Portalimizni rivojlantirish maqsadida biz cookiesdan foydalanamiz. Saytdan foydalanishni davom etishingiz, ulardan foydalanishimizga rozilligingizni anglatadi. Batafsil
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Kyupen plyus paratsetamol va kofein saqlovchi majmuaviy dori preparati. Preparat og'riqni qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta'sir ko'rsatadi.
Paratsetamol nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar guruxi dori vositasi, siklooksigenaza fermentini bostirishi hisobiga markaziy nerv tizimida prostaglandinlar darajasini pasayishiga yordam beradi. Kofein paratsetamolning farmakologik samaralarini kuchayishiga yordam beradi. Ichga qabul qilingandan keyin paratsetamol me'da-ichak yo'llaridan yaxshi so'riladi, plazmadagi cho'qqi kontsentratsiyasi qabul qilingandan keyin 0,5-2 soat o'tgach kuzatiladi. Jigarda metobolizmga uchraydi. Yarimchiqarilish davri 1 dan 4 soatgacha, asosan siydik bilan metobolitlari ko'rinishida chiqariladi.
Preparat odatda patsiyentlar tomonidan yaxshi o'zlashtiriladi, ayrim xollarda ushbu nojo'ya samaralarni rivojlanishi kuzatiladi.
Me'da-ichak yo'llari tomonidan: ko'ngil aynishi, qusish, epigastral soxada og'riq. Bundan tashqari jigar fermentlarini o'zgarishi va gepatotoksiklik.
Qon yaratish tizimi tomonidan: trombotsitopeniya, pantsitopeniya, anemiya, shu jumladan gemolitik, sulьfatli gemoglobinemiya va metgemoglobinemiya.
Markaziy nerv tizimi tomomnidan: uyqu va tetiklik tartibini buzilishi, ta'sirchanlik va bosh aylanishi.
Yurak-tomir tizimi tomonidan: gipertoniya, taxiaritmii.
Allergik reaktsiyalar: teri toshmasi, qichishish, eshakemi, ko'pshaklli ekssudativ eritema, Kvinke shishi, Layell sindromi, anafilaktik shok.
Boshqalar: bronxospazm, gipoglikemiya, gipoglikemik koma.
Yuqori dozalar uzoq vaqt qo'llagan xolda qon manzarasini nazorat qilish kerak. Preparatni qabul qilish vaqtida xaddan ziyod ko'p choy va kofe qabul qilish mumkin emas, chunki bu qo'zg'aluvchanlik, uyqusizlik, taxikardiya, yurak aritmiyasiga olib kelishi mumkin.
Jigar toksikligidan saqlanish uchun paratsetamolni alkogolli ichimliklar bilan bilan qabul qilish mumkin emas, shuningdek u surunkali alkogol iste'mol qilishga moyilligi bo'lgan odamlarga tavsiya etilmayi.
Atopik astma, pichan isitmasi bo'lgan patsiyentlarda allergik reaktsiyalarining rivojlanishini yuqori xavfi bor.
Sportchilarning doping-nazorati natijalarini o'zgartirishi mumkin.
Migrenь bilan bog'liq o'rtacha va yengil og'riqni vaqtincha yengillashtirish uchun, bosh og'rig'i, orqadagi og'riqni, davriy og'riqlarni, tish og'rig'ini, revmatik va mushak og'riqlarini, jiddiy siptomlarsiz artrit, shamollash va grippdagi, og'riqlarni tomoq og'rig'i va yuqori haroratda qo'llaniladi.
Bu maxsulotni qo'llash mumkin emas:
NYaQV, kofein, paratsetamol yoki preparatning har qanday boshqa komponentlariga ma'lum yuqori sezuvchanligi bo'lgan patsiyentlar.
Og'ir buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligida, tug'ma giperbilirubinemiya, glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligida.
Alkogolizm, qon yaratish tizimining kasalliklari (og'ir anemiya, leykopeniya), tromboflebit, tromboz, ateroskleroz va gipertoniyasi bo'lgan patsiyentlarga preparat buyurilmaydi.
Preparat uyqusizlik, glaukoma, shu jumladan yopiq burchakli glaukoma, tutqanoq, gipertireoz, yurak o'tkazuvchanligini buzilishi, dekompensatsiyalangan yurak yetishmovchiligi, yurak ishemik kasalligi, prostata bezining gipertrofiyasi, qandli diabet va o'tkir pankreatiti bo'lgan patsiyentlarni davolash uchun qo'llanmaydi.
Preparatni keksa patsiyentlarga va tomirlar spazmiga moyilligi bo'lgan patsiyentlarga , buyurish mumkin emas.
Preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida, shuningdek 12 yoshgacha bo'lgan bolalar qo'llash mukin emas.
Preparatni jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Preparatni monoaminooksida ingibitorlari, tritsiklik antidepressantlar va beta-adrenoretseptorlarning blokatorlari bilan bir vaqtda qo'llash mumkin emas. Monoaminooksidaza ingibitorlari guruhi preparatlari va Kyupen Plyus preparatlarini qabul qilishlar orasida davolashdagi tanaffus 14 kundan kam bo'lmasligi kerak. Paratsetamolning so'rilish tezligi u metoklopramid va domperidolnbilan bir vaqtda qo'llanganda oshadi, xolestiramin bilan bir vaqtda qo'llanganda esa pasayadi. Preparat varfarin va boshqa kumarin antikoagulyantlari bilan birga qo'llanganda qon ketishining rivojlanishini xavfi oshadi. Barbituratlar birga qo'llanganda paratsetamolni antipiretik samarasini susaytiradi. Mikrosomal fermentlarning induktorlari, gepatotoksik preparatlari va izoniazid paratsetamolning jigarga toksik ta'sirini oshiradi. Birga qo'llanganda preparat diuretiklarning samarasini pasaytiradi. Etil spirti saqlovchi dori vositalari bilan, shuning alkogolik ichimliklar bilan bir vaqtda preparatni qo'llash mumkin emas. Kofein birga qo'llanganda alьfa- va beta-adrenomimetiklarning, ksantin va markaziy nerv tizimini rag'batlantiruvchi dori preparatlarining samarasini oshiradi. Simetidin, peroral kontratseptivlar va izoniazid bir vaqtda qo'llanganda kofeinning samarasini oshishi kuzatiladi. Kofein birga qo'llanganda markaziy nerv tizimini kuchaytiruvchi dori preparatlarning samradorligini pasaytiradi. Kofein qonda litiyning miqdorini oshiradi, tireotrop preparatlarning terapevtik ta'sirini kuchaytiradi va ergotaminni me'da-ichak yo'llarida so'rilishini yaxshilaydi.
Ichga. Peroral yuborish va faqat qisqa muddat qo'llash uchun. Past samarali doza simptomlarini yengillashtirish uchun eng qisqa vaqt davomida qo'llanilishi kerak. Agarda simptomlari saqlansa yoki yomonlashsa, yoki agarda preparatni qabul qilish 3 kundan ko'proqni talab qilsa patsiyent shifokor bilan maslaxatlashishi kerak;
Kattalar: 1 tabletkadan sutkada 3 martadan ko'p emas, suv bilan qabul qilish kerak. Takroriy dozalarni qabul qilishlar orasida, hech bo'lmaganda 6 soatlik intervalga rioya qilish kerak.
Agarda 1 tabletka terapevtik samara ko'rsatmasa, maksimum 2 tabletkadan sutkada 3 martadan ko'p bo'lmagan xolda tabletka qabul qilish kerak.
Qayta dozalar qabuli o'rtasidagi oraliq kamida 6 soatni tashkil qilishi kerak.
Sutkada 8 tabletkadan ko'p (4000 mg paratsetamol) qabul qilish mumkin emas.
Keksa patsiyentlar: dozalashni maxsus to'g'rilash talab qilinmaydi.
Keksa patsiyentlarda nojo'ya reaktsiyalarni jiddiy keyingi ta'sirlarining xavfi yuqori. Agarda NYaQV qo'llash zarurati bo'lsa, eng past samarali doza eng qisqa muddat davomida qo'llanishi kerak. NYaQV davolashda me'da-ichak qon ketishlarni oldini olish uchun patsiyentni muntazam monitoringi o'tkazilishi kerak.
Preparatning dozasi oshirib yuborilganda, preparatning nefrotoksik va gepatotoksik ta'siri, shuningdek qon yaratish tizimi tomonidan (anemiya, trombotsitopeniya, pantsitopeniya, leykopeniya, neytropeniya, agranulotsitoz) va markaziy ner tizimi tomonidan (yuqori ta'sirchanlik, bosh aylanishi, uyquni buzilishi va tetiklik tartibini, tremor) buzilishi rivojlanishi mumkin. Bundan tashqari, taxiaritmiya, tirishish, teri qoplamalarini oqarishi, qusish, gepatonekroza, glyukoza metabolizmini buzilishi va metabolik atsidoz buzilishlari rivojlanishi mumkin. Doza oshirib yuborilganda me'dani yuvish, enterosorbentlarni qabul qilish va simptomatik davolash o'tkazish ko'rsatilgan.
Dozani oshirib yuborilishini og'ir xollarida N-atsetiltsistein vena ichiga yuborish va metioninni peroral (agar patsiyentda qusish bo'lmasa) qabul qilish ko'rsatilgan. Tirishilar rivojlangan xolda diazepam qo'llanadi.
Preparatni homiladorlik davrida faqat xayotiy ko'rsatmalar bo'yicha qo'llash mumkin.
Preparatni laktatsiya davrida qo'llashning zarurati bo'lganda, emizishni vaqtincha to'xtatish masalasini xal qilish kerak.
KYUPEN PLYUS tabletkalari 500mg/65mg N100 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
KYUPEN PLYUS tabletkalari 500mg/65mg N100 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
KYUPEN PLYUS tabletkalari 500mg/65mg N100 dori vositasi Avison Pharmaceuticals Pvt. Ltd, Индия произведено: Coral Laboratories Limited tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
KYUPEN PLYUS tabletkalari 500mg/65mg N100 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
KYUPEN PLYUS tabletkalari 500mg/65mg N100 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori