3 400 s`om dan
Dorixonalardan izlash5 700 s`om dan
Bron qilishYaroqlilik muddati (oy) | 36 |
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
ASESOL
ACESOLUM
Preparatning savdo nomi: Asesol
Ta‘sir etuvchi moddalari (XPN): natriy asetati. natriy xloridi va kaliy xloridi.
Dori shakli: infuziya uchun eritma.
Tarkibi:
1 l eritma quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar: natriy asetati – 2 g, natriy xloridi – 5 g, kaliy xloridi – 1 g.
yordamchi modda: in‘eksiya uchun suv 1 l gacha
Ta‘rifi: rangsiz, tiniq eritma.
Farmakoterapevtik guruhi: Tuzli eritma.
ATX kodi: V05VV
Farmakologik xususiyatlari
Gemodinamik va dezintoksikasion ta‘sir ko‘rsatadi. Gipovolemiyani, qonning quyuqlashishini va metabolik asidozni kamaytiradi, kapillyar qon aylanishini yaxshilaydi, diurezni ko‘paytiradi. Suv-elektrolit muvozanatini tiklanishiga yordam beradi.
Qo‘llanilishi
Turli kasalliklarda (o‘tkir dizenteriya, El-Tor (Inaba) vabosi, ovqat toksikoinfeksiyalari va b.) paydo bo‘ladigan organizmning degidratasiyasi va intoksikasiyasida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Eritma 38-400S gacha isitiladi. Eritmali idish shtativga osiladi, uchlikdan qalpoqcha olib tashlanadi va bir martalik sistema ignasi kiritiladi. Preparat vena ichiga yuboriladi (oqim bilan yoki tomchilab). Kasallikning og‘ir shakllarida (gipovolemik infeksion-toksik shok, adekvat bo‘lmagan kapillyar perfuziya, dekompensasiyalangan metabolik asidoz, anuriya) 1-2 soat davomida bemorning tana vazniga 7-10% miqdorda, yuborish oqim bilan boshlanadi, so‘ngra minutiga 40-120 tomchi tezlikda 24-48 soat davomida tomchilab yuborishga o‘tiladi.
Kasallikning yengilroq shakllarida (organizmning intoksikasiyasi va suvsizlanishi, metabolik asidoz, oliguriya) preparatni tomchilab yuborish bilan cheklanish mumkin.
Eritma suyuqlik hajmini tiklanishi uchun yetarli miqdorda yuboriladi. Preparatni qo‘llash gematokrit va qondagi elektrolitlar konsentrasiyasini nazorati ostida o‘tkaziladi. Yuborilgan va yo‘qotilgan suyuqlikning muvozanati har 6 soatda aniqlanadi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Giperkaliemiya rivojlanishi mumkin, bunday hollarda elektrolit muvozanatining meyorlashuviga qadar, preparat Disol eritmasi bilan almashtiriladi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Giperkaliemiya, alkaloz, surunkali buyrak yetishmovchiligi, gipergidratasiya holati, o‘pkalar, miya shishining xavfi, preparat komponentlariga bo‘lgan yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Mahsus ko‘rsatmalar
Buyrakning ajratib chiqarish faoliyati buzilgan bemorlarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Davolash gematokrit va elektrolitlarni nazorati ostida o‘tkaziladi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Chiqarilish shakli
Infuziya uchun eritma 250, 400 ml dan flakonlarda.
Saqlash sharoiti
Quruq va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.