Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
KSOBIKS
XOBIX
Preparatning savdo nomi: Ksobiks
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): meloksikam
Dori shakli: tabletkalar
Tarkibi:
Bir 7,5 mg Ksobiks tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: meloksikam – 7,5 mg;
yordamchi moddalar: laktoza, Avisel RN 102 (mikrokristallik sellyuloza), magniy stearati, kraxmal natriy glikolyati, Povidon K-30, Aerosil 200 (kolloid kremniy dioksidi), tozalangan suv.
Bir 15 mg Ksobiks tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 15 mg meloksikam;
yordamchi moddalar: laktoza, Avisel RN 102 (mikrokristall sellyuloza), magniy stearati, kraxmal natriy glikolyati, Povidon K-30, Aerosil 200 (kolloid kremniy dioksidi), FD va sariq № 6 bo‘yovchisi, tozalangan suv.
Ta‘rifi:
Ksobiks 7,5 mg – dumaloq, och-sariq rangli, bir tomonida “XX” gravirovkali va boshqa tomonida bo‘luvchi riskasi bo‘lgan tabletkalar.
Ksobiks 15 mg – dumaloq, och-to‘q sariq rangli, bir tomonida “XO” gravirovkali va boshqa tomonida bo‘luvchi riskasi bo‘lgan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar.
ATX kodi: M01AS06
Farmakologik xususiyatlari
Yallig‘lanishga qarshi, og‘riqni qoldiruvchi, isitmani tushiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Yaxshi so‘riladi. Gematoensefalik to‘siq orqali o‘tadi, sinovial suyuqligiga kiradi. Faol bo‘lmagan metabolitlarini hosil qilib biotransformasiyaga uchraydi. Ahlat va siydik bilan teng proporsiyada chiqariladi.
Farmakokinetikasi
Ichga 30 mg doza qabul qilinganidan keyin meloksikamning bioto‘planishi 89% ni tashkil qiladi. Ichga bir necha marta qo‘llash farmakokinetik ko‘rsatkichlarni 7,5 dan 15 mg gacha dozalarga proporsional o‘zgartiradi. O‘rtacha Smax ga meloksikamning 7,5 mg li tabletkasi qabul qilinganidan keyin 4-5 soat o‘tgach erishiladi, bu preparatning so‘rilishini uzaytirilishini ko‘rsatadi. Ko‘p sonli dozalashda turg‘un holatga 5-kuni erishiladi. Meloksikamning ikkinchi cho‘qqi konsentrasiyasiga 12-14 soatdan keyin erishiladi.
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat ichga revmatoid artrit va ankilozlovchi spondilitda sutkada 15 mg dan buyuriladi, ijobiy terapevtik samaraga erishilganida dozani sutkada 7,5 mg gacha kamaytirish mumkin. Osteoartrozda sutkalik doza 7,5 mg, zarurati bo‘lganida u sutkada 15 mg gacha oshiriladi. Maksimal sutkalik doza – 15 mg. Nojo‘ya samaralarining paydo bo‘lishini xavfi yuqori bo‘lgan shaxslarda davolashni sutkada 7,5 mg dozadan boshlash kerak.
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan yoki gemodializda bo‘lgan pasientlarda preparat 7,5 mg sutkalik dozada buyuriladi.
O‘rtacha ifodalangan buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda (kreatinin klirensi minutiga 25 ml dan ko‘proq) dozani kamaytirish talab qilinmaydi.
Tabletkalarni ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar qo‘llash mumkin.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: dispepsiya, ko‘ngil aynishi, qusish, qorin og‘rig‘i, ezofagit, gastroduodenal yaralar, qabziyat yoki diareya, meteorizm.
Nerv tizimi va sezgi a‘zolari tomonidan: bosh aylanishi, quloqlarni shang‘illashi, uyquchanlik.
Boshqalar: shishlar, AB oshishi, yurak urishi, qon zardobida kreatinin va/yoki mochevinani oshishi, anemiya, leykopeniya, trombositopeniya, fotosensibilizasiya, allergik reaksiyalar (toshma, qichishish, bronxospazm, eshakemi).
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Meloksikamga o‘ta yuqori sezuvchanlik (shu jumladan boshqa NYAQV), zo‘rayish bosqichidagi me‘daning yara kasalligi, og‘ir jigar yoki terminal buyrak yetishmovchiligi, homiladorlik, emizish, o‘smirlarda (18 yoshgacha) qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Bilvosita antikoagulyantlar, tiklopidin, geparin, trombolitlar fonida qon ketishning rivojlanishini xavfi oshadi. Litiyni qon plazmasidagi konsentrasiyasini oshiradi. Metotreksat (sitopeniya), siklosporinni (nefrotoksik) toksikligini kuchaytiradi. Antigipertenziv preparatlarning samaradorligini pasaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Ksobiks kortikosteroidlarning o‘rnini almashtiraolmaydi yoki ularni yetishmovchiligini tiklayolmaydi.
Ksobiksni ahamiyatli suvsizlangan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan ishlatilishi kerak. Bunday pasientlarda dastlab regidratasion davolashni, keyin esa Ksobiks bilan davolashni o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.
NYAQV, shu jumladan meloksikam qabul qilayotgan pasientlarda jigar sinamalarining ko‘rsatkichlari 15% ga oshishi mumkin.
Meloksikam antikoagulyantlar bilan yondosh buyurilganida trombositlar faoliyatining buzilishlarini oldini olish uchun pasientlarni monitoring qilish kerak.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: nojo‘ya samaralarning kuchayishi.
Davolash: me‘dani yuvish va simptomatik davolash, chiqarilishni tezlashtirish uchun xolestiraminni yuborish.
Chiqarilish shakli
7,5 mg va 15 mg li 10 tabletkadan bir alyuminiy blisterda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor resepti bo‘yicha.