×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

MULTITON infuziya uchun eritma 200ml

Kategoriya:
- Qon va qon aylanishi
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Faol modda:
Натрия лактат, Калия хлорид, кальция хлорид, магния хлорид, Натрия хлорид, Сорбитол
Ishlab chiqaruvchi:
- Remedy Group СП OOO
Vakil:
- Izida Pharma
ATX kodi:
- B05СВ
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 1 ta dorixonasida topildi

ico 15 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

OVOMIN BELMED eritma 5ml 12000 ATE/ml N5 Белмедпрепараты РУП Belarusiya
300 000 s`om dan
DISOL infuziya uchun eritma 250ml Temur Med Farm, OOO O'zbekiston
5 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
MULTITON infuziya uchun eritma 200ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

MULTITON

MULTITON

 

Preparatning savdo nomi: Multiton

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): sorbitol, natriy laktat, natriy xlorid, kalsiy xlorid, kaliy xlorid, magniy xlorid.

Dori shakli: infuziya uchun eritma.

Tarkibi:

100 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: sorbitol – 6,0 g, natriy laktat (100% li modda xisobida) – 1,9 g, natriy xlorid – 0,6 g, kalsiy xlorid – 0,01 g, kaliy xlorid – 0,03 g, magniy xlorid – 0,02 g;

yordamchi modda: in‘eksiya uchun suv 100 ml gacha.

Ta‘rifi: tiniq, rangsiz suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: Tuzli eritma.

ATX kodi: V05SV

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Preparat reologik, shokka qarshi, dezintoksikasiyalovchi, ishqorlovchi va ichak peristaltikasini rag‘batlantiruvchi ta‘sirlarga ega. Asosiy farmakologik faol moddalari sorbitol va natriy laktatidir. Jigarda sorbitol avval fruktozaga aylanadi, keyin u glyukozaga va so‘ngra glikogenga aylanadi. Sorbitolning bir qismi shoshilinch energetik ehtiyojlar uchun ishlatiladi, boshqa qismi glikogen ko‘rinishida zahira sifatida yig‘iladi. Sorbitolning izotonik eritmasi dezagregasion ta‘sirga ega va shunday qilib, to‘qimalarning mikrosirkulyasiyasi va perfuziyasini yaxshilaydi.

Bikarbonat eritmasidan farqli ravishda, natriy laktat yordamida metobolik asidozni to‘g‘irlanishi, uning moddalar almashinuvga kirishishiga qarab sekinroq, rN ning keskin siljishlarisiz o‘tadi. Natriy laktatning ta‘siri yuborilgandan keyin 20-30 minut o‘tgach namoyon bo‘ladi.

Natriy xloridi regidratasiyalovchi ta‘sir ko‘rsatadi. Turli patologik holatlarda natriy va xlor ionlarining tanqisligini to‘ldiradi.

Kalsiy xloridi kalsiy ionlari tanqisligini to‘ldiradi. Kalsiy ionlari nerv impulslarini o‘tkazish jarayonini amalga oshirish, skelet va silliq mushaklarning qisqarishi, miokardning faoliyati, suyak to‘qimasini shakllanishi va qon ivishi uchun zarur. Hujayralar va tomir devori o‘tkazuvchanligini kamaytiradi, yallig‘lanish reaksiyalarini rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, organizmning infeksiyalariga chidamliligini oshiradi.

Kaliy xloridi suv-elektrolit muvozanatini tiklaydi. Salbiy xrono- va batmotrop ta‘sir ko‘rsatadi, katta dozalarda esa – salbiy ino-, dromotrop va o‘rtacha diuretik ta‘sir ko‘rsatadi. Nerv impulslarini o‘tkazish jarayonlarida ishtirok etadi. Asetilxolinning miqdorini oshiradi va vegetativ nerv tizimining simpatik bo‘limini qo‘zg‘alishini chaqiradi. Mushak distrofiyasi va miasteniyada skelet mushaklarining qisqarishini yaxshilaydi.

Farmakokinetikasi

Preparat umumiy metabolizmga tez kirishadi, uning 80-90% jigarda o‘zlashtiriladi va glikogen ko‘rinishida yig‘iladi, 5% miya to‘qimalarida, yurak mushaklarida va skelet mushaklarida yig‘iladi, 6-12% siydik bilan chiqariladi. Tomirlarga yuborilganida natriy laktatidan natriy, SO2 va N2O ajralib chiqadi va ular natriy bikarbonatini hosil qiladilar, bu qonning ishqoriy zahirasini oshishiga olib keladi. Yuborilgan natriy laktatining faqat yarmigina (izomer L) faol hisoblanadi, boshqa yarmi (izomer D) esa metabolizmga uchramaydi va siydik bilan chiqariladi.

Natriy xloridi aylanayotgan qon xajmini faqat vaqtincha oshirib, qon tomir havzasidan tezda chiqariladi. Diurezni kuchaytiradi.

Qo‘llanilishi

Preparat kapillyar qon oqishini yaxshilash uchun travmatik, operasiyadan va kuyishdan keyingi, gemolitik va toksik shokni oldini olish va davolash maqsadida, o‘tkir qon yo‘qotishda, kuyish kasalligida; intoksikasiya bilan kechuvchi infeksion kasalliklarda, surunkali gepatitning zo‘rayishida; sepsisda; operasiyadan oldingi tayyorlash uchun va operasiyadan keyingi davrda; tromboz, tromboflebitlar, endarteritlar va Reyno kasaligini oldini olish va davolash maqsadida, arterial va venoz qon aylanishini yaxshilash uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat kattalarga vena ichiga oqim bilan yoki tomchilab, minutiga 40-60 tomchi tezligida yuboriladi. Zarurati bo‘lganida minutiga 30 tomchi tezlikda tomchilab yuborish yo‘li bilan sinama o‘tkazilganidan keyin preparatni oqim bilan yuborishga yo‘l qo‘yiladi. 15 tomchi yuborilganidan keyin preparatni yuborish to‘xtatiladi, 3 minut o‘tgach esa, reaksiya bo‘lmaganida, preparat oqim bilan yuboriladi.

Travmatik, kuyish, operasiyadan keyingi va gemolitik shoklarda kattalarga 600-1000 ml dan (10-15 ml/kg bemorning tana vazniga) bir marta va 600-1000 ml (10-15 ml/kg bemorning tana vazniga) dan takroran, avval oqim bilan, so‘ngra esa tomchilab yuboriladi. Surunkali gepatitlarda kattalarga – 400 ml (6-7 ml/kg bemorning tana vazniga) dan tomchilab, takroran yuboriladi. O‘tkir qon yo‘qotishda kattalarga 1500 -1800 ml dan (tana vazniga 25 ml/kg dan) yuboriladi. Bunday holda preparat infuziyasini gospitalgacha bo‘lgan bosqichida, ixtisoslashgan tez yordam mashinasida o‘tkazish tavsiya qilinadi. Operasiyadan oldingi davrda va turli xirurgik aralashuvlardan so‘ng preparat 400 ml dozada (6-7 ml/kg tana vazniga) tomchilab 3-5 kun davomida yuboriladi. Qon tomirlarining tromboobliterasiyalovchi kasalliklarida tana vazniga 8-10 ml/kg dozada tomchilab, takroriy, kunora yuboriladi, davolash kursiga 10 ta infuziyagacha.

Bolalarda qo‘llanilishi:

6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 10l/kg tana xisobida;

6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalardakattalar dozasining yarmini;

12 yoshdan katta bo‘lgan bolalarda kattalar dozasini yuborish tavsiya etiladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Immun tizimi tomonidan buzilishlar: Anafilaktoid reaksiyalar, angionevrotik shish, gipertermiya;

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan buzilishlar: Arterial bosimni oshishi yoki pasayishi, taxikardiya, hansirash, akrosianoz;

Nevrologik buzilishlar: Tremor, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, umumiy holsizlik;

Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan o‘zgarishlar: Teri toshmalari, eshakemi, qichishish;

Me‘da-ichak buzilishlari: Ko‘ngil aynishi, qusish;

Umumiy buzilishlar: Yuborish joyida o‘zgarishlar, shu jumladan og‘riq va achishish.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik. Preparat alkalozda, shuningdek suyuqlikni katta hajmlarini quyish mumkin bo‘lmagan hollarda (miyaga qon

quyilishi, tromboemboliya, yurak-qon tomir dekompensasiyasi, III darajali arterial gipertenziya, terminal buyrak yetishmovchiligi), suvsizlanishda qo‘llanmaydi.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Boshqa dori vositalarini tashuvchi-erituvchi sifatida qo‘llash mumkin emas.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparat kislota-ishqor holatining va qondagi elektrolitlarning ko‘rsatkichlari, jigarning funksional holati va arterial bosimning nazorati ostida qo‘llanadi. Kalkulyoz xolesistiti bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan yuboriladi.

Preparat sorbit saqlaydi, shuning uchun fruktozani kam uchraydigan nasliy o‘zlashtiraolmaydigan pasientlada ushbu preparatni qo‘llash mumkin emas.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi. Homiladorlik va emizish davrida qo‘llashga qarshi ko‘rsatmalar to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q.

Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash vaqtida reaksiya tezligiga ta‘sir qilish qobiliyati.

Preparat stasionar sharoitida qo‘llanganligi tufayli, bunday ta‘sirlari to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q.

Nomutanosiblik

Preparatni fosfat- va karbonat saqlovchi eritmalar bilan aralashtirish mumkin emas.

Flakon ochilganidan keyin preparatni darxol ishlatish kerak. Ochilgan flakon saqlanmasin. Avval ishlatilgan flakondagi preparat qayta ko‘llanilmasin.

Faqat shikastlanmagan flakondagi tiniq eritma ishlatilsin!

Saqlash sharoitiga rioya qilmaslik va notog‘ri transportirovka qilish natijasida flakonlarda mikroyoriqlar paydo bo‘lishi mumkin uning natijasida eritmaning mikroblar bilan ifloslanish xavfi oshadi.

Faqat bir marotabalik qo‘llash uchun!

Muzlatilmasin! Isitilmasin!

Dozani oshirib yuborilishi

Alkaloz ko‘rinishlari paydo bo‘ladi, ular preparatni yuborilishi darhol to‘xtatilishi sharoitida mustaqil tez o‘tib ketadi, ba‘zida kollaps, suvsizlanish (diurezning kuchayishi hisobiga). Yuborish tezligi oshirilganida taxikardiya, arterial bosimni oshishi, hansirash, bosh og‘rig‘i, qorinda og‘riq rivojlanishi mumkin. Ko‘rsatilgan simptomlar eritmani yuborish tezligi ancha kamaytirilganidan keyin yoki to‘xtatilganidan keyin mustaqil tez yo‘qoladi.

Chiqarilish shakli

100 ml, 200 ml va 250 ml dan flakonlarda infuzion eritma.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalardan asrang!

Yaroqlilik muddati

2 yil. Yaroqlilik muddati o‘tganida so‘ng qo‘llanilmasin.

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha beriladi.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

MULTITON infuziya uchun eritma 200ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
MULTITON infuziya uchun eritma 200ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
MULTITON infuziya uchun eritma 200ml dori vositasi Remedy Group СП OOO tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
MULTITON infuziya uchun eritma 200ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
MULTITON infuziya uchun eritma 200ml dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
RESORBILON infuziya uchun eritma 100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Натрия лактат, Калия хлорид, кальция хлорид, магния хлорид, Натрия хлорид, Сорбитол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories OT MChJ
Narh: 21 100 so'mdan Batafsil
Narh: 24 600 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 19 200 so'mdan Batafsil
FERRAT S sirop 100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
Narh: 64 500 so'mdan Batafsil
FERRAT S inyeksiya uchun eritma 100mg/2ml N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
AZIREM suspenziya 15ml 200mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
IZIFER sirop 100ml
Narh: 58 200 so'mdan Batafsil
ASTANOL tabletkalari 5mg N10
ASTANOL tabletkalari 10mg N10
ALLEGRA sirop 50ml 5mg/5ml
LEFTRIN NEO infuziya uchun eritma 200ml 1000mg/200ml
SIAZIT kapsulalar 500mg N3
SIAZIT kapsulalar 250mg N6
ZANEKSA kapsulalar 250mg N6
ZANEKSA kapsulalar 500mg N3
SINAFULL NEO tabletkalari 5mg N10
IXTIOLOVAYA maz 25g 10%
Narh: 2 800 so'mdan Batafsil
SIAZOL tabletkalari 400mg N1
Narh: 23 500 so'mdan Batafsil
Narh: 25 800 so'mdan Batafsil
ENSEFAKOLIN NEO eritma 4ml 1000mg/4ml N5
SIKOL eritma 4ml 1000mg/4ml N5
SIKOL eritma 2ml 500mg/2ml N5
SEBROGEN eritma 5ml N5
Narh: 261 000 so'mdan Batafsil
BRALIN eritma 4ml 1000mg/4ml N5
OFLOKORT infuziya uchun eritma 100ml 200mg/100ml
LINIMENT BALZAMICHESKIY PO VISHNEVSKOMU maz 30g
Narh: 4 928 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9