QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
LASIDOFIL®–WM
LACIDOFIL®–WM
Preparatning savdo nomi: Lasidofil®-WM
Dori shakli: kapsulalar
Tarkibi:
1 kapsula quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: 2 mlrd tirik liofilizatlangan bakteriyalar:
Lactobacillus rhamnosus Rosell-11 – 1,9 mlrd.;
Lactobacillus acidophilus Rosell-52 – 0,1 mlrd.;
yordamchi moddalar: maltodekstrin, magniy stearati, askorbin kislotasi;
kapsula qobig‘ining tarkibi: jelatin.
Ta‘rifi: mayda och-jigarrang dog‘lari bo‘lgan, mayda dispersli oq kukundan tarkib topgan, №2 o‘lchamli, tiniq, qattiq jelatin kapsula.
Farmakoterapevtik guruhi: probiotik
ATX kodi: A07FA01
Farmakologik xususiyatlari
Laktobakteriyalar – grammusbat harakatsiz spora hosil qilmaydigan anaerob laktobasillalarni birlashtiruvchi, uglevodlarni sut kislotasigacha parchalaydigan Lactobacillaceae oilasi bakteriyalar turidir. Ular tomonidan yaratiluvchi kislotali muhit ichak biosenozi va odam organizmining boshqa normal mikroflorasining 85-95% ni tashkil etuvchi bifidobakteriyalarni rivojlanishiga yordam beradi.
Normal metabolizm jarayonida laktobakteriyalar sut kislotasini hosil qilishi, lizosim va antibiotik faollikka ega bo‘lgan boshqa moddalar: reuterin, plantarisin, laktosidin, laktolin ishlab chiqarish xususiyatiga ega. Organik kislotalar, bakteriosinlarni ishlab chiqarilishi tufayli, laktobakteriyalarning ko‘pchilik shtammlari patogen va shartli-patogen mikroorganizmlarga nisbatan yaqqol antagonistik faollikni ko‘rsatib, MIY ning rezistentligini ta‘minlaydi. Ular E. coli, H. influenzae, Campilobacter jejuni, Salmonella, Shigella, Streptococcus, Stapylococcus aureus, Helicobacter pylori kabi patogen mikroorganizmlarga nisbatan, ularni o‘sishini va enterositlarga adgeziyasini bostirishi hisobiga antimikrob ta‘sir ko‘rsatadi.
Laktobakteriyalar oqsillar, yog‘lar va murakkab uglevodlarni parchalanish jarayonida, o‘t kislotalarini metabolizmida, shuningdek K va V guruhi vitaminlarining sintezida ishtirok etishi mumkin.
Laktobakteriyalar xujayra immunitetini va immunoglobulinlarni ishlab chiqarilishini faollashtirish xususiyatiga ega. Laktobakteriyalarning immunostimulyator xususiyatini, ularning xujayra devorida, immunomodulyator ta‘sirga ega bo‘lgan peptidoglikanlar va teyxoy kislotalarini mavjudligi bilan bog‘laydilar.
Laktobakteriyalarning ushbu shtammlarini afzalligi bo‘lib, me‘da shirasi va o‘t kislotalarining ta‘siriga yuqori rezistentligi xizmat qiladi, xususan, me‘daning kislotali muhitida 30 minut davomida bo‘lganidan keyin ikkala mikroorganizmning taxminan 80% tirik qolgan. Lasidofil®-WM da saqlanadigan bakteriyalar ichak devorining reseptorlariga birikish va 7-15 kungacha tirik holda saqlanib qolish xususiyatiga ega.
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Lasidofil®-WM ovqat vaqtida, oz miqdordagi suv bilan qabul qilinadi.
3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun kapsulani ochish va uning ichidagisini suv bilan yoki oldindan sovutilgan ovqat bilan aralashtirish mumkin.
Oldini olish maqsadida ichakning normal mikroflorasini bir maromda saqlab turish uchun: bolalarga 6 oylikdan boshlab 1 kapsuladan kunora, 3 yosh va undan oshgan bolalarga 1 kapsuladan kuniga 1 marta, kattalarga kuniga 1-2 kapsuladan buyuriladi. Qabul qilishning davomiyligi 20 kunni tashkil etadi.
Antibiotiklarni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan (shu jumladan Clostridium difficile tayoqchasi chaqirgan) diareyani oldini olish va davolash maqsadida: Lasidofil®-WM ni antibiotiklarni qabul qilishdan alohida, antibiotikni qabul qilishdan 2 soat oldin yoki keyin qabul qilish kerak. 6-12 oylik bolalarga kuniga 1 kapsuladan, 1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 1 kapsuladan kuniga 2 marta, 3 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 1 kapsuladan kuniga 2-3 marta, 12 yoshdan oshgan bolalar va kattalarga 1-2 kapsuladan kuniga 3 marta qabul qilish tavsiya etiladi. Qabul qilish davomiyligi antibiotiklarni buyurish muddatiga qarab belgilanadi. Antibiotiklarni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan diareyani davolashda – kasallikning simptomlari yo‘qolgunicha davom ettiriladi. Keyinchalik profilaktik qo‘llashga o‘tish mumkin.
Ovqat rasionini o‘zgarishi, safarlar va boshqa sabablar bilan bog‘liq bo‘lgan ichakning tranzitor disfunksiyalarini (ham diareya, ham qabziyatni) davolash uchun: 6-12 oylik bolalarga 1 kapsuladan kuniga 1 marta, 1-3 yoshli bolalarga 1 kapsuladan kuniga 2 marta, 3 yoshdan oshgan bolalarga 1 kapsuladan kuniga 3 marta simptomlar yo‘qolgunicha, kattalarga 1-2 kapsuladan kuniga 3 marta simptomlar yo‘qolgunicha davom ettiriladi. So‘ngra ichakning normal mikroflorasini tutib turish tartibi qo‘llanishi mumkin.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Nojo‘ya ta‘sirlari aniqlanmagan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Lasidofil®-WM ning salbiy ta‘siri qayd etilmagan.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Antibiotiklarni (per os) Lasidofil®-WM bilan bir vaqtda buyurilishi uning samaradorligini pasaytiradi, shuning uchun preparatni antibiotiklarni qo‘llashdan 2 soat oldin yoki keyin qabul qilish kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Quyidagi pasientlar guruhi uchun probiotik davolash faqat shifokorning kuzatuvchi ostida o‘tkaziladi:
Yuqorida sanab o‘tilgan barcha holatlarda probiotiklarning ijobiy ta‘siri kuzatilishi mumkin bo‘lgan xavfdan ustundir.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Preparatni qo‘llashdan oldin homilador ayollar shifokor bilan maslahatlashishlari kerak.
Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash kerak va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatish mumkin emas.
Chiqarilish shakli
Ichga qabul qilish uchun qattiq jelatin kapsulalar. 10 kapsula blisterda. 2 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Sovutgichda +2°S dan +8°S gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz beriladi.