×
×
  • IZAMIN NEO infuziya uchun eritma 250ml

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

IZAMIN NEO infuziya uchun eritma 250ml

Kategoriya:
- Qon va qon aylanishi
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
- Remedy Group СП OOO
ATX kodi:
- B05BA10
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

GLISIN tabletkalari 100mg N50 Radiks, НПП Rossiya Federatsiyasi
980 s`om dan
NATRIYA XLORID inyeksiya uchun eritma 5ml 0,9% N5 Jurabek Laboratories СП ООО O'zbekiston
2 576 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
IZAMIN NEO infuziya uchun eritma 250ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

IZAMIN

IZAMIN

Preparatning savdo nomi: Izamin

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): aminokislotalar: L-prolin, L-serin, L-alanin, L-izoleysin, L-leysin, L-asparagin kislotasi, L-tirozin, L-glutamin kislotasi, L-fenilalanin, L-arginin gidroxloridi, L-lizin gidroxloridi, L-valin, L-treonin, L-gistidin gidroxloridi monogidrati, L-triptofan, L-metionin, L-sistin/ L-sistein gidroxloridi monogidrati, glisin.

Dori shakli: infuziya uchun eritma.

Tarkibi:

100 ml eritma kuyidagilarni saklaydi:

faol moddalar:

L-prolin – 0,1 g

L-serin – 0,1 g

L-alanin – 0,2 g

L-izoleysin – 0,352 g

L-leysin – 0,49 g

L-asparagin kislotasi – 0,25 g

L-tirozin – 0,025 g

L-glutamin kislotasi – 0,075 g

L-fenilalanin – 0,533 g

L-arginin gidroxloridi – 0,50 g

L-lizin gidroxloridi – 0,43 g

L-valin – 0,36 g

L-treonin – 0,25 g

L-gistidin gidroxloridi monogidrati – 0,25 g

L-triptofan – 0,09 g

L-metionin – 0,225 g

L-sistin – 0,01 g

yoki L-sistein gidroxloridi monogidrati – 0,0172 g

Glisin – 0,76 g

yordamchi moddalar:1 M natriy gidroksid eritmasi, sorbit, natriy metabisulfit (natriy disulfit) in‘eksiya uchun suv 100 ml gacha.

Tasnifi:

Natriy ionlari                                                                              40,2 mmol

Kaliy ionlari                                                                                25 mmol

Magniy ionlari                                                                             2,5 mmol

Xlorid ionlari                                                                              43,6 mmol

Asetat ionlari                                                                               25 mmol

Nazariy osmolyarlik:                                                                      801,8 mOsm/l

rN qiymati:                                                                                     5,7-7,0

titrlanadigan kislotalik                                                            maks

(qon rN qiymatiga xisoblanganda)                                              +11,6 mmol/l

Energiya miqdori (umumiy):                                                          1671 kDj/l

Umumiy azot                                                                                    6,3 g/l

Ta‘rifi: rangsiz yoki deyarli rangsiz tiniq eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: Parenteral oziqlantirish vositasi, aminokislotalar.

ATX kodi: V05VA01

Farmakologik xususiyatlari

Farmokodinamikasi

Parenteral oziqlantirish uchun L-aminokislotalarning infuzion eritmasi. Aminokislotalar – bu oqsillar sintezi uchun zarur bo‘lgan komponentlardir. Preparatda saqlanuvchi aminokislotalar L – shaklda bo‘ladi, bu oqsil biosintezida ularning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etish imkoniyatini ta‘minlaydi. Aminokislotalarni saqlovchi eritmalar, energiyani tashuvchilar, elektrolitlar va suyuqlik bilan bir vaqtda organizmning holatini yaxshilash yoki tutib turish yoki tana vaznining yo‘qotilishini minimumga kamaytirish maqsadida parenteral oziqlantirish uchun qo‘llanadi. Patologik holatlarda aminokislotalarni ekzogen yuborishning iloji bo‘lmagan sharoitlarda qon plazmasida aminokislotalarning to‘plamini ham, ayrim aminokislotalarning mutloq konsentrasiyasi ham, ularning qon plazmasidagi foiz nisbatini tipik yaqqol o‘zgarishi rivojlanadi.

Preparat eritmasining 1 litrida 50 g aminokislota, 8 g umumiy azot saqlanadi.

Preparat barcha 8 almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalarni, shuningdek shartli almashtirilishi mumkin bo‘lgan L-arginin va L-gistidinni saqlaydi. L-arginin ammiakning mochevinaga aylanishiga yordam beradi, jigarda oqsillarning katabolizmida hosil bo‘luvchi ammoniyning zaharli ionlarini bog‘lab oladi. L-aminokislotalar anabolik jarayonlarda (oqsillar sintezi) qatnashadi, katabolik jarayonlarni sekinlashtiradi, reparasiya jarayonlarini tezlashtiradi, organizmning ekstra- va intrasellyulyar suyuqliklarining gemostazini boshqaruvchi bufer tizimining bir qismi hisoblanadi. Sorbit energiya tashuvchisi hisoblanadi, jigarda fosforlanadi va fruktoza-6-fosfatga aylanadi. Sorbit aldegid va keton guruhlarini saqlamasligi tufayli glyukozaga nisbatan aminokislotalarni erituvchisi sifatida yaxshiroqdir, chunki ular aminokislotalarning aminoguruhlari bilan majmuada aminokislotalarning ta‘sirini pasaytiruvchi komplekslarni hosil qilmaydi.

Farmakokinetikasi

Preparatning biokiraolishligi 100% ni tashkil qiladi. Preparat yuborilganidan keyin aminokislotalar oqsil sinteziga kirishadilar. Proteinlar va boshqa biomolekulalarning sinteziga kirishmagan aminokislotalarning ortiqcha miqdori to‘planmaydi (yog‘ kislotalari va glyukozadan farqli ravishda), balki α-aminoguruh dezaminlanishi yo‘li bilan parchalanadi va mochevinani hosil bo‘lishi bilan metabolizmga uchraydi. Ohirgisi buyraklar orqali chiqariladi. Aminokislotalarning ozgina qismi (5%) o‘zgarmagan xolda chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Quyidagilarda parenteral oqsilli oziqlantirish uchun qo‘llanadi:

– turli genezli gipoproteinemiyalar va suyuqlikni yo‘qotishlari;

– operasiyadan oldingi va keyingi davrda ovqatni odatdagidek qabul qilishni imkoniyati yo‘qligi yoki keskin cheklangani;

– katta chuqur kuyishlar (ayniqsa, kuyish oqibatidagi holdan toyish);

– jarohatlar, sinishlar, yiringli jarayonlar, sepsis;

– ichakning yallig‘lanish kasalliklari, kaxeksiya, zaharlanishlar;

– me‘da-ichak yo‘llarining (MIY) havfli o‘smalari, doimiy isitmali holatlar;

– bolalarda oqsilli distrofiyalar, gipotrofiyalar, MIY nuqsonlarida qo‘llanadi.

Operasiyadan keyingi davrda metabolik va reparativ jarayonlarni yaxshilash zarurati tug‘ilganida qo‘llanadi.

Ovqat hazm qilish, so‘rilish va chiqarilish jarayonlaridagi oqsillar almashinuvining buzilishida va unga yuqori ehtiyoj yoki uni sarf etilishi oqibatida paydo bo‘ladigan oqsil tanqisligini to‘ldirish yoki bartaraf qilish.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat vena ichiga (v/i) tomchilab, bemorning holatini sinchkov kuzatuvi ostida asta-sekin yuboriladi. Preparat pasientning klinik holati va uning aminokislotalar va suyuqlikka bo‘lgan ehtiyoji, tana vazni va katabolizm darajasiga qarab dozalanadi.

Kattalar: 0,6 dan 1,0 g gacha aminokislotalar (sutkada 1 kg tana vazniga 20 ml eritma) buyuriladi.

Katabolik holatlarda – 1,3-2 g aminokislotalar (sutkada 1 kg tana vazniga 40 ml eritma) buyuriladi.

2-18 yoshli bolalar: 1,0-2,0 g aminokislotalar (sutkada 1 kg tana vazniga 40 ml eritma) tashkil qiladi.

Maksimal sutkalik doza – 2,0 g aminokislotalar (sutkada 1 kg tana vazniga 40 ml eritma) tashkil qiladi.

Infuziyaning maksimal tezligi: soatiga 1 kg tana vazniga 2 ml, bu tana vazniga 0,1 g/kg aminokislotaga tengdir.

Kattalarda parenteral  oziqlantirishda yuboriladigan suyuqlikning umumiy miqdori tana vazniga sutkada 40 ml/kg dan oshmasligi kerak.

Preparat pasientni enteral yoki peroral oziqlanishga to‘liq o‘tkazilgunga qadar qo‘llanadi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparat odatda yaxshi o‘zlashtiriladi.

Yakka hollarda – ko‘ngil aynishi, qusish, etni uvishishi, flebit (ayniqsa tez yuborilganida). Preparatda natriy disulfiti saqlanishi tufayli yakka hollarda (ayniqsa bronxial astmali pasientlarda) giperergik reaksiyalar, qusish, diareya, dispnoe, bronxial astma hurujlari, ongni buzilishi, shok bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, natriy disulfitini preparatning boshqa komponenti – triptofan bilan o‘zaro ta‘sirining mahsulotlari – qon plazmasida bilirubinning miqdorini va jigar fermentlarining faolligini oshirishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar nisbiy va mutlaq baxolanadi.

Nisbiy:

• giperkaliemiya;• yurak yetishmovchiligi;• gipergidratsiya;

  • jiddiy buyrak yoki jigar yetishmovchiligi og‘ir darajasida ( yetarli diurez bo‘lmasa);

• aminokislota almashuvining buzilishi;• giponatriemiya;• miya jaroxatlarining o‘tkir davri;• natriy disulfitga yuqori sezuvchanlik va preparatning kompanentlariga;• metabolik asidozMutlaq:• to‘qima gipoksiya – tanadagi xujayralar va to‘qimalarning kislorod bilan yetarli darajada ta‘minlamaganligi;• beqaror qon aylanishi va xayotga taxdid soladigan zarba va boshqa shartlar.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Boshqa dori vositalari bilan bir eritmada aralashtirish mumkin emas.

Maxsus ko‘rsatmalar

Homiladorlik va laktasiya davrida ko‘rsatmalarga ko‘ra qo‘llash mumkin.

Preparat faqat stasionar sharoitlarida qo‘llanadi.

Zardobning yuqori osmolyarligida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Jigar va buyrakni o‘rtacha yetishmovchiligida dozalash tartibini to‘g‘rilash talab qilinadi.

Qonning suv va elektrolit balansini, qonda glyukozaning konsentrasiyasini va kislota-ishqor tarkibini nazorat qilish lozim.

To‘liq parenteral oziqlantirishni o‘tkazish uchun bir vaqtda energiya tashuvchilar, elektrolitlar, vitaminlar va mikroelementlarni qo‘shish kerak.

Flakon ochilganidan keyin preparatni darxol ishlatish kerak. Ochilgan flakon saqlanmasin. Avval ishlatilgan flakondagi preparat qayta ko‘llanilmasin.

Faqat shikastlanmagan flakondagi tiniq eritma ishlatilsin!

Saqlash sharoitiga rioya qilmaslik va notog‘ri transportirovka qilish natijasida flakonlarda mikroyoriqlar paydo bo‘lishi mumkin uning natijasida eritmaning mikroblar bilan ifloslanish xavfi oshadi.

Faqat bir marotabalik qo‘llash uchun!

Muzlatilmasin! Isitilmasin!

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatning dozasini oshirib yuborilishi to‘g‘risida ma‘lumotlar keltirilmagan.

 

Chiqarilish shakli

100ml, 200 ml va 250 ml dan flakonlarda infuzion eritma.

 

Saqlash sharoiti

Kuruk, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalardan asrang!

Yaroqlilik muddati

2 yil. Yaroqlilik muddati o‘tgandan so‘ng qo‘llanilmasin.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha beriladi.

 

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

IZAMIN NEO infuziya uchun eritma 250ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
IZAMIN NEO infuziya uchun eritma 250ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
IZAMIN NEO infuziya uchun eritma 250ml dori vositasi Remedy Group СП OOO tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
IZAMIN NEO infuziya uchun eritma 250ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
IZAMIN NEO infuziya uchun eritma 250ml dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 19 200 so'mdan Batafsil
FERRAT S sirop 100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
Narh: 64 500 so'mdan Batafsil
FERRAT S inyeksiya uchun eritma 100mg/2ml N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
Narh: 37 300 so'mdan Batafsil
AZIREM suspenziya 15ml 200mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
IZIFER sirop 100ml
Narh: 58 200 so'mdan Batafsil
ASTANOL tabletkalari 5mg N10
ASTANOL tabletkalari 10mg N10
ALLEGRA sirop 50ml 5mg/5ml
LEFTRIN NEO infuziya uchun eritma 200ml 1000mg/200ml
SIAZIT kapsulalar 500mg N3
SIAZIT kapsulalar 250mg N6
ZANEKSA kapsulalar 250mg N6
ZANEKSA kapsulalar 500mg N3
Narh: 37 000 so'mdan Batafsil
SINAFULL NEO tabletkalari 5mg N10
Narh: 37 000 so'mdan Batafsil
IXTIOLOVAYA maz 25g 10%
Narh: 2 800 so'mdan Batafsil
SIAZOL tabletkalari 400mg N1
Narh: 23 500 so'mdan Batafsil
Narh: 25 800 so'mdan Batafsil
ENSEFAKOLIN NEO eritma 4ml 1000mg/4ml N5
SIKOL eritma 4ml 1000mg/4ml N5
Narh: 143 500 so'mdan Batafsil
SIKOL eritma 2ml 500mg/2ml N5
SEBROGEN eritma 5ml N5
Narh: 248 600 so'mdan Batafsil
BRALIN eritma 4ml 1000mg/4ml N5
Narh: 115 000 so'mdan Batafsil
OFLOKORT infuziya uchun eritma 100ml 200mg/100ml
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9