×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

LIBEKSIN MUKO DLYA DETEY sirop 125ml 2%

Kategoriya:
- Shamollash va gripp
Ishlab chiqarilish joyi:
- Germaniya
Faol modda:
Карбоцистеин
Ishlab chiqaruvchi:
- А.Наттерманн энд Сие ГмбХ
ATX kodi:
- R05CB03 Карбоцистеин
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

TERAFLYU poroshok so vkusom limona N10 Новартис Консьюмер Хелс СА Shveytsariya
80 000 s`om dan
ASS® 600 Goryachiy napitok, paketiki N6 Salutas Farma GMBH Germaniya
30 000 s`om dan
TUKSIRIL sirop 100ml Medley Pharmaceuticals Limited Hindiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
LIBEKSIN MUKO DLYA DETEY sirop 125ml 2% qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

LIBEKSIN®

LIBEXIN®

Preparatning savdo nomi: Libeksin® (Libexin®)

Ta‘sir qiluvchi modda (XPN): prenoksodiazin/prenoxdiazin

Dori shakli: tabletkalar

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

Ta‘sir etuvchi modda: prenoksodiazin gidroxloridi – 100 mg.

Yordamchi moddalar: gliserol (gliserin), magniy stearati, talk, povidon, makkajo‘xori kraxmali, laktoza monogidrati.

Ta‘rifi: dumaloq, yassi, oq yoki deyarli oq rangli, ikki tomoni faskali tabletkalar. Tabletkalarning bir tomonida «LIBEXIN» gravirovkasi, boshqa tomonida esa -tabletkani to‘rt bo‘lakka ajratuvchi riska bor.

Farmakoterapevtik guruhi: periferik ta‘sirga ega yo‘talga qarshi vosita.

ATX kodi: R05DB18.

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Prenoksdiazin periferik ta‘sirga ega yo‘talga qarshi dori vositasi hisoblanadi. Preparat quyidagi keltirilgan samaralar hisobiga yo‘tal refleksining periferik bo‘g‘inlarini bloklaydi:

– nafas yo‘llaridagi periferik sezuvchan (yo‘tal) reseptorlarining qo‘zg‘aluvchanligini kamaytirish qobiliyatiga ega mahalliy anesteziyalovchi ta‘siri;

– bronxlarni kengaytiruvchi ta‘siri oqibatidagi yo‘tal refleksida ishtirok etuvchi kengayish reseptorlarining bostirilishi;

– nafas markazi faolligining biroz susayishi (nafasni susayishisiz).

Preparatning yo‘talga qarshi samarasi kodeinning ta‘siriga deyarli teng. Prenoksdiazin ko‘nikish va dori vositasiga qaramlik chaqirmaydi.

Surunkali bronxitda prenoksdiazinning yallig‘lanishga qarshi ta‘siri aniqlangan. Prenoksdiazin markaziy nerv tizimiga ta‘sir ko‘rsatmaydi, bo‘lishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha anksiolitik ta‘siri bundan mustasno.

 

Farmakokinetikasi

Prenoksdiazin me‘da-ichak yo‘llaridan tez va ahamiyatli darajada so‘riladi.

Prenoksdiazinning plazmadagi maksimal konsentrasiyasiga preparat qabul qilinganidan 30 minutdan keyin erishiladi, uning terapevtik konsentrasiyasi 6-8 soat davomida saqlanib turadi.

Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 55-59% ni tashkil qiladi.

Yarim chiqarilish davri 2,6 soatni tashkil qiladi.

Qabul qilingan dozaning asosiy qismi jigarda metabolizmga uchraydi, preparatning qabul qilingan dozasining faqat taxminan 1/3 qismigina o‘zgarmagan holda, qolgan qismi esa – metabolitlari ko‘rinishida chiqariladi (prenoksdiazinning 4 ta metaboliti aniqlangan).

Prenoksdiazin metabolizmining dastlabki 12 soatida va uning metabolitlarining biliar ekskresiyasi muhim rol o‘ynaydi. Qabul qilingandan 24 soatdan keyin preparatning 93% chiqariladi. Ichga qabul qilingandan keyin 72 soatda qabul qilingan dozaning 50-74% ahlat bilan va 26-50% – siydik bilan birga  chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Kelib chiqishi turlicha bo‘lgan quruq yo‘talda (yuqori nafas yo‘llarining katarida, grippda, o‘tkir va surunkali bronxitlarda, pnevmoniyada, emfizemada, yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlardagi tungi yo‘talda; pasientlarni bronxoskopiya va bronxografiya tekshirishlariga tayyorlashda) qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalar uchun o‘rtacha dozasi 100 mg dan kuniga 3-4 marta (1 tabletkadan kuniga 3-4 marta) ni tashkil qiladi. Yanada murakkab holatlarda dozani kuniga 200 mg dan 3-4 martagacha yoki 300 mg dan 3 martagacha (2 tabletkadan kuniga 3-4 marta yoki 3 tabletkadan kuniga 3 marta) oshirish mumkin.

Bolalar uchun o‘rtacha doza bolaning tana vazni va yoshiga qarab belgilanadi, odatda kuniga 25-50 mg dan 3 yoki 4 marta (1/4-1/2 tabletkadan kuniga 3-4 marta).

Bolalar uchun maksimal bir martalik doza – 50 mg (1/2 tabletka), kattalar uchun – 300 mg (3 tabletka). Bolalar uchun maksimal sutkalik doza – 200 mg (2 tabletka), kattalar uchun – 900 mg (9 tabletka).

Bronxoskopiyaga tayyorlashda muolajani boshlashdan 1 soat oldin tana vazniga 0,9-3,8 mg/kg dozani 0,5-1 mg atropin bilan birga qo‘llanadi.

Tabletkalar chaynalmasdan yutiladi (og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining anesteziyasidan saqlanish uchun).

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar

Kam: teri toshmasi, angionevrotik shish.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan:

Kam: og‘iz va tomoqni qurishi, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining anesteziyasi (vaqtinchalik uvishishi va sezuvchanlikni yo‘qolishi).

10% dan kam: me‘dada og‘riq, qabziyatga moyillik, ko‘ngil aynishi.

Nerv tizimi tomonidan (preparatni yuqori dozalarda qo‘llanganda): yengil sedativ samara, toliqish.

Shuni ta‘kidlash lozimki, sedativ samara ham, toliqish ham preparatning terapevtik dozasidan yuqori dozalarda qo‘llanganda namoyon bo‘lishi mumkin, va bu simptomlar preparatni qabul qilishni to‘xtatilgandan keyin bir necha soat davomida o‘z-o‘zidan to‘xtaydi.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatga yuqori sezuvchanlik. Ko‘p miqdorda bronxial sekresiya bilan kechadigan kasalliklar. Ingalyasion narkozdan keyingi holatlar. Galaktozani o‘zlashtiraolmaslik, laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza-galaktoza malabsorbsiya sindromida qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan: bolalarda.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Preparatni mukolitik va balg‘am ko‘chiruvchi vositalar bilan birga qo‘llash tavsiya qilinmaydi, chunki u mukolitik va balg‘am ko‘chiruvchi vositalar ta‘sirida suyultirilgan balg‘amni chiqarilishini qiyinlashtirishi mumkin.

Boshqa preparatlar bilan o‘zaro ta‘siri to‘g‘risida klinika oldi ham, klinik ma‘lumotlar ham yo‘q.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparat laktazani o‘zlashtiraolmaydigan bemorlarda me‘da-ichak yo‘llari tomonidan shikoyatlarni chaqirishi mumkin, chunki tabletkalar tarkibida laktoza saqlaydi (har bir tabletka 0,38 mg laktoza saqlaydi).

Homiladorlik va emizish

Libeksin®ni homiladorlik va emizish davrida faqat agar ona uchun potensial foyda homila va bola uchun bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lgandagina qo‘llash mumkin.

Avtotransportni boshqarish va yuqori xavf bilan bog‘liq ishlarni bajarish qobiliyatiga ta‘siri

Preparatni yuqori dozalarda qabul qilish reaksiyalar tezligini sekinlashtirishi mumkin, shuning uchun preparatni yuqori dozalarda qabul qilinganda avtomobilni boshqarish yoki yuqori xavf bilan bog‘liq faoliyatlar bilan shug‘ullanish to‘g‘risidagi masala shaxsiy ravishda hal qilinishi kerak.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Inson uchun dozani oshirib yuborilishi bo‘yicha ma‘lumotlar yo‘q. Terapevtik dozadan yuqori dozani qabul qilgan hollarda preparatning sedativ samarasi va holsizlik kuchayishi mumkin.

Chiqarilish shakli

Tabletkalar, 100 mg.

20 tabletkadan polivinilxlorid plyonkali va alyumin folgali blisterda.

1 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

5 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

LIBEKSIN MUKO DLYA DETEY sirop 125ml 2% dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
LIBEKSIN MUKO DLYA DETEY sirop 125ml 2% dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
LIBEKSIN MUKO DLYA DETEY sirop 125ml 2% dori vositasi А.Наттерманн энд Сие ГмбХ tomonidan Germaniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
LIBEKSIN MUKO DLYA DETEY sirop 125ml 2% dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
LIBEKSIN MUKO DLYA DETEY sirop 125ml 2% dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
KASLIROL sirop 100ml 250mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Карбоцистеин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr Sertus Ilaç Sanayi ve Ticaret Limited Şirketi
  • Vakil: Dr.Sertus
Narh: 29 000 so'mdan Batafsil
FLYUDITEK sirop so vkusom karameli 125ml 50mg/ml
Narh: 59 000 so'mdan Batafsil
FLYUDITEK sirop so vkusom banana 125ml 20mg/ml
Narh: 58 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
ZODAK tomchilar 20ml 0,01/ml
Narh: 54 000 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
LIBEKSIN tabletkalari 100mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Prenoksdiazin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanofi-Aventis Groupe, Франция произведено: Chinoin Pharmaceutical & Chemical Works Co. Ltd
LIBEKSIN 0,1 tabletkalari N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Prenoksdiazin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Хиноин Завод Фармац. и Хим.продуктов, ЗАО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9