×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

KORVALOL tomchilar dlya priema vnutr 25ml

Kategoriya:
- Uyqu dorisi va sedativlar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Faol modda:
Фенобарбитал, Этиловый эфир альфа-бромизовалериановой кислоты, Эфирное масло мяты
Ishlab chiqaruvchi:
- Усолье-Сибирский химико фармацевтический завод,АО
ATX kodi:
- N05CM
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 282 ta dorixonasida topildi

ico 4 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 4 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

BETAMAKS tabletkalari 50mg N30 Гриндекс, АО Latviya
TENOTEN tabletkalari N40 ООО «НПФ «МАТЕРИА МЕДИКА ХОЛДИНГ» Rossiya
34 400 s`om dan
SIMPATIL tabletkalari N40 Innothera Chouzy Frantsiya
47 400 s`om dan
TIAPROSAN tabletkalari 100mg N30 Pro. Med. CS Praha a.s. Chexiya
68 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
KORVALOL tomchilar dlya priema vnutr 25ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

KORVALOL®

CORVALOL®

 

Preparatning savdo nomi: Korvalol®.

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): α-bromizovalerian kislotasining etil efiri, fenobarbital, yalpiz moyi.

Dori shakli: tabletkalar.

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: 100% moddaga qayta hisoblaganda 12,42 mg α-bromizovalerian kislotasining etil efiri, 100% quruq moddaga qayta hisoblaganda 11,34 mg fenobarbital, 0,88 mg yalpiz moyi;

yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, magniy stearati, β-siklodekstrin, kaliy asesulfam.

Ta‘rifi: oq rangli, ikki tomonlama qavariq yuzali tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Uxlatuvchi va sedativ preparatlari. Barbituratlarning majmuaviy preparatlari.

ATX kodi: N05CB02.

Farmakologik xususiyatlari

Korvalol® – tinchlantiruvchi va spazmolitik preparat, ta‘siri uning tarkibiga kiruvchi komponentlari bilan belgilanadi.

α-bromizovalerian kislotasining etil efiri asosan og‘iz bo‘shlig‘i va burun tomoqdagi reseptorlarni ta‘sirlanishi, nerv tizimining markaziy bo‘limlarida reflektor qo‘zg‘aluvchanlikni pasayishi va bosh miya po‘stlog‘i neyronlarida va po‘stloq osti tuzilmalarda tormozlanish ko‘rinishlarini kuchayishi, shuningdek markaziy tomirlarni harakatlantiruvchi markazlarning faolligini pasayishi va qon tomirlarning silliq mushaklariga bevosita mahalliy spazmolitik ta‘siri bilan bog‘liq bo‘lgan reflektor tinchlantiruvchi va spazmolitik ta‘sir ko‘rsatadi.

Fenobarbital katta yarimsharlar po‘stlog‘iga o‘rta va uzinchoq miyaning retikulyar formasiyasi markazlarining faollashtiruvchi ta‘sirini bostiradi va shu bilan bosh miya po‘stlog‘i va po‘stloq osti tuzilmalariga qo‘zg‘atuvchi oqimlarning ta‘sirini kamaytiradi. Faollashtiruvchi ta‘sirlarni kamayishi, dozaga qarab tinchlantiruvchi, trankviziyalovchi yoki uxlatuvchi samara ko‘rsatadi. Korvalol® umumiy arterial bosimni pasaytirib, qon tomirlarning, ayniksa yurak, spazmlarini yo‘qotib va oldini olib, tomirlarni harakatlantiruvchi markazlarga, koronar va periferik tomirlarga qo‘zg‘atuvchi ta‘sirni kamaytiradi.

Yalpiz moyi katta miqdorda efir moylarini, shu jumladan taxminan 50% mentol va 4-9% mentol efirlarini saqlaydi. Ular silliq mushaklarning spazmlarini yo‘qotib, og‘iz bo‘shlig‘ining «sovuqli» reseptorlarini ta‘sirlash va asosan yurak va miya tomirlarini reflektor kengaytirish, tinchlantiruvchi va yengil o‘t haydovchi ta‘sir chaqirish qobiliyatiga ega. Qalampiryalpiz moyi antiseptik va spazmolitik ta‘sir ko‘rsatadi, meteorizm ko‘rinishlarini bartaraf qilish qobiliyatiga ega.

Sublingval qabul qilinganida til osti sohasidayoq so‘rilishi boshlanadi, faol moddaning biokiraolishi yuqori (taxminin 60-80%). Samarasi tez namoyon bo‘ladi (5-10 minut o‘tgach). Ichga qabul qilinganida ta‘siri 15-45 minut o‘tgach rivojlanadi va 3-6 soat davom etadi. Ilgari barbiturat kislotasining preparatlarini qabul qilgan shaxslarda, jigarda fenobarbitalning qisqargan metabolizmi hisobiga ta‘sirining davomiyligi qisqaradi, u yerda barbituratlar fermentlarning induksiyasini chaqiradi. Keksa yoshdagi odamlarda va jigar sirrozi bo‘lgan pasientlarda Korvalol®ning metabolizmi pasaygan, shuning uchun ularda yarim chiqarilish davri uzayadi, bu dozani kamaytirishni va preparatni qabul qilishlar orasidagi intervalni uzaytirishni talab qiladi.

 

Qo‘llanilishi

  • yuqori ta‘sirchanlik bilan kechuvchi nevrozlar;
  • uyqusizlik;
  • gipertoniya kasalligi va vegetotomirli distoniyani majmuaviy davolashda;
  • koronar tomirlarning yaqqolligi keskin bo‘lmagan spazmlari, taxikardiya;
  • neyrovegetativ buzilishlar bilan bog‘liq bo‘lgan ichak spazmlari (spazmolitik preparat sifatida) qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari.

Korvalol® sublingval (til ostiga) yoki ichga, kattalarga 1 tabletkadan sutkada 2-3 marta buyuriladi.

Zarurati bo‘lganida (yaqqol taxikardiya va koronar tomirlarning spazmi) bir martalik doza 3 tabletkagacha oshirilishi mumkin.

Preparatni qo‘llash davomiyligini, klinik samarasi va preparatni o‘zlashtirilishiga qarab shifokor belgilaydi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Korvalol® odatda yaxshi o‘zlashtiriladi. Alohida hollarda quyidagi nojo‘ya samaralari kuzatilishi mumkin:

ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: qabziyat, epigastral sohada og‘irlik hissi, uzoq vaqt qo‘llaganda – jigar funksiyasini buzilishi, ko‘ngil aynishi, me‘da va ichak sohasida diskomfort;

nerv tizimi tomonidan: holsizlik, ataksiya, harakat koordinasiyasini buzilishi, nistagm, gallyusinasiyalar, paradoksal qo‘zg‘alish, diqqatni jamlashni pasayishi, toliqish, reaksiya tezligini sekinlashishi, bosh og‘rig‘i, kognitiv buzilishlar, ongni chalkashishi, uyquchanlik, yengil bosh aylanishi;

qon yaratish a‘zolari tomonidan: anemiya, trombositopeniya, agranulositoz;

immun tizimi tomonidan: o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, shu jumladan angionevrotik shish, allergik reaksiyalar;

yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial gipotenziya, bradikardiya; yurak ritmini sekinlashashi;

teri va shilliq qavatlar tomonidan: Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz;

boshqalar: nafas olishni qiyinlashishi.

Brom saqlovchi preparatlarni uzoq vaqt qabul qilish quyidagi simptomlar: markaziy nerv tizimini susayishi, depressiv kayfiyat, depressiya, ongni chalkashishi, ataksiya, apatiya, kon‘yunktivit, rinit, ko‘z yoshi oqishi, akne yoki purpura kabi simptomlar bilan xarakterlanuvchi brom bilan zaharlanishga olib kelishi mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • preparatning komponentlariga, bromga yuqori sezuvchanlik;
  • jigar va/yoki buyrak funksiyasini yaqqol buzilishlari;
  • jigar porfiriyasi;
  • og‘ir darajali yurak yetishmovchiligi;
  • yaqqol arterial gipotenziya;
  • o‘tkir miokard infarkti;
  • qandli diabet;
  • depressiya;
  • miasteniya;
  • alkogolizm;
  • narkotik yoki doriga qaramlik;
  • hansirash, obstruktiv sindrom bilan kechuvchi respirator kasalliklarda qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Markaziy susaytiruvchi ta‘sirga ega preparatlar Korvalol®ning ta‘sirini kuchaytiradi.

Preparatning tarkibida fenobarbitalni mavjudligi jigar fermentlarini induksiya qilishi mumkin, va bu uni jigarda metabolizmga uchrovchi ayrim dori vositalari (shu jumladan bilvosita antikoagulyantlar, yurak glikozidlari, mikroblarga qarshi, viruslarga qarshi, zamburug‘larga qarshi, tutqanoqqa qarshi, tirishishga qarshi, psixotrop, peroral qand darajasini pasaytiruvchi, gormonal, immunosupressiv, sitostatik, antiaritmik, antigipertenziv dori vositalari, grizeofulvin, glyukokortikoidlar, peroral homiladorlikka qarshi preparatlar) nng metabolizmini tezlashtirishi mumkin, chunki metabolizmning yuqori darajasi tufayli, ularning samaradorligi pasayadi.

Korvalol® analgetiklar, maxalliy anestetiklar va va markaziy nerv tizimini susaytiruvchi dori vositalarining ta‘sirini kuchaytiradi.

MAO ingibitorlari fenobarbitalning samarasini uzaytiradi. Rifampisin fenobarbitalning samarasini pasaytirishi mumkin.

Fenobarbitalni oltin preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llaganda buyrakni shikastlanishi xavfi oshadi.

Fenobarbitalni nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar bilan bir vaqtda uzoq muddat qo‘llaganda me‘da yarasini paydo bo‘lishi va qon ketishi xavfi mavjud.

Valproat kislotasi bilan bir vaqtda qo‘llanganida, uning samarasi kuchayadi.

Metotreksat bilan bir vaqtda qo‘llanganida, metotreksatning toksikligi kuchayadi.

Alkogol preparatning samarasini kuchaytiradi, shuningdek uning toksikligini oshiradi. Preparatni qabul qilish vaqtida spirtli ichimliklarni iste‘mol qilishdan saqlanish kerak.

Qo‘llashdagi muvofiq xavfsizlik choralari

Bir vaqtda spirtli ichimliklarni iste‘mol qilishdan saqlanish kerak.

Preparatga qaramlik shakllanishi mumkinligi tufayli, preparatni uzoq muddat qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Arterial gipotenziyada preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.

Preparat laktoza monogidrati saqlaydi, shuning uchun agar Sizda ayrim qandlarni o‘zlashtiraolmaslik bo‘lsa, bu dori vositasini qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

Maxsus ko‘rsatmalar

Davolashning birinchi xaftasida Stivens-Djonson va Layell sindromi rivojlanishi xavfi yuqori. Medikamentoz qaramlik rivojlanishi xavfi, organizmda bromni to‘planishi va brom bilan zaharlanish mumkinligi tufayli, uzoq vaqt qo‘llash tavsiya etilmaydi. Qabul qilgandan keyin yurak sohasidagi og‘riq o‘tib ketmagan hollarda o‘tkir koronar sindromni inkor etish uchun shifokorga murojaat etish kerak. Giperkinezlar, gipertireoz, buyrak usti bezi gipofunksiyasi, dekompensasiyalangan yurak yetishmovchiligi, o‘tkir va doimiy og‘riq, dori vositalari bilan o‘tkir intoksikasiyada ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

 

Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi

Homiladorlik vaqtida va emizish davrida qo‘llanmasin.

Bolalar

Bolalarni davolash uchun qo‘llash tajribasi yo‘q.

Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish qobiliyati.

Avtotransport xaydovchilari va shunga o‘xshash mexanizmlar bilan ishlovchi shaxslar preparatni qabul qilmasliklari kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan keyin preparat qo‘llanmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishi preparat tez-tez yoki uzoq muddat qo‘llanganida kuzatilishi mumukin, bu uni tashkil qiluvchilarining to‘planishi bilan bog‘liq. Uzoq muddat va doimiy qo‘llash qaramlik, abstinent sindrom, psixomotor qo‘zg‘alishi chaqirishi mumkin. Preparatni qabul qilishni keskin to‘xtatish bekor qilish sindromini chaqirishi mumkin.

Dozani oshirib yuborilishining simptomlari: nafas markazini susayishi, hatto uni to‘xtashigacha; markaziy nerv tizimini susayishi, ongni chalkashishi, bosh aylanishi, ataksiya, hatto chuqur uyqugacha bo‘lgan uyquchanlik; yurak-qon tomir tizimini susayishi, shu jumladan yurak ritmini buzilishi, taxikardiya, arterial bosimni hatto kollaptoid holatgacha pasayishi; ko‘ngil aynishi, holsizlik, tana haroratini pasayishi, diurezni kamayishi.

Davolash: simptomatik.

 

Chiqarilish shakli

10 tabletkadan blisterda. 1, 3 yoki 5 blisterdan qutida.

 

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

KORVALOL tomchilar dlya priema vnutr 25ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
KORVALOL tomchilar dlya priema vnutr 25ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
KORVALOL tomchilar dlya priema vnutr 25ml dori vositasi Усолье-Сибирский химико фармацевтический завод,АО tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
KORVALOL tomchilar dlya priema vnutr 25ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
KORVALOL tomchilar dlya priema vnutr 25ml dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
KORVALOL tabletkalari N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Фенобарбитал, Этиловый эфир альфа-бромизовалериановой кислоты, Эфирное масло мяты ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 14 600 so'mdan Batafsil
KORVALOL tomchilar 25ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Фенобарбитал, Этиловый эфир альфа-бромизовалериановой кислоты, Эфирное масло мяты ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 2 900 so'mdan Batafsil
KORVAL — G tabletkalari N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Faol modda: Фенобарбитал, Этиловый эфир альфа-бромизовалериановой кислоты, Эфирное масло мяты ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd.
KORVALOL tabletkalari N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Фенобарбитал, Этиловый эфир альфа-бромизовалериановой кислоты, Эфирное масло мяты ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
BARBOVAL tomchilar oralnie 25ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Фенобарбитал, Этиловый эфир альфа-бромизовалериановой кислоты, Эфирное масло мяты ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 14 600 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
KORVALOL tabletkalari N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Фенобарбитал, Этиловый эфир альфа-бромизовалериановой кислоты, Эфирное масло мяты ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
KORVAL — G tabletkalari N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Faol modda: Фенобарбитал, Этиловый эфир альфа-бромизовалериановой кислоты, Эфирное масло мяты ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd.
KORVALOL tabletkalari N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Фенобарбитал, Этиловый эфир альфа-бромизовалериановой кислоты, Эфирное масло мяты ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9