49 500 s`om dan
Dorixonalardan izlash54 000 s`om dan
Bron qilishfaol moddalar: sorbitol – 60,0 mg, natriy laktati – 19,0 mg (100% moddaga qayta hisoblaganda), natriy xloridi – 6,0 mg, kaltsiy xlorid digidrati – 0,1 mg (kaltsiy xloridiga qayta hisoblaganda), kaliy xloridi – 0,3 mg, magniy xlorid geksagidrati – 0,2 mg (magniy xloridiga qayta hisoblaganda);
yordamchi modda: in'ektsiya uchun suv – 1 ml gacha.
nazariy osmolyarligi – 891 mosmol/l;
ion tarkibi: 1 l preparat na 3H5O3- – 169,55 mmol saqlaydi.
Bikarbonat eritmasidan farqli ravishda, natriy laktat yordamida metobolik asidozni to'g'irlanishi, uning moddalar almashinuvga kirishishiga qarab sekinroq, rn ning keskin siljishlarisiz o'tadi. Natriy laktatning ta'siri yuborilgandan keyin 20-30 daqiqa o'tgach namoyon bo'ladi.
Natriy xloridi regidratasiyalovchi ta'sir ko'rsatadi. Turli patologik holatlarda natriy va xlor ionlarining tanqisligini to'ldiradi.
Kaltsiy xloridi kaltsiy ionlari tanqisligini to'ldiradi. Kaltsiy ionlari nerv impulslarini o'tkazish jarayonini amalga oshirish, skelet va silliq mushaklarning qisqarishi, miokardning faoliyati, suyak to'qimasini shakllanishi va qon ivishi uchun zarur. Hujayralar va qon tomir devori o'tkazuvchanligini kamaytiradi, YalliG'lanish reaktsiyalarini rivojlanishiga to'sqinlik qiladi, organizmning infektsiyalarga chidamliligini oshiradi.
Kaliy xloridi suv-elektrolit muvozanatini tiklaydi. Manfiy xrono - va batmotrop ta'sir ko'rsatadi, yuqori dozalarda esa – manfiy ino-, dromotrop va o'rtacha diuretik ta'sir ko'rsatadi. Nerv impulslarini o'tkazish jarayonlarida ishtirok etadi. Atsetilxolinning miqdorini oshiradi va vegetativ nerv tizimining simpatik bo'limini qo'zg'alishini chaqiradi. Mushak distrofiyasi va miasteniyada skelet mushaklarining qisqarishini yaxshilaydi
Qon tomirlarga yuborilganida natriy laktatidan natriy, so2 va N2O ajralib chiqadi, ular natriy bikarbonatini hosil qiladi, bu qonning ishqoriy zahirasini oshishiga olib keladi. Yuborilgan natriy laktatining faqat yarmigina (izomer L) faol hisoblanadi, boshqa yarmi (izomer D) esa metabolizmga uchramaydi va siydik bilan chiqariladi.
Natriy xloridi aylanayotgan qon hajmini faqat vaqtincha oshirib, qon tomirlaridan tezda chiqariladi. Diurezni kuchaytiradi
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial qon bosimni oshishi yoki pasayishi, taxikardiya, hansirash, akrosianoz.
Preparat sorbit saqlaydi, shuning uchun fruktozani kam uchraydigan nasliy o'zlashtiraolmaydigan bemorlarda ushbu preparatni qo'llash mumkin emas.
Homiladorlik va laktasiya davrida qo'llanishi:
Homiladorlik va laktasiya davrida qo'llashga qarshi ko'rsatmalar to'g'risida ma'lumotlar yo'q.
Bolalar:
Bolalarda qo'llash tajribasi bo'yicha ma'lumotlar etarli emas.
Avtotransportni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati:
Preparat stasionar sharoitida qo'llanganligi tufayli, bunday ta'sirlari to'g'risida ma'lumotlar yo'q
intoksikasiya bilan kechadigan yuqumli kasalliklar va surunkali gepatitning kuchayishida;
sepsisda;
operasiyadan oldingi tayyorgarlik va operasiyadan keyingi davrda;
tromboz, tromboflebit, endarteriitning oldini olish maqsadida arterial va venoz qon aylanishini yaxshilashda;
Reyno kasalligida.
Bolalarga qo'llash tavsiya etilmaydi!
Nomutanosiblik
Preparatni fosfat - va karbonat saqlovchi eritmalar bilan aralashtirish mumkin emas.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Travmatik, kuyish, operasiyadan keyingi va gemolitik shoklarda kattalarga 600-1000 ml dan (10-15 ml/kg bemorning tana vazniga) bir marta va 600-1000 ml (10-15 ml/kg bemorning tana vazniga) dan takroran, avval oqim bilan, so'ngra esa tomchilab yuboriladi. Surunkali gepatitlarda kattalarga – 400 ml (6-7 ml/kg tana vazniga) dan tomchilab yuboriladi. O'tkir qon yo'qotishda kattalarga 1500-1800 ml dan (tana vazniga 25 ml/kg dan) yuboriladi. Bunday holda preparat infuziyasini shifoxonagacha bo'lgan bosqichda, ixtisoslashgan tez yordam mashinasida o'tkazish tavsiya qilinadi. aralashuvlardan so'ng preparat 400 ml dozada (6-7 ml/kg tana vazniga) tomchilab 3-5 kun davomida yuboriladi. Qon tomirlarining tromboobliterasiyalovchi kasalliklarida tana vazniga 8-10 ml/kg dozada tomchilab, takroriy, kun ora yuboriladi, davolash kursi 10 ta infuziyagacha.