×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

KOSEPTOL YUNI suspenziya 5 ml N50

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Farmakoterapevtik guruh:
- Tizimli foydalanish uchun mikrobga qarshi preparatlar. Sulfanilamidlar trimetoprim va uning hosilalari bilan birgalikda.
Qadoqda soni:
- 50
Ishlab chiqaruvchi:
- Jurabek Laboratories, СП ООО
ATX kodi:
- J01EE01
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

AKLEVO 500 tabletkalari 500mg N10 Akriti Pharmaceuticals Pvt. Ltd Hindiston
26 700 s`om dan
LAKS 500 infuziya uchun eritma 100ml 5mg/ml BKRS Pharma Pvt. Ltd. Hindiston
47 000 s`om dan
19 200 s`om dan
Yaroqlilik muddati (oy) 36
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi: 

5 ml suspenziya/1 yunidoza/saqlaydi: 

faol moddalar: sul'fametoksazol 200 mg, trimetoprim 40 mg, 

yordamchi moddalar: glitserin, ksantan saqichi, limon kislotasi, metilparagidroksibenzoati, propilparagidroksibenzoati, natriy saxarinati, sorbitol, qulupnay yoki banan aromatizatori, propilenglikol', 5 ml gacha tozalangan suv

Сhiqarish shakli

5 ml ampulalarda og'iz orqali foydalanish uchun suspenziya.


Ichga qabul qilish uchun suspenziya
Sulfametoksazol va diaminpiridin hosilasi -trimetoprimni 5: 1 nisbatda o'z ichiga olgan kimyoterapevtik majmuaviy dori vositasi. Sulfametoksazol paraaminobenzoy kislota utilizatsiyasi va shuningdek digidrofoliy kislotasi sintezini buzadi. Trimetoprim digidrofolatni faol tetragidrofolatga aylantirishda ishtirok etadigan fermentni ingibirlaydi. 

Ikkala komponentning kombinatsiyasi bakteritsid ta'sir olish imkonini berdi. Preparat gram-musbat bakteriyalarga qarshi faol: streptokokklar (Streptococcus pneumoniae, S. agalactiae, S. viridans), stafilokokklar (Staphylococcus aureus, Staphylococcus epidermidis), Listeria monocytogenes, Nocardia asteroides, va gram-manfiylar ham, shu jumladan, ko'pchilik tayoqchalilar Enterobacteriaceae (Salmonella, Shigella, Klebsiella, Proteus mirabilis, Enterobacter turlari,, Escherichia coli shtammlarining bir qismi), H.influenzae, Legionella spp., Yersinia enterocolitica, Brucella spp., Neisseria meningitidis, Neisseria gonorrhoeae, shtammlarining bir qismi va shu jumladan Pneumocystis carinii.

Preparatga  tayoqchalar (Mycobacteriaceae), viruslar, va ko'pchilik anaerob bakteriyalar va zamburug'lar chidamli.
Terapevtik dozada ichga qadul qilingandan so'ng, faol moddalar tez va deyarli to'liq (90%) ingichka ichakning yuqori segmentida so'riladi va 60 daqiqadan so'ng 12 soat davomida qon va to'qimalarda saqlanuvchi terapevtik kontsentratsiyaga erishadi. Qon plazmasidagi faol moddalarning maksimal kontsentratsiyaga 1-4 soatdan so'ng yetkaziladi. Plazma oqsillari bilan  bog'lanishi sul'fametoksazol uchun 66% va trimetoprim uchun 45% ni tashkil etadi. Preparat organizmda yaxshi taqsimlanadi. 

Preparat ona sutiga va yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi. Sul'fametoksazol va trimetoprim jigarda almashinadi. 

Yarim chiqarilish davri 10 dan 12 soatgacha.

Oshqozon-ichak kasalliklari: ko'ngil aynishi (qusish bilan yoki qusishsiz), ishtaha yo'qligi, endogastrit, diareya, stomatit, qorin og'rig'i, kamdan-kam hollarda jigarning parenximatoz yallig'lanishi va alohida xolatlarda psevdodifterik enterokolit.

Pankreatit holatlari, aksariyat hollarda og'ir kasalliklari bor, jumladan, OITS bilan og'rigan bemorlarda keltrilgan. 

Teri va teri osti to'qimalarining buzilishi: toshma, eshakemi, qichima, nurga yuqori sezuvchanlik. Juda kamdan-kam hollarda polimorf eritema, Stivens-Djonson sindromi va toksik epitelial nekrozi (Layella sindromi). 

Buyrak va siydik chiqaish tizimining buzilishi: buyrak shikastlanishi va buyrak yetishmovchiligi (masalan, interstitsial nefrit), kristalluriya holatlari qayd etilgan. 

Qon va limfa tizimining buzilishi: leykopeniya, neytropeniya va trombotsitopeniya. Juda kamdan-kam: agranulotsitoz, megaloblastik anemiya, pantsitopeniya, eritremiya. 

Immunologik tizimning buzilishi: o'ta sezgirlikning juda kam uchraydigan belgilari. Alohida holatlarda isitma, titroq va angionevrotik shish keltirilgan. 

Yurak tomonidan buzilishlar:  kamdan-kam hollarda allergik miokardit.

Nafas olish tizimi, ko'krak qafasi va ko'ks oralig'i tomonidan buzilishlar: o'pka pufaklarining eozinofilli yoki egzogen allergik yallig'lanishidagi kabi o'pka to'qimasidagi infil'tratlar. Yo'tal yoki nafas qisilishini keltirib chiqarishi mumkin. 

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar: kamdan-kam hollarda aseptik meningit yoki psevdomeningit belgilari; juda kamdan-kam hollarda gallyutsinatsiyalar, bosh og'rig'i va bosh aylanishi, uyqu buzilishi, depressiya. Quloqda shovqinning kamdan - kam holatlari tasvirlangan. 

Nojo'ya ta'sir ehtimoli, xususan toshmalar, isitma, leykopeniya, transaminazalar ko'rsatkichining ortishi boshqa bemorlarga nisbatan Pneumocytis carinii chaqirgan pnevmoniyani davolashda mahsulotni qabul qiluvchi OITS bilan og'rigan bemorlarda qat'iy yuqori bo'ladi. 

Preparatni qabul qilgan qandli diabet bo'lmagan bemorlarda gipoglikemiya hollari juda kam uchraydi va odatda davodan bir necha kundan keyin kelib chiqadi. 

Xavf  ostida bo'lgan bemorlarga buyrak funktsiyasi, jigar kasalligi, yetarlicha ovqatlanmayotgan yoki preparatning yuqori dozalarini qabul qilgan shaxslar kiradi. 

Retsept bilan.

Preparatni qo'llashda hayot uchun xavfli teri reaktsiyalarining (juda kam) holatlari tasvirlangan: Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz. Bemorlar belgilari va simptomlari haqida ogohlantirilishlari va teri reaktsiyalarini diqqat bilan kuzatib borishlari kerak. Stivens-Djonson sindromi yoki toksik epidermal nekroliz paydo bo'lishining eng yuqori xavfi davolanishning birinchi haftalarida bo'lishi mumkin.  Stivens-Djonson sindromi yoki toksik epidermal nekroliz belgilari va simptomlari paydo bo'lganda (masalan, teri va shilliq qavatlarda progressiv toshmalar, ko'pincha pufakchalar bilan), davolanish darhol to'xtatilishi kerak. Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz prognozi bevosita erta tashxis qo'yish va gumon qilingan preparatni darhol to'xtatishga bog'liq. Bemorda  Stivens-Djonson sindromi yoki toksik epidermal nekrolizni rivojlansa, preparatni keyinchalik butun hayot davomida qo'llash tavsiya etilmaydi.

Mahsulot jigar yoki buyrak yetishmovchiligi, foliy kislotasi yetishmasligi (masalan. spirtli ichimliklarni suiiste'mol qilgan keksa odamlar, antispastik dori vrsitalarni ichayotgan, shuningdek yomon so'rilish sindromi bilan aziyat chekayotganlar), og'ir allergiya belgilari bo'lgan odamlar, astma bilan og'rigan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak. 

Keksa bemorlarda odatda og'ir nojo'ya ta'silarning yuqori xavfi bor, jumladan buyrak yoki jigar yetishmovchiligi, teri reaktsiyalari, suyak iligi funktsiyasini tormozlanishi va trombopeniya. 

Agar mahsulot katta dozalarda 14 kundan ortiq ishlatilsa, qon suratini davriy nazorat qilish zarur. Qon suratida o'zgarishlar aniqlanganda foliy kislotasini tayinlashni e'tiborga olish kerak. 

Uzoq muddatli kurslarda (ayniqsa buyrak yetishmovchiligida) muntazam ravishda umumiy siydik tahlilini o'tkazish va buyrak funktsiyasini nazorat qilish kerak. 

Kristalluriyani oldini olish uchun ajratilgan siydikning yetarli hajmini saqlab turish tavsiya etiladi. Sul'fanilamidlarning toksik va allergik asoratlari ehtimoli buyraklarning filtratsion funksiyasi pasayishi bilan sezilarli darajada ortadi.

Teri toshmasi yoki boshqa og'ir nojo'ya reaktsiyaning dastlabki ko'rinishida preparatni to'xtatish kerak.

Yo'tal yoki nafas qisilishi to'satdan paydo bo'lishi yoki ortishida, bemorni qayta tekshirish va preparat bilan davolanishni to'xtatish masalasini ko'rib chiqish kerak.

Laborator tekshiruvlar natijalariga ta'siri

Preparat ishqoriy Yaffe pikrinat yordamida kreatininni aniqlash reaktsiyasiga buzishi mumkin (kreatinin darajasini taxminan 10% ga oshiradi).

Transport vositalarini boshqarish va mexanik jihozlarga xizmat ko'rsatish qobiliyatiga ta'siri

Bosh og'rig'i, bosh aylanishi, uyquchanlik va gallyutsinatsiyalar  kabi nojo'ya ta'sirlar paydo bo'ilishi holatida, ruhiy va jismoniy reaktsiyalarni yuqori tezligini talab qiluvchi  ishlar va avtomobilni haydashni cheklash kerak. 

Preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan yuqumli va yallig'lanish kasalliklari:

- nafas yo'llari infeksiyalari: kattalar va bolalardagi surunkali bronxit (xuruji), pnevmotsist pnevmoniya (davolash va oldini olish);

- sinusit, o'tkir o'rta otit 

- oshqozon-ichak trakti infektsiyalari: qorin tifi va paratif, bakterial dizenteriya (shigellyozlar), diareya, vabo.

-  siydik a'zolari infektsiyasi: siydik chiqarish yo'li infektsiyasi, yumshoq shankr;

- boshqa bakterial infektsiyalar (ehtimol antibiotiklar bilan birga): nokardioz, brutsellyoz (o'tkir), aktinomikoz, osteomielit (o'tkir va surunkali), Janubiy Amerika blastomikozi, toksoplazmoz (majmuaviy terapiyaning bir qismi sifatida).

- sulfanilamidlar, trimetoprim va/yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik

-glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi 

- jigar yoki buyrak funktsiyasining yaqqol buzilishi (kreatinin klirensi 15 ml/min dan past) 

- qonning morfologik suratida o'zgarishlar aniqlanishi

- chala tug'ilganlar, yangi tug'ilgan chaqaloqlar va 3 oylik yoshgacha bo'lgan bolalar

- homiladorlik va emizish davri

- streptokokkli anginani davolash.


Diuretiklar, ayniqsa tiazid guruhi bilan bir vaqtda ishlatiladigan preparat, qon ketishi bilan trombotsitopeniya kelib chiqish imkoniyatini oshiradi. Antikoagulyantlar  qabul qiluvchi bemorlarda protrombin vaqtini uzaytirish mumkin(masalan, varfarin).

Sulfanilmochevina unumlari bo'lgan diabetga qarshi vositalar ta'sirini oshiradi.

Fenitoinning jigarda metabolizmini tormozlaydi (uning yarim parchalanish davrini 39% gacha oshiradi). Bundan tashqari, qon plazmasida erkin metotreksat kontsentratsiyasini oshirishi mumkin (metotreksatning oqsillar bilan birikmalaridan chiqarilishini oshiradi). 

Digoksinning zardobdagi kontsentratsiyasini oshirishi mumkin, ayniqsa keksa bemorlarda, zardobdagi digoksin kontsentratsiyasini nazorat qilish kerak. 

Tritsiklik antidepressantlarning samaradorligi Preparat bilan majmuaviy qo'llaganda kamayishi mumkin.

Buyrak ko'chirib o'tkazgandan keyin Preparat va tsiklosporinni qabul qiluvchi bemorlarda, kreatinin darajasini oshishi bilan namoyon bo'luvchi buyrak funktsiyasining qaytar yomonlashuvi kuzatilishi mumkin.

Suyak iligida qon hosil bo'lishini kamaytiruvchi dori vositalar mielosupressiya xavfini oshiradi.

Preparatni indometatsin bilan birga ishlatilganda qondagi sul'fametoksazol kontsentratsiyasini oshirish mumkin.

Angiotenzin-aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorlari bilan bir vaqtda ishlatilganda, ayniqsa keksa bemorlarda giperkaliemiya rivojlanishi mumkin.

Yorug'likdan himoyalangan, quruq joyda, 25°C dan yuqori bo'lmagan haroratda, bolalar ololmaydigan joyda.

Yaroqlilik muddati
3 yil.
Yaroqlik muddati o'tgach  qo'llanilmasin.
Qulupnay yoki banan hidli oq yoki och krem rangli suspenziya.
Preparat ko'p miqdorda suyuqlik bilan ovqatdan keyin yoki darhol ichiladi. 

Ishlatishdan oldin bir hil suspenziya hosil bo'lmaguncha silkiting.

5 ml suspenziya 200 mg sul'fametoksazol va 40 mg trimetorimni o'z ichiga oladi.

Qutida shkalali o'lchamli qalpoqcha biriktirilgan.

Bolalarda odatda preparatni kuniga 1 kg tana vazniga 24 mg dan 36 mg gacha foydalaniladi. 

Odatda bolalar:

     Yosh

Doza

3 oydan

6 oygacha

(6-8 kg)

7 oydan

3 yoshgacha

(9-15 kg)

4 yoshdan

6 yoshgacha

(16-22 kg)

7 yoshdan

12 yoshgacha

(23-42 kg)

2,5 ml

Har 12 soatda

2,5 - 5 ml

Har 12 soatda

5 - 10 ml

Har 12 soatda

10 ml

Har 12 soatda

Kattalar va 12 yoshdan katta bolalar-odatda 20 ml, har 12 soatda. Maksimal doz (og'ir holatlarda foydalanish uchun) har 12 soatda 30 ml suspenziya hisoblanadi.

O'tkir infektsiyalarda preparatni kamida 5 kun yoki bemorning belgilari 2 kun davomida yo'q bo'lgunga qadar olish kerak. Agar 7 kunlik davolanishdan keyin klinik yaxshilanish bo'lmasa, mumkin bo'lgan davolanishni tuzatish uchun bemorning ahvoli qayta baholanishi kerak. 

Pneumocystis carinii chaqirgan infektsiyalarida -120 mg/kg/kun, 14-21 kun davomida har 6 soatda.

Siydik chiqarish yo'li infektsiyasi va o'tkir otitni davolash kursi-10 kun, shigellyozlar-5 kun.

Buyrak funktsiyasi buzilgan bemorlar

Kreatinin klirensi > 30 ml/min bo'lganda odatdagi doza buyuriladi, kreatinin klirensi 15 dan 30 ml/min gacha bo'lganda – odatdagi dozaning yarmi, kreatinin klirensi <15 ml / min gacha kamayganda esa preparat tavsiya etilmaydi.

Belgilari: ko'ngil aynishi, qusish, ichak sanchig'i, bosh aylanishi, bosh og'rig'i, uyquchanlik, depressiya, hushdan ketish, ongni chalkashshishi, isitma, gematuriya, kristalluriya; uzoq muddat yuqori dozalarda – trombotsitopeniya, leykopeniya, megaloblastik anemiya, sariqlik.

Davolash: oshqozonni yuvish, forsirlangan diurez, siydikni kislotaligi trimetoprim chiqarilishini oshiradi, v/i ga -5-15 mg/kun kal'tsiy folinati (trimetoprimning suyak iligiga ta'sirini bartaraf etadi), zarur bo'lganda – gemodializ.

Preparat homiladorlik va ko'krak suti bilan boqish paytida ishlatilmasligi kerak, chunki preparat platsenta orqali o'tadi va ona sutiga chiqariladi.

Homiladorlik davrida preparatni qo'llash faqat onaga mumkin bo'lgan foyda homila uchun mumkin bo'lgan xavfdan oshsa mumkin.

Agar laktatsiya davrida preparatni buyurish kerak bo'lsa, emizishni to'xtatish kerak.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

KOSEPTOL YUNI suspenziya 5 ml N50 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
KOSEPTOL YUNI suspenziya 5 ml N50 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
KOSEPTOL YUNI suspenziya 5 ml N50 dori vositasi Jurabek Laboratories, СП ООО tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
KOSEPTOL YUNI suspenziya 5 ml N50 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
KOSEPTOL YUNI suspenziya 5 ml N50 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
YUVIRA-400 suspenziya 10 ml 400 ml/10 ml N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-400 suspenziya 10 ml 400 ml/10 ml N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-400 suspenziya 10 ml 400 ml/10 ml N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-400 suspenziya 10 ml 400 ml/10 ml N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-400 suspenziya 10 ml 400 ml/10 ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-400 suspenziya 5 ml 400 ml/10 ml N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-400 suspenziya 5 ml 400 ml/10 ml N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-400 suspenziya 5 ml 400 ml/10 ml N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-400 suspenziya 5 ml 400 ml/10 ml N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-400 suspenziya 5 ml 400 ml/10 ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 10 ml 200 mg/5 ml N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 10 ml 200 mg/5 ml N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 10 ml 200 mg/5 ml N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 10 ml 200 mg/5 ml N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 10 ml 200 mg/5 ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 5 ml 200 mg/5 ml N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 5 ml 200 mg/5 ml N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 5 ml 200 mg/5 ml N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 5 ml 200 mg/5 ml N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 5 ml 200 mg/5 ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
ENOKSAPARIN-JL eritma 1 ml 8000 ME/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
ENOKSAPARIN-JL eritma 1 ml 8000 ME/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
Narh: 65 400 so'mdan Batafsil
ENOKSAPARIN-JL eritma 1 ml 6000 ME/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
ENOKSAPARIN-JL eritma 1 ml 6000 ME/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
ENOKSAPARIN-JL eritma 1 ml 4000 ME/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9