×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

INFLYUSID tomchilar dlya priema vnutr 30ml

Kategoriya:
- Shamollash va gripp
Ishlab chiqarilish joyi:
- Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
- Доктор Вильмар Швабе ГмбХ и Ко.КГ/Дойче Хомеопати-
ATX kodi:
- R05Х
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

TONZILGON N draje N50 Bionorica SE Germaniya
68 000 s`om dan
TERAFLYU poroshok so vkusom limona N10 Новартис Консьюмер Хелс СА Shveytsariya
44 800 s`om dan
INSTI DLYA DETEY granuli 5,6g N5 Herbion Pakistan (PVT) Ltd Pokiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
INFLYUSID tomchilar dlya priema vnutr 30ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

 QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

INFLYUSID®

INFLUCID®

 

Preparatning savdo nomi: Inflyusid®

Dori shakli: tabletkalar

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: Aconitum D3 – 25mg, Gelsemium D3 – 25mg, Ipecacuanha D3 – 25mg, Phosphorus D5 – 25 mg, Bryonia D2 – 25 mg, Eupatorium perfoliatum D1 – 25 mg;

yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, magniy stearati, bug‘doy kraxmali.

Ta‘rifi: oq yoki deyarli oq rangli, ikki tomonlama yassi faskali, katta bo‘lmagan dog‘lari bo‘lishi mumkin bo‘lgan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: gomeopatik vositalar.

ATX kodi: R05X

 

Farmakologik xususiyatlari

Kasallikni tushunishiga va dori substansiyasini qo‘llanilishini tushunish yuzasidan gomeopatik davolash an‘anaviy tibbiyotdan yaqqol farqlanadi. Gomeopatik vositalar organizmning xususiy himoya mexanizmlarini rag‘batlantiradi va shu tarzda uni potensial o‘z-o‘zini davolashni faollashtiradi. Gomeopatik vositaga organizmning javobi qat‘iy individualdir. Shu sababali dozaga bog‘liq farmakologik samaralari, farmakodinamik yoki farmakokinetik ma‘lumotlarni aniqlab bo‘lmaydi.

 

Qo‘llanilishi

Grippga o‘xshash isitmali infeksiyalarni va boshqa yuqori nafas yo‘llarini o‘tkir virusli infeksiyalarini oldini olish va davolashda qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Dozalash tartibi

Kattalar: o‘tkir xolatlarda, simptomlar yengillashgunicha har soatda 1 tabletkadan qabul qilish kerak, ammo kuniga 12 tabletkadan ko‘p emas. Keyingi davolashgacha yoki surunkali xolatlarda 1-2 tabletkadan kuniga 3 marta qabul qilinadi.

Infeksiyani oldini olish uchun kuniga 3 marta 1-2 tabletkadan qabul qilish kerak.

Pediatrik guruh

1 yoshdan 11 yoshgacha bolalar: o‘tkir xolatlarda simptomlar yaxshilangunigacha har 2 soatda          1 tabletkadan qabul qilish kerak, ammo kuniga 8 tabletkadan ko‘p emas. Keyingi davolashda yoki surunkali xolatlarda 1 tabletkadan kuniga 3 marta qabul qilish kerak.

12 yoshdan katta va katta bolalar: o‘tkir xolatlarda, simptomlar yengillashgunicha                        1 tabletkadan har soatda qabul qilish kerak, ammo kuniga 12 tabletkadan ko‘p emas. Keyingi davolashgacha 1-2 tabletkadan kuniga 3 marta qabul qilinadi.

Infeksiyalarni oldini olish uchun 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar 1 tabletkadan kuniga 3 marta,       12 yoshdan boshlab va undan kattalar kuniga 3 marta 1-2 tabletkadan qabul qilish kerak.

Qo‘llash usuli

Tabletkalarni ovqatdan 30 minut oldin yoki 30 minut keyin, og‘izda sekin erishiga imkon bergan holda qabul qilish lozim.

Kichik bolalarga tabletkalarni maydalash mumkin va oz miqdordagi suvda eritish tavsiya qilinadi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Juda kam xollarda (<1/10,000) yoki noma‘lum (mavjud bo‘lgan ma‘lumotlarga asosan tez-tezligini baxolab bo‘lmaydi):

Yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, masalan, terida toshmalar va me‘da-ichakda buzilishlar kuzatilishi mumkin. Bunday hollarda Inflyusidni qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.

Izoh: gomeopatik dori vositasi qo‘llanganda vaqtinchalik birlamchi yomonlashishi mumkin. Bunday xollarda preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokor bilan maslaxatlashish kerak.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatni Eupatoricum perfoliatum (poskonnik pronzennolist) ga yoki boshqa murakkab gulli oilalariga mansub, boshqa faol yoki yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanligi ma‘lum bo‘lganda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri noma‘lum.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparat laktoza va bug‘doy kraxmali saqlaydi. Kam uchraydigan nasliy galaktozani o‘zlashtiraolmaslik shakllari, laktaza yetishmovchiligi yoki glyukozo-galaktoza malabsorbsiya sindrom bo‘lgan pasientlarga preparatni qo‘llash mumkin emas. Bug‘doy kraxmali glyuten saqlashi mumkin, lekin juda kam miqdorda, va shuning uchun seliakiyasi bo‘lgan odamlar uchun xavfsizdir. Bug‘doyga allergiyasi bo‘lgan pasientlarga (seliakiyadan farq qiladi) preparatni qabul qilish mumkin emas.

Bolalar

Inflyusidni 1 yoshdan kichik bolalarga qo‘llash mumkin emas, chunki preparatni bu guruh yoshidagilarga preparatni qo‘llash yetarlicha xujjatlashtirilmagan.

Quyidagi xollarda shifokor bilan maslahatlashing:

– Agar simptomlar yaxshilanmasa yoki yomonlashsa,

– Agar qo‘shimcha shikoyatlar paydo bo‘lsa,

– Agar tana harorati saqlansa yoki 39°S oshishi mumkin.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi

Barcha dori preparatlari kabi, homiladorlik yoki emizish davrida Inflyusidni faqat oldindan shifokor maslaxatidan keyin qabul qilish kerak.

Avtotransportni va boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligi qobiliyatiga ta‘siri.

Gomeopatik preparatlar bilan davolash boshqa dori vositalarini qo‘llanilishini istisno qilmaydi.

Har qanday boshqa dori vositalarini bir vaqtda qo‘llash zarur bo‘lganda shifokor bilan maslaxatlashish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Aniqlanmagan.

Chiqarilish shakli

250 mg dan tabletkalar, 20 tabletka blisterda. 3 blisterdan karton qutida.

Saqlash sharoiti

Original o‘ramda 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

5 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

INFLYUSID tomchilar dlya priema vnutr 30ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
INFLYUSID tomchilar dlya priema vnutr 30ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
INFLYUSID tomchilar dlya priema vnutr 30ml dori vositasi Доктор Вильмар Швабе ГмбХ и Ко.КГ/Дойче Хомеопати- tomonidan Germaniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
INFLYUSID tomchilar dlya priema vnutr 30ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
INFLYUSID tomchilar dlya priema vnutr 30ml dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Другие формы препарата
INFLYUSID tabletkalari N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Deutsche Homoopathie-Union DHU-Arzneimittel GmbH & Co.KG, Германия произведено: Dr.Willmar Schwabe GmbH & Co.KG
INFLYUSID A tabletkalari N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Alpen Pharma GmbH, Германия произведено: Dr.Gustav Klein GmbH & Co., KG
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9