan
BISOPROLOL tabletkalari 10mg N30 Radiks, НПП Belarusiya
6 000 s`om dan
VALODIP tabletkalari 5mg/80mg N28 KRKA-Рус, ООО Rossiya
88 000 s`om dan
EMKOR tabletkalari 10mg N30 GM Pharmaceuticals Ltd. Gruziya
55 200 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
IDRINOL 0,25 kapsulalar N40 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

IDRINOL

IDRINOL

 

Preparatning savdo nomi: IDRINOL

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): meldoniy

Dori shakli: vena ichiga, mushak ichiga va parabulbar yuborish uchun eritma

Tarkibi:

Bir ampula quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: adsorbsiyalangan namsiz meldoniy digidrati500 mg (suvsiz meldoniyga qayta hisoblaganda – 401,5 mg);

yordachsi modda: in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: tiniq rangsiz suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: metabolik vositalar.

ATX kodi: S01YeV

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Meldoniy – odam organizmining har bir hujayrasida mavjud bo‘lgan gamma- buterobetainning struktur analogi. Meldoniy gamma-buterobetaingidroksigenazani susaytiradi, karnitinning sintezini va hujayralarning qobig‘i orqali uzun zanjirli yog‘ kislotalarini tashilishini pasaytiradi, hujayralarda oksidlanmagan yog‘ kislotalarining faollashgan shakllarini – asilkarnitin hosilalari va asilkoenzim A ning to‘planishiga to‘sqinlik qiladi. Ishemiya sharoitlarida hujayralarga kislorodni yetkazilishi jarayonlarining muvozanatini va uning iste‘mol qilinishini tiklaydi, adenozintrifosfat kislotasi (ATF) ni tashilishini izdan chiqishini oldini oladi. Shu bilan bir vaqtda glikolizni faollashtiradi, u kislorodni qo‘shimcha sarf etilishisiz ro‘y beradi. Karnitinning konsentrasiyasini pasayishi natijasida, qon tomirlarni kengaytiruvchi xususiyatlarga ega bo‘lgan gamma-buterobetain jadal sintezlanadi.

Ta‘sir mexanizmi uning farmakologik samaralarining ko‘p tomonlama ekanligini belgilaydi: ish qobiliyatini oshishi, aqliy va jismoniy zo‘riqish simptomlarini kamayishi, to‘qima va gumoral immunitetni faollashishi, kardioprotektor ta‘siri. Miokardni o‘tkir ishemik shikastlanishida nekroz zonasini hosil bo‘lishini sekinlashtiradi, reabilitasion davrni qisqartiradi. Yurak yetishmovchiligida miokardning qisqaruvchanligini yaxshilaydi, jismoniy yuklamaga tolerantlikni oshiradi, stenokardiya xurujlari sonini pasaytiradi. Bosh miyada qon aylanishini o‘tkir va surunkali ishemik buzilishlarida, ishemiya o‘chog‘ida qon aylanishini yaxshilaydi. Ko‘z tubining qon tomirlari patologiyasida samarador. Surunkali alkogolizmi bo‘lgan bemorlarda abstinensiya davrida nerv tizimining funksional buzilishlarini bartaraf qiladi.

Farmakokinetikasi

Qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasiga yuborilganidan keyin o‘sha zahoti erishiladi. Organizmda ikkita asosiy metabolitlarini hosil bo‘lishi bilan metabolizmga uchraydi, ular buyrak orqali chiqariladi. Yarim chiqarilish davri 3-6 soatni tashkil qiladi.

Qo‘llanishi

  • yurak ishemik kasalligini (stenokardiya, miokard infarkti) kompleks davolash tarkibida, surunkali yurak yetishmovchiligi, disgormonal kardiomiopatiya;
  • bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishini (ishemik insult) majmuaviy davolash tarkibida;
  • ish qobiliyatini pasayishi, jismoniy zo‘riqish (shu jumladan sportchilardagi);
  • surunkali alkogolizmdagi abstinensiya sindromi (maxsus davolash bilan majmuada);
  • gemoftalm va ko‘zning to‘r pardasiga turli etiologiyali qon quyilishi, to‘r pardaning markaziy venasi va uning shoxlarini trombozi, turli etiologiyali retinopatiyalar (diabetik, gipertonik) da qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat qo‘zg‘atuvchi samarasi rivojlanishi mumkinligi tufayli, preparatni kunning birinchi yarmida qo‘llash tavsiya qilinadi.

IDRINOL vena ichiga (v/i), mushak ichiga (m/i) va parabulbar qo‘llaniladi. Yuborish yo‘li, dozasi va davolash kursining davomiyligi ko‘rsatmalar, og‘ir holatlar va xokazolarga qarab, individual ravishda belgilanadi.

Yurak-qon tomir kasalliklari

Kompleks davolash tarkibida

– yurak ishemik kasalligida (miokard infarktida) kuniga 500-1000 mg dan v/i oqim bilan bir vaqtning o‘zida yoki uni ikki marta yuborishga bo‘lib yuboriladi;

– yurakning ishemik kasalligi (barqaror stenokardiya); surunkali yurak yetishmovchiligi va disgormonal kardiomiopatiyalarda sutkada 500-1000 mg dan v/i oqim bilan birvarakayiga yoki uni ikki yuborishga bo‘lib yuboriladi, yoki sutkada 1-2 marta 500 mg dan m/i, davolash kursi, keyinchalik meldoniyni ichga qabul qilishga o‘tishi bilan       10-14 kunni tashkil etadi. Maksimal davolash kursi 4-6 xaftani tashkil etadi.

Bosh miyada qon aylanishini buzilishlari

Bosh miyada qon aylanishi buzilishini o‘tkir bosqichda 10 kun davomida sutkada 500 mg dan 1 marta v/i ga majmuaviy davolash tarkibida, keyinchalik meldoniyni ichga qabul qilishga o‘tishi bilan 500-1000 mg dan qabul qilinadi. Maksimal davolash kursi             4-6 xaftani tashkil qiladi.

Bosh miyada qon aylanishini surunkali yetishmovchiligida (dissirkulyator ensefalopatiya) 10 kun davomida sutkada 1 marta 500 mg dan m/i yoki v/i, keyin 500 mg dan meldoninyni ichga qabul qilishga o‘tish bilan qo‘llanadi. Maksimal davolash kursi 4-6 xaftani tashkil qiladi.

Oftalmopatologiya (gemoftalm va ko‘zning to‘r pardasiga turli etiologiyali qon quyilishlari, to‘r pardaning markaziy venasi va uning shoxlarining trombozi, turli etiologiyali retinopatiyalar (diabetik, gipertonik))

Preparat 10 kun davomida 50 mg dan (0,5 ml vena ichiga va parabulbar yuborish uchun eritma 100 mg/ml) parabulbar, shu jumladan kompleks davolash tarkibida ham yuboriladi.

Aqliy va jismoniy yuklamalar

Sutkada 1 marta 500 mg dan m/i va v/i yuboriladi. Davolash kursi – 10-14 kunni tashkil etadi. Zarurati bo‘lganida davolash 2-3 xaftadan keyin takrorlanadi.

Surunkali alkogolizm

Sutkada 2 marta 500 mg dan m/i va v/i. Davolash kursi – 7-10 kunni tashkil qiladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: kam hollarda – taxikardiya, arterial bosimni pasayishi yoki oshishi.

Markaziy nerv tizimi tomonidan: kam hollarda – psixomotor qo‘zg‘alish.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: kam hollarda – dispeptik buzilishlar.

Allergik reaksiyalar: kam hollarda – terini qichishi, toshma, teri qoplamalarining giperemiyasi, angionevrotik shish; juda kam hollarda – eozinofiliya.

Boshqalar: juda kam hollarda – umumiy holsizlik.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
  • bosh miya ichki qon bosimini oshishi (venoz oqib chiqishni buzilishi va bosh miya ichki o‘smalardagi);
  • 18 yoshgacha bo‘lgan pasientlar (qo‘llash samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan) da qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan: jigar va/yoki buyrak kasalliklarida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak..

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Antianginal vositalar, antikoagulyantlar, antiagregantlar, antiaritmik vositalar, diuretiklar, bronxolitiklar bilan birga qo‘llash mumkin.

Yurak glikozidlarining ta‘sirini kuchaytiradi.

O‘rtacha taxikardiya va arterial gipotenziyani rivojlanishi mumkinligi tufayli, nitrogliserin, nifedipin, alfa-adrenoblokatorlar, gipotenziv vositalar va periferik vazodilatatorlar bilan birga qo‘llanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Maxsus ko‘rsatmalar

IDRINOL o‘tkir koronar sindromida birinchi qator preparati bo‘lib hisoblanmaydi.

Xomiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Homiladorlikda preparatni qo‘llashning xavfsizligi isbotlanmagan. Homilaga mumkin bo‘lgan noxush ta‘sirdan saqlanish uchun homiladorlikda preparatni buyurish mumkin emas.

Preparatni ko‘krak suti bilan chiqarilishi noma‘lum. IDRINOL preparatini laktasiya davrida qo‘llashning zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish kerak.

Avtotransport va mexanizmlarni boshqarish qobilyatiga ta‘siri

IDRINOL preparatining psixomotor reaksiyalar tezligiga noxush ta‘siri bo‘yicha ma‘lumotlar yo‘q.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: bosh og‘rig‘i, taxikardiya, bosh aylanishi va umumiy xolsizlik bilan birga kechuvchi arterial bosimni pasayishi.

Davolash: simptomatik.

Chiqarilish shakli

Vena ichiga, mushak ichiga va parabulbar yuborish uchun eritma 100 mg/ml.

5 ml dan rangli sindirisht xalqasi yoki rangli nuqtasi va o‘yiqcha va/yoki qo‘shimcha rangli ajratuvchi xalqasi yoki boshqa kodi bo‘lgan rangsiz shisha ampulalarda.

5ampuladan polivitnilxlorid plyonkali va alyumin folgali yoki polimer plyonkali, yoki folgasiz va plyonkasiz kontur uyali o‘ramda

1 yoki 2 kontur uyali o‘ramda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida

Saqlash sharoiti

25˚S dan yuqori bo‘lmagan xaroratda. Muzlatilmasin.

.

Yaroqlilik muddati

5 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

IDRINOL 0,25 kapsulalar N40 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
IDRINOL 0,25 kapsulalar N40 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
IDRINOL 0,25 kapsulalar N40 dori vositasi Олайнфарм АО/ФармФирма "Сотекс" ЗАО tomonidan Latviya / Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
IDRINOL 0,25 kapsulalar N40 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
IDRINOL 0,25 kapsulalar N40 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
MILDRONAT inyeksiya uchun eritma 0,5g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Latviya
  • Faol modda: Мельдоний ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гриндекс, АО
  • Vakil: Grindeks
Narh: 20 000 so'mdan Batafsil
MILDRONAT kapsulalar 500mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Latviya
  • Faol modda: Мельдоний ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гриндекс, АО
  • Vakil: Grindeks
Narh: 228 000 so'mdan Batafsil
OKSIUM inyeksiya uchun eritma 5ml 10% N10
BENODON inyeksiya uchun eritma 5ml 500mg/5ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Мельдоний ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi:
RIPRONAT inyeksiya uchun eritma 5ml 100mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Мельдоний ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: Mefar Ilac Sanayii A.S.
Narh: 84 000 so'mdan Batafsil
KVIKARD inyeksiya uchun eritma 500mg/5ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Мельдоний ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ЧНПП
KVIKARD inyeksiya uchun eritma 500mg/5ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Мельдоний ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ЧНПП
MELDONIY kapsulalar 250mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Мельдоний ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Минскинтеркапс, УП
MELDONIY kapsulalar 500mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Мельдоний ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Минскинтеркапс, УП
VAZOMAG kapsulalar 250mg N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: Latviya
  • Faol modda: Мельдоний ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Олайнфарм, АО
VAZOMAG kapsulalar 500mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Latviya
  • Faol modda: Мельдоний ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Олайнфарм, АО
MELDRONAL inyeksiya uchun eritma 5ml 500mg/5ml N10
Narh: 25 000 so'mdan Batafsil
VAZOMAG inyeksiya uchun eritma 5ml 100mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Latviya
  • Faol modda: Мельдоний ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Олайнфарм, АО
KARDIONAT eritma 5ml 100mg/ml N5
KARDIONAT kapsulalar 250mg N40
VAZOPRO inyeksiya uchun eritma 5ml 100mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Мельдоний ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 75 000 so'mdan Batafsil
MILDRONAT kapsulalar 250mg N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: Latviya
  • Faol modda: Мельдоний ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гриндекс, АО
  • Vakil: Grindeks
Narh: 77 000 so'mdan Batafsil
IDRINOL 0,1/ML eritma 5ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Мельдоний ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ФармФирма "Сотекс",ЗАО
IDRINOL 0,1/ML eritma 5ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Мельдоний ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ФармФирма "Сотекс",ЗАО
KVIKARD kapsulalar 500mg N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Мельдоний ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, НПП
KVIKARD kapsulalar 250mg N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Мельдоний ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, НПП
Другие формы препарата
IDRINOL 0,1/ML eritma 5ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Мельдоний ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ФармФирма "Сотекс",ЗАО
IDRINOL 0,1/ML eritma 5ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Мельдоний ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ФармФирма "Сотекс",ЗАО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9