×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

MELDRONAL inyeksiya uchun eritma 5ml 500mg/5ml N10

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Faol modda:
Мельдоний
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
ATX kodi:
- C01EB
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 1 ta dorixonasida topildi

ico 25 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
53 800 s`om dan
LORISTA tabletkalari 25mg N28 KRKA d.d. Sloveniya
27 400 s`om dan
TORVATOR tabletkalari 10mg N20 GM Pharmaceuticals Ltd, OOO Gruziya
30 000 s`om dan
TORVENTA tabletkalari 5mg N30 Rotapharm Ilaclar Limited Sirketi Turkiya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
MELDRONAL inyeksiya uchun eritma 5ml 500mg/5ml N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

MELDRONAL

MELDRONALUM

Preparatning savdo nomi: Meldronal

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): meldoniy

Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma.

Tarkibi:

faol modda: meldoniy – 100 g.

yordamchi moddalar: in‘eksiya uchun suv – 1 l gacha.

Ta‘rifi: rangsiz, tiniq eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: Metabolik jarayonlarni muvofiqlashtirish uchun vosita.

ATX kodi: S01YeV

 

Farmakologik xususiyatlari

Meldoniy – gamma-butirobetain moddasining struktur analogi bo‘lib, inson organizmining har bir hujayrasida bo‘ladi.

Yuqori yuklama sharoitida meldoniy hujayralarni kislorodga ehtiyoji va yetkazilishi orasidagi muvozanatni tiklaydi, hujayralarni shikastlanishdan himoya qilib, ularda moddalar almashinuvining toksik mahsulotlarini to‘planishini oldini oladi; shuningdek tonusni oshiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Uni qo‘llash natijasida organizm yuklamaga chidash va energiya zahiralarini tez tiklash qobiliyatiga ega bo‘ladi. Shu xususiyatlari tufayli meldoniy yurak-qon tomir tizimi faoliyatining, bosh miyada qon aylanishining turli buzilishlarini davolash uchun, shuningdek jismoniy va aqliy ish qobiliyatini oshirish uchun ishlatiladi. Miokardni o‘tkir ishemik shikastlanishida meldoniy nekrotik sohani hosil bo‘lishini sekinlashtiradi, tiklanish davrini qisqartiradi. Yurak yetishmovchiligida miokardning qisqaruvchanligini, jismoniy yuklamaga chidamliligini oshiradi, stenokardiya xurujlari tez-tezligini kamaytiradi. Bosh miyada qon aylanishining o‘tkir va surunkali ishemik buzilishlarida ishemiya o‘chog‘ida qon aylanishini yaxshilaydi, qonni ishemiyalangan sohalar foydasiga qayta taqsimlanishiga yordam beradi. Ko‘z tubining vaskulyar va distrofik patologiyasida samaralidir. Preparat surunkali alkogolizmga bo‘lgan bemorlarda abstinensiya sindromida nerv tizimining funksional buzilishlarini yo‘qotadi.

Qo‘llanilishi
Yurak ishemik kasalligini (stenokardiya, miokard infarkti), surunkali yurak yetishmovchiligi va disgormonal kardiomiopatiyani majmuaviy davolash tarkibida, shuningdek bosh miyani qon bilan ta‘minlanishini o‘tkir va surunkali buzilishlarini (insult va serebrovaskulyar yetishmovchilik) majmuaviy davolashda qo‘llanadi.

Gemoftalm va to‘r pardaga turli etiologiyali qon quyilishlari, to‘r pardaning markaziy venasi va uni shoxlarini trombozi, turli etiologiyali retinopatiyalarda (diabetik, gipertonik) qo‘llanadi.

Ish qobiliyatini pasayishi; jismoniy zo‘riqish;.

Surunkali alkogolizmdagi abstinensiya sindromida (alkogolizmni spesifik davolash bilan majmuada) qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Qo‘zg‘atuvchi samarani rivojlanishi mumkinligi tufayli kunning birinchi yarmida qo‘llash tavsiya qilinadi.

Yurak-qon tomir kasalliklari. Majmuaviy davolash tarkibida kuniga 0,5-1,0 g dan vena ichiga (in‘eksiya uchun eritma 5-10 ml 500 mg/5 ml) buyuriladi, hamma doza bir yo‘la yoki ikkiga bo‘lib qabul qilinadi. Davolash kursi – 4-6 haftani tashkil qiladi.

Bosh miyada qon aylanishini buzilishi. O‘tkir bosqichi – 0,5 g dan kuniga 1 marta vena ichiga 10 kun davomida, so‘ngra peroral dori shaklini qabul qilishga o‘tiladi. Umumiy davolash kursi – 4-6 haftani tashkil qiladi. Surunkali buzilishlar – peroral dori shakli qo‘llanadi. Takroriy kurslar (odatda yiliga 2-3 marta) shifokor maslahatidan keyin o‘tkazilishi mumkin.

To‘r pardaning qon tomir patologiyasi va distrofik kasalliklari:

Parabulbar 0,5 ml in‘eksiya uchun 500 mg/5 ml eritmasi 10 kun davomida qo‘llanadi.

Aqliy va jismoniy zo‘riqishlar:

Kattalarga 0,5 g vena ichiga (5-10 ml in‘eksiya uchun eritma 500 mg/5 ml) kuniga 1 marta. Davolash kursi – 10-14 kun. Zarurati bo‘lganida davolash 2-3 hafta o‘tgach takrorlanadi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: kam hollarda – taxikardiya, arterial bosimni o‘zgarishi;

MNT tomonidan: kam hollarda psixomotor qo‘zg‘alishlar.

Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan: kam hollarda – dispeptik holatlar.

Allergik reaksiyalar: kam hollarda – terini qichishi, qizarish, toshma, shishlar kuzatilishi mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

– bosh miya ichki bosimini oshishi (shu jumladan venoz oqimini buzilishi, bosh miya ichki o‘smalari);

– MNT ning organik shikastlanishlari;

– homiladorlik, laktasiya davri;

– preparatga yuqori sezuvchanlik;

– 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Koronar qon tomirlarini kengaytiruvchi, ayrim gipotenziv preparatlar, yurak glikozidlarining ta‘sirini kuchaytiradi. Antianginal vositalar, antikoagulyantlar, antiagregantlar, antiaritmik vositalar, diuretiklar, bronxolitiklar bilan birga qo‘llash mumkin. O‘rtacha taxikardiya va arterial gipotenziyani rivojlanishi mumkinligi tufayli, nitrogliserin, nifedipin, alfa-adrenoblokatorlar, gipotenziv vositalar va periferik vazodilatatorlar bilan majmuaviy qo‘llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Maxsus ko‘rsatmalar

Surunkali jigar va buyrak kasalliklari bo‘lgan pasientlarga preparatni uzoq muddat qo‘llanganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Meldoniyni bolalarda qo‘llash bo‘yicha yetarli ma‘lumotlar yo‘q.

Kardiologiya bo‘limlarida o‘tkir miokard infarkti va nostabil stenokardiyani ko‘p yillik davolash tajribasi, o‘tkir koronar sindromida meldoniy birinchi qator preparatlari emasligini ko‘rsatadi.

Homiladorlik vaqtida va emizish davrida qo‘llanilishi.

Homiladorlik vaqtida preparatni qo‘llashning xavfsizligi isbotlanmagan.

Homilaga mumkin bo‘lgan nohush ta‘sirlardan saqlanish uchun, uni homiladorlik davrida buyurilmaydi.

Ona suti bilan preparat chiqarilishi aniqlanmagan. Agar meldoniy bilan davolash ona uchun zarur bo‘lsa, unda bolani emizish to‘xtatiladi.

Avtotransport vositalarini boshqarish va boshqa harakatlanuvchi mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta‘siri

Psixomotor reaksiyalar tezligiga meldoniyning nohush ta‘siri haqida ma‘lumotlar yo‘q.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: arterial bosimni pasayishi, bosh og‘rig‘i, taxikardiya, bosh aylanishi, umumiy holsizlik.

Davolash: simptomatik.

Chiqarilish shakli

In‘eksiya uchun eritma 10%. 10 dona ampuladan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi va ampulani ochish pichog‘i bilan birga karton qutiga joylangan.

 

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15-250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

4 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

MELDRONAL inyeksiya uchun eritma 5ml 500mg/5ml N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
MELDRONAL inyeksiya uchun eritma 5ml 500mg/5ml N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
MELDRONAL inyeksiya uchun eritma 5ml 500mg/5ml N10 dori vositasi Dentafill Plyus YaTT tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
MELDRONAL inyeksiya uchun eritma 5ml 500mg/5ml N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
MELDRONAL inyeksiya uchun eritma 5ml 500mg/5ml N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
MILDRONAT inyeksiya uchun eritma 0,5g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Latviya
  • Faol modda: Мельдоний ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гриндекс, АО
  • Vakil: Grindeks
Narh: 20 000 so'mdan Batafsil
MILDRONAT kapsulalar 500mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Latviya
  • Faol modda: Мельдоний ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гриндекс, АО
  • Vakil: Grindeks
Narh: 228 000 so'mdan Batafsil
OKSIUM inyeksiya uchun eritma 5ml 10% N10
BENODON inyeksiya uchun eritma 5ml 500mg/5ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Мельдоний ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi:
RIPRONAT inyeksiya uchun eritma 5ml 100mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Мельдоний ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: Mefar Ilac Sanayii A.S.
Narh: 84 000 so'mdan Batafsil
KVIKARD inyeksiya uchun eritma 500mg/5ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Мельдоний ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ЧНПП
KVIKARD inyeksiya uchun eritma 500mg/5ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Мельдоний ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ЧНПП
MELDONIY kapsulalar 250mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Мельдоний ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Минскинтеркапс, УП
MELDONIY kapsulalar 500mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Мельдоний ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Минскинтеркапс, УП
VAZOMAG kapsulalar 250mg N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: Latviya
  • Faol modda: Мельдоний ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Олайнфарм, АО
VAZOMAG kapsulalar 500mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Latviya
  • Faol modda: Мельдоний ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Олайнфарм, АО
VAZOMAG inyeksiya uchun eritma 5ml 100mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Latviya
  • Faol modda: Мельдоний ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Олайнфарм, АО
KARDIONAT eritma 5ml 100mg/ml N5
KARDIONAT kapsulalar 250mg N40
VAZOPRO inyeksiya uchun eritma 5ml 100mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Мельдоний ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 75 000 so'mdan Batafsil
MILDRONAT kapsulalar 250mg N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: Latviya
  • Faol modda: Мельдоний ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гриндекс, АО
  • Vakil: Grindeks
Narh: 77 000 so'mdan Batafsil
IDRINOL 0,1/ML eritma 5ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Мельдоний ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ФармФирма "Сотекс",ЗАО
IDRINOL 0,1/ML eritma 5ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Мельдоний ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ФармФирма "Сотекс",ЗАО
KVIKARD kapsulalar 500mg N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Мельдоний ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, НПП
KVIKARD kapsulalar 250mg N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Мельдоний ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, НПП
Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 2 274 so'mdan Batafsil
Narh: 3 850 so'mdan Batafsil
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
Narh: 12 000 so'mdan Batafsil
Narh: 8 000 so'mdan Batafsil
Narh: 2 800 so'mdan Batafsil
Narh: 2 200 so'mdan Batafsil
Narh: 6 600 so'mdan Batafsil
Narh: 12 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9