×
×
  • LAGODEN inyeksiya uchun eritma 5ml 0,5% N5

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

LAGODEN inyeksiya uchun eritma 5ml 0,5% N5

Kategoriya:
- Dori vositalari
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Faol modda:
Лагоден
Qadoqda soni:
- 5
Ishlab chiqaruvchi:
- ООО СП "NOVOPHARMA PLUS"
Vakil:
- Novopharma Plus OT MChJ
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KOREGA BIO FORMULA tabletkalari N30 Стаффорд Миллер (Ирландия) Лтд., Клочерейн, Югал Роуд, Дангарван, графство Уотерфорд, Ирландия Buyuk Britaniya
45 000 s`om dan
BIFOLAK AKTIV kapsulalar 0,5g N10 BIOTACT DEUTSCHLAND O'zbekiston
51 000 s`om dan
GEKOTON infuziya uchun eritma 200ml Юрия-Фарм, ООО Ukraina
KALCIY TRIACTIV D3 stik 3g N30 BIOTACT DEUTSCHLAND O'zbekiston
55 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
LAGODEN inyeksiya uchun eritma 5ml 0,5% N5 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

 QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

LAGODEN

LAGODENUM

 

Preparatning savdo nomi: Lagoden

Ta‘sir etuvchi modda: Lagoden

Dori shakli: In‘eksiya uchun eritma.

Tarkibi:

faol modda: lagoden moddasiga qayta hisoblanganda lagoden trigidrati – 5,0 g.

yordamchi moddalar: in‘eksiya uchun suv – 1 l gacha.

Ta‘rifi: Tiniq, rangsiz suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: Gemostatiklar.

Farmakologik hususiyatlari

Kelib chiqishi tabiiy bo‘lgan mast qiluvchi lagoxilus – Lagochilus inebrians Bunge gullari va barglaridan olinadigan preparat qon ketishini bartaraf qiladi, trombositlar adgeziyasini, agregasiyasini va sonini oshiradi, geparinning ta‘sirini qisqartiradi. Preparat Li-Uayt bo‘yicha ivish vaqti, trombin vaqti, protrombin indeksi, fibrinogen kabi ko‘rsatkichlarni ishonchli ravishda oshiradi, qon yo‘qotilishi kattaligini kamaytiradi. Preparatning gemostatik samarasi qon ivishining 1 va 2 fazalarini faollashtirishi, faol tromboplastinni hosil bo‘lishini tezlashtirishi va protrombinni trombinga aylanishini, mustaxkam tromb laxtasi hosil bo‘lishini tezlashtirishi bilan bog‘liq.

Qo‘llanilishi

Preparatni o‘tkir va surunkali qon ketishlarini (me‘da-ichak, gemorroidal, o‘pka, bachadon va boshqalar), parenximatoz qon ketishlarini (buyrak, taloq, bosh miya), kapillyar va boshqa qon ketishlar, otolaringologiya amaliyotidagi operativ aralashuvlardagi (tonzilloektomiyada, quloqdagi mikrojarrohlik aralashuvlarda va boshqalarda), stomatologiyada tishlarni, kista, granulemalarni olib tashlashda, me‘da-ichak yo‘llarida operasiya qilish vaqtida, bachadondagi ginekologik operasiyalarda, shu jumladan qon ivish tizimining buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan qon ketishlarida, davolash va oldini olish uchun buyuriladi.

 
Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat o‘tkir qon ketishlarida vena ichiga 0,05-0,1 g (10-30 ml) dozada yuboriladi. Samarasi kamligida yoki samarasi bo‘lmaganida preparat 20-30 minutdan keyin, dozasini 2-3 martaga oshirib, takroran yuboriladi. Sutkada preparatni 0,2-0,3 g gacha yuborish mumkin.

Surunkali qon ketishlarida preparat 0,05-0,15 g (10-30 ml) dozada, 4-5 soatlik interval bilan kuniga 2-3 marta, 5-7 kun davomida buyurilishi mumkin.

Parenximatoz (jigar, taloq, limfatik, bosh miya, suyak to‘qimasi), burun va jarohatdan qon ketishlarida preparat mahalliy ishlatiladi.

Preparatning eritmasi bilan ho‘llangan salfetka 3-5 minut tutib turiladi.

 

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparat qo‘llanganida nojo‘ya holatlar aniqlanmagan.

 

Ko‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparat shaxsiy yuqori sezuvchanlikda, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda (prepartani ushbu toifa bemorlariga ta‘siri to‘g‘risida ma‘lumotlarning yo‘qligi tufayli), shuningdek giperkoagulyasion holatlarda va tromboembolik kasalliklarda qo‘llash mumkin emas.

Dorilar bilan o‘zaro ta‘siri

Dori preparatlari bilan o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

Chiqarilish shakli

0,5% in‘eksiya uchun eritma, ampulalarda 5 ml dan.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

LAGODEN inyeksiya uchun eritma 5ml 0,5% N5 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
LAGODEN inyeksiya uchun eritma 5ml 0,5% N5 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
LAGODEN inyeksiya uchun eritma 5ml 0,5% N5 dori vositasi ООО СП "NOVOPHARMA PLUS" tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
LAGODEN inyeksiya uchun eritma 5ml 0,5% N5 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
LAGODEN inyeksiya uchun eritma 5ml 0,5% N5 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9