QO‘LLASH BO‘YICHAYO‘RIQNOMA
IZOKET
ISOKET
Preparatning savdo nomi: Izoket
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): izosorbid dinitrati
Dori shakli: dozalangan oromukoz sprey
Tarkibi:
1 purkash (1 doza) 42,45 mg quyidagilarni saqlaydi:
1,25 mg izosorbid dinitrati
100 g preparat quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 2,946 g izosorbid dinitrati;
yordamchi moddalar: 400 17,668 g makrogol, 100% 79,386 g li etanol.
Ta‘rifi: tiniq, rangsiz spirt hidli eritma.
Farmakoterapevtik guruhi: yurak kasalliklarida qo‘llanadigan vazodilatasiyatator (qon tomirlarni kengaytiruvchi) vosita; organik nitrat.
ATX kodi: S01DA08.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Ta‘sir mexanizmi
Barcha organik nitratlar kabi izosorbid dinitratining ta‘siri azot oksidining (NO) donori sifatida namoyon bo‘ladi. Azot oksidi gualinatsiklazani rag‘batlantirishi va keyinchalik siklik guanozinmonofosfatning (sGMF) hujayra ichidagi konsentrasiyasini oshirishi yo‘li bilan qon tomirlardagi silliq mushaklarni bo‘shashishiga olib keladi. Buning oqibatida sGMF ga bog‘liq proteinkinaza rag‘batlantiriladi va silliq mushak hujayralarida turli oqsillarning fosforlanishi o‘zgaradi. Natijada bu miozinning yengil zanjirini defosforlanishiga va qisqaruvchanlik qobiliyatini pasayishiga olib keladi.
Farmakodinamik samaralari
Izosorbid dinitrati qon tomirlardagi silliq mushaklarini bo‘shashishini chaqirib, shu yo‘l bilan qon tomirlarni kengayishini (vazadilatasiya) rag‘batlantiradi.
Izosorbid dinitrati periferik arteriyalarni ham, venalarni ham bo‘shashtiradi. Venalarni kengayishi qonni venada to‘planishiga yordam beradi va yurakka oqib keluvchi venoz qon oqimini kamaytiradi; shunday qilib, yurak qorinchalaridagi so‘nggi diastolik bosim va hajm (oldyuklama) pasayadi.
Arteriyalarga, yuqori dozalarda esa – arteriolalarga ta‘siri, tizimli qon tomirlar qarshiligini (keyingi yuklama) pasayishiga olib keladi. Bu, o‘z navbatida, yurak funksiyasini yaxshilaydi.
Oldyuklamaga ham, keyingi yuklamaga ham ta‘siri, yurakning kislorodga bo‘lgan ehtiyojini kamayishiga olib keladi.
Bundan tashqari, izosorbid dinitrati koronar qon tomirlarining qisman aterosklerotik okklyuziyasi bo‘lgan sharoitlarda qon oqimini yurakning subendokardial soxalariga qayta taqsimlanishini chaqiradi. Bu samarasi, ehtimol, yirik koronar qon tomirlarning selektiv kengayishi bilan tushuntirilsa kerak. Nitratlar chaqirgan kollateral arteriyalarning dilatasiyasi, qon tomirlar stenozida miokardning perfuziyasini yaxshilashi mumkin. Nitratlar shuningdek koronar qon tomirini toraygan joyidagi silliq mushaklarning saqlanib qolgan ravog‘iga ta‘sir qilishi mumkin bo‘lgan toraytiruvchi omillarni neytrallab, ekssentrik stenozlarni ham kengaytiradi. Bundan tashqari, nitratlar koronar tomirlarni spazmlari hosil bo‘lishiga qarshilik qiladi va ularni yo‘qotadi.
Dimlangan yurak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda nitratlar tinch holatdagi va jismoniy harakatdagi gemodinamikani yaxshilaydi. Bu ijobiy samara bir qancha mexanizmlar, shu jumladan klapanli regurgitasiyani (qorinchalar dilatasiyasini kamayishi oqibatida) yaxshilanishi va miokardning kislorodga bo‘lgan ehtiyojini kamayishi orqali amalga oshadi.
Kislorodga bo‘lgan ehtiyoj pasayganida va kislorodni oqib kelishi oshganida, miokardning shikastlanish soxasi qisqaradi. Izosorbid dinitratini qo‘llash, miokard infarkti bo‘lgan ayrim pasientlarda samarali bo‘lishi mumkin.
Boshqa a‘zolar tizimiga ta‘siri bronxlar, me‘da-ichak yo‘llari, safro chiqarish va siydik chiqarish yo‘llarining silliq mushaklarini bo‘shashashini o‘z ichiga oladi. Miometriyni bo‘shashishi xaqida ham xabar berilgan.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
Og‘iz bo‘shlig‘iga sepilgandan so‘ng, faol modda – izosorbid dinitrati shilliq qavatlardan tez so‘riladi. Farmakologik samarasi preparat qo‘llanganidan so‘ng 1-3 minut davomida kuzatiladi. Izoket oromukoz spreyi plazmada maksimal konsentrasiyasiga 3-6 minut davomida erishiladi.
Taqsimlanishi
Peroral qo‘llangandan so‘ng izosorbid dinitrati yaqqol tizimoldi metabolizmiga uchraydi, bu taxminan 15-30% biokiraolishlikka olib keladi.
Metabolizmi
Izosorbid dinitrati izosorbid 2-mononitrati va izosorbid 5-mononitratigacha metabolizmga uchraydi, ularni yarim chiqarilish davri muvofiq 1,5 soatdan 2 soatgacha va 4 soatdan 6 soatgacha bo‘lgan vaqtni tashkil qiladi. Ikkala metabolitlari farmakologik faoldir.
Chiqarilishi
Yarim chiqarilish davri 30-60 minutni tashkil etadi. 90-150 minut davomida plazmadagi konsentrasiyasi dastlabki darajagacha pasayadi.
Izoket oromukoz spreyi og‘iz bo‘shlig‘ida qo‘llash uchun maxsus ishlab chiqilgan. Me‘da-ichak yo‘llarini chetlab o‘tib, faol modda darrov tizimli qon oqimiga tushadi va demak jigarda tez metabolizmga uchramaydi. Shuning uchun aniq ifodalangan biokiraolishlik 60-100% ga yetadi.
Qo‘llanilishi
Izoket oromukoz sprey preparati quyidagilarni:
Qo‘llash usuli va dozalari
Izoket preparati oromukoz spreyi og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatiga sepish uchun ishlatiladi.
Kattalar
Dozaga pasientning ehtiyojiga muvofiq tuzatish kiritish kerak.
Stenokardiya xurujini bartaraf etish uchun yoki xurujni chaqirishi mumkin bo‘lgan jismoniy yoki emosional harakatdan oldin spreyni purkashlar orasida 30 sekundlik interval bilan og‘izga 1-3 marta purkash kerak.
Xurujni bartaraf etish uchun 3 purkashdan iborat bo‘lgan bir martalik dozani faqat shifokorning qat‘iy tavsiyasi bo‘yicha oshirish mumkin.
O‘tkir miokard infarktida yoki o‘tkir yurak yetishmovchiligida 1-3 marta purkash buyuriladi. 5 minut davomida samara bo‘lmasa, shifokor nazorati ostida purkashni takrorlash mumkin. Agar 10 minut davomida yaxshilanish yuz bermasa, arterial bosimni nazorati ostida, Izoket oromukoz sprey preparatini qo‘llashni takrorlash mumkin.
Ayrim pasientlar guruhi
Bolalar
Hozirgi vaqtda izosorbid dinitratini bolalarda qo‘llash xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.
Keksa yoshdagi pasientlar
Keksa yoshdagi pasientlar uchun dozasiga tuzatish kiritish zarurati haqida ma‘lumotlar yo‘q.
Buyrak yetishmovchiligi
Taalluqli ma‘lumotlar yo‘q.
Jigar yetishmovchiligi
Taalluqli ma‘lumotlar yo‘q.
Ishlatish bo‘yicha yo‘riqnoma
Eritmani og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq qavatiga purkash kerak. Eritmani purkash vaqtida nafas olish mumkin emas. Ochiq olov yoki qizigan materiallar yaqinida purkash mumkin emas. Chekish vaqtida ishlatilmasin.
Izoket oromukoz sprey preparatini birinchi marta qo‘llashdan oldin, purkash klapanini bir necha marta bosish (engil bosim) va purkash bir xil bo‘lgunicha havoga yo‘naltirish kerak. Endi sprey ishlatishga tayyor.
Agar sprey bir sutkadan ortiq ishlatilmagan bo‘lsa, purkagich birinchi marta bosilganida havoga yo‘naltirish kerak, chunki ular to‘liq dozani saqlamasligi mumkin.
Sprey qo‘llanganda purkagichni yuqoriga qaratib flakonni vertikal ushlash kerak.
Sprey og‘izga yaqin keltiriladi va purkagichni bosib eritma og‘iz bo‘shlig‘iga quyidagicha sepiladi:
Izoh:
Sprey flakonining etiketkasida, pastda, strelka qo‘yilgan. Flakondagi suyuqlik satxi strelkaning yuqori chekkasiga yetganda, spreyning navbatdagi flakonini olish kerak. Bunday flakonni, biroz egganda so‘rib oluvchi naychaning uchi suyuqlikka tushgunicha, ishlatish mumkin.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Klinik tadqiqotlar va postregistrasion kuzatuvlarning ma‘lumotlari
Noxush dori reaksiyalari (NDR) MedDRA a‘zolar tizimi sinflari bo‘yicha va uchrash tez-tezligi bo‘yicha keltirilgan.
Uchrash tez-tezligi quyidagi tarzda belgilangan:
Juda tez tez (≥ 1/10);
Tez-tez (≥ 1/100 dan < 1/10 gacha);
Tez-tez emas (≥ 1/1000 dan < 1/100 gacha);
Kam hollarda (≥ 1/10000 dan < 1/1000 gacha);
Juda kam hollarda (< 1/10000);
Tez-tezligi noma‘lum (mavjud bo‘lgan ma‘lumotlar bo‘yicha baholash mumkin emas).
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar:
Juda tez-tez: bosh og‘rig‘i
Tez-tez: bosh aylanishi, uyquchanlik
Yurak tomonidan buzilishlar:
Tez-tez: taxikardiya
Tez-tez emas: stenokardiyani zo‘rayishi
Qon tomirlari tomonidan buzilishlar:
Tez-tez: ortostatik gipotenziya
Tez-tez emas: qon tomir kollapsi (ba‘zida bradikardiya va sinkope bilan birga kechuvchi), giperemiya
Tez-tezligi noma‘lum: gipotoniya
Organik nitratlar qo‘llanganda ko‘ngil aynishi, qusish, bezovtalik, teri qoplamlarini oqarishi va kuchli terlashni o‘z ichiga oluvchi og‘ir gipotenziv reaksiyalar to‘g‘risida xabar berilgan.
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan buzilishlar:
Tez-tezligi noma‘lum: gipoksiya (Maxsus ko‘rsatmalar bo‘limiga qarang).
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar:
Tez-tez emas: ko‘ngil aynishi, qusish
Juda kam hollarda: jig‘ildon qaynashi
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar:
Tez-tez emas: teri allergik reaksiyalar (masalan, toshma)
Juda kam hollarda: angionevrotik shishi, Stivens-Djonson sindromi
Tez-tezligi noma‘lum: eksfoliativ dermatit
Umumiy buzilishlar va yuborilgan joydagi buzilishlar:
Tez-tez: asteniya, qo‘yilgan joyda tilni achishish hissi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
Izoket oromukoz sprey preparatini quyidagi holatlarda qo‘llash mumkin emas:
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Arterial bosimni pasaytiruvchi preparatlar
Izoket oromukoz sprey preparatining gipotenziv ta‘siri, boshqa antigipertenziv vositalar, masalan, vazodilatatorlar, beta-adrenoblokatorlar, diuretiklar, kalsiy kanallarining blokatorlari, AAF ingibitorlari, antipsixotik vositalar (neyroleptiklar) yoki trisiklik antidepressantlar; shuningdek alkogol bilan bir vaqtda qabul qilinganida kuchayishi mumkin.
Fosfodiesteraza ingibitorlari
Izoket oromukoz sprey preparatining gipotenziv ta‘siri, fosfodiesteraza ingibitorlari, masalan, sildenafil, tadalafil, vardenafil bilan bir vaqtda qabul qilinganida kuchayishi mumkin (Maxsus ko‘rsatmalar va Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar bo‘limlariga qarang). Bir vaqtda qabul qilish hayotga xavf tug‘diruvchi yurak-qon tomir asoratlarga olib kelishi mumkin. Izosorbid dinitrati bilan davolanayotgan pasientlar, fosfodiesteraza ingibitorlarini, masalan, sildenafil, tadalafil, vardenafilni qabul qilmasliklari kerak. Fosfodiesteraza ingibitorlarini, masalan, sildenafil, tadalafil, vardenafilni yaqinda qabul qilgan pasientlar izosorbid dinitrati bilan jadal davolash olishlari mumkin emas.
Riosiguat
Izosorbid dinitratini eruvchan guanilatsiklazaning stimulyatori riosiguatni bir vaqtda qabul qilish mumkin emas (Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar bo‘limiga qarang), chunki ularni bir vaqtda qo‘llash gipotoniyani chaqirishi mumkin.
Digidroergotamin
Digidroergotamin bilan majmuada qabul qilinayotgan izosorbid dinitrati, qonda digidroergotaminning konsentrasiyasini oshirishi va bu tibbiy preparatning ta‘sirini muvofiq kuchaytirishi mumkin.
Saproptepin
Saproptepin tarkibida tetrogidrobiopterin (VN4) saqlaydi. VN4 – azot oksidi sintetaza kofermentidir. Sapropterin saqlovchi dori preparatlar, ta‘siri azot oksidining shu jumladan azot oksidining klassik donatorlarini (masalan, nitrogliserin, izosorbid dinitrati, izosorbid mononitrati va boshqalar) metabolizmi yoki samarasiga ta‘siri bilan bog‘liq bo‘lgan barcha tomirlarni kengaytiruvchi vositalar, bir vaqtda qo‘llanganda extiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etiladi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Alohida ehtiyotkorlik va tibbiy nazorat ostida qo‘llanadigan holatlar
Izoket oromukoz sprey preparati quyidagi hollarda alohida ehtiyotkorlik va tibbiy nazorat ostida qo‘llash kerak:
Tolerantlik
Boshqa nitratli preparatlarga kesishgan tolerantlik rivojlanishi kabi preparatga xam tolerantlikni rivojlanishi (boshqa nitratli preparatlar bilan oldin davolanganda samaradorlikni pasayishi) ta‘riflangan. Samaradorlikni pasayishini yoki yo‘qolishini oldini olish uchun, preparatni yuqori dozalarda uzoq vaqt qo‘llashdan saqlanish kerak.
Samarani bir maromda ushlab turuvchi va jadal davolash
Izoket oromukoz sprey preparati bilan samarani bir maromda ushlab turuvchi yoki jadal davolash qabul qilayotgan pasientlar, ular fosfodiesteraza ingibitorlari, masalan, sildenafil, tadalafil, vardenafilni qo‘llashdan saqlanishlari kerakligi xaqida ma‘lumot olgan bo‘lishlari kerak. Fosfodiesteraza ingibitorlarini (masalan, sildenafil, tadalafil, vardenafil) qabul qilish uchun Izoket oromukoz sprey preparati bilan davolashni to‘xtatish mumkin emas, chunki bu stenokardiya xuruji rivojlanishi xavfini oshirishi mumkin (Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar, Dorilarning o‘zaro ta‘siri bo‘limlariga qarang).
Gipoksiya
Izosorbid dinitrati bilan davolanish davrida, qon oqimi gipoventilyasiyaning alveolyar zonalariga qayta taqsimlanishi oqibatida vaqtinchalik gipoksemiya rivojlanishi mumkin. Yurak ishemik kasalligi bo‘lgan pasientlarda miokard gipoksiyasiga olib kelishi mumkin.
Tarkibdagi alkogol
Izoket oromukoz sprey preparati tarkibida oz miqdorda, bir dozada 100 mg dan kam etanol (alkogol) saqlaydi.
Preparatni teriga haddan ziyod miqdorda tushishi
Izoket oromukoz sprey preparatining katta miqdori tasodifan teriga tushganida, terini darxol tozalash kerak. Aks xolda eritma teri orqali so‘rilishi va jiddiy nojo‘ya reaksiyalarni chaqirishi mumkin (Nojo‘ya ta‘sirlari bo‘limiga qarang).
Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi
Fertillik
Ma‘lumotlar yo‘q.
Homiladorlik
Homiladorlik davrida izosorbid dinitratini o‘ta ehtiyotkorlik bilan, faqat shifokorning qat‘iy ko‘rsatmasi bo‘yicha va tibbiy kuzatuv ostida, uni ishlatish juda zarur bo‘lgan vaziyatlarda ishlatish kerak, chunki hayvonlardagi eksperimental tekshirishlar xamma vaqt xam odam organizmining reaksiyasini oldindan aytib berish imkoniyatini bermaydi.
Ona organizmi uchun toksik dozalarda kalamushlar va quyonlarda o‘tkazilgan reproduktiv faoliyatni tekshirishlarida, izosorbid dinitratini xomilaga shikastlovchi ta‘siri aniqlanmagan. Lekin homilador ayollarda muvofiq va qat‘iy nazoratli tekshirishlar o‘tkazilmagan.
Laktasiya
Laktasiya davrida izosorbid dinitratni extiyotkorlik bilan buyurish kerak. Mavjud bo‘lgan ma‘lumotlar ishonchli xamda yetarli emas va emizish davrida izosorbid dinitrati qo‘llanganda yangi tug‘ilgan chaqaloq uchun xavfni baxolash imkoniyatini bermaydi. Nitratlarni ko‘krak suti bilan chiqarilishi va yangi tug‘ilgan chaqaloqda metgemoglobinemiyaga olib kelishi mumkinligi haqida ma‘lumotlar bor. Izosorbid dinitrati va uning metabolitlarini ona ko‘krak sutiga chiqarilish darajasi aniqlanmagan.
Diqqatni jamlashni, psixomotor reaksiyalar tezligini va kognitiv kognitiv ko‘nikmalarni talab qiluvchi ishlarni bajarish qobiliyatiga ta‘siri
Izosorbid dinitrati pasientning avtotransport vositalari yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish qobilyatiga ta‘sir qilishi mumkin. Bu samara alkogol bilan birga qabul qilganda kuchayadi.
Preparatni yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llash mumkin emas va bolalar ololmaydigan joyda saqlash kerak..
Dozani oshirib yuborilishi
Sichqonlarda bir marta vena ichiga yuborilganda o‘lim dozasi (LD50) 33,4 mg/kg ni tashkil qilgan.
Simptomlari va belgilari
Doza oshirib yuborilganda quyidagi simptomlar kuzatilishi mumkin:
Boshqa organik nitratlarni qabul qilgan pasientlarda metgemoglobinemiya rivojlanishi xaqida xabar berilgan. Izosorbid mononitratining biotransformasiyasi vaqtida metgemoglobinemiyani va keyinchalik taxipnoe, xavotirlik xissi, xushdan ketish va yurak urishini to‘xtab qolishi bilan kechuvchi sianozni rivojlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan nitrit-ionlar ajralib chiqaradi. Izosorbid dinitratining dozasini oshirib yuborilishi xuddi shunday noxush reaksiyalarga olib kelishi mumkinligini istisno qilish mumkin emas.
Juda yuqori dozalarda bosh miya ichki bosimi oshishi mumkin. Bu bosh miya simptomlarni paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Davolash
Umumiy choralar
Maxsus choralar
Nafasni va qon aylanishini to‘xtab qolish belgilari paydo bo‘lganida darxol reanimasion choralarni qo‘llashga kirishish kerak.
Pasientni keyingi davolash ishlarini olib borilishini klinik ko‘rsatmalarga yoki agar bo‘lsa, milliy toksikologik markazning tavsiyalariga muvofiq amalga oshirish lozim.
Chiqarilish shakli
Dozalangan sprey. 42, 45 mg teng 1 purkash (1 doza) tarkibida 1,25 mg izosorbid dinitrati saqlaydi.
15 ml dan (300 doza) preparat qalpoqchani maxkamlash uchun uchlik, qattiq mahkamlangan oq plastik purkagichli dozalovchi nasos (sprey boshchasi) va qizil himoya qalpoqchali jigarrang tiniq shisha flakonda.
Har bir flakon qo‘llash bo‘yimcha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddat
60 oy.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.