Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
(pasientlar uchun ma‘lumot)
LETIRAM®
qobiq bilan qoplangan tabletkalar
250 mg; 500 mg;750 mg; 1000mg
Levetirasetam
Preparatni qabul qilishni boshlashdan oldin, ushbu yo‘riqnomani diqqat bilan o‘qib chiqing.
Yo‘riqnomaning mazmuni:
LETIRAM® – bu tutqanoqqa qarshi vosita (tutqanoqda xurujlarni davolash uchun qo‘llanadigan vosita).
LETIRAM® 16 yoshdan boshlab pasientlarda alohida parsial xurujlarni davolash uchun qo‘llanadi.
LETIRAM® boshqa tutqanoqqa qarshi vositani qo‘llanayotgan pasientlar uchun quyidagi hollarda qo‘llanadi:
LETIRAM®NI qo‘llash mumkin emas:
Quyidagi hollarda LETIRAM® preparati bilan juda ehtiyotkor bo‘lish kerak:
Boshqa dori preparatlarini qabul qilish
Agar Siz biron-bir boshqa dorilarni, shu jumladan reseptsiz beriladigan preparatlarni qabul qilayotgan yoki yaqinda qabul qilgan bo‘lsangiz albatta shifokoringizga yoki farmasevtga xabar berish kerak.
LETIRAM® preparatini ovqat yoki ichimliklar bilan qabul qilish.
LETIRAM® preparatini ovqat bilan birga yoki o‘zini qabul qilish mumkin.
Ehtiyotkorlik chorasi sifatida LETIRAM® preparatini alkogol saqlovchi ichimliklar bilan birga qabul qilish mumkin emas.
Homiladorlik va emizish davri
Agar Siz homilador bo‘lsangiz yoki homiladorman deb o‘ylayotgan bo‘lsangiz, darhol bu haqida shifokoringizga xabar bering.
Homiladorlik vaqtida aniq zaruratsiz LETIRAM® ni qo‘llash mumkin emas. Sizning kelajakdagi bolangiz uchun mumkin bo‘lgan havf noma‘lum. Levetirasetam xurujlarni nazorat qilish uchun Sizga kerak bo‘lgan dozalarga qaraganda yuqori dozalarda xayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda reproduktiv faoliyatga noxush ta‘sir ko‘rsatgan.
Davolash vaqtida emizish tavsiya qilinmaydi.
Xar qanday dorini qabul qilishdan oldin shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslaxatlashing.
Transport vositalari va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyati
LETIRAM® Sizning mashina yoki biron-bir mexanizmlar va uskunalarni boshqarish qobiliyatingizga ta‘sir qilishi mumkin, chunki LETIRAM® preparati uyquchanlikni chaqirishi mumkin. Buning ehtimoli davolashning boshida yoki dozasi oshirilganidan keyin ko‘proq. Preparat Sizning bunday xarakatlarni bajarish qobiliyatingizga ta‘sir qilmasligi aniqlanmagunicha Sizga mashinani boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlash mumkin emas.
LETIRAM®tabletkalarining ba‘zi ingredientlari haqida muhim ma‘lumot:
750 mg li tabletkalar: Ye 110 bo‘yovchisi allergik reaksiyalarni chaqirishi mumkin.
250 mg: Tana vazni 50 kg yoki undan ortiq bo‘lgan o‘smirlar (12 yoshdan 17 yoshgacha) va kattalar uchun dozalash:
Shifokoringiz buyurgan miqdordagi tabletkalarni qabul qiling.
Masalan: agar Sizning xar kunlik dozangiz 1000 mg ga teng bo‘lsa, Siz ertalab 2 tabletka va kechqurun 2 tabletka qabul qilishingiz kerak.
500 mg: Tana vazni 50 kg yoki undan ortiq bo‘lgan o‘smirlar (12 yoshdan 17 yoshgacha) va kattalar uchun dozalash:
Shifokoringiz buyurgan miqdordagi tabletkalarni qabul qiling.
Masalan: agar Sizning xar kunlik dozangiz 1000 mg ga teng bo‘lsa, Siz ertalab 1 tabletka va kechqurun 1 tabletka qabul qilishingiz kerak
750 mg: Tana vazni 50 kg yoki undan ortiq bo‘lgan o‘smirlar (12 yoshdan 17 yoshgacha) va kattalar uchun dozalash:
Shifokoringiz buyurgan miqdordagi tabletkalarni qabul qiling.
Masalan: agar Sizning xar kunlik dozangiz 1500 mg ga teng bo‘lsa, Siz ertalab 1 tabletka va kechqurun 1 tabletka qabul qilishingiz kerak
1000 mg: Tana vazni 50 kg yoki undan ortiq bo‘lgan o‘smirlar (12 yoshdan 17 yoshgacha) va kattalar uchun dozalash:
Shifokoringiz buyurgan miqdordagi tabletkalarni qabul qiling.
Masalan: agar Sizning xar kunlik dozangiz 2000 mg ga teng bo‘lsa, Siz ertalab 1 tabletka va kechqurun 1 tabletka qabul qilishingiz kerak
Chaqaloqlar (6 oylikdan 23 oylikkacha), bolalar (2 yoshdan 11 yoshgacha) va tana vazni 50 kg dan kam bo‘lgan o‘smirlar (12 yoshdan 17 yoshgacha) uchun dozalash:
Bolangizga shifokoringiz yozib bergan dozani bering.
500 mg, 750 mg, 1000 mg:
LETIRAM® 100 mg/ml ichga qabul qilish uchun eritma va LETIRAM® 250 mg tabletkalar – chiqarilgan shakllari, chaqaloqlar va kichik yoshli bolalar uchun to‘g‘ri keladi.
Chaqaloqlar (1 oylikdan 6 oylikkacha) uchun dozalash:
Bolangizga shifokoringiz buyurgan miqdordagi ichga qabul qilishi uchun eritma bering.
Masalan: 14 mg/kg odatdagi xar kunlik dozada tana vazni 4 kg bo‘lgan bolangizga 28 mg (0,3 ml ga to‘g‘ri keladi) ertalab va 28 mg (0,3 ml ga to‘g‘ri keladi) kechqurun berish kerak.
Qabul qilish usuli:
LETIRAM® tabletkalarini yetarli miqdordagi suyuqlik bilan (masalan, bir stakan suv) yutish kerak
Davolash davomiyligi:
Agar Siz LETIRAM® tabletkalarini keragidan ortiq qabul qilgan bo‘lsangiz
Agar Siz LETIRAM® tabletkalarini keragidan ortiq qabul qilgan bo‘lsangiz, shifokoringizga bu xaqida xabar bering.
Agar Siz LETIRAM® qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz
Agar Siz bir yoki undan ortiq qabulni o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, shifokoringizga xabar bering.
O‘tkazib yuborilgan dozaning o‘rnini to‘ldirish uchun ikki barobar dozada qabul qilish mumkin emas.
Agar Siz LETIRAM® qabul qilishni to‘xtatayotgan bo‘lsangiz
LETIRAM® preparatini qabul qilishni to‘xtatishda boshqa tutqanoqqa qarshi preparatlardagi kabi, xurujlar sonini oshishidan saqlanish uchun, asta-sekin to‘xtatish kerak.
Agar Sizda ushbu preparatni qo‘llash bo‘yicha qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.
Barcha dori vositalari kabi, LETIRAM® nojo‘ya samaralar chaqirishi mumkin, biroq ular xar bir pasientda ham rivojlanmaydi. Agar Sizda quyida sanab o‘tilgan ko‘rinishlardan biri rivojlangan bo‘lsa, va u Sizni bezovta qilsa, shifokoringizga xabar bering
Juda tez-tez:
Tez-tez:
Tez-tez emas:
Kam hollarda:
Agar nojo‘ya samaralardan birontasi jiddiylashsa yoki agarda ushbu ilova-varaqada ko‘rsatilgan biron-bir nojo‘ya samaralar kuzatilsa, bu haqida shifokoringizga yoki farmasevtga xabar bering.
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!
Uramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin preparat ishlatilmasin. Yaroqlilik muddatining o‘tgan sanasi ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuni hisoblanadi.
LETIRAM® nima saqlaydi
Preparatning ta‘sir etuvchi moddasi levetirasetamdir.
Yordamchi moddalar:
yadrosi: krospovidon (B turi), povidon K30, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati.
250 mg li tabletkaning qobig‘i: gipromelloza, makrogol/PEG 400, titan dioksidi (Ye171), tozalangan talk, indigokarminli alyuminli lak (Ye132).
500 mg li tabletkaning qobig‘i: gipromelloza, makrogol/PEG 400, titan dioksidi (Ye171), tozalangan talk, temir II oksidi (Ye172).
750 mg li tabletkaning qobig‘i: gipromelloza, makrogol/PEG 400, titan dioksidi (Ye171), tozalangan talk, sanset sariq lak bo‘yovchisi (Ye110), temir III oksidi (Ye172)
1000 mg li tabletkaning qobig‘i: gipromelloza, makrogol/PEG 400, titan dioksidi (Ye171), tozalangan talk.
LETIRAM® preparatining tashqi ko‘rinishi va
250 mg li tabletkalar: oval shaklli, bir tomonida bo‘luvchi riskali, qobiq bilan qoplangan zangori tabletkalar.
500 mg li tabletkalar: oval shaklli, bir tomonida bo‘luvchi riskali, qobiq bilan qoplangan sariq tabletkalar.
750 mg li tabletkalar: oval shaklli, bir tomonida bo‘luvchi riskali, qobiq bilan qoplangan to‘q sariq tabletkalar.
1000 mg tabletkalar: oval shaklli, bir tomonida bo‘luvchi riskali, qobiq bilan qoplangan oq tabletkalar.
O‘ram ichidagisi
10 tabletkadan blisterda, 3 yoki 6 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
DORIXONALARDAN BERISH TARTIBI
Shifokor resepti bilan beriladi.