×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

LEUKEYR kapsulalar N30

Kategoriya:
- Ginekologik dorilar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
экстракты сухих растений
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Shrey Nutraceuticals & Herbals Pvt. Ltd.
ATX kodi:
- G01A
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

LAKTRIOL suppozitorii N10 Рубикон, ООО Belarusiya
EVIKA kapsulalar N20 Herbion Pakistan (PVT) Ltd Pokiston
30 000 s`om dan
METROMIKON NEO suppozitorii N14 Farmaprim S.R.L Moldova
58 200 s`om dan
VAGIPROBIOKS kapsulalar N10 Miltonia Healh Science Ltd, Великобритания произведено: Unique Biotech Limited Hindiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
LEUKEYR kapsulalar N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

LEUKEYR

LEUCARE

Preparatning savdo nomi: Leukeyr

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): o‘simliklardan olinadigan vosita.

Dori shakli: sirop

Tarkibi

Har 5ml sirop quyidagi ekstraktlarni saqlaydi:

Ashoka (Saraca asoca)                                   50mg;

Kumari (Aloe vera)                                      50mg;

Nagkesar (Mesua ferrea)                               50mg;

Xing(Ferulafoetida)                                     50 mg;

Ajvain (Carum copticum)                           50 mg;

Jaifal(Myristicafragrans)                          50 mg;

Lodxra (Symplocos racemosa)                     50 mg;

Satavari (Asparagus racemosus)                 50 mg;

Ashvaganda(Withania somnifera)                  50 mg;

Javanti (Leptadenia reticulata)                  50 mg;

To‘ldiruvchilar                                            yetarli miqdorda

Ta‘rifi: shirin ta‘mli va o‘ziga xos hidli to‘q jigarrang rangli sirop.

Farmakoterapevtik guruhi: akusherstva va ginekologiyada qo‘llanadigan vosita.

Kod ATX: G01

Farmakologik hususiyatlari

Leukeyr siropi – o‘simliklardan olingan tabiiy ekstraktlarning muvozanatlangan majmuasi bo‘lib, ayollarda uchraydigan barcha qin ajralmalarini davolashda qo‘llaniladi, homiladorlik vaqtida va ginekologik operasiyalardan keyin qo‘llash havfsizdir. Ma‘lumotlarga ko‘ra, Leukeyr simpatik nerv orqali bevosita bachadon mushagiga ta‘sir qiladi. Siydik jinsiy tizimning shilliq membranasiga nisbatan burishtiruvchi va antiseptik samaraga ega. Tuxumdonlar va bachadon qobig‘iga rag‘batlantiruvchi samara namoyon qiladi va bachadon mushagining tonusini oshiruvchi hususiyatga ega bo‘lib, shu bilan butun tizimning tonusini oshiradi va qon aylanishini yaxshilaydi. Tinchlantiruvchi vosita sifatida ta‘sir ko‘rsatadi va uning yallig‘lanishga qarshi ta‘siri ham kuzatilgan, bu ayollarda kuzatiladigan qin ajralmalarida va menorragiyada, hamda chanoq a‘zolaridagi yallig‘lanish va giperemiya bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa kasalliklarda yordam beradi. Sovutuvchi, siydik haydovchi va shishga qarshi ta‘sirga ega, siyishni qiyinchiliklarida yordam beradi. U tonusni oshiruvchi va tinchlantiruvchi vosita bo‘lib, ayollarda kuzatiladigan qin ajralmasida va menorragiyaning buzilishini nazorat qiladi.

Ashoka (Saraca asoca): bachadonning bevosita mushak tolalariga ta‘sir etadi va bachadon qobig‘i va tuxumdon to‘qimasiga nisbatan rag‘batlantiruvchi samaraga ega, bachadon infeksiyalarida foydalidir. Burishtiruvchi hususiyatga ega bo‘lib, ayollarda kuzatiladigan qin ajralmalari va menorragiya kasalliklarida qo‘llanadi.

Kumari (Aloe vera): bachadon mushagi tonusini oshiradi va har qanday ajralmalarning ekssudasiyasini oldini oladi. Aloe ovulyasiyani rag‘batlanishiga yordam beradi. Tadqiqodlar, aloe ovulyasiyani buzilishi oqibatida bepushtlik bilan xastalangan ayollarga yordam beradi deb taxmin qilinadi. Ovulyasiya jarayonini boshqarib, hayz ko‘rish siklini normallashtiradi.

Nagkesar (Mesua ferrea): o‘simlik qon to‘xtatuvchi va burishtiruvchi hususiyatlarga ega. Ayniqsa qon ketishida foydali. Estrogen va progestin Mesua ferrea o‘simligining tarkibiy qismi hisoblanadi, hayz ko‘rish siklining asosiy sababi bo‘lgan gormonal disbalansni to‘g‘rilashga yordam beradi.

Xing(Ferulafoetida): organizmning umumiy va reproduktiv sog‘lig‘ini tutib turishda yaxshi o‘simliklardan biri hisoblanadi. Bu hususiyati nafaqat hayz ko‘rish siklining buzilishini davolaydi, balki qin ajralmalarini ham bartaraf qiladi. Ovqat hazm bo‘lishini tutib turishda yordam beradi.

Ajvain (Carum copticum): organizmning umumiy tonusini oshiruvchi va yel haydovchi hususiyatlarga ega. O‘ismlikning og‘riq qoldiruvchi samarasi hayz ko‘rish sikli vaqtida kuzatiladigan og‘riqni kamaytirishga yordam beradi.

Jaifal(Myristicafragrans): og‘riqli hayz ko‘rish va qovuq va siydik yo‘llarini yallig‘lanishini davolash uchun tavsiya etiladi.

Lodxra (Symplocos racemosa): Lodxra ekstrakti bachadonning tonusini oshiruvchi sifatida ishlatiladi. O‘simlik ginekologik kasalliklarni nazorat qilish uchun tavsiya etiladi. Lodxra ekstraktini qabul qilish follikulalarni stimullovchi gormon (FRG) va lyuteinlovchi gormon (LG) ning sekresiyasini oshiradi. Shuningdek qon ketishi va jarohatlarni bitishida samaralidir.

Satavari (Asparagus racemosus): tinchlantiruvchi va ishtahani oshiruvchi vosita sifatida ta‘sir qiladi. Gonoreya, qin ajralmalari, umumiy holsizlik va ayollarning barcha reproduktiv muammolarida yordam beradi. Ayollarning gormonal tizimini muvozanatlashtiradi va ta‘sirchanlikni bartaraf qiladi.

Ashvaganda(Withania somnifera): Ashvaganda ekstrakti umumiy tonusni oshiruvchi, to‘qimalarning bitishini yaxshilovchi va yoshartiruvchi o‘simlik hisoblanadi. Jinsiy ojizlik, umumiy holsizlikni yaxshilaydi, mushaklarni mustahkamlaydi va qon-tomirlarni yaxshilaydi. Hayz ko‘rish siklini normallashishiga yordam beradi. Tinchlantiruvchi vosita sifatida immunitetni tutib turish uchun ishlatiladi.

Javanti (Leptadenia reticulata): bu o‘simlik jinsiy maylning tonusini oshiruvchi sifatida ishlatiladi. Shuningdek abortdan keyin bachadonga qon quyilishida yordam beradi.

Bu o‘simliklarning majmuasi:

  • hayz ko‘rish siklini normallashishiga yordam beradi;
  • ortiqcha qon ketishini kamaytirishga yordam beradi;
  • hayz ko‘rish sikli vaqtida og‘riqni kamaytirishga yordam beradi;
  • ovulyasiyani rag‘batlantiradi, serpushtlikni oshishiga yordam beradi.

Qo‘llanilishi

Mahalliy komponentlardan tarkib topgan ayurverdik preparat bo‘lib, qadimgi ayurverdik tibbiyotda, qin ajralmalarida, hayz ko‘rish siklini buzilishida va ayollarda kuzatiladigan boshqa jinsiy ojizliklarda yordam beradi deb hisoblaydilar.

Preparat quyidagi o‘zgarishlarda:

  • hayz ko‘rish siklini nomuntazam bo‘lishida;
  • bachadondan disfunksional qon ketishida;
  • birlamchi amenoreyada;
  • ikkilamchi amenoreyada ishlatiladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Bir choy qoshiqdan kuniga 3 marta ovqatdan so‘ng, suv bilan yoki shifokorning tavsiyasi bo‘yicha qabul qilinadi.

Tavsiyalar: alkogol, achchiq va yarim tayyor mahsulotlar bilan iste‘mol qilishdan saqlanish kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ayurverdik vosita – hech qanday nojo‘ya samaralari aniqlanmagan. Tavsiya etilgan dozalarda hech qanday salbiy ta‘sirlar kuzatilmaydi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Mavjud emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Mavjud emas.

Maxsus ko‘rsatmalar

Maxsus ehtiyotkorliklar mavjud emas.

Alkogol, achchiq va yarim tayyor mahsulotlar bilan iste‘mol qilishdan saqlanish kerak.

Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash kerak va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Kuzatilmagan.

Chiqarilish shakli: 100 ml dan o‘lchov chashkachasi bo‘lgan plastik butilkalar, qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Saqlash sharoiti

Salqin, quruq va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Muzlatilmasin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

LEUKEYR kapsulalar N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
LEUKEYR kapsulalar N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
LEUKEYR kapsulalar N30 dori vositasi Shrey Nutraceuticals & Herbals Pvt. Ltd. tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
LEUKEYR kapsulalar N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
LEUKEYR kapsulalar N30 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
SISTON sirop 100ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: экстракты сухих растений ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: The Himalaya Drug Company
RELAKSSHREY sirop 100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: экстракты сухих растений ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Shrey Nutraceuticals & Herbals Pvt. Ltd.
BIOPASSIT sirop 100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: экстракты сухих растений ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: BioMedicare Pvt. Ltd., Индия произведено: Multani Pharmaceuticals Ltd
OSTEOKING eritma dlya priema vnutr 25ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: XXR
  • Faol modda: экстракты сухих растений ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Yunnan Crystal Natural Pharmaceutical Co., Ltd.
Narh: 113 900 so'mdan Batafsil
XEPASHREY tabletkalari N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: экстракты сухих растений ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Shrey Nutraceuticals & Herbals Pvt. Ltd.
Ishlab chiqaruvchining dorilari
ShREYTON kapsulalar N30
NUTRIKOF pastilkalar so vkusom apelsina N18
NUTRIKOF pastilkalar so vkusom meda N18
NUTRIKOF pastilkalar so vkusom myati N18
NUTRIKOF pastilkalar so vkusom ananasa N18
PSORKYUR kapsulalar N30
Narh: 57 000 so'mdan Batafsil
KOLIKVEL tomchilar dlya priema vnutr 15ml
Narh: 25 000 so'mdan Batafsil
NUTRIKOF sirop 100ml
ShREYTON kapsulalar N10
RELAKSSHREY sirop 100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: экстракты сухих растений ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Shrey Nutraceuticals & Herbals Pvt. Ltd.
RELAKSSHREY kapsulalar N30
XEPASHREY tabletkalari N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: экстракты сухих растений ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Shrey Nutraceuticals & Herbals Pvt. Ltd.
GLUKEYR kapsulalar N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Shrey Nutraceuticals & Herbals Pvt. Ltd.
BIOMOL kapsulalar N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Shrey Nutraceuticals & Herbals Pvt. Ltd.
Narh: 54 000 so'mdan Batafsil
ShREYLAKS kapsulalar N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Shrey Nutraceuticals & Herbals Pvt. Ltd.
NUROSHREY OD kapsulalar N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Shrey Nutraceuticals & Herbals Pvt. Ltd.
BIOKART MSM tabletkalari N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Shrey Nutraceuticals & Herbals Pvt. Ltd.
BIOKARD kapsulalar N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Shrey Nutraceuticals & Herbals Pvt. Ltd.
ADAPTOSHREY sirop 200ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Shrey Nutraceuticals & Herbals Pvt. Ltd.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9