×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

TEBANTIN kapsulalar 300mg N50

Kategoriya:
- Antiepileptik vositalari
Ishlab chiqarilish joyi:
- Vengriya
Faol modda:
Габапентин
Qadoqda soni:
- 50
Ishlab chiqaruvchi:
- Гедеон Рихтер ОАО
ATX kodi:
- N03AX12
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 1 ta dorixonasida topildi

ico 299 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

22 500 s`om dan
KARBAMAZEPIN tabletkalari 200mg N50 Rusan Pharma LTD Hindiston
18 700 s`om dan
KARBALEKS tabletkalari 200mg N50 Валеант, ООО, Россия Gerot Pharmazeutika GmbH Avstriya
66 000 s`om dan
OKSAPIN tabletkalari 300mg N30 Kusum Healthcare Pvt. Ltd. Hindiston
35 500 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
TEBANTIN kapsulalar 300mg N50 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

TEBANTIN®

TEBANTIN®

Preparatning savdo nomi: Tebantin®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): gabapentin (gabapentin)

Dori shakli: qattiq kapsulalar, 300 mg

Tarkibi:

Har bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: gabapentin 300 mg;

yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, o‘tajelatinlangan makkajo‘xori kraxmali, talk, magniy stearati, temir III oksidi bo‘yovchisi (Ye 172), titan dioksidi (Ye 171), jelatin.

Ta‘rifi: №1 o‘lchamli Coni-Snap® kapsulalar, yuqori qismi: pushti-jigarrang rangli, pastki qismi: sariq rangli.

Kapsula ichidagisi: oq yoki deyarli oq kristall kukun.

Farmakoterapetik guruhi: boshqa tutqanoqqa qarshi preparatlar

ATX kodi: N03AX12.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Gabapentining aniq ta‘sir mexanizmi ma‘lum emas.

Gabapentin tuzilishi bo‘yicha GAMK (gamma-aminomoy kislotasi) neyrotransmitteriga o‘xshash, lekin ta‘sir mexanizmi GAMK reseptorlari bilan o‘zaro ta‘sir etuvchi valproat, barbituratlar, benzodiazepinlar, GAMK-transferaza ingibitorlari, GAMK ni qamrab olinishining ingibitorlari, GAMK agonistlari va GAMK o‘tmishdoshlari kabi boshqa moddalarning ta‘sir mexanizmidan farq qiladi. Radioaktiv gabapentin bilan neokroteks va gippokampni o‘z ichiga olgan miya to‘qimasidagi in vitro tadqiqotlarda gabapentin va uning struktur hosilalarining tirishishga qarshi va analgetik faolligiga, ehtimol aloqasi bo‘lishi mumkin bo‘lgan yangi peptid-bog‘lovchi fragment aniqlangan.

Gabapentinning bog‘lanish joyi bo‘lib, potensialga bog‘liq kalsiy kanallarining alfa2-delta subbirligi xizmat qiladi.

Gabapentin terapevtik konsentrasiyada boshqa keng tarqalgan preparatlarning reseptorlari yoki bosh miyaning neyrotransmitter reseptorlari, shu jumladan GAMKA, GAMKV, benzodiazepinlar, glutamat, glisin yoki N-metil-D-aspartat reseptorlari bilan bog‘lanmaydi.

In vitro sharoitlarda gabapentin natriy kanallari bilan o‘zaro ta‘sirga kirmagan va shuning hisobiga fentoin va karbamazepindan farq qilgan. In vitro sharoitlarda ayrim test tizimlarda gabapentin glutamat-N-metil-D-aspartat (NMDA) ning samaralarini qisman kamaytirgan. Bu samaraga faqat preparatning konsentrasiyasi 100 mkmol dan ortiq bo‘lganidagina erishilgan, bunga in vivo sharoitlarda erishish umuman mumkin emas.

Gabapentin in vitro sharoitlarda monoamin neyrotransmitterlarni ajralib chiqishini biroz kamaytiradi. Gabapentinni kalamushlarga buyurilishi bosh miyaning ayrim qismlarida GAMK almashinuvini oshirgan, xuddi shunday samara natriy valproati uchun ham ta‘riflangan, lekin bosh miyaning boshqa qismlarida. Gabapentinning ushbu samaralarining tirishishga qarshi ta‘siriga nisbatan ahamiyati hali aniqlanmagan. Hayvonlarda gabapentin gematoensefalik to‘siq orqali o‘tgan va maksimal o‘zlashtiraolinishi mumkin bo‘lgan elektroshok ta‘rifida induksiyalangan tirishishlarni, shuningdek kimyoviy konsulvantlar, shu jumladan GAMK sintezi ingibitorlari tomonidan chaqirilgan tirishishlar va genetik omillar bilan bog‘liq tirishishlarni oldini olgan.

3 yoshdan 12 yoshgacha bolalardagi parsial tirishishlarni yordamchi davolashni o‘rganish yuzasidan klinik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki 50% tekshiriluvchilarda davolashga javob olish bo‘yicha gabapentinning plaseboga nisbatan ustunligini son jihatdan ko‘p, lekin statik ahamiyatsiz farqni ko‘rsatgan. Davolashga bo‘lgan javoblar sonini pasientlarning yoshiga qarab (3-5 yoshli va 6-12 yoshli yosh guruhlari), qo‘shimcha post-hoc taxlili, ham uzluksiz, ham binar tanaffuslar bilan o‘tkazilgan davolashda tekshiriluvchi pasientlarning yoshiga ularning ahamiyatli ta‘siri borligini ko‘rsatmadi. Ushbu tashxisning natijalari quyidagi jadvalda keltirilgan:

Davolash kategoriyalari va guruhlar bo‘yicha davolashga bo‘lgan javob tez-tezligi

(≥ 50% yaxshilangan)

MITT populyasiyasi*

Yosh kategoriyasi Plasebo Gabapentin R ko‘rsatkichi
<6 yosh 4/21 (19,0%) 4/17 (23,5%) 0,7362
6-12 yosh 17/99 (17,2%) 20/96 (20,8%) 0,5144

* MITT (u yoki bu preparatning xech bo‘lmaganda bir dozasini qabul qilgan pasientlarning modifikasiyalangan populyasiyasi), dastlabki va ikki yoqlama yashirin faza vaqtida 28 kun davomida xurujlar kundaligini baholash uchun yetarli darajada to‘ldiraoladigan, tadqiqotlarga randomizasiyalangan hamma pasientlarni o‘z ichiga oladi.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi

Gabapentinni ichga qabul qilgandan so‘ng qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasiga 2-3 soat davomida erishiladi. Preparatning dozasi oshirilganda gabapentinning (preparatning so‘rilgan qismini) biokiraolishligini kamayishi kuzatiladi. 300 mg li kapsulalar qabul qilinganda gabapentinning mutloq biokiraolishligi taxminan 60% ni tashkil etadi. Ovqat, shu jumladan yog‘li ovqatni qabul qilish, gabapentinning farmakokinetikasiga klinik ahamiyatli ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Ko‘p marta yuborish gabapentinning farmakokinetikasiga ta‘sir etmaydi. Klinik tadqiqotlar doirasida preparatning plazmadagi konsentrasiyasi 2 mkg/ml dan 20 mkg/ml gacha o‘zgarib turgan bo‘lsada, ushbu qiymat preparatning samaradorligi va xavfsizligini belgilamagan. Farmakokinetik parametrlar 1-jadvalda ko‘rsatilgan.

1-jadval

Preparatni xar sakkiz soatda yuborilgandan keyin o‘rtacha (%CV) muvozanatli farmakokintik parametrlarining xulosasi

Farmakokinetik               300 mg                        400 mg                        800 mg

parametr                              (N=7)                          (N=14)                        (N=14)

                                               O‘rta %  CV             O‘rta % CV              O‘rta % CV

Smax (mkg/ml)                       4,02     (24)                 5,74     (38)                 8,71        (29)

tmax (coat)                              2,7       (18)                 2,1       (54)                 1,6          (76)

T1/2 (soat)                            5,2       (12)                 10,8     (89)                 10,6        (41)

AUC (0-8) mkg s/ml             24,8     (24)                 34,5     (34)                 51,4        (27)

Ae% (%)                               ND      ND                  47,2     (25)                 34,4        (37)

Smax = maksimal muvozanatli plazmadagi konsentrasiyasi

tmax (coat) = Smax ga erishish uchun ketgan vaqt

T1/2 (soat) = eliminasion yarim chiqarilish davri

AUC (0-8) = preparat yuborilgandan keyin 0 soatdan 8 soat oralig‘ida “konsentrasiya-vaqt” farmakokinetik egri chiziq ostidagi muvozonat maydon

Ae% (%) = preparat yuborilgandan keyin 0 dan 8 soat davomida o‘zgarmagan holda siydik bilan chiqarilgan dozaning foizi.

ND = ma‘lumotlar yo‘q

Taqsimlanishi

Gabapentin plazma oqsillari bilan bog‘lanmaydi. Preparatning taqsimlanish hajmi 57,7 l ga teng. Tutqanog‘i bor pasientlarda gabapentinning orqa miya suyuqlikdagi konsentrasiyasi plazmadagi minimal muvozonat konsentrasiyaning taxminan 20% ni tashkil etadi.

Biotransformasiya

Odamda gabapentin metabolizmi to‘g‘risida ma‘lumotlar olinmagan. Preparat dori vositalarining metabolizmida ishtirok etuvchi jigarning oksidlovchi fermentlarini induksiya qilmaydi.

Chiqarilishi

Gabapentin o‘zgarmagan holda faqat buyrak orqali chiqariladi. Gabapentinning yarim chiqarilish davri dozaga bog‘liq emas va o‘rtacha 5-7 soatni tashkil etadi.

Katta pasientlarda va buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda gabapentinning plazma klirensi pasaygan. Eliminasiya tezligi konstantasi, plazma klirensi, buyrak klirensi kreatinin klirensiga to‘g‘ri proporsionaldir.

Gabapentini gemodializda plazmadan chiqariladi. Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan yoki gemodializdagi pasientlarda preparatning dozasini qayta ko‘rib chiqish tavsiya etiladi (“Qo‘llash usuli va dozalari” bo‘limiga qarang).

Bolalarda gabapentinning farmakokintikasi 1 oylikdan 12 yoshgacha bo‘lgan 50 nafar sog‘lom sub‘ektlarda baholangan. Umuman olganda, dozani tana og‘irligi kg ga qarab hisoblanganda (mg/kg) 5 yoshdan katta bolalarda gabapentinning plazmadagi konsentrasiyasi kattalarnikidan farq qilmagan.

Proporsionallik/noproporsionallik

Gabapentinning biokiraolishligi (preparatning so‘rilgan qismi) doza oshgan sari kamayib boradi, va bu preparatning farmakokinetikasini, ya‘ni biokiraolishligining parametrlarini (F): Ae%, CL/F, Vd/F proporsional emasligidan dalolat beradi. Eliminasiya farmakokinetikasi (F ni o‘z ichiga olmagan SLr va T1/2 farmakokinetika parametrlari) esa proporsional qonuniyatiga ega. Preparatni bir marta qabul qilgandagi ma‘lumotlardan kelib chiqib, gabapentinning plazmadagi muvozonatli konsentrasiyasini oldindan aytish mumkin.

Qo‘llanilishi

Tutqanoq:

Gabapentin kattalarda va 6 yoshdan katta bolalarda ikkilamchi generalizasiyasi bilan yoki usiz kechuvchi parsial tirishishlarni davolashda qo‘shimcha preparat sifatida ishlatiladi. (“Farmakodinamikasi” bo‘limiga qarang).

Gabapentin kattalarda,12 yoshdan katta bolalarda ikkilamchi generalizasiyasi bilan yoki usiz kechuvchi parsial tirishishlarni davolashda monoterapiya sifatida ishlatiladi.

Neyropatik og‘riq:

Gabapentin kattalarda periferik neyropatik og‘riq, masalan og‘riqli diabetik neyropatiya va postgerpetik nevralgiyalarni davolash uchun qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli va dozalar

Ichga qabul qilish uchun buyuriladi.

Gabapentinni ovqat bilan yoki alohida qabul qilish mumkin. Preparatni yetarli miqdordagi suyuqlik (masalan bir stakan suv) bilan ichiladi. Barcha ko‘rsatmalarda davolashni boshlash uchun 2-jadvalda ta‘riflangan tanlash sxemasidan foydalaniladi. Ushbu sxema kattalar va 12 yoshdan katta bolalar uchun tavsiya etiladi. 12 yoshdan kichik bolalarga dozani tanlash yuzasidan yo‘riqnoma alohida kichik bo‘limida keltirilgan.

2-jadval
Dozani hisoblash jadvali-dastlabki dozani tanlash
1 kun 2 kun 3 kun
300 mg kuniga 1 marta 300 mg kuniga 2 marta 300 mg kuniga 1 marta

Gabapentinni bekor qilish

Joriy klinik tavsiyalar asosida, ko‘rsatmalardan qat‘iy nazar, gabapentinni asta-sekin kamida 1 hafta davomida bekor qilish tavsiya etilgan.

Tutqanoq

Tutqanoq kasalligida odatda uzoq muddatli davolash talab qilinadi. Doza shaxsiy o‘zlashtiraolinishi va samaradorligiga, muvofiq davolovchi shifokor tomonidan belgilanadi.

Kattalar va o‘smirlar (12 yoshdan katta): tutqanoqda samarali dozalar (klinik tadqiqotlarda) sutkada 900 mg dan 3600 mg gachani tashkil etadi.

Davolash preparatning dozasini 1-jadvalda ta‘riflanganidek titrlash bilan yoki 1 kuni 300 mg dan 3 marta dozadan boshlanadi, so‘ngra shaxsiy o‘zlashtiraolinishini va samaradorligiga qarab, xar 2-3 kunda kuniga 300 mg dan to maksimal doza sutkada 3600 mg gacha oshirilishi mumkin. Ba‘zi pasientlar uchun gabapentinni ancha sekinroq titrlash zarur bo‘lishi mumkin. Sutkada 1800 mg dozaga erishishning eng qisqa muddati – 1 hafta, sutkada 2400 mg – 2 hafta, sutkada 3600 mg ga erishish uchun – 3 hafta yetarlidir.

Uzoq muddatli ochiq klinik tadqiqotlarda sutkada 4800 mg doza pasientlar tomonidan yaxshi o‘zlashtirilgan. Sutkalik doza 3 marta qabul qilishga bo‘linishi kerak. Tirishishga qarshi davolash tanaffuslar bo‘lishi tirishish xurujlarini yuz berishidan saqlanish maqsadida preparatni qabul qilish orasidagi maksimal interval 12 soatdan oshmasligi kerak.

6 yosh va undan katta bolalar

Preparatning boshlang‘ich dozasi sutkada 10-15 mg/kg ni tashkil etishi kerak. Samarali doza preparatni titrlash orqali taxminan 3 kun davomida aniqlanishi kerak. 6 yosh va undan katta bolalarda gabapentinning samarali dozasi sutkada 25-35 mg/kg ni tashkil etadi. Sutkada 50 mg/kg li doza uzoq muddatli klinik tadqiqotlar doirasida yaxshi o‘zlashtirilganligi isbotlangan. Umumiy sutkalik doza teng qismlarga bo‘linishi kerak (sutkada 3 marta qabul qilish); preparatni qabul qilish orasidagi maksimal interval 12 soatdan oshmasligi kerak.

Qon zardobida gabapentin darajasini nazorat qilishga zarurat yo‘q. Bundan tashqari, gabapentin boshqa tutqanoqqa qarshi preparatlar bilan majmuada qo‘llanilishi mumkin, chunki bunda gabapentin yoki boshqa tutaqanoqqa qarshi preparatlarning plazma konsentrasiyasi o‘zgarmaydi.

Periferik neyropatik og‘riq

Kattalar

Davolash preparatning dozasini 1 jadvalda ta‘riflanganidek titrlashdan boshlanadi. Aks holda boshlang‘ich 900 mg doza uch marta qabul qilishga bo‘linishi kerak. So‘ngra shaxsiy o‘zlashtiraolinishi va samaradorligiga qarab, doza 2-3 kunda sutkada 300 mg dan, maksimal sutkada 3600 mg gacha oshirilishi mumkin. Ba‘zi pasientlar uchun gabapentinni asta-sekin titrlash kerak bo‘lishi mumkin. Sutkada 1800 mg dozaga erishishning eng qisqa muddati – 1 hafta, sutkada 2400 mg ga – 2 hafta, sutkada 3600 mg ga erishish uchun – 3 hafta yetarlidir.

Periferik neyropatik og‘riq (masalan, og‘riqli diabetik neyropatiya yoki postgerpetik nevralgiya) ni gabapentin bilan davolash samaradorligi va xavfsizligi uzoq davom etadigan klinik tadqiqotlar doirasi 5 oydan ortiq vaqt davomida o‘rganilmagan. Agar pasientga neyropatik og‘riqlar yuzasidan gabapentin bilan uzoqroq (5 oy dan ortiq) davolanish talab qilinsa, shifokor, davolanishni davom ettirishdan oldin pasientning klinik statusini baxolash va qo‘shimcha davolash zarurligini aniqlashi kerak.

 

Hamma ko‘rsatmalardagi tavsiyalar

Umumiy holati og‘ir yoki kam tana vazni, transplantasiyadan keyingi holat kabi ma‘lum bir og‘irlashtiruvchi omillari bo‘lgan: pasientlarda titrlashni qadamli dozani kamaytirib yoki dozani oshirish orasidagi intervalni uzaytirish bilan asta-sekin o‘tkazish kerak.

Keksa yoshdagi (65 yoshdan katta) pasientlarda qo‘llanishi

Keksa yoshdagi pasientlarga ba‘zida ularda buyrak yetishmovchiligi bo‘lishi mumkinligi tufayli, dozani shaxsiy ravishda tanlash talab etilishi mumkin (2 jadvalga qarang). Keksa yoshdagi pasientlarda ko‘pincha uyquchanlik, periferik shishlar va xolsizlik kuzatiladi.

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda qo‘llanishi

Yaqqol buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar va/yoki gemodializdagi pasientlarga preparatning dozasini shaxsiy tanlash talab qilinadi (3-jadvalga qarang). Bunday pasientlarga gabapentinning 100 mg li kapsulalarini qo‘llash tavsiya etilgan.

3-jadval: Buyrak faoliyatini buzilishidagi dozalar:

Kreatinin klirensi (ml/min) Gabapentinning umumiy sutkalik dozasi* mg/sut
≥80 (kreatinin klirensi me‘yoriy) 900-3600
50-79 600-1800
30-49 300-900
15-29 150**-600
<15*** 150**-300

*Umumiy sutkalik doza 3 marta qabul qilishga bo‘linishi kerak. Kamaytirilgan dozalar buyrak faoliyat yetishmovchiligi bor pasientlarda qo‘llaniladi (kreatinin klirensi <79 ml/min).

**3x100 mg dan kunora qabul qilishga buyuriladi.

***kreatinin klirensi <15 ml/min bo‘lgan pasientlarda sutkalik doza kreatinin klirensi ko‘rsatkichlariga qarab pasaytirilishi kerak (masalan, kreatinin klirensi 7,5 ml/min bo‘lgan pasientlar, kreatinin klirensi 15 ml/min bo‘lgan pasientlardagi sutkalik dozaning yarmini qabul qilishlari kerak.

Gemodializ qabul qilayotgan pasientlarda dozalar:

Anuriyasi bo‘lgan, gemodializdagi va ilgari hech qachon gabapentin olmagan pasientlar uchun, preparatning tavsiya etilgan to‘yintiriladigan dozasi 300-400 mg ni tashkil etishi kerak, so‘ngra gemodializning xar 4 soatidan keyin 200-300 mg gabapentinni buyurish kerak. Gemodializ bo‘lmagan kunlari, gabapentinni qabul qilish mumkin emas.

Gemodializdagi pasientlar uchun gabapentinning samarani bir maromda saqlab turuvchi dozasi 2-jadvalda keltirilgan tavsiyalar asosida aniqlanadi. Gemodializdagi pasientlarga saqlab turuvchi dozaga qo‘shimcha sifatida gemodializning har 4 soatidan keyin 200-300 mg preparat qabul qilish tavsiya etilgan.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Tutqanoq (qo‘shimcha davolash yoki monoterapiya) va neyropatik og‘riq yuzasidan tadqiqotlar vaqtida quyidagi noxush reaksiyalar kuzatilgan (ularning tez-tezligini hisobga olgan holda keltirilgan): juda tez-tez (>1/10), tez-tez (>1/100-<1/10), tez-tez emas (>1/1000-<1/100) va kam hollarda (>1/10 000-<1/1000).

Agar turli tadqiqotlarda nojo‘ya ta‘sirlarning kelib chiqish tez-tezligi farq qilgan bo‘lsa, hisobotga eng ko‘p kuzatilgan holatlar to‘g‘risidagi ma‘lumotlar kiritilgan.

Postmarketing tadqiqotlarda qayd qilingan qo‘shimcha nojo‘ya ta‘sirlar “tez-tezligi noma‘lum” kategoriyasi ro‘yxatiga kiritilgan (olingan ma‘lumotlar asosida baholash mumkin emas).

Har bir guruhda tez-tezligi bo‘yicha noxush samaralar og‘irlik darajasini kamayib borishi tartibida keltirilgan.

Infeksion va parazitar kasalliklar

Juda tez-tez: virusli infeksiya

Tez-tez: pnevmoniya, respirator infeksiya, siydik chiqarish yo‘llarining infeksiyasi, o‘rta quloq otiti.

Qon yaratish tizimi va limfatik tizim tomonidan buzilishlar

Tez-tez: leykopeniya

Noma‘lum: trombositopeniya

Immun tizimi tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas: allergik reaksiyalar (masalan, eshakemi).

Modda almashinuvi va ovqatlanish tomonidan buzilishlar

Tez-tez: ishtahani pasayishi, ishtahani oshishi

Ruhiy buzilishlar

Tez-tez: adovat, es-hushni chalkashishi va emosional labillik, depressiya, asabiylik, anomal fikrlash.

Noma‘lum: gallyusinasiyalar

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar

Juda tez-tez: uyquchanlik, bosh aylanishi, ataksiya.

Tez-tez: tirishishlar, giperkinezlar, dizartriya, xotirani pasayishi, dizartriya, tremor, uyqusizlik, bosh og‘rig‘i, sezuvchanlikni buzilishlari (paresteziya, gipesteziya), koordinasiyani buzilishlari, nistagm, reflekslarni oshishi, pasayishi yoki yo‘qolishi.

Tez-tez emas: gipokineziya

Noma‘lum: boshqa harakat buzilishlari (shu jumladan xoreatetoz, diskineziya, distoniya).

Ko‘rish a‘zosi tomonidan buzilishlar

Tez-tez: ko‘rishni buzilishlari, amblopiya yoki diplopiya.

Eshitish va muvozanat a‘zolari tomonidan buzilishlar

Tez-tez: tizimli bosh aylanishi

Noma‘lum: quloqni shang‘illashi

Yurak tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas: yurakni kuchli urishini his etish

Qon tomirlari tomonidan buzilishlar

Tez-tez: bosimni oshishi, qon tomirlarni kengayishi

Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan buzilishlar

Tez-tez: hansirash, bronxit, faringit, yo‘tal, rinit

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar

Tez-tez: qusish, ko‘ngil aynishi, tishlar patologiyasi, gingivit, ich ketishi, qorinda og‘riq, dispepsiya, ich qotishi, og‘iz yoki halqumni qurishi, qorinni dam bo‘lishi.

Noma‘lum: pankreatit

Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar

Noma‘lum: gepatit, sariqlik

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar

Tez-tez: yuzni shishib ketishi, purpura (ko‘pincha jarohatdan keyin ko‘karish sifatida ta‘riflanadi), toshmalar, qichishish, akne.

Noma‘lum: Stivens-Djonson sindromi, angionevrotik shish, ko‘pshaklli eritema, alopesiya.

Skelet mushaklari va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar

Tez-tez: artralgiya, mialgiya, belda og‘riq, mushak qisqarishlari

Noma‘lum: mioklonik tirishishlar

Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar

Noma‘lum: o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, siydikni tutib turaolmaslik

Jinsiy a‘zolar va sut bezi tomonidan buzilishlar

Tez-tez: erektil disfunksiya

Noma‘lum: sut bezlari gipertrofiyasi, ginekomastiya

Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar

Juda tez-tez: toliqish, isitma

Tez-tez: periferik shishlar, yurishni buzilishi, holsizlik, og‘riq, diskomfort hissi, grippga o‘xshash sindrom.

Tez-tez emas: tarqalgan shishlar.

Noma‘lum: bekor qilish reaksiyalari (asosan xovotir, uyqusizlik, ko‘ngil aynishi, og‘riqlar, kuchli terlash), ko‘krakda og‘riq. Behosdan o‘lim hollari ta‘riflangan, biroq gabapentinni qabul qilish bilan bog‘liqligi aniq aniqlanmagan.

Laborator va instrumental ma‘lumotlar

Tez-tez: leykositlar sonini kamayishi, tana vaznini oshishi.

Tez-tez emas: jigar faoliyati ko‘rsatkichlari (AST, ALT) va bilirubinni oshishi.

Noma‘lum: qandli diabeti bo‘lgan pasientlarda qonda glyukoza darajasini o‘zgarishlari

Jarohatlar va zaharlanishlar

Tez-tez: tasodifiy shikastlanishlar, sinishlar, shilinishlar.

Gabapentin bilan davolash fonida o‘tkir pankreatit holatlari keltirilgan. Gabapentin bilan bog‘liqligi aniqlanmagan (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qaralsin).

Gemodializdagi terminal buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda kreatinkinaza darajasini oshishi bilan kechuvchi miopatiya holatlari qayd qilingan.

Nafas yo‘llari infeksiyalari, o‘rta quloq otiti, tirishishlar va bronxitlar faqat bolalar ishtiroq etgan klinik tadqiqotlarda ta‘riflangan. Bundan tashqari, bolalarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda agressiv hatti-harakat va giperkinezlar yetarli ko‘p holatlarda qayd etilgan.

Noxush dori reaksiyalari holatlari haqida xabarlar

Dori preparatini qayd qilingandan keyingi noxush dori reaksiyalari haqida ma‘lumotlarni keltirish katta ahamiyatga ega. Ular dori preparatining xavfi va foyda nisbatini nazorat qilishga imkon beradi. Sog‘liqni saqlash xodimlaridan har qanday noxush dori reaksiyalari haqida milliy axborot tizimlari orqali xabar berishlarini so‘raymiz.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Tarkibi bo‘limida sanab o‘tilgan faol substansiya yoki yordamchi moddalarga nisbatan yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Tutqanoqqa qarshi preparatlar: Farmakokinetik tadqiqotlar doirasida gabapentin buyurilganidan so‘ng, asosiy davolash sifatida qo‘llanilgan fenitoin, karbamazepin, valproat kislotasi, fenobarbitalning plazmadagi konsentrasiyalarini ahamiyatli darajada o‘zgarishi aniqlanmagan. Aynan shu tadqiqotlarda gabapentinning ham farmakokinetikasida o‘zgarishlar aniqlanmagan.

Peroral kontraseptivlar: gabapentin va noresteron va/yoki etiniletradiol saqlagan peroral kontraseptiv preparatlarni bir vaqtda buyurish, ushbu preparatlarning muvozonati konsentrasiyalari ko‘rsatkichlariga ta‘sir etmaydi.

Antasidlar: Gabapentin va alyuminiy yoki magniy saqlagan antasidlarni bir vaqtda buyurish, gabapentinning biokiraolishligini maksimum 24% ga pasaytiradi.

Gabapentinni antasidlar qabul qilingandan so‘ng kamida 2 soatdan keyin qabul qilish tavsiya qilinadi.

Simetidin: Simetidin bilan bir vaqtda qo‘llanilganda gabapentinni buyrak orqali chiqarilishini bir oz kamayishi aniqlangan, bu samara klinik ahamiyatga egaligi ko‘rsatilmaydi.

Alkogol va MNS ga ta‘sir etuvchi boshqa preparatlarni noto‘g‘ri ishlatilishi: gabapentining MNT tomonidan nojo‘ya ta‘sirlar (masalan, uyquchanik, ataksiya va boshqalar) kuchayishi mumkin.

Morfin: gabapentinni (kapsula 600 mg) qabul qilishdan 2 soat oldin ajralib chiqishi nazoratlangan, 60 mg morfin saqlagan kapsulani qabul qilgan sog‘lom ko‘ngillilarni (N=12) o‘z ichiga olgan tadqiqotlarda gabapentinning o‘rtacha AUC morfin qabul qilmaganlarga qaraganda 44% ga ortgan. Shuning uchun, morfin va gabapentinn bir vaqtda qo‘llanganda MNT susayish simptomlari (masalan uyquchanlik) ni vaqtida aniqlash uchun pasientlarni sinchiklab kuzatib borish va gabapentin va morfinning dozasini muvofiq ravishda kamaytirish kerak.

Probensidni qo‘llash gabapentinni buyrak orqali chiqarilishini buzmaydi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Gabapentinni qo‘llash fonida o‘tkir pakreatit rivojlanganda, gabapentinni bekor qilish ko‘rsatilgan (“Nojo‘ya ta‘sirlari” bo‘limiga qarang).

Gabapentin qo‘llanganida reaktiv tirishish xurujlarini borligiga dalillarni yo‘qligiga qaramay, tutqanog‘i bo‘lgan pasientlarda tutqanoqqa qarshi preparatlarni keskin bekor qilish tutqanoq statusini (xurujini) rivojlanishiga olib kelishi mumkin (“Qo‘llash usuli va dozalari” bo‘limiga qarang).

Boshqa tutqanoqqa qarshi preparatlarni qo‘llanganda bo‘lgani, gabapentin bilan monoterapiyaga o‘tish maqsadida boshqa yondosh qo‘llaniladigan tutqanoqqa qarshi preparatlarni qo‘llashni to‘xtatishga qaratilgan urinishlar kam holatlardagina muvaffaqiyatli bo‘lgan.

Gabapentin absanslar kabi birlamchi keng tarqalgan xurujlarni davolashda samarali deb hisoblanmaydi va ba‘zi pasientlarda bunday xurujlarning jadalligini kuchaytirishi mumkin. Shu sababli gabapentinni aralash tirishish xurujlari, shu jumladan absanslari bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

65 yosh va undan katta yoshdagi pasientlarda gabapentinni qo‘llash bo‘yicha muntazam tadqiqotlar olib borilmagan. Neyropatik og‘rig‘i bo‘lgan pasientlar ishtirok etgan bitta ikki tomonlama yashirin tadqiqotlarda 65 yoshdan katta pasientlarda, yoshroq pasientlarga nisbatan uyquchanlik, periferik shishlar va holsizlik ko‘proq kuzatilgan.

Keltirilgan bu ma‘lumotlardan tashqari, ushbu yosh guruhida o‘tkazilgan klinik tadqiqotlar, yoshroq pasientlar populyasiyasida xuddi shunday noxush holatlar profilida farqlar isboti olinmagan.

Gabapentinni uzoq vaqt (36 haftadan ortiq) qo‘llanilishini bolalar va o‘smirlarda ta‘lim olish, intellekt rivojlanishga ta‘siri yetarli darajada o‘rganilmagan. Shuning uchun uzoq vaqt davolash zarurati to‘g‘risida qaror qabul qilinganda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan xavfni hisobiga olish kerak.

Laborator testlari

Test-tizimcha yordamida siydikda oqsil miqdorini aniqlaydigan yarim miqdoriy testlar natijalari soxta ijobiy bo‘lishi mumkin. Shuning uchun, zarurat tug‘ilganida boshqa usullar (biuret usuli, turbidiametrik usul, bo‘yovchilar bilan sinamalar) qo‘llash orqali qo‘shimcha taxlillarni o‘tkazish tavsiya etiladi.

Juda kam uchraydigan laktozani o‘zlashtiraolmaslik. Lappa laktoza yetishmovchiligi, glyukoza-galaktoza malabsorbsiya kabi kam uchraydigan nasliy kasalliklari bo‘lgan pasientlar preparatni qabul qilmasliklari kerak.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi

Tutqanoq va tutqanoqqa qarshi davolashning umumiy xavflari

Tutqanoqqa qarshi preparatlarni qabul qilgan onalar naslida tug‘ma patologiya xavfi 2-3 marta ortgan. Ko‘pchilik holatlarda “quyonlab”, yurak-qon tomir tizimi anomaliyalari va nerv nayining nuqsonlarini rivojlanishi to‘g‘risida xabar berilgan. Majmuaviy tutqanoqqa qarshi davolash, monoterapiyaga qiyosiy ravishda, rivojlanish nuqsonlarining yuqori xavfi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, shuning uchun maksimal ravishda ko‘proq monoterapiyani qo‘llash tavsiya qilingan. Tutqanoqqa qarshi davolashni o‘tkazish lozim bo‘lgan barcha homilador ayollar va tug‘ruq yoshidagi ayollar, davolanishdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashishlari kerak. Homiladorlik rejalashtiralayotganda tutqanoqqa qarshi davolashning lozimligi yana bir bor qayta ko‘rib chiqish kerak. Tutqanoqqa qarshi preparatlarni qabul qilishni to‘satdan to‘xtatish mumkin emas, chunki u tirishishlarni yuz berishiga hamda ona va bola sog‘lig‘iga sezilarli zarar yetkazishi mumkin. Tutqanog‘i bo‘lgan ayollar naslida rivojlanishni kechikishi kam kuzatiladi. Rivojlanishni kechikishi genetik buzilishlar, sosial omillar, onadagi tutqanoq kasalligi yoki uning tutqanoqqa qarshi preparatlar qabul qilish oqibati bilan bog‘liqligini  differensiasiya qilish mumkin emas.

Gabapentin bilan davolash bilan bog‘liq xavflar

Gabapentinni homilador ayollarda qo‘llash bo‘yicha adekvat ma‘lumotlar yo‘q. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar preparatda reproduktiv toksiklik borligini ko‘rsatadi. Odam uchun potensial xavf borligi ma‘lum emas. Gabapentin homiladorlik vaqtida ishlatilmasligi lozim, agar faqat ona uchun bo‘lgan potensial foyda homila uchun bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lsagina qo‘llanishi mumkin.

Homiladorlik vaqtida ayollar tomonidan tutqanoq tufayli qabul qilingan gabapentin tug‘ma patologiyani rivojlanish xavfini oshirish xususiyatiga egaligi, hamda ayolda tutqanoqni borligi tufayli, shuningdek boshqa tutqanoqqa qarshi preparatlarni qo‘llash oqibatida avlodda tug‘ma patologiyani rivojlanish xavfini oshirishi to‘g‘risida yakdil xulosalar yo‘q.

Gabapentin ko‘krak suti bilan ajralib chiqadi. Preparatning go‘daklarga ta‘siri o‘rganilmaganligi tufayli, gapabentinni emizikli ayollarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Gabapentin emizikli ayollarda qo‘llash faqat ona uchun odatda potensial xavfdan ustun bo‘lgandagina amalga oshirilishi mumkin.

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Gabapentin avtomobil va mexanik vositalarni boshqarish qobiliyatiga biroz yoki o‘rtacha ta‘sir etishi mumkin. Gabapentin markaziy nerv tizimiga ta‘sir ko‘rsatadi va uyquchanlik, bosh aylanishi yoki shunga o‘xshash simptomlar chaqirishi mumkin. Shuning uchun gabapentin hatto ko‘rsatmalar bo‘yicha qo‘llanilganda ham, reaksiya tezligini kamaytirishi va transport vositalarini boshqarish yoki xavfli ishlab chiqarishda ishlash qobiliyatini (ayniqsa davolash boshlashida va preparatning dozasi oshirilganda, shuningdek bir vaqtning o‘zida alkogol qabul qilinganda) yomonlashtirishi mumkin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Xatto preparatni sutkada 49 g gacha dozada qabul qilgan holatda ham, hayot uchun xavfli o‘tkir toksik reaksiyalar rivojlanishi qayd etilmagan.

Doza oshirib yuborilgan hollarda: bosh aylanishi, jismlarni ikkita ko‘rish, dizatriya, uyquchanlik, lohaslik va kuchsiz rivojlangan ich ketishi yuz berishi mumkin. Samarani bir maromda saqlab turuvchi davolash qo‘llanilganda pasientlarning holati to‘liq tiklangan. Yuqori dozalarda qo‘llangan gabapentinni so‘rilishini kamaytirish dori vositalarini so‘rilishi cheklashi va dozani oshirib yuborilishi oqibatidagi toksik samaralarini kamaytirishi mumkin. Garchi gemodializ yordamida gabapentinni chiqarib yuborish mumkin bo‘lsada, kam odatda bu talab etilmaydi. Shunday bo‘lsada, buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda gemodializni qo‘llash mumkin.

Sichqonlarda va kalamushlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda 8000 mg/kg gacha dozasi ishlatilganiga qaramay, gabapentinning o‘limga olib keluvchi dozasini aniqlab bo‘lmagan. Hayvonlardagi o‘tkir zaharlanish simptomlariga: ataksiya, nafas olishning qiyinlashishi, ptoz, faollikni pasayishi yoki aksincha qo‘zg‘aluvchanlikni oshishini o‘z ichiga oladi.

Gabapentinning dozasi oshirib yuborilishi, ayniqsa MNT ni so‘ndiruvchi boshqa preparatlarni qabul qilish bilan birga, komani rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Chiqarilish shakli

10 kapsula PVX/PVDX plyonka va alyumin folga blisterda. 5 yoki 10 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Yaroqlilik muddati

5 yil.

Dorixonadan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

TEBANTIN kapsulalar 300mg N50 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
TEBANTIN kapsulalar 300mg N50 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
TEBANTIN kapsulalar 300mg N50 dori vositasi Гедеон Рихтер ОАО tomonidan Vengriya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
TEBANTIN kapsulalar 300mg N50 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
TEBANTIN kapsulalar 300mg N50 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
ZARDEKS kapsulalar 300mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Габапентин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
TEBANTIN kapsulalar 300mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Габапентин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гедеон Рихтер ОАО
Ishlab chiqaruvchining dorilari
KAVINTON eritma 25mg/5ml N10
Narh: 64 000 so'mdan Batafsil
NOVINET tabletkalari 0,15mg/0,02mg N21
Narh: 42 600 so'mdan Batafsil
MIDIANA tabletkalari 3mg/0,03mg N21
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
BELARA tabletkalari 2mg/0,03mg N21
Narh: 75 000 so'mdan Batafsil
EKVAMER kapsulalar 5mg+10mg+10mg N30
Narh: 215 000 so'mdan Batafsil
EKVAMER kapsulalar 10mg+20mg+10mg N30
Narh: 140 000 so'mdan Batafsil
EKVAMER 10mg+20mg+20mg kapsulalar N30
EKVAMER kapsulalar 5mg+10mg+20mg N30
Narh: 215 000 so'mdan Batafsil
RIGEVIDON tabletkalari N63
PANANGIN konsentrat 10ml N5
PANANGIN FORTE tabletkalari 316mg/280mg N60
TEBANTIN kapsulalar 300mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Габапентин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гедеон Рихтер ОАО
ESKAPEL tabletkalari 1,5mg N1
Narh: 74 000 so'mdan Batafsil
NOVINET tabletkalari 0,15mg/0,02mg N63
Narh: 69 000 so'mdan Batafsil
REGULON tabletkalari N63
MIDIANA tabletkalari 3mg+0,03mg N63
SILUET tabletkalari 2mg/0,03mg N63
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9