×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

IZOKET 0,00125/DOZA sprey 15ml

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Irlandiya / Germaniya
Faol modda:
Изосорбида динитрат
Ishlab chiqaruvchi:
- Авара Шаннон Фармасьютикал Сервисез Лимитед/Эйсика Фармасьютикалз ГмбХ
ATX kodi:
- C01DA08
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
53 800 s`om dan
BISOPROLOL tabletkalari 5mg N30 Sandoz Pharmaceuticals d.d., Словения произведено: Lek S.A. Polsha
5 000 s`om dan
FARMADIPIN tomchilar 25ml 2% Фармак, ПАО Ukraina
31 000 s`om dan
PRESTILOL tabletkalari 5mg/10mg N30 Les Laboratoires Servier Frantsiya
114 200 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
IZOKET 0,00125/DOZA sprey 15ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHAYO‘RIQNOMA

IZOKET

ISOKET

 

Preparatning savdo nomi: Izoket

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): izosorbid dinitrati

Dori shakli: dozalangan oromukoz sprey

Tarkibi:

1 purkash (1 doza) 42,45 mg quyidagilarni saqlaydi:

1,25 mg izosorbid dinitrati

100 g preparat quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 2,946 g izosorbid dinitrati;

yordamchi moddalar: 400 17,668 g makrogol, 100% 79,386 g li etanol.

Ta‘rifi: tiniq, rangsiz spirt hidli eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: yurak kasalliklarida qo‘llanadigan vazodilatasiyatator (qon tomirlarni kengaytiruvchi) vosita; organik nitrat.

ATX kodi: S01DA08.

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Ta‘sir mexanizmi

Barcha organik nitratlar kabi izosorbid dinitratining ta‘siri azot oksidining (NO) donori sifatida namoyon bo‘ladi. Azot oksidi gualinatsiklazani rag‘batlantirishi va keyinchalik siklik guanozinmonofosfatning (sGMF) hujayra ichidagi konsentrasiyasini oshirishi yo‘li bilan qon tomirlardagi silliq mushaklarni bo‘shashishiga olib keladi. Buning oqibatida sGMF ga bog‘liq proteinkinaza rag‘batlantiriladi va silliq mushak hujayralarida turli oqsillarning fosforlanishi o‘zgaradi. Natijada bu miozinning yengil zanjirini defosforlanishiga va qisqaruvchanlik qobiliyatini pasayishiga olib keladi.

Farmakodinamik samaralari

Izosorbid dinitrati qon tomirlardagi silliq mushaklarini bo‘shashishini chaqirib, shu yo‘l bilan qon tomirlarni kengayishini (vazadilatasiya) rag‘batlantiradi.

Izosorbid dinitrati periferik arteriyalarni ham, venalarni ham bo‘shashtiradi. Venalarni kengayishi qonni venada to‘planishiga yordam beradi va yurakka oqib keluvchi venoz qon oqimini kamaytiradi; shunday qilib, yurak qorinchalaridagi so‘nggi diastolik bosim va hajm (oldyuklama) pasayadi.

Arteriyalarga, yuqori dozalarda esa – arteriolalarga ta‘siri, tizimli qon tomirlar qarshiligini (keyingi yuklama) pasayishiga olib keladi. Bu, o‘z navbatida, yurak funksiyasini yaxshilaydi.

Oldyuklamaga ham, keyingi yuklamaga ham ta‘siri, yurakning kislorodga bo‘lgan ehtiyojini kamayishiga olib keladi.

Bundan tashqari, izosorbid dinitrati koronar qon tomirlarining qisman aterosklerotik okklyuziyasi bo‘lgan sharoitlarda qon oqimini yurakning subendokardial soxalariga qayta taqsimlanishini chaqiradi. Bu samarasi, ehtimol, yirik koronar qon tomirlarning selektiv kengayishi bilan tushuntirilsa kerak. Nitratlar chaqirgan kollateral arteriyalarning dilatasiyasi, qon tomirlar stenozida miokardning perfuziyasini yaxshilashi mumkin. Nitratlar shuningdek koronar qon tomirini toraygan joyidagi silliq mushaklarning saqlanib qolgan ravog‘iga ta‘sir qilishi mumkin bo‘lgan toraytiruvchi omillarni neytrallab,  ekssentrik stenozlarni ham kengaytiradi. Bundan tashqari, nitratlar koronar tomirlarni spazmlari hosil bo‘lishiga qarshilik qiladi va ularni yo‘qotadi.

Dimlangan yurak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda nitratlar tinch holatdagi va jismoniy harakatdagi gemodinamikani yaxshilaydi. Bu ijobiy samara bir qancha mexanizmlar, shu jumladan klapanli regurgitasiyani (qorinchalar dilatasiyasini kamayishi oqibatida) yaxshilanishi va miokardning kislorodga bo‘lgan ehtiyojini kamayishi orqali amalga oshadi.

Kislorodga bo‘lgan ehtiyoj pasayganida va kislorodni oqib kelishi oshganida, miokardning shikastlanish soxasi qisqaradi. Izosorbid dinitratini qo‘llash, miokard infarkti bo‘lgan ayrim pasientlarda samarali bo‘lishi mumkin.

Boshqa a‘zolar tizimiga ta‘siri bronxlar, me‘da-ichak yo‘llari, safro chiqarish va siydik chiqarish yo‘llarining silliq mushaklarini bo‘shashashini o‘z ichiga oladi. Miometriyni bo‘shashishi xaqida ham xabar berilgan.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi

Og‘iz bo‘shlig‘iga sepilgandan so‘ng, faol modda – izosorbid dinitrati shilliq qavatlardan tez so‘riladi. Farmakologik samarasi preparat qo‘llanganidan so‘ng 1-3 minut davomida kuzatiladi. Izoket oromukoz spreyi plazmada maksimal konsentrasiyasiga 3-6 minut davomida erishiladi.

Taqsimlanishi

Peroral qo‘llangandan so‘ng izosorbid dinitrati yaqqol tizimoldi metabolizmiga uchraydi, bu taxminan 15-30% biokiraolishlikka olib keladi.

Metabolizmi

Izosorbid dinitrati izosorbid 2-mononitrati va izosorbid 5-mononitratigacha metabolizmga uchraydi, ularni yarim chiqarilish davri muvofiq 1,5 soatdan 2 soatgacha va 4 soatdan 6 soatgacha bo‘lgan vaqtni tashkil qiladi. Ikkala metabolitlari farmakologik faoldir.

Chiqarilishi

Yarim chiqarilish davri 30-60 minutni tashkil etadi. 90-150 minut davomida plazmadagi konsentrasiyasi dastlabki darajagacha pasayadi.

Izoket oromukoz spreyi og‘iz bo‘shlig‘ida qo‘llash uchun maxsus ishlab chiqilgan. Me‘da-ichak yo‘llarini chetlab o‘tib, faol modda darrov tizimli qon oqimiga tushadi va demak jigarda tez metabolizmga uchramaydi. Shuning uchun aniq ifodalangan biokiraolishlik 60-100% ga yetadi.

 

Qo‘llanilishi

Izoket oromukoz sprey preparati quyidagilarni:

  • stenokardiya xurujlarini oldini olish va davolash;
  • o‘tkir miokard infarkti;
  • o‘tkir chap qorincha yetishmovchiligini davolash uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Izoket preparati oromukoz spreyi og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatiga sepish uchun ishlatiladi.

Kattalar

Dozaga pasientning ehtiyojiga muvofiq tuzatish kiritish kerak.

Stenokardiya xurujini bartaraf etish uchun yoki xurujni chaqirishi mumkin bo‘lgan jismoniy yoki emosional harakatdan oldin spreyni purkashlar orasida 30 sekundlik interval bilan og‘izga 1-3 marta purkash kerak.

Xurujni bartaraf etish uchun 3 purkashdan iborat bo‘lgan bir martalik dozani faqat shifokorning qat‘iy tavsiyasi bo‘yicha oshirish mumkin.

O‘tkir miokard infarktida yoki o‘tkir yurak yetishmovchiligida 1-3 marta purkash buyuriladi. 5 minut davomida samara bo‘lmasa, shifokor nazorati ostida purkashni takrorlash mumkin. Agar 10 minut davomida yaxshilanish yuz bermasa, arterial bosimni nazorati ostida, Izoket oromukoz sprey preparatini qo‘llashni takrorlash mumkin.

Ayrim pasientlar guruhi

Bolalar

Hozirgi vaqtda izosorbid dinitratini bolalarda qo‘llash xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.

Keksa yoshdagi pasientlar

Keksa yoshdagi pasientlar uchun dozasiga tuzatish kiritish zarurati haqida ma‘lumotlar yo‘q.

Buyrak yetishmovchiligi

Taalluqli ma‘lumotlar yo‘q.

Jigar yetishmovchiligi

Taalluqli ma‘lumotlar yo‘q.

Ishlatish bo‘yicha yo‘riqnoma

Eritmani og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq qavatiga purkash kerak. Eritmani purkash vaqtida nafas olish mumkin emas. Ochiq olov yoki qizigan materiallar yaqinida purkash mumkin emas. Chekish vaqtida ishlatilmasin.

Izoket oromukoz sprey preparatini birinchi marta qo‘llashdan oldin, purkash klapanini bir necha marta bosish (engil bosim) va purkash bir xil bo‘lgunicha havoga yo‘naltirish kerak. Endi sprey ishlatishga tayyor.

Agar sprey bir sutkadan ortiq ishlatilmagan bo‘lsa, purkagich birinchi marta bosilganida havoga yo‘naltirish kerak, chunki ular to‘liq dozani saqlamasligi mumkin.

Sprey qo‘llanganda purkagichni yuqoriga qaratib flakonni vertikal ushlash kerak.

Sprey og‘izga yaqin keltiriladi va purkagichni bosib eritma og‘iz bo‘shlig‘iga quyidagicha sepiladi:

  1. chuqur nafas olinadi;
  2. nafas ushlab turiladi;
  3. purkagichga bosib, eritma og‘izga purkaladi (bunda tilni yengil achishishi paydo bo‘lishi mumkin);
  4. og‘iz yopiladi va taxminan 30 sekund davomida burun orqali nafas olinadi

Izoh:

Sprey flakonining etiketkasida, pastda, strelka qo‘yilgan. Flakondagi suyuqlik satxi strelkaning yuqori chekkasiga yetganda, spreyning navbatdagi flakonini olish kerak. Bunday flakonni, biroz egganda so‘rib oluvchi naychaning uchi suyuqlikka tushgunicha, ishlatish mumkin.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Klinik tadqiqotlar va postregistrasion kuzatuvlarning ma‘lumotlari

Noxush dori reaksiyalari (NDR) MedDRA a‘zolar tizimi sinflari bo‘yicha va uchrash tez-tezligi bo‘yicha keltirilgan.

Uchrash tez-tezligi quyidagi tarzda belgilangan:

Juda tez tez (≥ 1/10);

Tez-tez (≥ 1/100 dan < 1/10 gacha);

Tez-tez emas (≥ 1/1000 dan < 1/100 gacha);

Kam hollarda (≥ 1/10000 dan < 1/1000 gacha);

Juda kam hollarda (< 1/10000);

Tez-tezligi noma‘lum (mavjud bo‘lgan ma‘lumotlar bo‘yicha baholash mumkin emas).

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar:

Juda tez-tez:          bosh og‘rig‘i

Tez-tez:                     bosh aylanishi, uyquchanlik

Yurak tomonidan buzilishlar:

Tez-tez:                     taxikardiya

Tez-tez emas:            stenokardiyani zo‘rayishi

Qon tomirlari tomonidan buzilishlar:

Tez-tez:                     ortostatik gipotenziya

Tez-tez emas:            qon tomir kollapsi (ba‘zida bradikardiya va sinkope bilan birga kechuvchi), giperemiya

Tez-tezligi noma‘lum: gipotoniya

Organik nitratlar qo‘llanganda ko‘ngil aynishi, qusish, bezovtalik, teri qoplamlarini oqarishi va kuchli terlashni o‘z ichiga oluvchi og‘ir gipotenziv reaksiyalar to‘g‘risida xabar berilgan.

Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan buzilishlar:

Tez-tezligi noma‘lum: gipoksiya (Maxsus ko‘rsatmalar bo‘limiga qarang).

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar:

Tez-tez emas:            ko‘ngil aynishi, qusish

Juda kam hollarda: jig‘ildon qaynashi

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar:

Tez-tez emas:            teri allergik reaksiyalar (masalan, toshma)

Juda kam hollarda: angionevrotik shishi, Stivens-Djonson sindromi

Tez-tezligi noma‘lum: eksfoliativ dermatit

Umumiy buzilishlar va yuborilgan joydagi buzilishlar:

Tez-tez:                     asteniya, qo‘yilgan joyda tilni achishish hissi. 

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar

Izoket oromukoz sprey preparatini quyidagi holatlarda qo‘llash mumkin emas:

  • ta‘sir etuvchi moddaga, nitratlarning boshqa birikmalarga, shuningdek preparatning tarkibiga kiruvchi yordamchi moddalardan birontasiga yuqori sezuvchanlik;
  • qon aylanishini o‘tkir buzilishida (shok, kollaps);
  • kardiogen shok (faqat agar diastolik bosimni yetarli darajada ushlab turish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmagan bo‘lsa);
  • gipertrofik obstruktiv kardiomiopatiyada (GOKM);
  • konstriktiv perikardit;
  • yurak tamponadasida;
  • og‘ir arterial gipotenziyada (sistolik arterial bosim 90 mm sim. ust.dan past);
  • og‘ir gipovolemiyada;
  • og‘ir anemiyada qo‘llash mumkin emas.
  • nitratlar bilan davolash vaqtida fosfodiesteraza ingibitorlari (masalan, sildenafil, tadalafil,vardenafil) ni qo‘llash mumkin emas (Maxsus ko‘rsatmalar bo‘limiga qarang).
  • nitratlar bilan davolash vaqtida, eruvchan guanilatsiklazaning stimulyatori riosiguatni qo‘llash mumkin emas (Dorilarning o‘zaro ta‘siri bo‘limiga qarang)

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Arterial bosimni pasaytiruvchi preparatlar

Izoket oromukoz sprey preparatining gipotenziv ta‘siri, boshqa antigipertenziv vositalar, masalan, vazodilatatorlar, beta-adrenoblokatorlar, diuretiklar, kalsiy kanallarining blokatorlari, AAF ingibitorlari, antipsixotik vositalar (neyroleptiklar) yoki trisiklik antidepressantlar; shuningdek alkogol bilan bir vaqtda qabul qilinganida kuchayishi mumkin.

Fosfodiesteraza ingibitorlari

Izoket oromukoz sprey preparatining gipotenziv ta‘siri, fosfodiesteraza ingibitorlari, masalan, sildenafil, tadalafil, vardenafil bilan bir vaqtda qabul qilinganida kuchayishi mumkin (Maxsus ko‘rsatmalar va Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar bo‘limlariga qarang). Bir vaqtda qabul qilish hayotga xavf tug‘diruvchi yurak-qon tomir asoratlarga olib kelishi mumkin. Izosorbid dinitrati bilan davolanayotgan pasientlar, fosfodiesteraza ingibitorlarini, masalan, sildenafil, tadalafil, vardenafilni qabul qilmasliklari kerak. Fosfodiesteraza ingibitorlarini, masalan, sildenafil, tadalafil, vardenafilni yaqinda qabul qilgan pasientlar izosorbid dinitrati bilan jadal davolash olishlari mumkin emas.

Riosiguat

Izosorbid dinitratini eruvchan guanilatsiklazaning stimulyatori riosiguatni bir vaqtda qabul qilish mumkin emas (Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar bo‘limiga qarang), chunki ularni bir vaqtda qo‘llash gipotoniyani chaqirishi mumkin.

Digidroergotamin

Digidroergotamin bilan majmuada qabul qilinayotgan izosorbid dinitrati, qonda digidroergotaminning konsentrasiyasini oshirishi va bu tibbiy preparatning ta‘sirini muvofiq kuchaytirishi mumkin.

Saproptepin

Saproptepin tarkibida tetrogidrobiopterin (VN4) saqlaydi. VN4 – azot oksidi sintetaza kofermentidir. Sapropterin saqlovchi dori preparatlar, ta‘siri azot oksidining shu jumladan azot oksidining klassik donatorlarini (masalan, nitrogliserin, izosorbid dinitrati, izosorbid mononitrati va boshqalar) metabolizmi yoki samarasiga ta‘siri bilan bog‘liq bo‘lgan barcha tomirlarni kengaytiruvchi vositalar,  bir vaqtda qo‘llanganda extiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etiladi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Alohida ehtiyotkorlik va tibbiy nazorat ostida qo‘llanadigan holatlar

Izoket oromukoz sprey preparati quyidagi hollarda alohida ehtiyotkorlik va tibbiy nazorat ostida qo‘llash kerak:

  • yurak qorinchalarini to‘lish bosimni past bo‘lishi, masalan, o‘tkir miokard infarkti, chap qorincha funksiyasini izdan chiqishi (chap qorincha yetishmovchiligi). Sistolik arterial bosim 90 mm sm ust. past bo‘lganda qo‘llashdan saqlanish kerak;
  • aortal va/yoki mitral stenozda;
  • bosh miya ichki bosimini oshishi bilan birga kechuvchi kasalliklarda (lekin, xozirgi vaqtgacha, bosh miya ichki bosimini oshishi faqat nitrogliserin yuqori dozalarda vena ichiga yuborilgandan so‘ng kuzatilgan);
  • ortostatik buzilishlarda.

Tolerantlik

Boshqa nitratli preparatlarga kesishgan tolerantlik rivojlanishi kabi preparatga xam tolerantlikni rivojlanishi (boshqa nitratli preparatlar bilan oldin davolanganda samaradorlikni pasayishi) ta‘riflangan. Samaradorlikni pasayishini yoki yo‘qolishini oldini olish uchun, preparatni yuqori dozalarda uzoq vaqt qo‘llashdan saqlanish kerak.

Samarani bir maromda ushlab turuvchi va jadal davolash

Izoket oromukoz sprey preparati bilan samarani bir maromda ushlab turuvchi yoki jadal davolash qabul qilayotgan pasientlar, ular fosfodiesteraza ingibitorlari, masalan, sildenafil, tadalafil, vardenafilni qo‘llashdan saqlanishlari kerakligi xaqida ma‘lumot olgan bo‘lishlari kerak. Fosfodiesteraza ingibitorlarini (masalan, sildenafil, tadalafil, vardenafil) qabul qilish uchun Izoket oromukoz sprey preparati bilan davolashni to‘xtatish mumkin emas, chunki bu stenokardiya xuruji rivojlanishi xavfini oshirishi mumkin (Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar, Dorilarning o‘zaro ta‘siri bo‘limlariga qarang).

Gipoksiya

Izosorbid dinitrati bilan davolanish davrida, qon oqimi gipoventilyasiyaning alveolyar zonalariga qayta taqsimlanishi oqibatida vaqtinchalik gipoksemiya rivojlanishi mumkin. Yurak ishemik kasalligi bo‘lgan pasientlarda miokard gipoksiyasiga olib kelishi mumkin.

 

 

Tarkibdagi alkogol

Izoket oromukoz sprey preparati tarkibida oz miqdorda, bir dozada 100 mg dan kam etanol (alkogol) saqlaydi.

Preparatni teriga haddan ziyod miqdorda tushishi

Izoket oromukoz sprey preparatining katta miqdori tasodifan teriga tushganida, terini darxol tozalash kerak. Aks xolda eritma teri orqali so‘rilishi va jiddiy nojo‘ya reaksiyalarni chaqirishi mumkin (Nojo‘ya ta‘sirlari bo‘limiga qarang).

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Fertillik

Ma‘lumotlar yo‘q.

Homiladorlik

Homiladorlik davrida izosorbid dinitratini o‘ta ehtiyotkorlik bilan, faqat shifokorning qat‘iy ko‘rsatmasi bo‘yicha va tibbiy kuzatuv ostida, uni ishlatish juda zarur bo‘lgan vaziyatlarda ishlatish kerak, chunki hayvonlardagi eksperimental tekshirishlar xamma vaqt xam odam organizmining reaksiyasini oldindan aytib berish imkoniyatini bermaydi.

Ona organizmi uchun toksik dozalarda kalamushlar va quyonlarda o‘tkazilgan reproduktiv faoliyatni tekshirishlarida, izosorbid dinitratini xomilaga shikastlovchi ta‘siri aniqlanmagan. Lekin homilador ayollarda muvofiq va qat‘iy nazoratli tekshirishlar o‘tkazilmagan.

Laktasiya

Laktasiya davrida izosorbid dinitratni extiyotkorlik bilan buyurish kerak. Mavjud bo‘lgan ma‘lumotlar ishonchli xamda yetarli emas va emizish davrida izosorbid dinitrati qo‘llanganda yangi tug‘ilgan chaqaloq uchun xavfni baxolash imkoniyatini bermaydi. Nitratlarni ko‘krak suti bilan chiqarilishi va yangi tug‘ilgan chaqaloqda metgemoglobinemiyaga olib kelishi mumkinligi haqida ma‘lumotlar bor. Izosorbid dinitrati va uning metabolitlarini ona ko‘krak sutiga chiqarilish darajasi aniqlanmagan.

Diqqatni jamlashni, psixomotor reaksiyalar tezligini va kognitiv kognitiv ko‘nikmalarni talab qiluvchi  ishlarni bajarish qobiliyatiga ta‘siri

Izosorbid dinitrati pasientning avtotransport vositalari yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish qobilyatiga ta‘sir qilishi mumkin. Bu samara alkogol bilan birga qabul qilganda kuchayadi.

Preparatni yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llash mumkin emas va bolalar ololmaydigan joyda saqlash kerak..

 

Dozani oshirib yuborilishi

Sichqonlarda bir marta vena ichiga yuborilganda o‘lim dozasi (LD50) 33,4 mg/kg ni tashkil qilgan.

Simptomlari va belgilari

Doza oshirib yuborilganda quyidagi simptomlar kuzatilishi mumkin:

  • arterial bosimni ≤ 90 mm sim. ust. dan pasayishi
  • oqarish
  • kuchli terlash
  • pulsni kuchsizlashishi
  • puls to‘liqligini susayishi
  • taxikardiya
  • postural bosh aylanishi
  • bosh og‘rig‘i
  • asteniya
  • bosh aylanishi
  • ko‘ngil aynishi
  • qusish
  • diareya

Boshqa organik nitratlarni qabul qilgan pasientlarda metgemoglobinemiya rivojlanishi xaqida xabar berilgan. Izosorbid mononitratining biotransformasiyasi vaqtida metgemoglobinemiyani va keyinchalik taxipnoe, xavotirlik xissi, xushdan ketish va yurak urishini to‘xtab qolishi bilan kechuvchi sianozni rivojlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan nitrit-ionlar ajralib chiqaradi. Izosorbid dinitratining dozasini oshirib yuborilishi xuddi shunday noxush reaksiyalarga olib kelishi mumkinligini istisno qilish mumkin emas.

Juda yuqori dozalarda bosh miya ichki bosimi oshishi mumkin. Bu bosh miya simptomlarni paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

Davolash

Umumiy choralar

  • preparatni qabul qilishni/qo‘llashni/yuborishni to‘xtatish
  • nitratlar chaqirgan gipotenziya xolidagi umumiy tadbirlar tartibi:
  • pasientning boshini pastga tushirilgan va oyoqlarini ko‘tarilgan xolda yotqizish kerak;
  • kislorod bilan ta‘minlash;
  • plazma hajmini o‘rnini qoplash (vena ichiga infuziya)
  • spesifik shokka qarshi davolashni o‘tkazish (pasientni jadal davolash bo‘limiga o‘tkazish kerak)

Maxsus choralar

  • agar arterial bosim juda past bo‘lsa, arterial bosimni oshirish;
  • vazopressorlarni faqat pasient adekvat infuzion reanimasion tadbirlarga adekvat javob bermagan xolatda ishlatish kerak;
  • metgemoglobinemiyani davolash:
  • og‘irlik darajasidan qat‘iy nazar tanlov davolash choralari S vitamini, metilen ko‘ki yoki toluidin ko‘kini o‘z ichiga oladi
  • oksigenoterapiya (zarurati bo‘lganda):
  • o‘pkalarni sun‘iy ventilyasiyasi;
  • gemodializ;
  • reanimasion tadbirlar o‘tkaziladi.

Nafasni va qon aylanishini to‘xtab qolish belgilari paydo bo‘lganida darxol reanimasion choralarni qo‘llashga kirishish kerak.

Pasientni keyingi davolash ishlarini olib borilishini klinik ko‘rsatmalarga yoki agar bo‘lsa, milliy toksikologik markazning tavsiyalariga muvofiq amalga oshirish lozim.

Chiqarilish shakli

Dozalangan sprey. 42, 45 mg teng 1 purkash (1 doza) tarkibida 1,25 mg izosorbid dinitrati saqlaydi.

15 ml dan (300 doza) preparat qalpoqchani maxkamlash uchun uchlik, qattiq mahkamlangan oq plastik purkagichli dozalovchi nasos (sprey boshchasi) va qizil himoya qalpoqchali jigarrang tiniq shisha flakonda.

Har bir flakon qo‘llash bo‘yimcha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddat

60 oy.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

IZOKET 0,00125/DOZA sprey 15ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
IZOKET 0,00125/DOZA sprey 15ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
IZOKET 0,00125/DOZA sprey 15ml dori vositasi Авара Шаннон Фармасьютикал Сервисез Лимитед/Эйсика Фармасьютикалз ГмбХ tomonidan Irlandiya / Germaniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
IZOKET 0,00125/DOZA sprey 15ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
IZOKET 0,00125/DOZA sprey 15ml dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
NITROSORBID tabletkalari 10mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Изосорбида динитрат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ЧНПП
Другие формы препарата
IZOKET 0,001/ML konsentrat 10ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Изосорбида динитрат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ЕВЕР Фарма Йена ГмбХ / Эйсика Фармасьютикалз ГмбХ
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9