XONDROKSID®
dori preparatini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha
YO‘RIQNOMA
Preparatning savdo nomi Xondroksid®
Xalqaro patentlanmagan yoki guruhlangan nomi Xondroitin sulfati
Dori shakli sirtga qo‘llash uchun gel
Tarkibi
Faol modda: xondrotin natriy sulfati – 0,05 g (100% quruq moddaga hisoblanganda); yordamchi moddalar: dimetilsulfoksid (dimeksid) – 0,1 g, propilenglikol (1,2-propandiol) – 0,05 g, izopropanol (izopropil spirti, 2-propanol)-0,05 g, etanol (etil spirti) – 0,2 g, natriy disulfati (natriy metabisulfiti) – 0,0005 g, metilparagidroksibenzoat (nipagin, metilparaben) – 0,0012 g, propilparagidroksi-benzoat (nipazol, propilparaben) – 0,0003 g, karbomer (karbopol) – 0,035 g, apelsin aromatizatori (ozuqa “Apelsin” aromatizatori) – 0,005 g, suv (tozalangan suv) – 1 g gacha.
Ta‘rifi
Sarg‘ish, yarimtiniq, meva hidli bir xil gel.
Farmakoterapevtik guruhi
To‘qimalarning reparasiyasini rag‘batlantiruvchisi
ATX kodi: M01AX25.
Farmakologik ta‘siri
Xondroksid® geli majmuviy ta‘sirga ega:
Gelning komponentlarini optimal mos qo‘shilishi tufayli ularning og‘riqni qoldiruvchi va yallig‘lanishga qarshi samaralarini o‘zaro kuchayishi aniqlanadi.
Xondroksid® gel preparatini qo‘llash qabul qilayotgan nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarning dozalarini kamaytirish imkonini beradi.
Xondroksid® tabiiy komponent xondroitin sulfatini (yuqori molekulyar mukopolisaxarid) saqlaydi, u tog‘ay to‘qimalarni qurilishida ishtirok etadi.
Xondroitin sulfati:
Bu shikastlangan bo‘g‘imlarda og‘riqni kamayishiga va harakatchanlikni oshishiga olib keladi.
Farmakokinetikasi
Xondroksid® geli yaxshi so‘riladi. Sichqonlarda radionishonlangan 3N-xondroitin sulfati ishlatilgan holda eksperimental tekshirishlardan olingan ma‘lumotlarga muvofiq xondroitin sulfatining so‘rilish ko‘rsatkichi 14% ni tashkil qiladi. Dimetilsulfoksid xondroitin sulfatni xujayra membranalari orqali to‘qimalarni ichkarisiga yaxshi kirishiga yordam beradi. Xondroksid® gel preparati teriga surtilgandan keyin xondroitin sulfat bo‘g‘imlarga tez va tanlab o‘tadi, 30 minutdan keyin maksimal konsentrasiyaga erishadi va keyinchalik preparat tog‘ay to‘qimasidan ikki bosqichli chiqariladi. Chiqarilishining tez bosqichini tugallanishi qo‘llangandan 1 soatdan keyin yuz beradi. Preparatni bo‘g‘imlarda tutilib qolishi 5 soatni tashkil qiladi.
Qo‘llanilishi
Periferik bo‘g‘imlar va umurtqa pog‘onasining degenerativ-distrofik kasalliklari: osteartroz, umurtqa pog‘onasining osteoxondrozni davolash va oldini olish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik. Preparat surtilgan sohada teri qoplamalarini shikastlanishida qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan
Homiladorlik, laktasiya davri, bolalik yoshi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Sirtga. Xondroksid® geli teriga shikastlanish o‘chog‘i ustiga kuniga 2-3 marta surtiladi va yengil qarsaksimon harakatlar bilan to‘liq shimilguncha 2-3 minut davomida ishqalanadi. Davolash kursi 2-3 haftadan 2-3 oygacha tashkil qiladi.
Zarurati bo‘lganida davolash kursi takrorlanadi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Allergik reaksiyalar.
Dozani oshirib yuborilishi
Xondroksid® gel preparati dozasini oshirib yuborilish hollari to‘g‘risida xabar qilinmagan.
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘sirlashishi yoki nomutanosibligi hollari noma‘lum.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni shilliq qavati va ochiq jarohatlarga tushishidan saqlanish kerak. Teriga yoki kiyimga tushganida gel suv bilan iz qoldirmasdan oson yuviladi. Preparat homiladorlikda, laktasiya davrida, bolalik yoshida shifokorni maslahatsiz qo‘llash mumkin emas.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Xondroksid® geli sedativ samara, psixomotor buzilishlar chaqirmaydi va pasientni yuqori e‘tibor va tezkor ruhiy va harakat reaksiyalarini talab qiladigan potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.
Chiqarilish shakli
Sirtga qo‘llash uchun 5% li gel. 20, 25, 30, 35, 40 g dan alyuminiy tubalarda yoki polietilen laminat tubalarda. Har bir tuba preparatni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida joylanadi.
Saqlash sharoiti
25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda. Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil. Preparat o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.