Yaroqlilik muddati (oy) | 36 |
5 ml suspenziya/1 yunidoza/saqlaydi:
faol moddalar: sul'fametoksazol 200 mg, trimetoprim 40 mg,
yordamchi moddalar: glitserin, ksantan saqichi, limon kislotasi, metilparagidroksibenzoati, propilparagidroksibenzoati, natriy saxarinati, sorbitol, qulupnay yoki banan aromatizatori, propilenglikol', 5 ml gacha tozalangan suv
Сhiqarish shakli
5 ml ampulalarda og'iz orqali foydalanish uchun suspenziya.
Preparat ona sutiga va yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi. Sul'fametoksazol va trimetoprim jigarda almashinadi.
Yarim chiqarilish davri 10 dan 12 soatgacha.
Pankreatit holatlari, aksariyat hollarda og'ir kasalliklari bor, jumladan, OITS bilan og'rigan bemorlarda keltrilgan.
Teri va teri osti to'qimalarining buzilishi: toshma, eshakemi, qichima, nurga yuqori sezuvchanlik. Juda kamdan-kam hollarda polimorf eritema, Stivens-Djonson sindromi va toksik epitelial nekrozi (Layella sindromi).
Buyrak va siydik chiqaish tizimining buzilishi: buyrak shikastlanishi va buyrak yetishmovchiligi (masalan, interstitsial nefrit), kristalluriya holatlari qayd etilgan.
Qon va limfa tizimining buzilishi: leykopeniya, neytropeniya va trombotsitopeniya. Juda kamdan-kam: agranulotsitoz, megaloblastik anemiya, pantsitopeniya, eritremiya.
Immunologik tizimning buzilishi: o'ta sezgirlikning juda kam uchraydigan belgilari. Alohida holatlarda isitma, titroq va angionevrotik shish keltirilgan.
Yurak tomonidan buzilishlar: kamdan-kam hollarda allergik miokardit.
Nafas olish tizimi, ko'krak qafasi va ko'ks oralig'i tomonidan buzilishlar: o'pka pufaklarining eozinofilli yoki egzogen allergik yallig'lanishidagi kabi o'pka to'qimasidagi infil'tratlar. Yo'tal yoki nafas qisilishini keltirib chiqarishi mumkin.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar: kamdan-kam hollarda aseptik meningit yoki psevdomeningit belgilari; juda kamdan-kam hollarda gallyutsinatsiyalar, bosh og'rig'i va bosh aylanishi, uyqu buzilishi, depressiya. Quloqda shovqinning kamdan - kam holatlari tasvirlangan.
Nojo'ya ta'sir ehtimoli, xususan toshmalar, isitma, leykopeniya, transaminazalar ko'rsatkichining ortishi boshqa bemorlarga nisbatan Pneumocytis carinii chaqirgan pnevmoniyani davolashda mahsulotni qabul qiluvchi OITS bilan og'rigan bemorlarda qat'iy yuqori bo'ladi.
Preparatni qabul qilgan qandli diabet bo'lmagan bemorlarda gipoglikemiya hollari juda kam uchraydi va odatda davodan bir necha kundan keyin kelib chiqadi.
Xavf ostida bo'lgan bemorlarga buyrak funktsiyasi, jigar kasalligi, yetarlicha ovqatlanmayotgan yoki preparatning yuqori dozalarini qabul qilgan shaxslar kiradi.
Mahsulot jigar yoki buyrak yetishmovchiligi, foliy kislotasi yetishmasligi (masalan. spirtli ichimliklarni suiiste'mol qilgan keksa odamlar, antispastik dori vrsitalarni ichayotgan, shuningdek yomon so'rilish sindromi bilan aziyat chekayotganlar), og'ir allergiya belgilari bo'lgan odamlar, astma bilan og'rigan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Keksa bemorlarda odatda og'ir nojo'ya ta'silarning yuqori xavfi bor, jumladan buyrak yoki jigar yetishmovchiligi, teri reaktsiyalari, suyak iligi funktsiyasini tormozlanishi va trombopeniya.
Agar mahsulot katta dozalarda 14 kundan ortiq ishlatilsa, qon suratini davriy nazorat qilish zarur. Qon suratida o'zgarishlar aniqlanganda foliy kislotasini tayinlashni e'tiborga olish kerak.
Uzoq muddatli kurslarda (ayniqsa buyrak yetishmovchiligida) muntazam ravishda umumiy siydik tahlilini o'tkazish va buyrak funktsiyasini nazorat qilish kerak.
Kristalluriyani oldini olish uchun ajratilgan siydikning yetarli hajmini saqlab turish tavsiya etiladi. Sul'fanilamidlarning toksik va allergik asoratlari ehtimoli buyraklarning filtratsion funksiyasi pasayishi bilan sezilarli darajada ortadi.
Teri toshmasi yoki boshqa og'ir nojo'ya reaktsiyaning dastlabki ko'rinishida preparatni to'xtatish kerak.
Yo'tal yoki nafas qisilishi to'satdan paydo bo'lishi yoki ortishida, bemorni qayta tekshirish va preparat bilan davolanishni to'xtatish masalasini ko'rib chiqish kerak.
Laborator tekshiruvlar natijalariga ta'siri
Preparat ishqoriy Yaffe pikrinat yordamida kreatininni aniqlash reaktsiyasiga buzishi mumkin (kreatinin darajasini taxminan 10% ga oshiradi).
Transport vositalarini boshqarish va mexanik jihozlarga xizmat ko'rsatish qobiliyatiga ta'siri
Bosh og'rig'i, bosh aylanishi, uyquchanlik va gallyutsinatsiyalar kabi nojo'ya ta'sirlar paydo bo'ilishi holatida, ruhiy va jismoniy reaktsiyalarni yuqori tezligini talab qiluvchi ishlar va avtomobilni haydashni cheklash kerak.
- nafas yo'llari infeksiyalari: kattalar va bolalardagi surunkali bronxit (xuruji), pnevmotsist pnevmoniya (davolash va oldini olish);
- sinusit, o'tkir o'rta otit
- oshqozon-ichak trakti infektsiyalari: qorin tifi va paratif, bakterial dizenteriya (shigellyozlar), diareya, vabo.
- siydik a'zolari infektsiyasi: siydik chiqarish yo'li infektsiyasi, yumshoq shankr;
- boshqa bakterial infektsiyalar (ehtimol antibiotiklar bilan birga): nokardioz, brutsellyoz (o'tkir), aktinomikoz, osteomielit (o'tkir va surunkali), Janubiy Amerika blastomikozi, toksoplazmoz (majmuaviy terapiyaning bir qismi sifatida).
-glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi
- jigar yoki buyrak funktsiyasining yaqqol buzilishi (kreatinin klirensi 15 ml/min dan past)
- qonning morfologik suratida o'zgarishlar aniqlanishi
- chala tug'ilganlar, yangi tug'ilgan chaqaloqlar va 3 oylik yoshgacha bo'lgan bolalar
- homiladorlik va emizish davri
- streptokokkli anginani davolash.
Sulfanilmochevina unumlari bo'lgan diabetga qarshi vositalar ta'sirini oshiradi.
Fenitoinning jigarda metabolizmini tormozlaydi (uning yarim parchalanish davrini 39% gacha oshiradi). Bundan tashqari, qon plazmasida erkin metotreksat kontsentratsiyasini oshirishi mumkin (metotreksatning oqsillar bilan birikmalaridan chiqarilishini oshiradi).
Digoksinning zardobdagi kontsentratsiyasini oshirishi mumkin, ayniqsa keksa bemorlarda, zardobdagi digoksin kontsentratsiyasini nazorat qilish kerak.
Tritsiklik antidepressantlarning samaradorligi Preparat bilan majmuaviy qo'llaganda kamayishi mumkin.
Buyrak ko'chirib o'tkazgandan keyin Preparat va tsiklosporinni qabul qiluvchi bemorlarda, kreatinin darajasini oshishi bilan namoyon bo'luvchi buyrak funktsiyasining qaytar yomonlashuvi kuzatilishi mumkin.
Suyak iligida qon hosil bo'lishini kamaytiruvchi dori vositalar mielosupressiya xavfini oshiradi.
Preparatni indometatsin bilan birga ishlatilganda qondagi sul'fametoksazol kontsentratsiyasini oshirish mumkin.
Angiotenzin-aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorlari bilan bir vaqtda ishlatilganda, ayniqsa keksa bemorlarda giperkaliemiya rivojlanishi mumkin.
Ishlatishdan oldin bir hil suspenziya hosil bo'lmaguncha silkiting.
5 ml suspenziya 200 mg sul'fametoksazol va 40 mg trimetorimni o'z ichiga oladi.
Qutida shkalali o'lchamli qalpoqcha biriktirilgan.
Bolalarda odatda preparatni kuniga 1 kg tana vazniga 24 mg dan 36 mg gacha foydalaniladi.
Odatda bolalar:
Yosh
Doza |
3 oydan 6 oygacha (6-8 kg) |
7 oydan 3 yoshgacha (9-15 kg) |
4 yoshdan 6 yoshgacha (16-22 kg) |
7 yoshdan 12 yoshgacha (23-42 kg) |
2,5 ml
|
Har 12 soatda |
|
|
|
2,5 - 5 ml
|
|
Har 12 soatda |
|
|
5 - 10 ml
|
|
|
Har 12 soatda |
|
10 ml
|
|
|
|
Har 12 soatda |
Kattalar va 12 yoshdan katta bolalar-odatda 20 ml, har 12 soatda. Maksimal doz (og'ir holatlarda foydalanish uchun) har 12 soatda 30 ml suspenziya hisoblanadi.
O'tkir infektsiyalarda preparatni kamida 5 kun yoki bemorning belgilari 2 kun davomida yo'q bo'lgunga qadar olish kerak. Agar 7 kunlik davolanishdan keyin klinik yaxshilanish bo'lmasa, mumkin bo'lgan davolanishni tuzatish uchun bemorning ahvoli qayta baholanishi kerak.
Pneumocystis carinii chaqirgan infektsiyalarida -120 mg/kg/kun, 14-21 kun davomida har 6 soatda.
Siydik chiqarish yo'li infektsiyasi va o'tkir otitni davolash kursi-10 kun, shigellyozlar-5 kun.
Buyrak funktsiyasi buzilgan bemorlar
Kreatinin klirensi > 30 ml/min bo'lganda odatdagi doza buyuriladi, kreatinin klirensi 15 dan 30 ml/min gacha bo'lganda – odatdagi dozaning yarmi, kreatinin klirensi <15 ml / min gacha kamayganda esa preparat tavsiya etilmaydi.
Davolash: oshqozonni yuvish, forsirlangan diurez, siydikni kislotaligi trimetoprim chiqarilishini oshiradi, v/i ga -5-15 mg/kun kal'tsiy folinati (trimetoprimning suyak iligiga ta'sirini bartaraf etadi), zarur bo'lganda – gemodializ.
Homiladorlik davrida preparatni qo'llash faqat onaga mumkin bo'lgan foyda homila uchun mumkin bo'lgan xavfdan oshsa mumkin.
Agar laktatsiya davrida preparatni buyurish kerak bo'lsa, emizishni to'xtatish kerak.