×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

IMMODIN poroshok N1

Kategoriya:
- Hazm qilish va moddalar almashinuvi tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Chexiya
Faol modda:
лиофилизированный диализат лейкоцитов
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
- Imuna Pharm, a.s., Cловацкая Республика произведено: Sevapharma a.s.
ATX kodi:
- A07DA03
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

SMEKTA poroshok 3g N10 Ipsen Pharma, Франция произведено: Beaufour Ipsen Industrie Frantsiya
35 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
IMMODIN poroshok N1 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

IMMODIN®

IMMODIN

 

Preparatning savdo nomi: Immodin®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): leucocyti dialysatum lyophilisatum

Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma tayyorlash uchun kukun erituvchi bilan komplektda

Tarkibi:

1 ampula quyidagilarni saqlaydi:

faol modda:

Liofilizasiya qilingan dializat

(Leucocyti dialysatum lyophilisatum)           200 x 106 leykositlar

1 ampula erituvchi quyidagilarni saqlaydi:

In‘eksiya uchun suv                                     4 ml

Dori vositasi rekonstitusiya qilingandan (eritilganidan) keyin rN=7,8-9,0

Ta‘rifi: oqdan och sariq rangligacha bo‘lgan, eritilgandan so‘ng ko‘rinarli yot zarrachalarsiz kukunsimon-g‘ovak konsistensiyali kukun.

Farmakoterapevtik guruhi: immunopreparat.

ATX kodi: L03AX.

 

Farmakologik xususiyatlari

Immodin – bu periferik qon leykositlari gomogenatining dializatidan ajratib olingan quyi molekulyar moddadir.

Dori vositasi pasientning spesifik hujayraviy immunitetini normallashtirish xususiyatiga ega bo‘lgan biologik faol moddalarni saqlaydi. Preparat liofilizasiya qilingan holatda chiqariladi va hech qanday konservantlar saqlamaydi, biroz sarg‘ish-oq, g‘ovaksimon konsistensiyali va eritilgandan keyin ko‘zga ko‘rinarli yot zarrachalarsiz kukundir.

Qo‘llanilishi

Immodin bolalarda 6 oylikdan boshlab, o‘smirlarda va kattalarda hujayraviy immunitetni buzilishi isbotlangan kasallik holatlarida qo‘llanadi.

Terapevtik jihatdan preparat quyidagilarda tavsiya qilinadi:

  • xujayraviy immunitetning isbotlangan nuqsonida: odatdagi immunoterapiya (masalan, giposensibilizasiya yordamidagi davolash) samarasiz bo‘lgan allergiya oqibatidagi og‘ir holatlarda,
  • qaytalanuvchi surunkali infeksiyalarda (organizm bo‘lishi mumkin bo‘lgan infeksion omilni istisno qila olmaydigan holatlarda);
  • og‘ir septik holatlarda;
  • atopik ekzemada;
  • autoimmun kasalliklarda (masalan psoriazda, psoriatik artritda);
  • immunotanqislik fonida surunkali toliqish sindromida qo‘llaniladi.

Profilaktika maqsadida:

  • boshqa turdagi davolash (sitostatikni qo‘llash, X-nurlanish) xujayraviy immunitetni pasayishini chaqirgan shaxslarda,
  • hujayraviy immunitetni buzilishi isbotlangan shaxslarda operasiyadan oldingi tayyorgarlikda,
  • og‘ir jarohatlarda qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ta‘sir etuvchi moddaning (kukun) 1 ampulasi (1 dozasi) dastlabki donor qonining 200 million leykositlarida saqlanuvchi ta‘sir etuvchi moddaning miqdori hisoblanadi. Immodinni dozalash – shaxsiy ravishda bo‘lib, pasientning immunitetini holati va uning klinik holatini oldindan laborator tekshirish natijalaridan kelib chiqadi. Yengilroq buzilishlarda bir haftalik interval bilan 3 asosiy dozani qabul qilish yetarlidir, to‘rtinchi doza uchunchi dozadan keyin bir oydan so‘ng qo‘llanadi. Preparatni bunday dozalash ko‘pchilik hollarda T-limfositlarning darajasini uzoq vaqt (yarim yildan ortiq) muvozanat holatida bo‘lishini kafolatlaydi. Immuntanqislikning og‘irroq holatlarida Immodin bilan davolash, pasientning immun tizimini joriy laborator tekshirish natijalaridan kelib chiqib, substitusion va uzoq muddatli bo‘lishi mumkin. Antibiotiklarga rezistent bo‘lgan septik holatlarda, bir hafta davomida preparatning katta miqdorini (3-5 dozasini) qabul qilish bilan zarb dozalar bilan davolashni amalga oshirish tavsiya qilinadi. Kattalar va bolalarda, shu jumladan chaqaloqlarda dozalash bir xildir.

Eritmani tayyorlash:

Immodin liofilizasiya qilingan kukuni bevosita qo‘llanishidan oldin 4,0 ml in‘eksiya uchun suvda eritiladi.

Qo‘llanilishi

Immodin odatda teri ostiga (subkutan tarzda) chuqur yuboriladi. Vositaning katta hajmini nazarda tutib, ayniqsa bolalarda, dori vositasini bir necha joylarga bo‘lib yuborish mumkin.

Davolash vaqtida xujayraviy immunitetning ko‘rsatkichlarini kuzatib borish tavsiya qilinadi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Dori vositasi qo‘llanganida turli jadallikdagi (15 minut davomida o‘tib ketadigan) mahalliy og‘riq yoki 24 soat davomida o‘tib ketuvchi eritemalar va infiltratlar paydo bo‘ladi.

Umumiy nojo‘ya reaksiyalar aniqlanmagan.

Har qanday nojo‘ya samaralarni paydo bo‘lish xavfi yuz bergan hollarda shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Homiladorlik va xujayraviy immunitet holatiga aralashuv lozim bo‘lmagan holatlarda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Aniqlanmagan.

Maxsus ko‘rsatmalar

Immodin tekshirilgan va anti-HIV 1+2, anti-HVC, HbsAg va lyuesga reaktiv bo‘lmagan sog‘lom donorlardan olingan periferik qon leykositlari gomogenatining dializatidan ajratib olingan quyi molekulyar moddadir. Preparatning xavfsizligi donorlarni tanlab olish va 10 kD membranasi orqali filtrasiyani, steril filtrasiya va issiqlik yordamida faolsizlantirishnit (pasterizasiyani) o‘z ichiga oluvchi ishlov berish bilan ta‘minlangan.

Preparatni teri ostiga yuborish turli jadallikdagi mahalliy og‘riqni chaqiradi, u odatda 15 minut ichida o‘tib ketadi.

Boshqa preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilinmasin.

Boshqa preparatlar bilan aralashtirilmasin!

Davolash vaqtida shifokor-immunolog pasientning hujayraviy immun javobini muntazam nazorat qilishi lozim.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Homiladorlik vaqtida Immodin qo‘llanilmaydi, emizish davrida uni qo‘llash man etilmagan.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Chiqarilish shakli

Liofilizasiya qilingan kukun saqlagan 1 ampula va 1 ampula erituvchi.

Liofilizasiya qilingan kukun saqlagan 5 ampula va 5 ampula erituvchi.

I gidralitik sinf shisha ampulalari pasient uchun qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi (pasient uchun ilova-varaqa) bilan birga kontur karton qutiga joylanagan.

 

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 2ºS-8ºS haroratda saqlansin!

Original o‘ramda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

Immodin: 2 yil.

In‘eksiya uchun suv: 3 yil.

Eritilganidan keyin darhol qo‘llash lozim!

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

IMMODIN poroshok N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
IMMODIN poroshok N1 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
IMMODIN poroshok N1 dori vositasi Imuna Pharm, a.s., Cловацкая Республика произведено: Sevapharma a.s. tomonidan Chexiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
IMMODIN poroshok N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
IMMODIN poroshok N1 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9