×
×
  • SITAGLYU tabletkalari 100mg N14

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

SITAGLYU tabletkalari 100mg N14

Kategoriya:
- Qandli diabetga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Pokiston
Qadoqda soni:
- 14
Ishlab chiqaruvchi:
- Hilton Pharma (Pvt) Ltd.
ATX kodi:
- A10BH01
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

SIOFOR 850 tabletkalari 850mg N60 Berlin-Chemie AG (Menarini Group), Германия произведено: Menarini-Von Heyden GmbH Germaniya
INSULATARD suspenziya 10ml 100ME/ml ООО «Ново Нордиск» Daniya
36 000 s`om dan
INSUFOR tabletkalari 500mg N30 Insuphar Laboratories Ilacları Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S. Turkiya
32 500 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
SITAGLYU tabletkalari 100mg N14 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

SITAGLYU

SITAGLU

 

Preparatning savdo nomi: Sitaglyu

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): sitagliptin

Dori shakli: qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Tarkibi:

Qobiq bilan qoplangan 1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 50 mg, 100 mg sitagliptin, sitagliptin fosfati ko‘rinishida;

yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza (Avicel PH 101), natriy kroskarmelloza, kalsiy digidrofosfati, magniy stearati.

50 mg li tabletkaning qobig‘i: gidroksipropilmetil sellyuloza, titan dioksidi, talk, polietilenglikol (PEG 6000), FD&CRed # 40 bo‘yovchisi.

100 mg li tabletkaning qobig‘i: gidroksipropilmetil sellyuloza, titan dioksidi, talk, polietilenglikol (PEG 6000), yashil olma -3765 bo‘yovchisi.

Ta‘rifi:

50 mg li tabletkalar: oval shaklli, ikki tomonlama qavariq, bir tomonida “LN” yozuvli va boshqa tomonidan sindirish chizig‘i bo‘lgan, och pushti rangli qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

100 mg li tabletkalar: to‘g‘ri burchak shaklli, bir tomonida “S” yozuvli va boshqa tomonidan sindirish chizig‘i bo‘lgan, yashil rangli qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: gipoglikemik vosita (dipeptidilpeptidaza-4 ingibitori)

ATX kodi: A10V

Farmakologik xususiyatlari

Sitagliptin – yuqori selektiv dipeptidilpeptidazы 4 (DPP-4) ingibitori.

Sitagliptin kimyoviy tuzilishi va farmakologik ta‘siri bo‘yicha glyukagonsimon peptid-1 (GPP) analoglari, insulin, sulfonilmochevina xosilalari, biguanidlar, peroksisomalar proliferatori (PPAR-γ) tomonidan faollantiriluvchi γ-reseptorlarining antogonistilari alfa-glikozidaza ingibitorlari amilin analoglaridan farq qiladi. DPP – 4 ni ingibirlab sitagliptin inkretinlar oilasining 2 ma‘lum gormonlarining konsentrasiyasini oshiradi: GPP-1 va glyukozaga-bog‘liq insulinotrop peptidi (GIP).

Inkretin oilasi gormonlari sutka davomida ichakda ajralib chiqadi, ularning darajasi ovqat qabul qilishga javoban oshadi. Inkretinlar glyukoza gomeostazining fiziologik nazorati tizimining ichki qismi hisoblanadi.

Farmakokinetikasi

Sitagliptin ichga qabul qilinganidan keyin me‘da-ichak yo‘llarida tez so‘riladi. Smax 1-4 soatdan keyin erishiladi. Mutloq biokiraolishligi taxminan 87% tashkil qiladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 50-60% tashkil qiladi.

Organizmda preparatning ahamiyatsiz qismi metabolizmga uchraydi. Sitagliptinning taxminan 79% siydik bilan chiqariladi.

Sitagliptin 100 mg dozada ichga qabul qilinganida T1/2 taxminan 12,4 soatni tashkil qiladi. Buyrak klirensi taxminan minutiga 350 ml tashkil qiladi.

 

Qo‘llanilishi

Qandli diabetining 2 tipi: monoterapiya sifatida (parhez va jismoniy yuklamalarga qo‘shimcha sifatida) yoki metformin yoki peroksisatiazolidindion proliferatori antagonistlari bilan majmuaviy davolash tarkibida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ovqatlanishdan qat‘iy nazar 100 mg dan sutkada 1 marta monoterapiya ham, metformin yoki tiazolidindion bilan majmuada ham ichga buyuriladi. Agar preparatni qabul qilish o‘tkazib yuborilsa, pasient buni eslashi bilanoq preparatni qabul qilishi kerak. Dozani ikki marta qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Kreatinin klirensi minutiga 30-50 ml, plazmadagi kreatinin darajasi 1,7-3 ml/dl (erkaklarda), 1,5-2,5 ml/dl (ayollarda) bo‘lganda preparatning dozasi sutkada 1 marta 50 mg gacha kamaytiriladi.

Kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam, plazmadagi kreatinin darajasi 3 ml/dl (erkaklarda), 2,5 ml/dl (ayollarda) dan yuqori bo‘lganda, shuningdek gemodializga muhtoj terminal bosqichdagi surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda doza sutkada 1 marta 25 mg ni tashkil qiladi (gemodializ o‘tkazish vaqtidan qat‘iy nazar).

Nojo‘ya ta‘sirlari

Angionevrotik shish, toshma, eshakemi, vaskulitning teri shakli, terining eksfoliativ kasalliklari, osteoartrit, qo‘l-oyoqlarda og‘riq.

Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan: qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya.

Laborator ko‘rsatkichlar: giperurikemiya, ishqoriy fosfatazaning umumiy va qisman suyak fraksiyasi faolligini oshishi, neytrofillarning sonini oshishi bilan bog‘liq leykositoz.

Boshqalar (preparatni qabul qilish bilan sabab-oqibat bog‘liqligi aniqlanmagan): yuqori nafas yo‘llari infeksiyalari, nazofaringit, bosh og‘rig‘i, artralgiya. Gipoglikemiya rivojlanishi tez-tezligi plasebo qabul qilgandagi bilan bir xil.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • preparatga yuqori sezuvchanlik;
  • diabetik ketoasidoz, diabetik prekoma, koma;
  • buyrak faoliyatini buzilishi (kreatinin klirensi minutiga 60 ml dan kam);
  • buyrak faoliyatini buzilishi rivojlanishi xavfi bilan kechuvchi o‘tkir kasalliklar: degidratasiya (diareya, qusish), isitma, og‘ir infeksion kasalliklar, gipoksiya holatlari (shok, sepsis, buyrak infeksiyalari, bronx-o‘pka kasalliklari);
  • to‘qima gipoksiyasiga olib kelishi mumkin bo‘lgan o‘tkir va surunkali kasalliklarning klinik jihatdan yaqqol ko‘rinishlari (yurak yoki nafas yetishmovchiligi, o‘tkir miokard infarkti va boshqalar);
  • jiddiy jarroxlik operasiyalari va jarohatlarda (ular fonida insulin bilan davolash ko‘rsatilgan) qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘sirini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarda sitagliptin quyidagi preparatlarning farmakokinetikasiga klinik ahamiyatli ta‘sir ko‘rsatmagan: metformin, roziglitazon, glibenklamid, simvastatin, varfarin, peroral kontraseptiv vositalar. Sitagliptin bilan birga qo‘llanilganda digoksinning AUC (11%), shuningdek o‘rtacha Smax (18%) oshishi kuzatilgan. Bu ko‘rsatkichlarni oshishi klinik ahamiyatli hisoblanmaydi. Bir vaqtda qo‘llanilganda digoksinni ham, preparatning ham dozasini o‘zgartirish tavsiya etilmaydi. 100 mg bir martalik dozada Sitaglyu va 600 mg bir martalik dozada siklosporinni (r-glikoproteinning kuchli ingibitori) birga qo‘llaganda pasientlarda sitagliptinning AUC va Cmax ni muvofiq ravishda 29% va 68% ga oshishi kuzatilgan. Sitagliptinning farmakokinetik ko‘rsatkichlarini bunday o‘zgarishlari klinik ahamiyatli hisoblanmaydi. Siklosporin va r-glikoproteinning boshqa ingibitorlari (masalan, ketokonazol) bilan birga qo‘llanilganda preparatning dozasini o‘zgartirish tavsiya etilmaydi.

 

 

Ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak bo‘lgan majmualar

Glyukokortikoidlar (tizimli va mahalliy qo‘llash uchun), beta-2-agonistlari va diuretiklar o‘ziga hos giperglikemik faollikka ega. Pasientlarni bu haqida xabardor qilish va ayniqsa bunday preparatlar bilan davolashni boshida qonda glyukoza darajasini tez-tez nazorat qilish kerak. Agar zarurati bo‘lsa antigiperglikemik preparatning dozasini boshqa preparat bilan davolash va uni bekor qilganda tuzatish kiritish kerak.

AAF ingibitorlari qonda glyukoza darajasini pasaytirishi mumkin. Agar zarurati bo‘lsa, antigiperglikemik preparatning dozasini boshqa preparat bilan davolash va uni bekor qilganda tuzatish kiritish kerak.

Maxsus ko‘rsatmalar

Umumiy. Sitaglyu preparatini qandli diabetning 1 tipi bo‘lgan pasientlarda yoki diabetik ketoasidozni davolash uchun qo‘llash mumkin emas.

Sulfonilmochevina hosilalari yoki insulin bilan majmuada gipoglikemiya. Klinik tadqiqotlarda Sitaglyu preparati monoterapiya yoki gipoglikemiya rivojlanishiga olib kelmaydigan preparatlar (ya‘ni, metformin yoki tiazolidindon) bilan majmuaviy davolash qismi sifatida qo‘llanilganida Sitaglyu preparati qo‘llanilganda gipoglikemiya darajasi plasebo qabul qilgan pasientlardagi daraja bilan bir xil bo‘lgan.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Homilador ayollarda Sitaglyu preparatining xavfsizligi noma‘lum. Boshqa antigiperglikemik vositalar kabi Sitaglyu preparatini homiladorlik davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Sitagliptin odam ko‘krak suti bilan ajralishi noma‘lum. Shuning uchun emizikli ayollar Sitaglyu preparatini qabul qilmasliklari kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilgan hollarda standart tutib turuvchi choralar ko‘rish kerak, masalan so‘rilmagan materialni me‘da-ichak yo‘llaridan chiqarib tashlash, agar zarurati bo‘lsa tutib turuvchi davolashni buyurish.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Chiqarilish shakli

Qobiq bilan qoplangan 7 tabletkadan Al/Al blisterda.

2 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

SITAGLYU tabletkalari 100mg N14 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
SITAGLYU tabletkalari 100mg N14 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
SITAGLYU tabletkalari 100mg N14 dori vositasi Hilton Pharma (Pvt) Ltd. tomonidan Pokiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
SITAGLYU tabletkalari 100mg N14 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
SITAGLYU tabletkalari 100mg N14 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
OFLOBID infuziya uchun eritma 100ml 200mg/100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Hilton Pharma (Pvt) Ltd.
SITANYu tabletkalari 20mg N14
SITANYu tabletkalari 10mg N14
MITEKA tabletkalari 4mg N14
MITEKA poroshok 4g N14
SITANYu tabletkalari 5mg N14
DULAN kapsulalar 20mg N14
RONEKS sirop 60ml
DESTINA tabletkalari 5mg N10
FEROSOFT S inyeksiya uchun eritma 5ml N5
FEROSOFT sirop 120ml 50mg/5ml
FEROSOFT tomchilar dlya priema vnutr 30ml
TREKSAMIN inyeksiya uchun eritma 5ml 5% N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Hilton Pharma (Pvt) Ltd.
TREKSAMIN kapsulalar 500mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Hilton Pharma (Pvt) Ltd.
Narh: 105 000 so'mdan Batafsil
TREKSAMIN kapsulalar 250mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Hilton Pharma (Pvt) Ltd.
SITAGLYU tabletkalari 50mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Hilton Pharma (Pvt) Ltd.
SITAGLYU MET tabletkalari 500mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Hilton Pharma (Pvt) Ltd.
SITAGLYU MET tabletkalari 1000mg 50 mg+1000 mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Hilton Pharma (Pvt) Ltd.
PIOZER tabletkalari 45mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Hilton Pharma (Pvt) Ltd.
PIOZER tabletkalari 30mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Hilton Pharma (Pvt) Ltd.
PIOZER tabletkalari 15mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Hilton Pharma (Pvt) Ltd.
NEOGAB kapsulalar 400mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Hilton Pharma (Pvt) Ltd.
NEOGAB kapsulalar 300mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Hilton Pharma (Pvt) Ltd.
NEOGAB kapsulalar 100mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Hilton Pharma (Pvt) Ltd.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9