Lagoden ko'rsatmalar
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
LAGODEN
LAGODENUM
Preparatning savdo nomi: Lagoden
Ta‘sir etuvchi modda: Lagoden
Dori shakli: In‘eksiya uchun eritma.
Tarkibi:
faol modda: lagoden moddasiga qayta hisoblanganda lagoden trigidrati – 5,0 g.
yordamchi moddalar: in‘eksiya uchun suv – 1 l gacha.
Ta‘rifi: Tiniq, rangsiz suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi: Gemostatiklar.
Farmakologik hususiyatlari
Qo‘llanilishi
Preparatni o‘tkir va surunkali qon ketishlarini (me‘da-ichak, gemorroidal, o‘pka, bachadon va boshqalar), parenximatoz qon ketishlarini (buyrak, taloq, bosh miya), kapillyar va boshqa qon ketishlar, otolaringologiya amaliyotidagi operativ aralashuvlardagi (tonzilloektomiyada, quloqdagi mikrojarrohlik aralashuvlarda va boshqalarda), stomatologiyada tishlarni, kista, granulemalarni olib tashlashda, me‘da-ichak yo‘llarida operasiya qilish vaqtida, bachadondagi ginekologik operasiyalarda, shu jumladan qon ivish tizimining buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan qon ketishlarida, davolash va oldini olish uchun buyuriladi.
Preparat o‘tkir qon ketishlarida vena ichiga 0,05-0,1 g (10-30 ml) dozada yuboriladi. Samarasi kamligida yoki samarasi bo‘lmaganida preparat 20-30 minutdan keyin, dozasini 2-3 martaga oshirib, takroran yuboriladi. Sutkada preparatni 0,2-0,3 g gacha yuborish mumkin.
Surunkali qon ketishlarida preparat 0,05-0,15 g (10-30 ml) dozada, 4-5 soatlik interval bilan kuniga 2-3 marta, 5-7 kun davomida buyurilishi mumkin.
Parenximatoz (jigar, taloq, limfatik, bosh miya, suyak to‘qimasi), burun va jarohatdan qon ketishlarida preparat mahalliy ishlatiladi.
Preparatning eritmasi bilan ho‘llangan salfetka 3-5 minut tutib turiladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Preparat qo‘llanganida nojo‘ya holatlar aniqlanmagan.
Ko‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparat shaxsiy yuqori sezuvchanlikda, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda (prepartani ushbu toifa bemorlariga ta‘siri to‘g‘risida ma‘lumotlarning yo‘qligi tufayli), shuningdek giperkoagulyasion holatlarda va tromboembolik kasalliklarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilar bilan o‘zaro ta‘siri
Dori preparatlari bilan o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Chiqarilish shakli
0,5% in‘eksiya uchun eritma, ampulalarda 5 ml dan.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari