Portalimizni rivojlantirish maqsadida biz cookiesdan foydalanamiz. Saytdan foydalanishni davom etishingiz, ulardan foydalanishimizga rozilligingizni anglatadi. Batafsil
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun 4 ml da 500 mg bo'lgan eritma quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: sitokolin natriy 522,5 mg (500 mg sitikolinga ekvivalent);
yordamchi moddalar: 1 M xlorid kislotasi yoki 1 M natriy gidroksidi rN 6,7-7,1 gacha, in'ektsiya uchun suv 4 ml gacha.
Vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun 4 ml da 1000 mg bo'lgan eritma quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: sitokolin natriy 1045 mg (1000 mg sitikolinga ekvivalent);
yordamchi moddalar: 1 M xlorid kislotasi yoki 1 M natriy gidroksidi rN 6,7-7,1 gacha,
in'ektsiya uchun suv 4 ml gacha.
Sitikolin neyronlar membranasining struktur fosfolipidlarning biosintezini rag'batlantiradi, bu magnit-rezonans spektroskopiya ma'lumotlari bilan tasdiqlanadi. Ta'riflangan ta'sir mexanizmi tufayli, sitikolin ion almashinuvchi nasoslar va retseptorlarning ishi kabi membranadagi jarayonlarni faoliyatini yaxshilaydi, ularning modulyatsiyasi esa, nerv impulьslarini normal o'tkazilishi uchun zarur hisoblanadi. Neyronlar membranasiga barqarorlashtiruvchi ta'siri tufayli, bosh miyani shishini reabsorbtsiyasiga (qayta so'rilishiga) yordam beruvchi shishga qarshi xususiyatlarini namoyon etadi.
Ekspermental tadqiqotlar, sitikolin ayrim fosfolipazalar (A1, A2, C va D) faollashuvini ingibitsiya qilib, erkin radikallarni hosil bo'lishini kamaytirishini, membrana tizimlarini parchalanishini oldini olishini va glutation kabi antioksidant himoya tizimini saqlab turishini ko'rsatdi.
Sitikolin neyronlarning energiya zahirasini saqlab turadi, apoptozni ingibitsiya qiladi va atsetilxolin sintezini rag'batlantiradi.
Sitikolin shuningdek bosh miyaning fokal ishemiyasi modellarida profilaktik neyroprtektor ta'sir namoyon etishi eksperimental tarzda isbotlangan.
Klinik tadqiqotlar, sitikolin bosh miyada qon aylanishining o'tkir ishemik buzilishlari bo'lgan patsiyentlarda funktsional sog'ayish ko'rsatkichlarini ishonchli darajada oshirishini ko'rsatgan, bu, neyro vizualizatsiya ma'lumotlariga ko'ra, bosh miyaning ishemik shikastlanishini oshishini sekinlashishi bilan mos kelgan.
Bosh-miya jarohati bo'lgan patsiyentlarda sitikolin tiklanishni tezlashtiradi va posttravmatik sindromning jadalligi va davomiyligini kamaytiradi.
Sitikolin diqqat va ong darajasini oshiradi, bosh miyaning ishemiyasi bilan bog'liq bo'lgan kognitiv va nevrologik buzilishlar yaqqolligini kamaytiradi, amneziyani namoyon bo'lishini kamayishiga yordam beradi.
Sitikolin peroral qabul qilinganida yaxshi so'riladi. Qabul qilinganidan keyin qon plazmasida xolinning kontsentratsiyasini sezilarli oshishi aniqlanadi. Peroral qo'llanganidan keyin preparat deyarli to'liq so'riladi. Tadqiqotlar, peroral yuborish va vena ichiga yuborish yo'llarida biokiraolishligi deyarli bir xil ekanligini ko'rsatgan.
Preparat xolin va sitidinni hosil bo'lishi bilan ichakda va jigarda metabolizmga uchraydi.
Yuborliganidan keyin sitikolin xolin fraktsiyalarini struktur fosfolipidlarga va sitidin fraktsiyalarini sitidin nukleotidlari va nuklein kislotalariga tez kirishi bilan bosh miya strukturalarida keng taqsimlanadi. Bosh miyada sitikolin hujayra, sitoplazmatik va mitoxondrial membranalarga tizilib olib, fosfolipidlarning fraktsiyasini hosil bo'lishida ishtirok etadi.
Yuborilgan dozaning juda oz qismigina (<3%) siydik va ahlatda aniqlanadi. Taxminan 12% - nafas bilan chiqarilayotgan SO2 bilan chiqariladi. Preparatni siydik bilan chiqarilishida 2 fazani ajratish mumkin: I faza - 36 soat, unda chiqarilish tezligi tez kamayadi va II faza, unda chiqarilish tezligi ancha sekinroq kamayadi. Aynan shunday fazalarga bo'linib chiqarilishi, nafas yo'llari orqali chiqarilganda ham qayd etiladi. Nafas bilan chiqariladigan SO2 ni chiqarilish tezligi taxminan 15 soat davomida tez pasayadi, so'ngra – ancha sekinroq pasayadi.
Nojo'ya samaralarning tez-tezligi
Juda kam hollarda (<1/10000) (shu jumladan individual xabarlar):
Ruhiy buzilishlar: gallyutsinatsiyalar,
Nerv tizimi buzilishlari: kuchli bosh og'rig'i, bosh aylanishi.
Qon tomir buzilishlari: arterial gipertenziya, arterial gipotenziya.
Respirator, ko'krakdagi va mediastinal buzilishlar: hansirash.
Me'da-ichak buzilishlari: ko'ngil aynishi, qusish, ba'zida diareya.
Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan buzilishlar: terini qizarishi, eshakemi, ekzantema, purpura.
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar: et uvishishi, shishlar.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Seraksonga yoki har qanday yordamchi moddalarga allergiya bo'lgan hollarda qo'llash mumkin emas.
Parasimpatik nerv tizimining tonusi oshganida qo'llash mumkin emas.
Vena ichiga yuborish yo'lida preparatni asta-sekin vena ichiga oqim bilan (yuboriladtgan dozaga qarab, 3-5 minut davomida) yuborish kerak.
Vena ichiga tomchilab yuborilganda yuborish tezligi minutiga 40-60 tomchini tashkil etishi kerak.
In'ektsiya uchun eritma bir marta qo'llash mo'ljallangan. Ampula ochilganidan keyin eritma zudlik bilan ishlatilishi kerak. Ampuladagi eritmaning ishlatilmagan qismi tashlab yuborilishi lozim.
Preparat vena ichiga yuboriladigan barcha izotonik eritmalar bilan, shuningdek glyukozaning gipertonik eritmalari bilan ham mutanosibdir.
Homiladorlik va emizish davrida qo'llanishi
Sitikolinni homilador ayollarda qo'llash bo'yicha yetarli ma'lumotlar yo'q.
Agar yaqqol zarurat bo'lmasa, homiladorlik davrida Seraksonni qo'llamaslik kerak. Ya'ni uni faqat kutilayotgan terapevtik foyda, har qanday bo'lishi mumkin bo'lgan xavfdan ustun bo'lgandagina qo'llash mumkin.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri SERAKSON avtomobilni boshqarish va mexanizmlarni ishlatish qobiliyatiga ta'sir ko'rsatmaydi.
Insulьt, miyada qon aylanishining buzilishlarini o'tkir fazasi va ularning nevrologik oqibatlari. Bosh-miya jarohati va uning nevrologik oqibatlarida qo'llaniladi.
30ºS dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin.
Kattalar:
Tavsiya etilgan doza, simptomlarning og'irlik darajasiga qarab, sutkada 500 mg dan 2000 mg gacha dozani tashkil etadi.
Preparat vena ichiga yoki mushak ichiga buyuriladi. Vena ichiga preparat asta-sekin vena ichiga in'ektsiya (buyurilgan dozaga qarab, 3-5 minut davomida) yoki vena ichiga tomchilab yuborish (minutiga 40-60 tomchi) ko'rinishida buyuriladi.
In'ektsiya uchun eritma bir marta qo'llash mo'ljallangan. Ampula ochilganidan keyin eritma zudlik bilan ishlatilishi kerak. Ampuladagi eritmaning ishlatilmagan qismi tashlab yuborilishi lozim.
Preparat vena ichiga yuboriladigan barcha izotonik eritmalar bilan, shuningdek glyukozaning gipertonik eritmalari bilan ham mutanosibdir. Batafsil ma'lumot olish uchun “Maxsus ko'rsatmalar” bo'limiga qarang.
Keksa patsiyentlar:
Bu yosh guruhi patsiyentlari uchun Seraksonning dozasiga tuzatish kiritish zarurati yo'q.
Bolalar:
Bolalarda qo'llash tajribasi cheklangan, shuning uchun preparat faqat kutilayotgan terapevtik foyda, yuz berishi mumkin bo'lgan xavfdan ustun bo'lsagina buyurilishi mumkin.